Lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti


Download 104.05 Kb.
bet5/11
Sana31.01.2024
Hajmi104.05 Kb.
#1827903
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
G.Dalijonova Statistika referat

Birlamchi belgilar o`rganilayotgan hodisaning (masalan, davlat xo`jaligida ishchilar sonini, asosiy fondlar qiymatini, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini va hokazo) mutlaq sonini, hajmini, miqdorini tavsiflaydi.
Ikkilamchi belgilar esa birlamchi belgilarni bir-biriga bo`lish natijasida olingan hosila bo`lib, hodisaning intensivligini, tuzilmasini, dinamikasini tavsiflaydi. Masalan, mehnat unumdorligi ikkala birlamchi belgini, ya`ni mahsulot hajmini ketgan vaqtga bo`lish natijasida olinadi. Bu erda olingan natija, ya`ni mehnat unumdorligi ikkalamchi belgi bo`lib hisoblanadi.
Guruhlash oralig’i belgining eng katta va eng kichik variantalri ayirmasining guruhlar soniga nisbati bilan aniqlanadi. Oraliqlar:

  • teng va teng bo`lmagan;

  • ochiq va ochiq bo`lmagan;

  • maxsus ko`rinishlarda bo`lishi mumkin.

Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil bo`lgan oraliq tushuniladi.
Ko`zlangan maqsad va vazifalarni hal qilish nuqtai nazaridan statistik guruhlash uch turga:

  • tipologik;

  • tuzilmaviy;

  • analitik guruhlashlarga bo`linadi.

Har bir turdagi guruhlash muayyan maqsad va vazifalani echadi.
Tipologik guruhlash yordamida to`plamning turli xildagi birliklari sifat jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratiladi. Xalq xo`jaligini tarmoqlarga bo`lish, aholini sinflarga bo`lib o`rganish, qishloq xo`jaligini jamoa va ijara, shaxsiy xo`jaliklar miqyosida o`rganishlar tipologik guruhlashlarga misol bo`la oladi.
Tuzilmaviy guruhlash yordamida bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil bo`lgan guruhlarning (birliklarning) salmog’i hisoblanadi va shu tariqa to`plam tarkibi o`rganiladi. Bunday guruhlashlar yordamida aholining milliy, jinsik tarkibi, ishchilarning kasbiy tarkibi yoki tuzilmasi kabilar o`rganiladi.
Analitik guruhlash yordamida hodisalar o`rtasidagi o`zaro bog’lanish o`rganiladi. Bunday guruhlashlar omil va natijaviy belgilar bo`yicha amalga oshiriladi. Masalan, ishchi malakasining oshishi (omil belgi) mehnat unumdorligining (natijaviy belgi) oshishiga olib keladi.
Ikki va undan ortiq belgilar bo`yicha amalga oshirilgan guruhlashlar kombinatsion guruhlashlar deyiladi. Bunday guruhlashlar bitta belgi bo`yicha bajarilgan guruhlashlarga qaraganda kengroq analitik xususiyatga ega bo`ladi.



Download 104.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling