Ligi farg’ona davlat universiteti
Download 402.5 Kb.
|
Mehnat psixologiyasi
SHaxs va faoliyatning birligi printsipi mehnat faoliyatini o’rganishda shaxs xususiyatlarini hisobga olishni talab qiladi, bunda uning kasb uchun muhim xususiyatlarini bir emas, bir necha faoliyat turida o’rganish zarur. Ishchi shaxsi va uning mehnat faoliyatnni qulay va noqulay tashqi omillar ta’sirida rivojlanishi va o’zgarishi davomida tekshirish kerak. Agar tekshirish bir marta o’tkazilsa, dastlabki ish ahamiyatiga ega bo’ladi.
Metodlarning qo’llanilishi hamma vaqt maqsadga yo’naltirilganlik printsipiga muvofiq bo’lishi, ya’ni tekshiruvchiga qanday amaliy yoki nazariy masalani hal qilish zarurligi aniq bo’lmog’i kerak. Metod hal qilinayotgan vazifaga bo’ysundirilgan bo’lishi lozim, aslo vazifa metodga qo’llanmasligi kerak. CHunki mehnat psixologiyasi bo’yicha tadqiqotlar, u kim tomonidan o’tkazilmasin, amaliyotning savollariga javoblarni ilmiy asoslash maqsadiga ega bo’ladi: 1) amaliyotchilarni keng kuzatish va ommaviy so’rab o’rganish; 2) to’plangan materiallarni ta’lil qilish va eng aktual psixologik muammolarni aniqlash maqsadida e’tiborga loyiq fikr va takliflarni saralash; 3) hal qilinayotgan muammaga tegishli metodlarni qo’llanish bilan ishchilar gipotezasini va tadqiqot metodikasini ishlab chiqish. Har qanday masala birgina metod bilan emas, balki bir-birini to’ldiruvchi bir necha metodlar bilan hal qilingani ma’qul. Mehnat psixologiyasining umumiy metodlari haqidagi tushunchalarning o’z-lashtirilishini tekshirish: 1, Mehnat psixologiyasi qanday turlarga bo’linadi, metodlarning harbir turi kim tomonidan va qanday maqsadlarda foydalaniladi? 2. Nima uchun mehnat psixologiyasiga oid tekshirishlarga ishlab chiqarish va ‘unar-texnika bilim yurtlarining xodimlari jalb etiladi? 3. Mehnat psi-xologiyasi metodlari nimaga muvofiq bo’lishi zarur? 4. Tadqiqot metodi nimaga bo’ysundirilgan bo’lishi kerak? Quyida hunar-texnika bilim yurti o’qituvchilari va injener-pedagoglar; hamda ishlab chiqarishdagi murabbiylar tomonidan qo’llanishi mumkin bo’lgan ayrim asosiy metodlarning mo’iyati yoritiladi. Mehnat metodi. Qandaydir kasb, ixtisosning psixologik mohiyatini o’rganish uchun tekishruvching o’zi ham bu faoliyatga kirishib, uni o’zlashtiradi. Bunda u o’zining ishlab chiqarishdagi faoliyatini har kuni tegishlicha qayd etib, o’z ishini ta’lil qiladi. Mehnat metodi umumiy fan pedagoglari va injener-pedagoglarga o’rganilayotgan mehnat faoliyatini shaxsan ko’rib bilish hamda aqalli kichikroq shaxsiy tajribaga ega bo’lish uchun ayniqsa zarur. Ishtirokli kuzatish. Agar oldingi metod faoliyatni o’rganish-ga mo’ljallangan bo’lsa, bu endi ishni ijro etuvchi shaxsni o’rganishga mo’ljallanadi. Uni g’oyat mahorat bilan qo’llaganda kishi o’zi o’rganish oboekti bo’lib xizmat qilayotganini sezmaydi, binobarin, u o’rganayotgan kishiga mehnat jamoasining bir a’zosi deb qaraydi. Bu ularning tabiiy bo’lishiga hamda ko’proq ob’ektiv ma’lumot to’plashga imkon beradi. Mehnat operatsiyalarini ob’ektiv qayd etish. Butun mehnat faoliyati psixik holatlar, alohida harakatlar, priyom va tadbirlar yig’indisidan hosil bo’ladi. Tekshirishning zamonaviy texnik vositalari barcha mehnat jarayonlarini tekshiruvchini shaxsiy kuzatuvlari bilangina emas, balki o’rganilayotgan hodisalarni ob’ektiv qayd etib borish bilan ham o’rganish imkonini beradi. Ishchi holatini yoki yuz tasvirini suratga olish qayd etishiing ana shunday namunasidir. Yopiq kamera bilan sezdirmay suratga olgan ma’qul. Mazkur yoki boshqa obektni, masalan, ishchi kuzatayotgan kontrol asboblarning ko’rsatganlarini,, ko’zning yo’nalishini, ish harakatlarini, mimika va pantomimikani (agar ular ishni bajarishga halal bermasa), kinoga olish psixik hodisani qayd etishning eng yaxshi metodik priyomidir. Kino olish odatdagicha, tez, tezlatilgan va aksincha, sekin, impulsli bo’lishi mumkin, bu mehnat operatsiyasini batafsil tahlil qilish va mehnat jarayonining qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradi. Oddiy kimograf yoki nozik sotsillografda pnevmatik yoki axborotning elektr datchiklar yordamida stanok uzellarining ayrim harakatlarini, ishchining harakati va reaktsiyasini qayd etish mumkin. Magnitofon yozuvi nutq, mashinalarning soz va nosozligidagi shovqinni, tovushlar signalizatsiyasi' va boshqalarni ob’ektiv qayd etish imkonini beradi. Ilg’or hunar-texnika bilim yurtlarida paydo bo’la boshlagan stanok laboratoriyada bunday ob’ektiv qayd etishlar mehnat jarayonlarini samaraliroq o’rgatish uchun; xilma-xil mehnat operatsiyalarini o’rganish imkonini beradi. Download 402.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling