Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
MAVZU BO’YICHA XULOSALAR
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR
- MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
44 MAVZU BO’YICHA XULOSALAR Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnoma va xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasining xalqaro hujjatlarda va boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlanishiga oid masalalarni ko’rib chiqishlari va xalqaro huquqning umumtan olingan prinsiplaridan kelib chiqib xalqaro shartnomalar huquqining maxsus prinsiplarini ajrata olishlari hamda xalqaro shartnoma huquqi manbalarining ahamiyatini o’rganishlari bilan birga qiyosiy-huquqiy tahlil o’tkazib, xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1. Xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va uning manbalarini aniqlashda 1969 yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena Konvensiyasi hamda Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi shartnomalar huquqi to’g’risidagi 1986 yilgi Vena Konvensiyalarining ahamiyati qanday? 2. Ma’lumki, xalqaro huquqning umumtan olingan prinsiplari xalqaro hujjatlarida o’z aksini topgani (BMT Ustavi va boshqalar). Mazkur prinsiplarning xalqaro shartnomalar huquqining maxsus prinsiplariga aloqadorligini nimada? 1 KAZUS. Mingyillik Rivojlanish Dasturiga ko’ra rivojlanishning sakkizta maqsadi izohlangan. Qaloqlik darajasini kamaytirishdan tortib OITSning tarqalishini to’xtatish va dastlabki umumta’limni berish bilan tugaydi (buning barisi 2015 yilning oxiriga qadar) – ushbu dastur barcha davlatlar va barcha xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan. 1. Xalqaro shartnomalar huquqining manbasi sifatida Mingyillik Rivojlanish Dasturiga huquqiy xarakteristika bering. 2. Mingyillik Rivojlanish Dasturining bajarilishi borasida O’zbekiston Respublikasida qanday chora tadbirlar amalga oshirilmoqda? 2 KAZUS. World Bank tizimiga kiruvchi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) va YUNSITRAL tashkiloti bilan Hindiston davlati hukumati o’rtasida IT texnologiyalarni rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali tijorat olib borishni kengaytirish, elektron tijorat tarmoqlariga investitsiya kiritish bo’yicha shartnoma imzolangan. Shartnomaga muvofiq, YUNSITRAL tegishli sohada samarali natija beruvchi dasturni ishlab chiqishi, Korporatsiya uni moliyalashtirishi, Hindistonda dastur amalga oshirilishi, bunda davlat imtiyozli soliq siyosati, ishchi kuchi ta’minotini amalga oshirishi lozim edi. Biroq, Hindiston hukumati o’z majburiyatini lozim darajada bajarishdan bosh tortadi. Taraflarning e’tiroziga qarshi o’rtada tuzilgan shartnoma xalqaro shartnoma hisoblanmasligini, chunki uning sub’ektlari davlatlar emasligini, shartnomaga nisbatan fuqarolik 45 huquqiy qoidalar qo’llanishi lozimligini keltiradi va shartnoma yuzasidan fuqarolik javobgarlikka masalasida ish ko’rilishini keltiradi. 1) Xalqaro shartnoma tushunchasiga xalqaro-huquqiy ta’rif mavjudmi? Xalqaro xususiy-huquqiy shartnomalar va xalqaro ommaviy shartnomalar tushunchasini yoritib bering. 2) Hindiston hukumatining vajlari asoslimi? Uning javobgarligini hal qiling. 3) Ushbu vaziyatda qaysi soha qonunchiligi qo’llanadi: xalqaro huquqmi yoki xalqaro xususiy huquqmi? MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. Xalqaro shartnomalar huquqi manbalarini o’rganish va uni tahlil qilish natijasida amaliyotdan misollar keltiring va asoslantiring. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 2. Xalqaro shartnoma va xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasiga dunyoning yetakchi olimlari bergan ta’riflarini o’rganish va uni tahlil qilish, ishning yakunida mazkur tushunchalarni umumlashtirish o’zining mualliflik ta’rifini berishga harakat qilishi. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 46 III BOB. XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI SUB’EKTLARI (yuridik fanlar nomzodi Umarxanova Dildora Sharipxanovna) Annotatsiya. Mazkur bob xalqaro shartnomalar huquqining sub’ektlari tushunchasi va turlarini, xalqaro huquq sub’ektlarining shartnomaviy layoqatini hamda uchinchi tomon tushunchasini, uchinchi davlatlar huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi shartnomalarni o’rganishga bag’ishlangan. 3.1. Xalqaro shartnomalar huquqi sub’ektlari tushunchasi. Xalqaro huquqining asosiy sub’ektlari bir paytning o’zida xalqaro shartnomalar huquqi sub’ektlari hisoblanadi. Ya’ni, davlatlar, o’z mustaqilligi uchun kurashayotgan millatlar hamda xalqaro tashkilotlardir. BMT Kotibiyatidan ro’yxatdan o’tgan asosiy xalqaro shartnomalarning sub’ektlari davlatlar hisoblanadi. Xalqaro huquqiy adabiyotlar va xalqaro shartnomaviy amaliyotda “sub’ekt”, “ishtirokchi”, “tomon”, “kelishayotgan davlat” va “kelishayotgan tashkilot”, “ahdlashayotgan tomon”, “muzokarada ishtirok etayotgan davlat” hamda “uchinchi tomon” kabi atamalar qo’llaniladi. 1969 yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena konvensiyasiga ko’ra “kelishayotgan davlat” sifatida shartnoma kuchga kirgan yoki kirmaganligidan qat’i nazar shartnomadagi majburiyatlarga rozilik bildirgan davlat nazarda tutilgan. “Ishtirokchi” esa, kuchga kirgan shartnoma majburiyatlariga rozilik bildirgan davlat nazarda tutilgan. Xuddi shunga o’xshash holat 1986 yilgi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena konvensiyasida ham uchraydi. Faqat “kelishayotgan davlat” bilan bir qatorda “kelishayotgan tashkilot” ham qo’llanilgan. Bundan tashqari, “ishtirokchi” ga nisbatan nafaqat davlatni balki xalqaro tashkilotni ham qayd etgan. Mazkur konvensiyada xalqaro tashkilot sifatida faqatgina hukumatlararo xalqaro tashkilot tushunish nazarda tutilgan. Umuman olganda ko’pchilik xalqaro huquqshunoslar “ishtirokchi” bilan “tomon”ni bir biriga o’xshash deb hisoblaydilar. “Sub’ekt” atamasini esa ko’proq ilmiy ahamiyati bo’lganligi uchun uni ko’proq umumiy xalqaro huquq sub’ekti sifatida qo’llaniladi. 47 Umuman olganda, “xalqaro shartnomalar huquqi sub’ekti” deganda biz xalqaro shartnomalar ishtirokchilarini, tomonlarini tushunishimiz lozim. 3.2. Xalqaro shartnomalar huquqi sub’ektlari turlari Xalqaro shartnomalar huquqi sub’ektlari bu xalqaro shartnomaning qabul qilish jarayonida ishtirok etgan davlatlar, o’z ozodligi uchun kurashayotgan millatlar, erkin shahar davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar (hukumatlararo va nohukumatlararo) hisoblanadi. Umuman olganda, xalqaro huquqning sub’ektlari ayni paytda xalqaro shartnomalar huquqi sub’ekti sifatida qabul qilinadi. Mazkur sub’ektlar yuridik xususiyatlaridan kelib chiqib muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi va uning normalarini yaratadi va amalda tatbiq etishda qatnashadigan tuzilmalar hisoblanadi. Davlat o’zining suverenitetidan foydalangan holda xalqaro shartnomalarda ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan xalqaro shartnomalar huquqining asosiy sub’ektidir. Shartnomalarning aksariyati davlatlar tomonidan tuziladi. U o’zining suverenitet kuchi bilan xalqaro huquq normalarini yaratadi, uning tarkibini aniqlaydi va rioya qilinishini ta’minlaydi. Davlatlar xalqaro shartnomalarga ishtirok etishi orqali o’z hoxish irodalarini xalqaro huquq normalari orqali mustahkamlaydilar. O’z mustaqilligi uchun kurashayotgan millat va halqlar davlatning shakllanish jarayonida namoyon bo’ladilar. Mazkur millat va xalqlarning xalqaro shartnomalar huquqi sub’ekti sifatida ishtirok etishi ularning xalqaro shartnoma normalarini amalga oshirishda ko’zga ko’rinadi. Odatda ularni qo’zg’olonchilar yoki nizolashayotgan tomon sifatida qabul qilinadi. Xalqaro gumanitar huquqi sohasidagi konvensiyalarda, masalan, 1949 yilgi Urush qurbonlarini himoya qilish to’g’risidagi Jeneva konvensiyasi tomonlarga xalqaro xarakterga ega bo’lmagan nizolar yuzasidan mazkur konvensiyaning qoidalarini tadbiq qilish haqida maxsus shartnomalarni tuzishi uchun imkoniyat mavjudligini nazarda tutadi. Shu bilan birga, bu “nizolashayotgan tomonlarning yuridik maqomiga ta’sir etmasligi”ni belgilab berdi (3 modda). Mazkur qoida xalqaro xarakterga ega bo’lmagan nizolarda xalqaro gumanitar huquqi normalarini qo’llanilishi nazarda tutadi. Lekin, bu shartnomalar xalqaro shartnoma maqomiga ega bo’lishi uchun 48 qo’zg’olonchilar yangi davlat hukumatini yoki mavjud davlatning bir qismida yangi davlatni tashkil etishi lozim 1 hisoblanadi. Xalqaro shartnomalar huquqining asosiy sub’ektlaridan tashqari o’ziga xos bo’lgan “noan’anaviy sub’ektlar” yoki “boshqa turdagi sub’ektlar” ham mavjudligini kelitirib o’tish lozim. Bular xalqaro huquq sub’ektlari kabi ikkilamchi hisoblanib, sub’ekt uchun zaruriy bo’lgan barcha elementlarga ega bo’lmagan, biroq xalqaro shartnomalar huquqi sub’ekti sifatida tan olinganlar tushuniladi. Bunday sub’ektlar asosiy sub’ektlar tomonidan biron maqsadda tuziladi va alohida huquqiy jihatdan tartibga solish zarurati bilan izohlanadi. Xalqaro huquq Qo’mitasining bayonotiga binoan “boshqa turdagi sub’ektlar” deganda, Muqaddas Qirollik (Vatikan) va boshqa turdagi xalqaro ko’rinishga ega bo’lgan ma’lum bir vaziyatlarda xalqaro shartnomalarda ishtirok eta oladiganlar tushuniladi 2 . Aksariyat yuristlar Muqaddas Qirollikni katolik va boshqa davlatlarga nisbatan olib qaraganda xalqaro huquq sub’ekti deb hisoblashadi. Shuningdek, uning maqomi suveren davlatlar maqomidan farq qiladi. Umumiy xalqaro huquqqa binoan u xalqaro shartnomalarning tomonlaridan biri bo’la oladi. Bundan kelib chiqadiki, Vatikanning xalqaro shartnomlarda tomonlardan biri bo’la olishi umumiy tarzda tan olingan. Lekin shunga qaramay Vatikan siyosiy va iqtisodiy shartnomalarda ishtirok etmaydi. U odatda ko’p tomonlama umumiy masalalarga oid bo’lgan shartnomalarda ishtirok etadi (asosan gumanitar masalalar). Ikkitomonlama shartnomalari esa, ikkinchi tomon hisoblangan davlatning katolik cherkovi qoidalarini tartibga solishga bog’liq bo’lgan normalarni o’z ichiga oladi 3 . Bir qator davlatlar Malta ordenini ham sub’ekt sifatida tan oladilar, shuning uchun ham bu kabi sub’ektlar erkin shahar bo’lishi ham mumkin. Tarixda ular koloniyalar va ularning ittifoqdoshlari bo’lgan. 1 Mazkur qoida davlatlarning xalqaro huquqqa zid xarakat uchun javobgarligi moddalarida o’z tasdig’ini topgan (10 modda). 2 Report of the ILC. XVI session (A/5209). P. 5. 3 Parry and Grant. Encyclopedic Dictionary of International Law. N.Y., 1986. P. 158. Vatikan – shahar davlat, rasmiy nomi “Muqaddas Qirollik” (Holy See) – Rim katolik cherkovining markazi hisoblanadi. Vatikan davlati shartnomalar tuzadi, biroq ular “Muqaddas hukm (qaror)” sifatida qabul qilinadi. 49 Erkin shahar – cheklangan xalqaro huquq sub’ektlilikka ega bo’lgan, o’ziga xos xususiyatli siyosiy-huquqiy tuzilma. Xalqaro shartnomalarda mustaqil ravishda ishtirok etuvchi erkin shaharlar tarixdan ma’lum. Bular Buyuk Novgorod, Pekov Gamburg, Bremen, Lyubek va boshqalardir. Umumiy olib qaraganda ularning maqomi boshqa davlatlarniki kabi bir xil edi. XIX asrdan boshlab erkin shaharlarning alohida maqomi shakllandi. Bu maqom munozarali hududlar masalalarini tartibga solishda foydalaniladi. Masalan, 1815 yil Buyuk hukmron davlatlarning o’zaro munozaralari kuchaygan davrda Krakovni Vena traktati Rossiya, Avstriya va Prussiya homiyligi asosida “erkin va mustaqil” shahar deb e’lon qildi 1 . Birinchi Jahon urishidan so’ng g’olib tomonlar Polshaga Dantsig (Gdanska)ni qaytarish da’vosini rad etdilar. 1919 yildagi Butundunyo Versal tinchlik shartnomasi Dantsigaga Millatlar Ligasi chegarasidagi erkin shahar maqomini berdi (100-108 moddalar). Xalqaro tashkilotlarning roli xalqaro shartnomalar huquqi sub’ekti sifatidagi faolligining o’sishiga olib keladi. Hozirgi kunda tashkilotlarning xalqaro huquqiy sub’ektililigi umum e’tirof etilgan. Bu holat Xalqaro Sud tomonidan ham bir necha bor ta’kidlangan 2 . Bu vaziyatda tashkilotlar huquqiy sub’ektliligi muhim o’ziga xosliklari, ularning maxsus xarakteri (xususiyati) belgilangan. Xalqaro huquqning sub’ekti hisoblangan xalqaro tashkilotlar shartnomalar huquqining ham sub’ekti hisoblanadi. Vena Konvensiyalarida shunday deyiladi: “Xalqaro tashkilot hukumatlararo tashkilotlarni anglatadi (2- modda). Aslida, a’zolari hukumat emas davlat bo’lgan hukumatlararo tashkilot nazarda tutilmoqda. Davlatlar va tashkilotlarning tuzadigan shartnomalari yaxlit bir huquq bilan boshqarish imkonini beruvchi ko’plab umumiy xususiyatlarga ega ekanligida aks etadi. Xuddi davlat singari tashkilotlar ham o’zining idoralari va agentlari harakati uchun javobgardir. Bu holat Xalqaro Sudning Inson huquqlari Qo’mitasi maxsus ma’ruzachisining yuridik jarayonlarga nisbatan qiyosiy immuniteti ishi bo’yicha 1999 yil 29 apreldan Konsultativ xulosasida ta’kidlanadi 3 . Nohukumat tashkilotlar deganda, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, ilmiy, sport, diniy va boshqa tashkilotlar deb tushunamiz. 1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных договоров - М.: Волтерс Клувер, 2004. - С. 52. 2 ICJ. Reports. 1980. P. 89. 3 Difference Relating to Immunity from Legal Process of a Special Rapporteur of the Commission on Human Rights. No. 99/16//http://www.icj-cij.org 50 Alohida turdagi moliyaviy va ishlab chiqarish bo’yicha hamkorliklar katta ahamiyatga ega. Bu turdagi tashkilotlar faoliyati davlatlarora munosabatlar bilan birga xalqaro hamjamiyatga katta ta’sir ko’rsatadi. Ko’rib chiqilayotgan holat davlatning ichki huquqi bilan, shuningdek davlatning ichki huquqiga bo’ysunuvchi nodavlat tashkilotlarning kelishuvlari bilan boshqariladi. Davlat miqyosidagi ahamiyatga ega bo’lgan munosabatlarni nodavlat tashkilotlar o’rtasidagi kelishuvlar boshqaradigan holatlar kam emas. Masalan, Qizil Xoch Qo’mitasi Ikkinchi jahon urushidan so’ng qochoqlar, harbiy asirlar va boshqalarni vataniga qaytarish to’g’risidagi ko’plab davlatlar bilan bitimlar imzolaganlar. Ko’rib turganimizdek, bu turdagi bitimlar u yoki bu darajada hukumatlararo kelishuvlar vazifasini bajaradi. Nodavlat tashkilotlar o’rtasidagi bitimlar davlatlararo kelishuvlardan deyarli farq qilmaydigan holatlar ham mavjudligi ma’lum. Xalqaro tajribalarda “kelishib olish” atamasi keng qo’llaniladi. Tajribalar tahlili shuni ko’rsatadiki, ba’zi holatlarda bu atama asosiy shartnomaga qo’shimcha kelishuvlarni anglatsa, ba’zi bir holatlarda yuridik jihatdan shartli ravishda kuchga ega bo’lmagan kelishuvlarni anglatadi. Bu masala G.I.Tunkin tomonidan ko’rib chiqilgan, u davlatning ixtiyori “yuridik jihatdan majburiy bo’lmagan normalarni yaratishga qaratilishi ham mumkin” deb fikr bildiradi. Bunday normalarni biz shartli ravishda xalqaro kelishib olish deb ataymiz. Bunday kelishuvlar odatda qo’shma bayonotlarda, rasmiy hisobotlar va deklaratsiyalarda mavjud bo’ladi. Shu tariqa nodavlat tashkilotlar o’rtasidagi bitimlarni hukumat tomonidan ma’qullanish darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Har qanday holatda ham bitimlar, agar ular hukumat tomonidan rasman qabul qilinmagan bo’lsa, xalqaro shartnomalar huquqi bilan tartibga solinmaydi. Ayrim holatlarda nodavlat tashkilotlar hukumatga mos ravishda uning vakili sifatida ham qatnashishi mumkin. Bu tariqa tuzilgan bitimlar xalqaro shartnoma hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan tuzilgan shartnomalar masalasi murakkabroq, zero ular moliya, savdo-sotiq va boshqa doiralarda alohida vazifalarni bajarishi mumkin. Bunday shartnomlarda xalqaro huquq normalari ham, ichki huquq normalari ham qo’llanilish holatlari mavjud bo’lishi mumkin. Ba’zan esa, xalqaro tashkilotlar ular tomonidan tuzilgan bitim butunlay bo’ysunadigan boshqaruvning yuqori darajada rivojlangan 51 tizimini yaratgan holatlar ham ma’lum. Bu borada xalqaro moliyaviy tashkilotlar tajribasi ko’proq misol bo’la oladi. Demak, xalqaro shartnomalar huquq sub’ektlari sifatida shartnomalarda ishtirok etuvchi va imzolashi uchun shartnomaviy layoqatiga ega bo’lgan xalqaro huquq sub’ektlarini tushunishimiz lozim. 3.3. Xalqaro huquq sub’ektlarining shartnomaviy layoqati Xalqaro huquq sub’ektlarining shartnomalarda ishtirok etish huquqi yangi institutni o’zida ifodalaydi. U zamonaviy xalqaro huquq institutlaridan birining muhim elementi hisoblanadi, ya’ni xalqaro muammolarni hal qilishda ishtirok etish huquqi nazarda tutiladi. Mazkur institut bevosita xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga bog’liq bo’lib, uni o’ziga xosligini ko’rsatib beradi. Davlat shartnomalarning barchasida tomonlar bo’lishiga qaramay, uning vakilligi darajasi yuridik jihatdan ajralmagan. Shartnomalarning tuzilishida vakillikning turli darajasi davlatning ichki huquqiga binoan mavjud natijalarga ega bo’lishi mumkin. O’zining suveren kuchi bilan davlat har qanday shartnomalarda, albatta xalqaro huquq doirasidagi shartnomalarda ham ishtirok etish huquqiga ega. Davlatlarning shartnomaviy amaliyotida asosiy rol shartnoma huquqining rivojlanishiga tegishlidir. Tuzilish jarayonida bo’lgan davlat xalqaro huquq bo’yicha huquq va majburiyatlarini olish imkoniga ega bo’lgan davrdan to suveren kuchiga ega bo’lgan paytdan boshlab shartnomalarni tuzishi mumkin. Qabul qilinishi kutilayotgan shartnomaning maqsadi va prinsiplarini inobatga olgan holda ishtirokchilar tarkibi oldindan aniqlab olish o’ta zarur. Shartnomaning maqsadidan kelib chiqib qatnashishi mumkin bo’lgan ishtirokchilarni ko’pchilik xalqaro huquqshunoslar asarlarida 1 quyidagi toifalarlarini uchratishimiz mumkin: - zaruriy ishtirokchilar – ishtirokisiz shartnoma tuzilmaydigan yoki maqsad-mohiyatini yo’qotadigan va bajarilmaydigan davlatlar. Masalan, Yadro qurolining tarqalmasligi haqidagi shartnomalarda zaruriy ishtirokchilar Yadro quroliga ega bo’lgan davlatlar hamda Kosmik hudud 1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных договоров - М.: Волтерс Клувер, 2004. – С.68.; Robert Kolb. The Law of Treaties (An Introduction). - Cheltenham, UK; Northampton, MA, USA: Edwarb Elgar Publishing, 2016. – P.38-40.; Research Handbook on the Law of Treaties. - Cheltenham, UK; Northampton, MA, USA: Edwarb Elgar Publishing, 2014. – P.627-637.; Anthony Aust. Modern treaty law and practice. - Cambridge, United Kingdom: Cambridge University Press, 2000. – P.47-57. 52 to’g’risidagi shartnomalarda esa kosmik ob’ektlarga ega bo’lgan davlatlar hisoblanadi. - muhim ishtirokchilar – shartnomaning samaradorligiga davlatlarning ishtirokining ahamiyati bilan bog’liq bo’lgan. Bu toifaning mohiyati to’g’ridan-to’g’ri shartnomani o’zida aks ettirilmaydi. - maqsadga muvofiq bo’lgan ishtirokchilar – ularning ishtirokisiz ham shartnoma o’z maqsadlarini amalga oshira oladi, lekin ishtiroki shartnomaning samardorligini oshirishda ahamiyatga ega. Yuqorida keltirib o’tilgan misollardagi barcha davlatlar, zaruriy ishtirokchilardan tashqari, ishtiroki foydadan holi bo’lmagan ishtirokchilar hisoblanadi. Masalan, mazkur ishtirokchilar siyosiy shartnomalarda to’liqroq namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, NATO - umumiy ko’ptomonlama shartnoma munosabatlarida ko’pincha maqsadga muvofiq bo’lgan ishtirokchilar qatorida mavjud. - mumkin bo’lgan ishtirokchilar – shartnomada ishtirok etishi mumkin bo’lgan, lekin uning samaradorligiga sezilarli ta’sir etmaydigan davlatlar. - maqsadga muvofiq bo’lmagan ishtirokchilar – ishtiroki shartnoma maqsadiga yetishga to’sqinlik qila olmasada uning samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi davlatlar. - mumkin bo’lmagan ishtirokchilar - ishtiroki shartnomaning maqsadi amalga oshirishini yo’qqa chiqaruvchi davlatlar. Sodir bo’layotgan o’zgarishlar shartnomalararo munosabatlarda davlatning o’rnini ham o’zgartirishi mumkin. Kechagina maqsadga muvofiq bo’lmagan yoki ishtiroki mumkin bo’lmagan ishtirokchilar bugun maqsadga muvofiq bo’lgan ishtirokchilarga aylanib qolishi mumkin. Keltirib o’tilgan ishtirok etishi mumkin bo’lgan ishtirokchilarning toifalari xalqaro huquqqa zid kelmaydi. Suveren davlatlar o’z hoxishlaridan kelib chiqib, agar shartnoma boshqa davlatlar huquqlariga buzmasa, o’zlari tomonidan tuziladigan shartnoma ishtirokchilari doirasi masalasini hal etishlari mumkin. A’zo davlatlar xalqaro shartnomaga bog’liq bo’lgan biron bir masalani muhokama qilish uchun kuzatuvchi yoki mehmon sifatida davlat yoki xalqaro tashkilotni taklif qilishi mumkin. Shartnoma ishtirokchilari shartnoma maqsadidan kelib chiqqan masalani hal qilish borasida qabul qiladigan qaroridan manfaatdor bo’lgan kuzatuvchining pozitsiyasini aniqlashtiradi va e’tiborga oladi. Mehmon hujjat qabul qilish jarayonida ishtirok etish huquqiga ega emas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling