Ligi farg’ona davlat universiteti


Download 402.5 Kb.
bet15/22
Sana21.04.2023
Hajmi402.5 Kb.
#1370319
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Mehnat psixologiyasi

Jismoniy mu’it - bu ish joyi, o’quv laboratoriyasi, ustaxona, poligon, tsex, zavod, barcha uskunalari bilan, bu ob-’avo ham, iqlim ham, yer ham. Biroq ishchi o’zining mehnat faoliyatida bevosita qo’llanadigan mehnat qurollarini jismoniy mu’itga kiritib bo’lmaydi, chunki bular ishchini o’rab olmagan, balki uning kuchini, ‘arakatchanligini va ‘arakat samarasini ko’paytiruvchigina xolos. Operator va mashina - bu maxsus psixologik analizni talab qiluvchi yagona sistema, ishlab chiqarish mu’iti esa ishchi psixikasiga tashqi ta’sir ztuvchi, xolos.
Tashqi mu’itning ta’siri muammosi bilan - (xususan, ularga daxldorlarni sotsiologiya, mehnat psixologiyasi, psixogigiena va b.) ergonomika shuьullanadi.
Ergonomika boshqa fanlar ma’lumotlaridan foydalanib hamda jamoa va insonning atrof-mu’it bilan o’zaro ‘arakati yuzasidan o’z tekshirishlarini o’tkazib, inson mehnatiga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi barcha omillarnq o’rganadi. Mehnat gigienasi tomonidan ishlab chiqilgan mehnatkashlar sog’liьi va ish qobiliyatiga noqulay ta’sir etishi mumkin bo’lgan navbatdagi omillar klassifikatsiyasidan foydalanib, ergonomika bu omillarning zararli ta’sirini yo’qotish yoki pasaytirish imkoniyatla-rini izlaydi:
I. Mehnatni noto’ьri tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan zararlar: 1) ishning ‘addan tashqari uzoq davom etishi; 2) ishning ‘addan tashqari intensivligi; 3) mehnatning noratsional rejimi; 4) qomatning uzoq muddat majburan bir holatda bo’lishi; 5) ay-rim organ va sistemalar - lokomotorapparat, nafas olish organlari, markaziy nerv sistemasi, sezgi a’zolarining zo’riqishi.
II. Ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq zararlar:
A. Tabiiy omillar: 1) noqulay ob-’avo sharoiti; ‘avoning no-normal ‘arorati, nurlanish issiqligi, ‘avo namligining ‘addan ko’p yoki kam bo’lishi, ‘arorat, nurlanish issiqligi, namgarchilik va ‘avo ‘arakatining; noqulay almashinishi; 2) qisqa to’lqinli va ochiq nurlanish, ulptrabinafsha, rentgen, radioaktiv; nurning ‘addan tashqari ochiq manbai; 6) normal ‘avo bosimi (baland, past); 4) shovqin va titrash.
B. Ximiyaviy va fizik-ximiyaviy omillar: 1) ishlab chiqarishda ashyo yoki unga bexosdan qo’shilib qolgan aralashma sifatida» shuningdek, ishlab chiqarilgan o’rtalik yoki oxirgi ma’sulotda uchraydigan za’arli moddalar; 2) ishlab chiqarish changi; 3) biolo-gik omillar: a) infektsiya yoki invaziya (mikroblar, glistlar, kana va shu kabilar); b) kasal ‘ayvonlar va tishlash, chaqib olish xavfi bo’lgan boshqa jonivorlar.
III. Ish joyida umumiy sanitariya sharoitidagi nuqsonlar bilan bog’liq zararlar: 1): kubatura yetishmasligi; 2) isitishdagi nuqsonlar; 3) yoritishdagi nuqsonlar; 4) ish binosining tuzilishi va saqlanishidagi nuqsonlar; 5) ochiq ‘avoda ishlaganda ob-’avo sharoitining noqulay ta’siri.
Organizm uchup, farqsiz bo’lgan tashqi mu’itning harqanday elementi muayyan sharoitda markaziy nerv sistemasi, uning retseptorlari orqali organizmga ta’sir etuvchi omil bo’lishi mumkin. Undan tashqari mu’itning neytral elementlarining ana shu sharoitdagi ta’siri organizm va psixikada chuqur o’zgarishlar yasashi mumkin. Ishlab chiqarish mu’itining bunday shartli reflektorli omillari bilan mehnat psixologiyasi qiziqmasliga mumkin emas.
Ishlab chiqarish mu’itining muhim omili ish joyining yoriti-lishidir. Uni o’rganishga juda katta e’tibor beriladi hamda turli mutaxassislar tomonidap amalga oshiriladi. Yoruьlik texnikasi mavjud yoruьlik manbalari yoruьligini sensor maydoni harxil uchastkalarining yoritilishini aniq o’lchaydi; fiziologlar va ko’z doktorlari bunday yoruьlikda ishlaydiganlarning ko’rshts organlari ayrim funktsiyalarining vaqtincha yoki davomli xronik o’zgarishlarini aniqlaydilar va yoritishining boshqa turlari bilan qiyoslab yoritishga ba’o (beradilar. Mehnat psixologiyasining ish joyi yoritilishini o’rganishdagi vazifasi - mazkur yoritilishda inson faoliyatining nimasi o’zgarishiii, masalan, turli xil yoritilish sharoitida- priborlar ko’rsatkichlarini o’qish tezligi va aniqligi qanday o’zgarishini ko’rsatishdan iborat.
Ish joyi o’zining sensor va motor maydonlari bilan birgalikda mehnat jarayonida inson bilan o’zaro hamkorlik qiladigan muhim ishlab chiqarish mu’ytidir. Bunda, agar yuqorida tavsif etilgan tabiiy mu’it omillari mehnatga yordam bersa yoki xalal yetkazsa, sensor va motor maydonlari maqsadga erishish vositasi sifatida ma’lum darajada mehnat faoliyatining psixologik mazmunini belgilaydi.
Keyingi yillarda ishlab chiqarish mu’iti tushukchasi faqat gigiena ji’atdangina emas, balki estetik plenda ham ko’rib chiqilmoqda. Gigiena hal qilinib, endi estetik muammosi asosiy bo’lib qolgan korxonalar tobora ko’payib bormoqda1^

Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling