Ligi farg’ona davlat universiteti
Download 402,5 Kb.
|
Mehnat psixologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVAU: PSIXOLOGIK PROFESSOGRAFIYa REJA
- Savol: 1.
Asosiy adabiyotlar:
Карандашев В.Н. Психология введение в профессию 2- э изд-М.: Смысл, 2003. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 A History of Modern Psychology / Duane P. Schultz, Sydney Ellen Schultz. Series: PSY 310 History and Systems of Psychology. Hardcover: 432 pages. Publisher: Cengage Learning; 10 edition (February 22, 2011).Language: English. ISBN-10: 1133316247.ISBN-13: 978-1133316244 Карандашев В.Н. Психология введение в профессию.-М.: Смысл, 2000. Климов Э.А.Пут в профессию. СПб., 1998. Платонов К.К. Проблемы способностей.М., 2000. Платонов К.К.Науcҳная организация психология труда. М., 2001. 3-MAVAU: PSIXOLOGIK PROFESSOGRAFIYa REJA: 1. Professografiya nima? 2. Professogrammaning tuzilishi Professiografiya - bu kasb tomonidan insonga qo’yiladigan talablar nuqtai nazaridan kasblar va ularni tabaqalashtiradigan ixtisoslar tavsifidir. Muayyan ixtisos, kasb yoki ular guru’si tomonidan insonga qo’yiladigan talablar sistemasnni tavsiflash va asoslash (professiogramma) professiografiyaning natijasi ‘isoblanadi. Professiogrammaning bir qismini psixologik professiogramma, boshqa qismini esa zarur kasbiy qobiliyatlar ro’yxati tarzida inson, psixikasiga qo’yiladigan talablarning qisqacha ma’lumotidan iborat bo’lgan psixogramma tashkil qiladi. Professiografiya kasblar klassifikatsiyasini ham o’z ichiga oladi, ammo uning kompleksligi va sintetikligini ushbu klassifikatsiyaning g’oyat xilma-xil mezonlari belgilaydi, chunki kasbni uning texnologik xususiyatlariga ko’ra klassifikatsiyalashning o’zi bir ish, gigienaga ko’ra klassifikatsiyalash - boshqa ish, psi-xologiyaga ko’ra klassifikatsiyalash yana - boshqa ish va ‘okazr. Professiografiyaning amaliy ahamiyati va uning kompleksliligi shunda yaqqol ochiladi. harqanday kasbni o’rganish) va tavsiflash hamisha ma’lum maqsad bilan olib boriladi va ana shu maqsadga bo’ysundiriladi. Professiografiyaning maqsadi turlicha bo’lishi, professiochmalar quyidagi maqsadlark uchun tuzilishi mumkin: 1) zarur hartayyorlashni ta’minlovchi o’quv programmasini asoslash; chatning gigiena sharoitini ‘isobga olish va yaxshilash; yo’naltirish, kasb bo’yicha konsulptatsiya, kasb uchun odam ixtisoslash. Professiografiya professiografiya tarixini ham, tarixiy professiografiyani ham o’z ichiga oladi. Tarixiy professiografiya yo’qolib ketgan kasblarni tavsiflaydi, biroq professiografiyaning eng progressiv so’asi - bu bizga o’tmishdan stixiyali o’tib kelayotgan yangi kasbni konstruktsiyalashga baьishlangan bo’limidir. Mehnatni hartomonlama o’rganadigan barcha fanlar professiografiya oldiga turlicha vazifalar qo’yadi. SHuning uchun ham kasbni ta’lil qilish va tavsiflash - uzviy, ammo bir-biriga aynan o’xshash jarayon emas. Bu yerda Q. Marksning: «Bayon qilish usuli formal jihatdan tekshirish usulidan farq qilmasdan qolmaydi. Tekshirishning vazifasi - materialni batafsil o’rganib olish, uni kengaytirishdagi turli formalarni analiz qilib chiqish, bu formalarning ichki bog’lanishini kuzatib borishdan iborat»,- degan so’zlarini eslamasdan bo’lmaydi. Bunda shuni ham unutmaslik kerakki, professiografiya mazkur konkret mehnat psixologiya-si bo’yicha harqanday ishning shart-sharoiti, shu bilan barcha ishlarni iloji boricha hartomonlama o’rganish, bo’yicha yakuni bo’lib ham xizmat qiladi, harqanday kasb xususiyatini kompleks ta’lil qilishning quyidagi sxemasini tavsiya qilish mumkin: 1) kasb va uning ixtisoslariga ishlab chiqarish xarakteristikasi; 2) kasbning iqtisodiy ahamiyati; 3) kasbning sotsiologik xarakteristikasi; 4) sotsial-psixologik xarakteristika; uning yoshlar orasidagi obro’yi, jamoaning xususiyatlari, shaxslararo munosabatlarning vertikal va gorizontal bo’yicha o’ziga xosliklari; 5) pedagogik xarakteristika: kasbiy ma’oratni belgilaydigan kasbiy mehnat muvaffaqiyati uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikma ‘ajmining ro’y-xati; tayyorgarlik turi va muddati, ‘arakat marshrutlari xarak-teristikasi hamda pedagogik jarayonni yaxshilashga oid takliflar; 6) mehnat sharoitining gigiena xarakteristikasi («kasbiy zarar» va sog’lomlashtirish tadbirlari); 7) mazkur kasbda ishlashga meditsina nuqtai nazaridan zid bo’lgan sabablar ro’yxati (ayollar va o’smirlar mehnati alohida ajratiladi); 8) faqat zarur (asosiy) va lozim ko’rilgan (qo’shimcha) qobiliyatlar ro’yxati emas, balki psixologik to’g’ri kelmasliklar ro’yxati sifatidagi psixogramma ham qo’shilgan psixologik professiogramma. hunarni o’rganish qanday maqsadda o’tkazilmasin, uniig bu barcha aspektlari turli xil maqsad uchun garchi harxil meoyorda bo’lsa ham ‘isobga olinishi kerak. Professiogramma qator fanlarga tayanib o’zining harbir so’asida tegishli fan tushunchalari sistemasidan foydalanishi kerak. Masalan: kasbning texnologik aspekti tavsifida - texnikadan, iqtisodiy ahamiyatida - ekonomikadan, sotsiologiyada - sotsiologiyadan, gigiena sharoiti va meditsina nuqtai nazaridan zid ‘ollarda - meditsinadan. Professiogrammaning psixologik aspekti psixologik tushunchalar sistemasida ifodalanmoьi lozim. Savol: 1.Professiografiya hamda psixologik professiografiya vazifalarining farqi nimada? 2. ‘unar-texnixa ta’limi sistemasi o’quv yurtlari pedagoglari uchun ularning mo’iyatini bilish nima uchun zarur? 3. Nima uchun professiografiya ishi ‘ech qachon tugallangan bo’lmaydi? 4. Kasbga yo’naltirish maqsadida o’zingizning ishlab chiqarish ixtisosingiz bo’yicha qisqacha psixologik professiogramma va psixogramma yozing. 5. Uni pedagogik protsessni takomillashtirish maqsa-dida yozing. Download 402,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling