Ligi farg’ona davlat universiteti


Download 402.5 Kb.
bet6/22
Sana21.04.2023
Hajmi402.5 Kb.
#1370319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Mehnat psixologiyasi

Faoliyat maosullarining ta’lili. Ustaning qandayligi ma’sulidan, yaratgan buyumidan ma’lum. Tayyorlangan mahsulot uning no’noqligini ham, ishga sovuqqonlik bilan qarashishg ham, ehtiyotsizligi, ishidagi xato va braklikni ham ko’rsatadi. Tayyorlangan buyumga qarab kishining qobiliyatli, ammo uquvsizligini va maz-kur ishga mutlaqo layoqatsizligini bilish mumkin. Agar buyumlarning soni va sifatini ish kunining ayrim qismlariga ko’ra tahlil qilinsa, ishga kirishish cho’zilib ketganini, eng serunum davrni va toliqishning boshlanishini aniqlash va eng yaxshi mehnat rejimi haqida xulosaga kelish mumkin. Malaka darajasini hisobga olgan holda vaqt birligida tayyorlangan buyumlar miq-dori shoshilganlik yoki sustlik, diqqatning barqarorligi, mala kaning musta’kamligi, ishdagi uzilish va boshqa holatlarni ko’rsatadi.
Xato harakatlar tahlili. Xato harakatlar tahlilining samaradorligi «Buzilmaydigan qonuniyat ko’rinmasligi mumkin, ammo qonunning buzilishi uning namoyon bo’lishiga yordam beradi» deb ta’riflangan qonun bilan belgilanadi. Masalan, normal holda ko’rinmaydigan narsa, patologiyada yaxshiroq namoyon bo’ladi.
Xato harakatlar - bu o’ziga xos «faoliyat patologiyasidir». Mehnatdagi xatolar ularning xarakteri, barqarorligi va tak-rorlanishi: uddalay olmaydigan harakatlarni bajarish texnika-sini bilmaslikni, qandaydir konkret ko’nikma va malakaning yo’qligini, bu ‘arakatlarni to’g’ri bajarish qobiliyatining yo’q-ligini, nimagadir e’tibor bermaslikni, sovuqqonlik yoki e’tiyotsizlikni, o’z-o’zini bo’sh nazorat qilinganini, tez toliqish, ruhsizlik yoki hayajonli psixik holat va hokazolarni ko’rsatadi. O’quvchilar- xatolarining takrorlanishini hisobga olish ma-laka, ko’nikma va mahoratning shakllanish jarayonini, bu asosda esa mashqning samaradorligini baholash, imkonini beradi. Xato harakatlarning sabablarrshi aniqlash va bartaraf etish hunar-texnika ta’limi metodikasini, mehnat sharoiti va rejimini takomillashtirish, shu bilan birga, mehnat faoliyatining unumdorligi va sifatini oshirish imkonini beradi.
harakat strukturasini sun’iy ravishda o’zgartirish metodi.
Tadqiqotning bu metodi mohiyati shundan iboratki, muayyan ish turini bajarishda ayrim analizatorlar va ularning guruhi ilgari o’ylangan metodikaga binoan, birma-bir uzib boriladi: holat yoki boshqarish richagidan tutish o’zgaradi; e’tiborni jalb etadigan qo’shimcha ta’sir ishga solinadi; faoliyatning emotsional foni, motivi o’zgaradi va bu mehnat faoliyati strukturasida o’zgartiruvchi omillar rolini ba’olash imkonini yaratadi. Bu metod yana shuning uchun ham; zarurki, musta’kam malakaga ega bo’lgan tajribali ishchi faoliyat jarayonida normal ish sharoitida bu avtomatlashtirilgan ‘arakat qanday amalga oshirilayotganini sezmaydi, shuning uchuq ham ularni ta’lil qilish va tushuntirish. mumkin emas, chetdan kuzatayotgan kishi esa o’rganilayotgan ‘arakatning psixologik strukturasini topish imkoniyatiga hamisha ham ega bo’lavermaydi. Malakaning avtomat ‘arakatini buzish ishlayotgan va uning ‘arakatlarini kuzatayotgan kishiga sezilmagan narsalarni ochadi.
Mehnat jarayonlarini modellash metodi. Ayrim mehnat jarayonlarining ьoyat murakkabligi va yuqori darajada dinamikligi ularni ko’rib o’tilgan metodlar va texnik vositalar bilan zarur aniqlikda o’rganish imkonini bermaydi. Bunday jarayonlar modellashtirnladi, yaoni soddalashtirnladi. O’rganilayotgan mehnat jarayoni yiьindisidan ishning muvaffaqiyatini belgilaydigan eng muhim jarayoi ajratiladi, modellashtiriladi, baozan esa sunoiy sharoit vujudga keltiriladi va ana shu modellashtirilgan sharoitda murakkab mehnat jarayoni o’rganiladi. Odatda, bu ning uchun agregatlar yoki texnologik qurilmaning soddalashtirilgan maketidan iborat trenajyordan foydalaniladi.
Tarjimai hol metodi ishlab chiqarish ilg’orlari, novatorlar, ratsionalizatorlar, ixtirochilar, mash’ur ustalarning sifatlarni shakllanishi o’rganilganda) ko’proq qo’llaniladi. Bunda kishining hayotiy yo’li og’zaki so’rash, hujjatlar va boshqa ma’lumotlar orqali o’rganilayotgan kasbiy faoliyati va maxsus bilim olish, malaka va ko’nikmani tarkib toptirish, mahorat, professional qobiliyat hamda turli xil sifatlar orttirish ta’siri nuqtai nazaridan o’rganiladi. Biroq tarjimai holni hamda u bilan bog’liq bo’lgan savollarni o’rganishda tarjimai holning adabiy ishlanmasidan emas, balki bevosita asosiy manbadan foydalanish zarur.
Mehnat psixologiyasi uchun faqat ishlab chiqarish ilg’orlarininggina emas, balki mazkur kasb talablariga javob berolmagan, boshqa ishga o’tib ketgan, o’z orzusiga kechikib erishgan shaxslar tarjimai holining tahlili ham qiziqarlidir. Bu ayniqsa kasbga yo’naltirish, kasb bo’yicha konsulptatsiya berish va kasb talabiga binoan saralash muammolarini hal qilish uchun ham muhim. (Anketa metodi - anketalar) yuborish yoki tarqatish yo’li bilan - ommaviy so’rashdan iborat. Bu metod o’ziga xos qisqacha sirtqi su’batdir. Anketa yordamida olingan materiallar sayozligi, baozan esa ayrim javoblarning ishonchsizliga bilan yutqazadi, ammo ommaviyligi bilan yutadi. Anketa metodining muvaffaqiyati ko’p jihatdan savollarning qanchalik puxtaligiga bog’liq. Masalan, anketadagi yo’naltiruvchi savollar ko’pincha javob xarakterini oldindan belgilab, ularni ishonchsiz qilib qo’yadi. Savollar aniq va tushunarli bo’lishi lozim.
Psixologik xulosalarni anketa; savollariga berilgan javoblar asosida so’ragan kishining o’zi chiqarishi lozim. Masalan, hunar-texnika bilim yurti o’quvchisidan: «Sizning ko’rib tasavvur qilish tezligingiz yaxshimi?» deb so’ramasdan, balki «Siz kino ekranidagi yozuvlarni o’qishga ulgurasizmi?» deb so’rab aniqlash lozim. Albatta, bunda so’ralayotgan kishining savodliligiga amin bo’lish kerak. Anketalarning «ha» yoki «yo’q», «yoqadi», «farqsiz», «yoqmaydi» kabi javoblar talab qiladigan shakli juda qulaydir. Odatda, bunday javoblar anketada belgilangan shartli belgilar bilan ifodalanadi, bu esa javoblarni hisoblash, tahlil qilish, qiyoslashni hamda materiallar miqdorini statistik ishlov yordamida ulardan xulosalar chiqarishni osonlashtiradi.
Xronometraj metodi - bu ish kuni yoki sutka (ish kunining xronofotografiyasi) davomidagi mehnat va dam olish vaqtining muntazamligini o’lchash yoki ayrim harakat, ish yoki operatsiya (aslida xronometraj)ni o’lchashdan iborat. Urganilayotgan mehnat faoliyatiga kiritilgan turli xil sensomotor va sensonutq reaktsiyalarining yashirin davrini o’lchash ham mumkin, buning uchun qayd etishning: kinometodlar, xronotsiklografiya, kimograflar va ostsillograflar, magnitofonlar hamda tegishli axborot ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Mehnat psixologiyasi maqsadlari uchun texnik normalash amaliyotidan olinadigan xronometrajdan foydalanish mumkin.
Mehnat jarayonidagi fiziologik funktsiyalarni qayd etish

Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling