Lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti
Download 104.05 Kb.
|
G.Dalijonova Statistika referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy svodkalash
- Murakkab svodkalash
- Markazlashgan svodkalashda
II. Asosiy qism
1.1. Statistik jamlashning mazmuni va uning masalalari. O'rganilayotgan hodisa bo'yicha statistik kuzatish o'tkazish natijasida u haqida ko'pdan-ko'p va turIi-tuman tarqoq ma'lumotlar to'planadi. Bu ma'lumotlar asosida hali hech qanday fikr yuritib bo'lmaydi, chunki ular tarqoq va har xildir. Shuning uchun ham navbatdagi vazifa to'plangan ma'lumotlarni bir tizimga keltirish, tartibga solish, umumlashtirishdan iboratdir. Bu muammo statistikada jamlash (svodkalash) metodini qo'llash bilan hal etiladi. Jamlashdan statistik tekshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Statistik svodkalash deganda to'plangan ma'lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko'zlangan maqsad va vazifalar nuqtai-nazaridan qayta ishlash tushuniladi. Svodkalash oldindan tuzilgan va tasdiqlangan dastur hamda reja asosida amalga oshiriladi. Dasturda ayrim belgilar bo`yicha ajratilishi lozim bo`lgan guruhlar ro`yxati, shu guruhlar uchun hisoblanadigan ko`rsatkichlar tizimi, qaysi hudud chegarasida va ma`muriy tomondan tobelik jihatidan materiallarni svodkalash lozimligi kabi masalalar yechiladi. Svodkalash rejasida esa kim va qanday tartibda svodkalashning bajarilishi, uning natijlarini qanday rasmiylashtirish va matbuotda ma`lumotlarning qaysi qismini nashr etish kabi tashkiliy masalalar yoritiladi. Svodkalash oddiy va murakkab svodkalashlarga bo`linadi. Oddiy svodkalash deganda olingan ma`lumotlarni guruhlarga bo`lmasdan to`plam bo`yicha umumiy yakunlarni chiqarish tushuniladi. Masalan, institutda ta`lim olayotgan jami talabalarning sonini hisoblash uchun kunduzgi, kechki va sirtqi fakul’tetlardagi talabalar sonini qo`shib chiqishning o`zi kifoya. Shuning o`zi oddiy svodkalash bo`ladi. Murakkab svodkalash deyilganda ma`lumotlarni dasturda ko`zda tutilgan belgilar asosida ayrim guruhlarga bo`lib o`rganish tushuniladi. Jami talabalarni kurslarga va mutaxassisliklarga bo`lib o`rganish bunga misol bo`la oladi. Svodkalash tashkil qilinishiga qarab: markazlashgan va markazlashmagan svodkalashlarga bo`linadi. Markazlashgan svodkalashda boshlang’ich ma`lumotlar bir yoki bir necha statistika boshqarmalarida to`planadi va o`sha era ko`zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanadi. Download 104.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling