2-jadval
Oraliqni yiriklashtirish usuli yordamida ikkilamchi guruhlash tartibi
№
|
IV chorakda tovar oborot hajmi bo`yicha do`konlar guruhi (ming so`m)
|
Do`konlar soni
|
IV chorakda tovar oborot hajmi
(ming so`m)
|
1 ta do`konga to`g’ri kelgan o`rtacha tovar oborot (ming so`m)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5 – 4:3
|
1
|
10 ming so`mgacha
|
15
|
93,0
|
6,2
|
2
|
10-20
|
21
|
312,0
|
14,8
|
3
|
20-50
|
12
|
446,0
|
37,2
|
4
|
50-100
|
18
|
1165,0
|
64,7
|
5
|
100-200
|
22
|
2400,0
|
109,1
|
6
|
200 va undan yuqori
|
12
|
3744,0
|
312,0
|
|
Jami
|
100
|
8160,0
|
81,6
|
Ushbu usulda yangi guruhlar soni boshlang’ich guruhlarning tegishli oraliqlarini qo`yilgan maqsadga muvofiq yiriklashtirish yo`li bilan aniqlanadi. Masalan, shartga binoan ikkinchi guruhga 10 ming so`mdan 20 ming so`mgacha tovar oborot hajmiga ega bo`lgan 2 va 3-guruhdagi do`konlar kiradi (8+13). Xuddi shu tariqa ular bo`yicha tovar oborotning umumiy hajmi aniqlanadi (112+200). Natijada guruhlash ixcham va yaqqol ko`rinishni oladi. Umumiy qonuniyat esa ko`zga tashlanadi: tovar oborot hajmi oshib borgan sari 1 ta do`konga to`g’ri keladigan tovar oborot hajmi ham muttasil o`sib borish yo`nalishiga ega (5-ustunga qarang).
Oraliqlar nisbatiga asoslanib, ikkilamchi guruhlash tartibini yuqoridagi misol ma`lumotlarida ko`rib chiqamiz. O`nta guruh o`rniga yirikroq guruhlar tashkil qilish maqsadida ularni beshta guruhga bo`lamiz (2.3-jadval).
Birinchi guruh (40 ming so`mgacha) tovar oborot hajmiga ega bo`lgan do`konlarga boshlang’ich guruhlashning 1, 2, 3, 4-guruhlardagi do`konlar soni (15+8+13+3) va 5-guruhning esa faqat bir qismi kiradi. Birinchi oraliq 40 sonini tashkil qilishi uchun beshinchi guruhdan 10 sonini ajratib olish kerak. Bu guruhning oraliq kattaligi 20 (50-30). Demak, 10 soni oraliqning 1/2 qismini (10/20) tashkil qilar ekan. SHu nisbat asosida beshinchi guruhdan do`konlar sonini aniqlab olamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |