Ligi farg’ona davlat universiteti


Download 402.5 Kb.
bet20/22
Sana21.04.2023
Hajmi402.5 Kb.
#1370319
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Mehnat psixologiyasi

Savol:
1. Mehnat xavfsizligi nima bilan taominlanadi? 2. Avariyali vaziyat deb nimaga aytiladi. 3. Avariyadagi shaxsiy omil nimadan iborat? 4. Avariyali vazi-yatning rivojlanish bosqichlarini ayting. 5. Avariya sabablarining uch guru’si-ni sanab bering. 6. Xato ‘arakatlarning turlarini sanab bering.
Asosiy adabiyotlar:

  1. Карандашев В.Н. Психология введение в профессию 2- э изд-М.: Смысл, 2003.

  2. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910

  3. A History of Modern Psychology / Duane P. Schultz, Sydney Ellen Schultz. Series: PSY 310 History and Systems of Psychology. Hardcover: 432 pages. Publisher: Cengage Learning; 10 edition (February 22, 2011).Language: English. ISBN-10: 1133316247.ISBN-13: 978-1133316244

  4. Карандашев В.Н. Психология введение в профессию.-М.: Смысл, 2000.

  5. Климов Э.А.Пут в профессию. СПб., 1998.

  6. Платонов К.К. Проблемы способностей.М., 2000.

  7. Платонов К.К.Науcҳная организация психология труда. М., 2001.

11-MAVAU: INJENERLIK PSIXOLOGIYaSI
REJA:
1. Texnikani insoniylashtirish
2. Insonni mehnatdagi holati
a) tushkunlik holati;
b) zo’riqish holati;
v) o’z-o’zini boshqarish


Maqsadi - injenerlik psixologiyasining predmeti, vazifalari hamda yo’nalishlari bilan tanishish va zarur bo’lib qolganda o’quv va ixtirochilik ishlariga kuchi yetgancha ishtirok eta olish imkoniga ega bo’lish.
Ma’lumki, ilmiy-texnika revolyutsiyasi texnikani tobora tezroq rivojlantirib, uni jamiyat va tabiat orasiga qo’ydi. Biroq konstruktorlar ilgari texnik muammolarni yechishda texnikani boshqaradigan insonning imkoniyatlarini ‘isobga olmadilar. Bu ‘ol ‘ozir ham uchrab turadi. Masalan, Ford zavodida avtomobilp motori tsilindrlari blokiga ishlov beradigan stanok «negr» deb ataladi. CHunki bu stanokda «oqlar» bir necha kun ham ishlay olishmadi. Fordning boshqa stanoklaridagi ish-’arakati ibtidoiy raqsga o’xshardi.
Mehnat psixologiyasida bizda ham, chet elda ham dllaqachon texnikani insoniylashtirish deb atalgan yo’nalish belgilangan. Ishning barcha yo’nalishlari hamma eotirof etgan injenerlik psixologiyasi deb nom oldi. U fiziologiya va mehnat gigienasi hamda kibernetika bilan hamkorlikda samarali rivojlanmoqda, lekin insonda mashinani ko’rishga ‘arakat qilayotgan kiberneti-kadan farq qilib injenerlik psixologiyasi, aksincha, mashinada insonni ko’rmoqda. Keyingi vaqtlarda injenerlik psixologiyasini mehnat psixologiyasi bilan to’la tenglashtirish tendentsiyasi vujudga keldiki, bu uning birmuncha tor, ammo muhim mazmundan ma’rum qilib qo’yadi.
Injenerlik psixologiyasi - bu mehnat psixologiyasining texnikani insoniylashtirish bilan shuьullanadigan so’asi. U ergonomikaning bir qismi bo’lib, jamoa va alo’ida insonning xilma-xil qurilmalari bilan hamkorligini o’rganadi, texnikani insonning psixologik xususiyatlariga moslashtirish metodlarini ishlab chiqadi. Unda murakkabligiga ko’ra harxil bo’lgan uchta asosiy masalani belgilash mumkin:
1. Taqqoslanayotgan uskunalarning ikki (yoki bir nechtasi) variantidan qay biri yaxshi;

  1. O’rganilayotgan oboektda psixologik nuqtai nazardan nima
    yaxshi-yu, nima yomon;

  2. Endi yaratilayotgan mashina yoki asbobga qanday psixologik
    talablar qo’yish mumkin.

So’nggi savol ancha qiyin bo’lib, unga javob berish uchun umumiy texnik tadqiqotlardan tashqari, birinchi ikki masalani hal qilishdan olingan ma’lumotlar ham zarur. Texnika estetikasi bilan singishib ketgan injenerlik psixologiyasi faqat «nima yaxshi» degan, «nima qulay» degan maonodagina emas, balki «nima go’zal» degan maonoda ham ochib beradi.
Insonning ishlab chiqarish texnikasi vositalari bilan ham-korlik qilishning ikki sistemasi mavjud: 1) «inson - mashina» sistemasi. Bu insonni mashina bilan tenglashtiradi va shaxsning mehnatda texnika vositalari bilan hamkorligini belgilaydi-; 2) «jamoa - inson - mashina» sistemasi. Bu ishchilar guru’sining ishlab chiqarish texnikalarini birgalikda ekspluatatsiya qilishda o’zaro hamkorligini, so’ngra esa jamoa harbir aozosining unga topshirilgan mashinani boshqarishini belgilaydi.
Operatorni jamoadan ajratib mashina bilan yakkama-yakka qoldiradigan kapitalizm mamlakatlari injenerlik psixologiyasi birinchi sistemani tadqiq etish bilan chegaralanadi. Ikkinchi sistema injenerlik psixologiyasi vazifalarini ancha to’laroq qamrab olib, uning tadqiqot sohalarini belgilaydi. Injenerlik psixologiyasi ana shunday ‘ajmdagi umumiy vazifalarni hal qila borib, faqat konstruktorlarnigina emas, balki ishlab chiqarish novatorlarini ham ular mehnati uchun eng yaxshi sharoitlar yaratish va uning unumdorligi hamda insonni qanoatlantirishni oshirish uchun mashinani ishchining psixologik xususryatlariga moslashtirish metodlari va qonuniyatlari bilan qurollantirib, mehnatni ilmiy tashkil etishda hamda ilmiy-texnika revolyutsiyasida bevosita ishtirok etadi.
Baozan injenerlik psixologiyasini «injenerlar shuьullanadigan psixologiya»lar. Biroq bu to’ьri emas, chunki fan u bilan kim shuьullanayotganiga qarab emas (injenerlik psi-xologiyasi bilan vrachlar ham shuьullanishadi), balki o’z predmetiga qarab belgilanadi. Mehnat psixologiyasi predmetini belgilaydigan injenerlik psixologiyasi predmeti - texnikani konstruktsiyalash va oqilonalashtirish jarayonida psixologik insoniylashtirishdir.
Injenerlik psixologiyasi umumiy vazifalarining o’zlashtirilishini tekshirish: 1. Injenerlik psixologiyasi qanday masalalar bilan shuьullanadi? 2. Insonning ishlab chiqarish texnikasi vositalari bilan hamkorligi muammosiga yondashishning ikki sistemasi o’rtasidagi farq nimada? 3. Injenerlik psixologiyasi qanday fanlar bilan o’zaro boьlangan?

Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling