Ligi farg’ona davlat universiteti
Download 402.5 Kb.
|
Mehnat psixologiyasi
Savol:
1. Mehnat psixologiyasining umumiy psixologiya bilan aloqasi nimadan iborat? 2. Mehnat psixologiyasining predmeti nima? 3. Mehnat psixologiyasy qanday asosiy muammolarni hal qiladi? 4. Nima uchun mehnat psixologiyasi moddiy ishlab chiqarishning ‘ozirgi sharoitida muhim ishlab chiqarish kuchlaridan biri bo’lib qoldi? Bundan oldingi paragrafda ko’rib o’tilgan mehnat psixologiyasining predmeti va asosiy muammolari xozirgi paytda uning oldida turgan vazifalarni belgilab beradi. Agar uning eng dolzarb muammosi - kasbning mehnatkash psixikasiga talabi va shaxsning psixologik imkoniyati o’rtasidagi ziddiyatni yo’qotish bo’lsa, mutlaqo ravshanki, bu talabni u yoki bu kasbning mehnat jarayonini psixologik tahlil qilish kerak, so’ngra esa mazkur kasbda ishlamoqchi bo’lgan yoki ishlayotgan kishining psixologik xususiyati ishlab chiqarish talabiga nimasi bilan mos kelishi yoki nimasi bilan mos kelmasligini o’rganish lozim. Bundan kelib chiqadiki, mehnat psixologiyasining birinchi navbatdagi vazifasi - kasb tanlashga yo’naltirish, konsulptatsiya berish, kasbga layoqatli yoshlarni tanlash hamda hunar-texnika bilim yurtlarn o’quvchnlarida kasbiy qobiliyat va qiziqishni shakllantirishni psixologik o’rganish va tavsiflashdir. Bu vazifa mehnat psixologiyasi bo’limlaridan biri bo’lgan prixologik professiografiya tomonidan hal qilinib, muammoni ishlab chiqishda psixologlar, muallimlar ishtirok etadilar. Ikkinchi vazifa - u yoki bu kasbda ishlashni mo’ljallayotgan ishlayotgan, lekin hali uni to’la egallamagan kishilarning yoki yuqori darajada kasbiy qobiliyatga ega, bo’lgan ustalar kas-biy qobyliyatining mo’iyatini tushunish maqsadida ular qobiliyatini o’rganishdir. Kasbni egallamagan kishilar ular qobiliyatining ishlab chiqarish talablariga mos kelishini aniqlash hamda faoliyatnnng mazkur turi uchun yetarli darajada rivojlanmagan qobiliyatlarini rivojlantirishga doir choralarni izlash yoxud uni qobiliyatiga mosroq boshqa kasbga ko’chirish uchun o’rganiladi. Bu ikkinchi vazifa pedagogik, psixologik va ishlab chiqarish xarakteristikasi, zarur bo’lgan taqdirda esa mutaxassis-psixologlar va vrachlar kuzatuvi asosida hamda mehnat ekspertnzasi (xususan, kasbiy konsulptatsiya) yordamida hal qilinadi. Kasbiy qobiliyat kasbiy ta’lim va o’zlashtirilayotgan ixtisos bo’yicha amaliy ishlab chiqarish faoliyati jarayonnda shakllanadi. Zarur bilim, malaka va ko’nikmani muvaffaqiyatli shakllantirmay turib kasbni egallash va kasbiy qobiliyatni rivojlantirish mumkin emas. Demak, mexnat psixologiyasining uchinchi vazifasi - kasbiy bilim, malaka va ko’nikmaning shakllanish protsessini, bu protsesslarning psixologik qonuniyatlarini aniqlash maqsadida psixologik o’rganishdir. Bu qonuniyatlardan fsydalanish kasb bo’yicha malakali ishchi tayyorlashda o’quv va tarbiya ishlari metodikasini takomillashtirishga yordam beradi. Mehnat psixologiyasining bu vazifasi asosan ‘unar-texnika ta’limi o’qituvchilari va masterlari tomonidan metodist va psixologlarning konsulptatsiyasi va ra’barligida hal qilinadi. U yoki bu kasb uchun yetarli bo’lmagan qobiliyat hamda mazkur kasb bo’yicha o’quv protsessi va amaliy faoliyatda, operator va mashinaning o’zaro hamkorligini, uning ‘arakatining to’ьri va noto’ьrilipshi, brak va avariyalarni analiz qilish yo’li bilan aniqlangan boshqa qobiliyatlarning rivojlanish darajasi kamchiliklarni bartaraf etish va qobiliyatlarni rivojlantirishni talab qiladi. SHundan kelib chiqadigan mehnat psixologiyasining to’rtinchi vazifasi - xato ‘arakatlarni o’rganish, ularning oldini olish va bartaraf etish orqali mehnat xavfsizligini taominlashdan iboratdir. Xato ‘arakatlarning oldinn olish va ularga barham berish kasbiy ta’lim metodikasini takomillashtirishda, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatidagi brak, jaro’at va avariyalarning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Xato ‘arakatlarning analizi ishlab chiqarish injenerlari, murabbiy ishchilar, texnika fanlari o’qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi masterlari tomonidan psixologlar ra’barligida amalga oshiriladi. Kasbiy qobiliyatni muvaffaqiyatli rivojlantirish, binobarin, ish ‘arakati sifatini yanada oshirish ko’p ji’atdan ‘unar o’quv yurtlari o’quvchilari hamda hali tajribasi kam yosh ishchilarning psixik holatiga bog’liq. SHuning uchun ham mehnat psixologiyasining beshinchi vazifasi - psixik holatlarni boshqarishning eng qulay metodlarini ishlab chiqish maqsadida o’quvchilar yoki ishchilarning o’quv va ishlab chiqarish faoliyati protsessidagi psixik holat va kayfiyatlarini o’rganishdir. Bu vazifani hal qilishda asosiy rolp o’quv va ishlab chiqarishga bevosita ra’barlik qiluvchi kishilar zimmasiga yuklanadi. Birga o’qiyotgan yoki ishlab chiqarishda ishlayotganlarning psixik holati va umumiy kayfiyati ma’lum darajada ularning o’zaro shaxsiy munosabatlari hamda jamoa yoki guru’dagi sotsial psixologik mu’it tomonidan belgilanadi. Mehnat psixologiyasining oltinchi vazifasi - shaxslar o’rtasidagi munosabat hamda o’quv va ishlab chiqarish faoliyati protsessidagi sotsial-psixologik munosabatlarni o’rganish va shaxsning faoliyati va mehnat unum-dorligini oshirishga samarali ta’sirini kuchaytirish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish - shundan kelib chiqadi. Kishilarning mehnatga layoqati, shuningdek, mehnat rejimi ishning suroati va maromi, mehnat va dam olishning almashinib turishi, jismoniy, aqliy va asab holatlariga bog’liq. SHuning uchun ham mehnat psixologiyasining yettinchi vazifasi — mehnat layoqatini satslash va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida charchash va toliqishning oldini olish choralarini izlashdan iborat. Bu vazifa psixologlar va vrachlar tomonidangina emas, balki ishlab chiqarish tashkilotchilari, shuningdek, ‘unar o’quv yurt-larining ra’barlarq va pedagoglari bilan ham birgalikda hal qilinadi. ‘ozirgi, sharoitda mehnat unumdorligi asosan ishlab chiqarishning texnik vositalariga, ularning quvvati, tez ‘arakat qilishi, ishonchliligiga, xavfsizligiga, ularni boshqarishning qulayligiga bog’liq. Ishlab chiqarishning ‘ozirgi texnik vositalari juda murakkab va u yanada murakkablashib boradi. SHuning uchun uni boshqarayotgan operatorning texnikani egallashi tobora qiyinlashadi. SHu sababli ham ishlab chiqarshts texnika vositalarini operatorning umumiy psixik xususiyatga moslashtirish zaruriyati vujudga keladi. Ana shu ji’atdan mehnat psixologiyasining sakkizinchi vazifasi ishlab chitsarish texnika vositalarini insoniylashtirishdan iborat bo’lib, bu vazifa mehnat psixologiya-sining yaqinda vujudga kelgan, biroq tez rivojlanayotgan bo’limi - injenerlik psixologiyasi tomonidan hal qilinadi. Injenerlik psixologiyasi o’zining spetsifik vazifasini injener-konstruktorlar va ishlab chiqarish xodimlari, psixologlar kuchi bilan hal qiladi. Albatta, bular moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasining barcha kasblarga tegishli bo’lgan umumiy vazifalari-dir. Ayrim kasblarga tatbiq qilinganda o’sha kasbning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi, konkret hal qilinadi. Kasblar ko’p va turli-tuman bo’lgani va ular abadiy bo’lmay, ba’zilari yo’qolib, boshqalari mutlaqo boshqacha xarakter kasb etib turgani uchun mehnat psixologiyasining umumiy va xususiy vazifalarini hal qilish qiyinlashadi. Faqat birgina psixologning o’zi uni o’z vaqtida hal qilishi mumkin emas. SHuning uchun ham mehnat psixologiyasining eng muhim, to’qqizinchi vazifasi mehnat psixologiyasida to’plangan bilimlarni injener-texniklar va injener-pedagog xodimlar, murabbiylar, ishlab chiqarish masterlari, shuningdek, texnika predmetlari o’qituvchilari hamda ishlab chiqarish) ta’limi masterlari o’rtasida yoyishdan iborat bo’lib qoldi. Ular o’z kasblarining mo’iyatini tushunib, mehnat psixologiyasi bilimlari bilan qurollanib, bu umumiy vazifalarni o’z kasbi va ixtisoslariga tatbiqan konkretlashtirib, o’zlarining pedagogik ishlarida amalga oshirmoqlari lozim. Download 402.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling