Lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti


Guruhlash belgisi va ularning turlari


Download 104.05 Kb.
bet4/11
Sana31.01.2024
Hajmi104.05 Kb.
#1827903
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
G.Dalijonova Statistika referat

1.3. Guruhlash belgisi va ularning turlari.
Guruxlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda guruhlashni aynan qaysi belgi asosida amalga oshirilishi tushuniladi. Uni tanlashda quyidagi asosiy shartlarga e`tibor berish lozim:

  • guruhlash uchun har doim hodisani to`la tavsiflab beruvchi muhim belgilar asos qilib olinishi kerak;

  • guruhlash belgisini tanlashda uning aniq vaqt va joy sharoitini, o`sha davrning mohiyatini ifodalovchi, hozirgi zamon iqtisodiyotini tavsiflovchi masalalarni yorita oluvchi belgilar ekanligiga e`tibor berish kerak;

  • murakkab hodisalarni o`rganishda guruhlashni faqat bitta belgi bo`yicha emas, balki bir necha muhim belgilar bo`yicha amalga oshirishi kerak.

Ifodalanishga qarab, guruhlash belgilari atributiv va miqdoriy belgilarga bo`linadi.
Atributiv belgi deyilganda son bilan ifodalanmaydigan, bir-biridan mazmunan va sifat jihatdan farq qiluvchi belgilar tushuniladi. Odamlar toifasi, fazilati, kishining kasbi, millati, mahsulot turi, ish haqi shakli kabilar bu belgiga misol bo`la oladi. Masalan, Abu Bakr Varroh Termiziyning marhamat qilishlaricha, odamlar uch toifaga bo`linadi:
Birinchisi – umaro (amirlar).
Ikkinchisi – ulamo.
Uchinchisi – fuqaro.
Agar amirlar buzilsa, xalqning hayot tarzi buziladi; ulamo buzilsa, xalqning din-diyonati nuqsonga uchraydi, fuqaro buzilsa, xalq o`rtasida halollik va himmat buziladi. Amirlarning buzilishi – jabr-zulm qilishi; ulamolarning buzilishi – mol-dunyoga berilish va havoi nafsga ergashish; fuqaroning buzilishi esa, toatni tark etish va rizoga muxolafat qilishdir1.
Muqobil (al’ternativ) belgi atributiv belgining bir ko`rinishi bo`lib, ikkita qarama-qarshi, bir-birini taqozo etmaydigan belgilardir. Masalan, ma`lumotli-ma`lumotsiz, tajribali-tajribasiz, ha-yo`q va hokazo.
Miqdoriy belgi deb son (raqam) bilan ifodalanuvchi belgilarga aytiladi. Masalan, mahsulot hajmi, talabalar soni, stanoklar soni va hokazolar bevosita raqamlarda ifodalanadi.
Hodisalar o`rtasidagi o`zaro bog’lanish ularning omil va natijaviy belgilari bo`yicha guruhlarga ajratib o`rganiladi. Omil belgi natijaga ta`sir qiluvchi belgidir. Natijaviy belgi esa omil belgi ta`sirida o`zgarib turuvchi belgidir. Masalan, mehnat unumdorlishi guruhlash belgisi bo`lib, uning ta`siri ostida mahsulot tannarxining o`zgarishi kuzatilayotgan bo`lsa, u holda mehnat unumdorligi omil belgi, tannarxning o`zgarishi natijaviy belgi bo`lib hisoblanadi.
Ko`zlangan maqsad va vazifalarga qarab, hodisalarni muhim va muhim bo`lmagan belgilar bo`yicha guruhlash mumkin.
Muhim belgilar hodisaning mohiyatini, xususiyatini ifodalaydi. Korxonalarni mahsulot hajmi, ishlab chiqarish fondlari bo`yicha guruhlash muhim belgi bo`yicha guruhlashga misol bo`la oladi.
Muhim bo`lmagan belgilar hodisaning faqatgina tashqi tomonini tavsiflaydi. Bunga korxonalarni ularning nomi, kimga qarashligi kabi belgilar bo`yicha guruhlashlar misol bo`la oladi.

Download 104.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling