Ligi farg’ona davlat universiteti
Download 402.5 Kb.
|
Mehnat psixologiyasi
Ishga layoqatlilik tushunchasi - psixologik tushuncha; faoliyat-ning aniq turini xatosiz bajarish mumkinligini belgilaydi. Ishga itstidorlilik - biologik tushuncha bo’lib, u fiziologiya tomonidan inson va ‘ayvondagi bir xil ko’rsatkich asosida o’rganiladi. Mehnatga yaroqlilik - sotsial tushuncha bo’lib, mazkur inson to’ьrisidagi barcha ma’lumotlarga qarab mehnat ekspertizasi tomonidan ba’olanadi.
Iroda kuchi, ‘ayajon, bajarayotgan ishga qiziqish boshlanayotgan fiziologik ko’rsatkichlar ob’ektiv isbotlangan toliqishni niqoblashi, uning o’rnini bosishi mumkin: birinchi holatda ishga layoqat pasaymaydi, ikkinchisida - pasayadi, lekin charchoq sezilmaydi. Ishga qiziqish tashabbus ko’rsatishga, topshiriqni bajarishning yangi usullarini izlashga da’vat etadi. Bunda ishga layoqatlilik ba’zan pasaymaydi, balki ancha ortadi. Bunda charchoq bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Aksincha ishga qiziqish bo’lmasa astenik emotsiya keskin ifodalangan charchoqning paydo bo’lishiga hamda ishga layoqatsizlikning toliqishni xarakterlaydigan fiziologik siljish boshlanishidan oldin pasayishiga yordam beradi. Toliqish bilan dam olish o’rtasidagi nomuvofiqlik oqibatida toliqishning ortishi insonni yangi sifat holatiga -o’ta toliqishga olib keladi. Mehnat psixologiyasida psixologik tadbirlar ishlab chiqish uchun toliqish o’ta toliqish boshlanishining asosiy, qo’shimcha va yordamchi omillarini farqlash muhimdir. Toliqish va o’ta toliqishning asosiy sababi - mehnat faoliya-tining o’zidir. Biroq, ishlab chiqarishda paydo bo’ladigan toliqish o’z-o’zicha toliqishni keltirib chiqaradigan qo’shimcha omillar tufayli ancha murakkablashishi mumkin. Ishga borishda noqulay transport, ishning yomon tashkil qilinganligi va boshqa kamchi-liklar, kechky. qo’shimcha ish, sport bilan ‘addan tashqari shuьullanish va ‘okazolar bunga misol bo’ladi. Bundan tashqari, o’z-o’zicha toliqishni keltirib chiqarmaydigan, biroq uning paydo bo’lishiga ko’maklasha borib, uni oьirlashtiradigan yordamchi omillarni ‘isobga olish lozim. Bunga xronik kasalliklar hamda jismoniy rivojlanmaganlik, ovqatlanish rejimini buzish, chekish va alkogol, mu’itning noqulayligi va ‘okazolar kiradi. Psixologik va psixogigiena tadbirlari boshlanayotgan toliqish va o’ta toliqishning asosiy omilini yengillashtirishga qo’shimcha va yordamchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan bo’lmoьi lozim. Toliqish va o’ta toliqish uch xil bo’ladi: jismoniy (o’tin yorish, yer ishlari va ‘okazo), aqliy (pedagogik yoki o’quv mehnati va ‘okazo) va emotsional (xavfli sharoitlarda ishlash)Bular ko’pincha omixta bo’ladi. O’ta toliqish turli darajada bo’lishi mumkin. Agar ular kundan-kun yiьilib bormaganda edi, dam olish kunlari, otpuska, dam olish uylari ham zarur bo’lmas edi. Yengil toliqish navbatdagi otpuska oldidan bo’lishi to’la qonuniydir. Aniq seziladigan toliqish - faqat psixogigiena qoidalari buzilgan ‘ollardagina vujudga keladi. O’ta oir toliqish - bu kasallikdir. Toliqishning psixologik alomatlari ni’oyatda rang-barang va beqarordir. Sensorli doira toliqish ta’siri ostida turli xil analizatorlarning sezgirligi pasayadi. ‘arakat so’asida sensomotorli muvofiqlashtirish yomonlashadi. Ortiqcha ‘arakatlar paydo bo’ladi, oddiy va murakkab sezgirlik tezligi hamda murakkab sezgirlikning aniqligi pasayadi. Aqliy faoliyat va diqqat intensivligi ham susayadi: xotiradan tushib qolish va es-lashning qiyinlashuvi paydo bo’ladi, diqqatni taqsimlash va boshqa tomonga qaratish (o’zgartirish) qiyinlashadi. Toliqishning juda xarakterli alomati- kunduzi uyquchanlik va kechalari uyquning buzilishidir. Ishni maromga solish va mikrodaqitsa muammolari hali juda kam o’rganilgan hamda o’z mo’iyatiga ko’ra ziddiyatlidir. Bir tomondan, ishni maromlashtirish, shub’asiz, ijobiy omil. Biroq, ikkinchi tomondan, maromlashtirish bilan bog’liq bo’lgan bir xil maromda bo’lishi bir xillik holatiga - diqqatning pasayishi va uyqu bosishiga olib keladi. Bir xillikning ish layoqatiga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi: a) o’ta oddiy va bir xil operatsiyalarni mazmuniga ko’ra murakkabroq va xilma-xil bo’lgan operatsiyalar bilan birlashtirish; b) harbir ishchi tomonidan bajariladigan operatsiyalarni vaqt-vaqti bilan almashlab turish; v) ish ritmini vaqt-vaqtida o’zgartirib turish; g) chetdan qo’zьatuvchilar (xususan, muzika, ashula) kiritish. SHu bilan birga bir xillikka qarshi kurashning yana bir sof psixologik yo’li bor. Bir xil tarzda qilinadigan va juda maydalab yuborilgan ishga, masalan, kichik presslarda ‘atto yuqori avtomatlashgan ‘arakatlar: olish, qo’yish, bosish, chiqarish bilan bajariladigan ishga hamma kishilar ham salbiy munosabatda bo’l-maydi. Ba’zilarni bu ish o’ta toliqtiradi. Biroq ikki guru’chaga mansub shaxslar uni jon-dildan bajaradilar. Bir guru’cha- katta yoshdagi ayollar, ular uchun bu ish paypoq to’qishga mos keladi, chunki bu vaqtda ularning «ong vakuumi» ularga xos bo’lgan uy ishlari ‘aqidagi begona fikr bilan to’ldirilgan bo’ladi. Ikkinchi guru’cha - ishlab chiqarishdan ajralmagan, hamda «ong vakuu-mi» o’quv vazifasini takrorlash, chet tilidagi bilimlarini tak-millashtirish va ‘okazolar bilan band bo’lgan o’quvchi yoshlar. Albatta, bu xavfsizlik texnikasi yaxshi bo’lgan hamda ‘arakat malakalari juda yuqori darajada avtomatlashgan ‘ollarda mumkin. O’ta toliqishning oldini olishda aktiv dam olish katta ahamiyatga ega. Katta ish qobiliyati ma’lum darajada uning aktiv dam olishdan ustalik bilan foydalangani bilan izo’lanadi, bu ‘aqda uning o’zi yozgan edi: «...shu narsa yodimda yaxshi saqlanib qolganki, adabiyot o’qishning yoki ishning almashinib turishi - tarjimadan adabiyot o’qishga, yozishdan gimnastikaga, jiddiy adabiyot o’qishdan belletristikaga o’tib turish - beni’oya katta yordam beradi». Aktiv dam olishga faqat jismoniy daqiqa - razminkagina emas, balki mehnat ‘arakatlari almashinishiga oqilona tartib berish va mehnat jarayonidagi faoliyat xarakterini o’zgartish ham kiradi. Keyingisida tuyьular almashsa yoki ‘issiyotlar yumshasa yaxshi. Biroq mehnat aktiv dam olish rolini o’ynashi uchun u ‘addan tashqari emas, balki normal bo’lishi lozim. Savol: Mehnat rejimi deb nimaga aytiladi? Mehnat psixologiyasining asosny maqsadi nimadan iborat? Layoqatlilik, ishga layoqatlilik va mehnatga layoqatlilik tushunchalarining farqi nimada? Ishga qiziqish layoqatlilik va charchashga qanday ta’sir ko’rsatadi? Toliqishning qanday turlari bor? Toliqishning ko’proq namoyon bo’ladigan psixologik alomatlarini sanab berikg. Mehnat jarayonidagi bir xillikka qarshi kurash usullarini sanab bering. Download 402.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling