Lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti
Download 104.05 Kb.
|
G.Dalijonova Statistika referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diskret qatorlar.
- Oraliqli variatsion qatorlar.
Saflangan qatorlar. Variatsion qatorlarning eng sodda shakli saflangan
(bo`ysiralangan, ranjirlangan) qatorlardir. Ayrim miqdoriy belgilar asosida statistik to`plam belgilarini bo`ysiralash yo`li bilan ko`payuvchi yoki kamayuvchi shaklda tuzilgan qatorlar saflangan qatorlar deb ataladi. Diskret qatorlar. Agarda saflangan qator tayanchi bo`lib tadrijan, darajama-daraja, uzuq-uzuq o`zgaruvchi belgi xizmat qilsa va uning ayrim miqdoriy qiymatlari tez-tez takrorlanib tursa, ularni sanab, muayyan variantaning variantlar sonini, sig`im, hajmini,vaznini aniqlash mumkin. Natijada saflangan qatorga qaraganada variantalarning umumiy soni qisqaradi va har biri bir qancha birliklarni qamrab oluvchi guruh maqomini oladi. Bunday ikki unsurdan tashkil topgan taqsimotlar diskret variatsion qatorlar deb ataladi. Oraliqli variatsion qatorlar. Cheksiz o`zgaruvchan belgiga tayangan qator unsurlarini kattaroq miqdoriy o`lchamlarda ifodalash uchun to`plam birliklarini muayyan belgiga qarab teng kattalikdagi oraliqlarga bo`lish joizdir. Natijada oraliqli variatsion qator hosil bo`ladi. Demak, bunday qator ikki unsurdan varianta oraliqlar va har bir oraliqqa tegishli bunday birliklar sonidan tarkib topadi. Birinchi element varianta ikkinchisi birliklar yoki variantlar soni deb yuritiladi. III. Xulosa Tasniflash va guruhlash hodisa va jarayonlarni o`rganish uchun statistik to`plamlarni tuzish, ularni chegaralash va statistik axborotlarni yaratishning muhim qurolidir. Bu usul yordamida statistik kuzatish natijasida to`plangan besanoq, tarqoq, tasodifiyot girdobida o`ralib qolgan, hom boshlang’ich materiallar asosida ixcham bir-biri bilan uzviy bog’langan, ma`lum tartib-qoidalarga, qonuniyatga bo`ysungan, tuzilmaviy shakllarga ega to`plamlar barpo etiladi. Guruhlash usulidan amaliy ishda foydalanayotganda guruhlarni tuzish va ularni ta`riflovchi birlamchi mutlaq va o`rtacha ko`rsatkichlarni hisoblash bilan odatda chegaralaniladi. Ammo bu holda statistika uslubi ya`ni analitik statistika to`la qonlikda qo`llanildi, deb bo`lmaydi, chunki u guruhiy ko`rsatkichlarni va ular orasidagi bog’lanishlarni baholashni, ishonchli ekanligini aniqlashni talab qiladi. Shuning uchun guruhlash natijalarini elastiklik va barqarorlik ko`rsatkichlarini hisoblash hamda dispersion tahlil bilan to`ldirish va takomillashtirish kerak. Natijada guruhlash statistika usuli sifatida boy mazmunga ega bo`ladi va analitik ahamiyati kuchayadi. Download 104.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling