Ligi farg’ona davlat universiteti


Mehnat psixologiyasi sohalari sistemasining o’zlashtirilishini tekshirish


Download 402.5 Kb.
bet4/22
Sana21.04.2023
Hajmi402.5 Kb.
#1370319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Mehnat psixologiyasi

Mehnat psixologiyasi sohalari sistemasining o’zlashtirilishini tekshirish
uchun savollar: Mehnat psixologiyasi, muammosi va sohalari sistemasi asosida nimalar yotadi? 2. Mehnat psixologiyasi sohalarini sanab bering. 3. Nima uchun ushbu kitobdagi mundarija mazkur paragrafda bayon qilingan mehnat lsixolo-giyasi strukturasi bilan aniq mos kelmaydi?
Asosiy adabiyotlar:

  1. Карандашев В.Н. Психология введение в профессию 2- э изд-М.: Смысл, 2003.

  2. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910

  3. A History of Modern Psychology / Duane P. Schultz, Sydney Ellen Schultz. Series: PSY 310 History and Systems of Psychology. Hardcover: 432 pages. Publisher: Cengage Learning; 10 edition (February 22, 2011).Language: English. ISBN-10: 1133316247.ISBN-13: 978-1133316244

  4. Карандашев В.Н. Психология введение в профессию.-М.: Смысл, 2000.

  5. Климов Э.А.Пут в профессию. СПб., 1998.

  6. Платонов К.К. Проблемы способностей.М., 2000.

  7. Платонов К.К.Науcҳная организация психология труда. М., 2001.

2-MAVAU: MEHNAT PSIXOLOGIYaSI METODLARI VA MOHIYATI
REJA:
1. Mehnat psixologiyasida metodlar
2. Mehnat psixologiyasida ba’zi metodlarning mohiyati
Maqsad: Mehnat psixologiyasi metodlarining mohiyatini tushunish hamda o’qituvchilik faoliyatida ularning psixologik tadqiqot uchun eng qulaylaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lish.
Muammo: mehnat psixologiyasida metod
Mehnat psixologiyasi umumiy psixologiyaning asosiy, metodlaridan (yuqoridagi «Psixologiya metodlari» temasiga qarang) foydalanadi, ammo insonning mehnat jarayonidagi psixik faoliyati o’ziga xos bo’lgani uchun, u o’z metodlariga) ega, shuningdek, boshqa fanlarning baozi metodlaridan ham keng foydalanadi.
Mehnat psixologiyasi metodlari qanday maqsadlar uchun qo’llanilishi hamda uning kimlar qo’lida bo’lishiga qarab to’rt xil bo’lishi mumkin: 1) ilmiy-tekshirish institutlarining malakali psixologlari tomonidan bajariladigan maxsus ilmiy tadqiqot metodi; 2) ‘unar-texnika bilim yurtlarining o’qituvchilari va ch ishlab chiqarish ta’limi; masterlari hamda murabbiylar tomoni-dan ishlab chiqarishda mustaqil ravishda yoki ilmiy-tadqiqot institutlarining xodimlari bilan hamkorlikda o’quv-tarbiya ishlari metodikasini takomillashtirishda foydalaniladigan psixologiya metodlari; 3) mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ish-lab chiqarish injenerlari va malakali ishchilar hamda ishlab chiqarish novatorlari amalga oshiradigan ilmiy-amaliy ishlar metodi; 4) dastlab faqat ilmiy-tekshirish ishlari uchun qo’llaniladigan, ammo asta-sekin sinov ishlarini o’tkazish protsessiga ko’chadigan bir qator metodlar.
Mehnat psixologiyasining amaliy vazifalarini hal qilish, jumladan kishilar qobiliyatini aniqlash va mehnatni normalashda qo’llaniladigan sinov ishlari qat’iy ilmiy asosga ega bo’lishi va o’rganilayotgan psixik ‘odisa tabiatiga mos kelishi lozim.
Ilmiy-texnika protsessining ‘ozirgi sharoitida mehnat psixo-logiyasining muhim vazifalaridan biri - injener-pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi maeterlari, ishlab chiqarish injenerlari va novator-ishchilarni psixologik tadqiqot metodlari bilan qurollantirishdan iborat. Ana shunda ular bu metoddan keng foy-dalanib, pedagogik va ishlab chiqarish mahoratlarini takomillashtiradilar, ayni chog’da o’z tajribalari bilan mehnat psixologiyasini boyitadilar.
Mehnat psixologiyasi metodlarini amaliy qo’llanishga oid bir qator asosiy talablar mavjud. Birinchi navbatda ular o’zini vujudga keltirgan nazariya, uning yordamida hal qilinadigan vazifalar va bu vazifalar hal qilinadigan sharoitlar bilan mos kelishi zarur. O’rganishning ob’ektiv printsipi o’rganilayotgan hodisaning yuzaki ko’rinishi va u haqdagi o’zining fikrlari bilan chegaralanib qolmasdan, balki ularni boshqaradigan qonuniyatlarni topish, o’z xulosalarini qayd etilgan faktlar bilan asoslashni talab qiladi.
harbir mehnat faoliyati, harbir ishchi shaxsida bo’lganidek o’zining psixologik strukturasiga ega bo’lib, turli xil metodlar bilan uni o’rganishda kashf etiladi. Konkret mehnat faoliyati yoki, shaxsning barcha psixologik strukturalari teng emas: uning ayrim kasb uchun muhim komponentlari faoliyatning eng so’nggi samarasiga sezilarli ta’sir qiladi, boshqalari esa mutlaqo ta’sir qilmasligi mumkin; uning ayrim komponentlari noqulay sharoitlarda barqaror, bo’lishi mumkin, boshqasi o’ta yaroqsiz bo’ladi. Mehnat faoliyatining psixologik strukturasi o’rganilganda ham kasb uchun muhim, ham oson yaroqsiz bo’ladigan komponentlarga ham alohida e’tibor berish zarur.

Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling