Lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti


Taqsimot qatori mohiyati va uni tarkibiy unsurlari


Download 104.05 Kb.
bet9/11
Sana31.01.2024
Hajmi104.05 Kb.
#1827903
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
G.Dalijonova Statistika referat

1.6.Taqsimot qatori mohiyati va uni tarkibiy unsurlari.
Statistika o`rganadigan to`plamni bunyod etuvchi unsurlar uning birliklari
deb ataladi. To`plam tuzish, demak, uni tarkibiga kiruvchi birliklarni aniqlashdir.
Bu jarayonda ikkita masala yechiladi: birinchidan, birlik ta`riflanadi, ya`ni ularni bir-biridan va boshqa birliklardan ajratuvchi chegaralar belgilanadi; ikkinchidan mazkur statistik to`plam tarkibiga kiradigan va kirmaydigan birliklar aniqlanadi.
Statistik to`plam - bu, turli shakllardagi statistik qatorlardir. Eng oddiy boshlang`ich qatorlar bevosita kuzatish jarayonida vujudga keladi. Bunday qatorlar tartibga ega bo`lmasdan, qayd qilishdagi holatga asoslanadi. Odatda to`plam birliklari ma`lum belgilar asosida saflab, tasniflab, guruhlab tartibga solinadi. Bunday tartiblangan statistik to`plam statistik qatorlar deb ataladi, chunki ular sonlar qatori (ketma - ketligi) bilan ta`riflanadi. Statistik qatorlar turli shakllarda va yo`llar bilan tuziladi.
O`rganilayotgan obyektlarni tasniflash usuliga qarab statistik qatorlar ikki turkumga ajraladi:biri-taqsimot qatorlari, ikkinchisidinamika qatorlari. Statistik to`plam birliklarini ma`lum holatga (paytga) nisbatan yoki vaqt oralig`I davomida kuzatib, ularni biror belgi asosida tasniflash natijasi taqsimot qatorlari deb yuritiladi.
Statistik to`plam birliklarini uzoq vaqt davomida kuzatib, davrlar yoki vaqt paytlari bo`yicha tasniflash mumkin. Bu holda vujudga keladigan qator dinamika qatori deb ataladi, chunki u o`rganilayotgan jarayon dinamikasini tasvirlaydi.
Taqsimot qatorining asosiy unsuri varianta, dinamika qatoriniki esa daraja deb yuritiladi. Demak, taqsimot qatorlari-bu, variantalar ketmaketligi bo`lsa, dinamika qatorlari vaqt oraliqlariga tegishli darajalar ketmaketliklaridir. To`plam birliklarini tasniflash asosi qilib qanday belgi olinishiga qarab taqsimot qatorlari ikki turga ajraladi. Bunday belgi sifatida atributiv ya`ni mazmunan farqlanuvchi belgilar olinsa, hosil bo`lgan taqsimot qatorlari atributiv qatorlar deb yuritiladi. To`plam birliklarini miqdoriy belgilariga qarab tasniflash natijasida hosil bo`lgan taqsimot qatorlari variatsion qatorlar deb ataladi.

Download 104.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling