Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana20.10.2017
Hajmi5.58 Kb.
#18288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25

1.4.
 
Xalqaro shartnomalar huquqining kodifikatsiyasi 
 
Xalqaro  shartnomalar  huquqi  quyidagi  universal  konvensiyalarda 
kodifikatsiyalashtirilgan hamda rivojlantirilgan: 
1)
 
1969  yildagi  Xalqaro  shartnomalar  huquqi  to’g’risidagi  Vena 
konvensiyasi; 
2)
 
1986  yildagi  Davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlar  yoki  xalqaro 
tashkilotlar o’rtasidagi shartnomalar to’g’risidagi Vena konvensiyasi. 
Shartnomalar huquqi doirasidagi kodifikatsiyalashning ilk urinishlari 
olimlar  tomonidan  amalga  oshirilgan.  Bunday  kodifikatsiyalar  (tizimga 
kiritish)  doktrinali  deb  ataladi.  Kodifikatsiyalashga  Y.Blyunchli  (kodeks 
ko’rinishida  bayon  etilgan  zamonaviy  Xalqaro  huquq  1868  yil),  D.Fild 
(Xalqaro  Kodeks  asoslarining  loyihasi,  1872  yil)  kabilar  ko’proq  e’tibor 
qaratishgan.  O’z  davrining  nafaqat  tajribasi  balki,  doktrinasidan  ham 
oldinlab ketgan Y.Blyunchlining loyihasi alohida ahamiyatga ega. Boshqa 
bir  qator  mualliflar  asosiy  prosessual  jarayonlardagi  kodifikatsiya  va 
shartnomalarning  tuzilish  tartibi  bilan  cheklangan  bo’lsalar  Y.Blyunchli 
shartnomalarning  xalqaro  huquq  me’yorlari  masalasiga  ham  murojaat 
qilgan. 
Shartnomalarning  huquqining  doktrinal  kodifikatsiyasi  XX  asrda 
ilmiy  institutlar  tomonidan  ham  amalga  oshirilgan.  1935  yildagi  Garvard 
universitetidagi  mualliflar  jamoasi  tomonidan  tayyorlangan  Xalqaro 
shartnomalar  huquqi  to’g’risidagi  Konvensiya  loyihasi  ancha  mashhur
1

Loyiha  shartnomalarning  tuzish  jarayonlarini  ham  qamrab  olgan.  Ichki 
huquqqa  biror-bir  istisnolarsiz  shartnomalarni  bajarmaganligini  oqlovchi 
qo’shimchalar  yoki  o’zgartirishlarni  kiritishga  yo’l  qo’yilmasligi  alohida 
e’tiborga molik. 
Masalan,  “Agar  shartnomaning  o’zida  aksincha  holat  ko’zda  tutilmagan 
bo’lsa,  davlat  shartnoma  shartlarini  bajarmaganligini  oqlovchi  biror  bir  holatni 
o’zining ichki qonuniga yoki huquq tartibot idoralarining o’ziga xos xususiyatlariga, 
                                                 
1
 Draft Convention on the Law of Treaties//AJIL. 1935. No. 4. Suppl. III. 

27 
 
o’zining  konstitutsion  tizimiga  ilova  tarzida  yoki  umuman  qo’shimchalar, 
o’zgartirishlar  kiritish  yoki  ayrim  tegishli  bandlarni  olib  tashlashi  mumkin  emas” 
(23-modda). 
Shartnomlarga  tegishli  normalarning  rasman  kodifikatsiyalanishi 
XIX  asrning  boshlariga  kelib  dolzarblashdi.  Vaziyat  murakkab  edi. 
Xalqaro  shartnomalar  to’g’risidagi  Garvard  Konvensiyasi  loyihasining 
izohida  shunday  deyiladi:  “...  Xalqaro  shartnomalarning  aniq  va  ravshan 
huquqlari mavjud emas ... shartnomalar huquqi sohasi o’zida havotirlar avj 
olib  borayotgan  va  hozirgi  kunda  yaxlit  kelishuv  va  umumiy  standartlari 
judayam kam belgilangan doirani aks ettirgan”
1

Shunga o’xshash fikr 1926 yil Millatlar Ligasining Xalqaro huquqni 
kodifikatsiyalash 
bo’yicha  ekspertlar  qo’mitasi  tomonidan  ham 
bildirilgan
2

Rasmiy  kodifikatsiyaning  birinchi  akti  1928  yil  Amerika 
davlatlarining  konferensiyasida  qabul  qilingan.  Xalqaro  shartnomalar 
Konvensiyasi  hisoblanadi.  Tarkibi  jihatidan  Konvensiya  judayam 
chegaralangan edi, shunga qaramay u baribir kuchga kirmadi. 
Shartnomalarga  tegishli  normalarni  kodifikatsiyalashga  bo’lgan 
navbatdagi  urinish  Millatlar  Ligasi  doirasida  bo’ldi.  1924  yil  Xalqaro 
huquqning  istiqbolli  kodifikatsiyasi  bo’yicha  ekspertlar  qo’mitasi  tuzildi. 
Kodifikatsiyalash uchun tayyor bo’lgan xalqaro huquq tarmoqlari bilan bir 
qatorda  qo’mita  shartnomalarga  oid  normalarni  ham  ko’rsatib  o’tdi. 
Shuningdek,  qo’mita  shartnomalarning  tuzilish  jarayoni  bilan  bog’liq 
bo’lgan  masalalar  bilangina  cheklandi,  qolaversa  bu  masalalar 
konferensiya  ishining  bir  qismi  sifatida  ko’rib  chiqildi.  Qo’mitaning  o’zi 
ham  e’tirof  etganiday  bu  darajadagi  cheklangan  yondashuv  ko’zlangan 
natijalarni berolmasdi. Uning 1927 yilda Liga Ittifoqi axboroti uchun qabul 
qilingan yakuniy xulosasida shunday deyiladi: “Konferensiya jarayonining 
tartib  qoidalarini  avvaldan  ko’ra  bilish  va  uni  qay  tarzda  amalga  oshirish 
yoki Konvensiyada shartnomalarning tayyorlanish metodlari va shartnoma 
matnlarini tuzib chiqishni avvaldan belgilash qiyin”. 
Bularning  barchasi  shartnoma  huquqining  shakllanish  jarayoni 
qanday  qiyinchiliklar  bilan  kechganligidan  dalolat  beradi.  Shartnoma 
huquqi  butun  bir  xalqaro  huquqning  harakatlanishida  asosiy  ishga 
tushiruvchi  qurilma  vazifasini  bajarishi  bilan  izohlanadi.  U  normalar 
yaratilishi 
tartibini, 
haqiqiyligini, 
amal 
qilinishini 
va 
faoliyati 
to’xtatilishini belgilab beradi. 
                                                 
1
 AJIL. 1935. No. 4. Suppl. III. P. 666-667. 
2
 L.N. Document. C. 196. M. 70. 1927. V. P. 112. 

28 
 
Oxir oqibat shartnomalar huquqining rasmiy kodifikatsiyasi va uning 
jadal  rivojlanishi  faqatgina  XX  asrning  2-yarimiga  kelib  BMT  doirasida 
boshlandi.  Ushbu  masalaning  yechimini  topish,  uni  hal  etish  zarurati 
yanada  yaqqolroq  sezila  boshlandi.  Xalqaro  huquqning  faoliyati  keng 
ko’lamda  bog’liq  bo’lgan  xalqaro  huquq  tarmog’i  bebartib  ahvolda  edi. 
1949  yilgi  BMT  Bosh  Kotibi  memarandumida  shunday  deyiladi: 
“Ikkilanish  va  shubhalardan,  ayrim  holatlarda  esa  chigalliklardan  holi 
bo’la  olgan  biror  bir  shartnoma  huquqi  sohasining  mavjudligi  amri 
mahol”
1

Komissiyaning  shartnoma  huquqi  to’g’risidagi  moddalar  loyihasi 
ustida  olib  borgan  ishi  unchalik  katta  bo’lmagan  tanaffuslar  bilan  1966 
yilgacha  davom  etgan.  O’sha  payt  yakuniy  loyiha  qabul  qilindi.  Loyiha 
davlatning  umumiy  holatini  hisobga  oldi  va  turli  xil  xalqaro  huquqiy 
konvensiyalarni o’zida aks ettirdi. Umuman olganda u ko’plab hukumat va 
ko’zga ko’ringan yuristlarning yuqori bahosiga sazovor bo’ldi
2

Shartnomalar  huquqi  kodifikatsiyasining  navbatdagi  bosqichi 
BMTning  1968  va  1969  yillardagi  shartnomalar  huquqi  to’g’risidagi  2  ta 
sessiyadan iborat bo’lgan Vena konferensiyasi bo’ldi
3

Vena  konferensiyasi  o’zining  1969  yildagi  yakuniy  ishida  xalqaro 
tashkilotlar  ishtirokidagi  shartnomalar  masalasining  dolzarbligiga  ishora 
qiluvchi  va  BMT  Bosh  Assambleyasi  Xalqaro  huquq  Komissiyasiga  bu 
masala bilan shug’ullanishni tavsiya qilgan rezolyutsiyasini qabul qildi. Bu 
taklif  Assambleya  rezolyutsiyasida  12  noyabr  1964  yildan  boshlab  qabul 
qilinib, unda masalaning mohiyati belgilab berildi. 
Ma’lumki,  hatto  xalqaro  huquq  Komissiyasiga  ham  mos  keluvchi 
loyihani  tayyorlash  uchun  deyarli  15  yil  kerak  bo’ldi.  Ko’rsatib  o’tilgan 
loyihaning  bir  qator  mavjud  holatlariga  AQSH  norozilik  munosabatini 
bildirdi. Oxir oqibat AQSH baribir Konvensiyani ratifikatsiya qilmadi
4

1969  yildagi  Vena  Konvensiyasi  bu  turdagi  Konvensiyalar  uchun 
anchagina  qisqa  bo’lgan  vaqtda,  1980  yil  kuchga  kirdi.  SSSR 
Konvensiyaga  1986  yildan  qo’shildi  va  shu  yilning  29  mayidan  boshlab 
                                                 
1
 Survey of International Law in Relation to the Work of Codification of the International Law Commission//A/CN. 4/1. 
Rev. 1. 1949. P. 52. 
2
  Талалаев  А.Н.  Право  международных  договоров.  С.56;  Lissitzyn  O.  Efforts  to  Codify  or  Restate  the  Law  of 
Treaties//Essays  on  International  Law.  N.Y.,  1965;  Rysiak  G.  Przed  II  etapem  kodyfikacji  prawa  tractatуw//Sprawy 
miкdzynarodowe. 1969. No 4. 
3
  U.N.  Conference  on  the  Law  of  Treaties.  Official  Records.  First  Session,  1968.  N.Y.,  1969;  Second  Session,  1969. 
N.Y.,  1970.  Особый  интерес  представлyaют  труды  авторов,  принимавших  участие  в  работе  Венской 
конференции.  См.:  Талалаев  А.Н.  Цит.  соч.;  Нaхлик.  С.  Кодекс  права  трактатов.  Варшава,  1976;  Elias  T.  The 
Modern Law of Treaties. N.Y., 1974. 
4
 О позиции США в отношении Конвенции см. статью юридического советника госдепартамента: Stevenson J. 
The Vienna Convention on the Law of Treaties//The Department of State Bulletin, 1573. 1969. 

29 
 
SSSRda  kuchga  kirdi.  Hozirgi  kunda  ko’plab  davlatlar  Konvensiyaning 
ishtirokchisi hisoblanadi. Konvensiya kuchga kirgunga qadar Xalqaro Sud 
uning  ko’p  holatlari  umumiy  xalqaro  huquq  normalarini  o’zida  aks 
ettirishni ta’kidladi
1

Komissiya  ikkinchi  Konvensiya  loyihasi  ishiga  kirishish  arafasida 
nafaqat  avvalgi  loyiha  ishlanmalarining  tajribasigagina  emas,  balki 
qo’shimcha  materiallarni,  bir  qator  hukumat  va  xalqaro  tashkilotlar 
tomonidan keltirilgan taklif va munozaralarni ham inobatga oldi. 1982 yil 
Komissiya  loyiha  ustidan  olib  borgan  ishini  yakunladi  va  Bosh 
Assambleyaga  Konvensiyani  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish  uchun 
diplomatik Konferensiya tashkil etishni taklif etdi. 
1986  yil  Vena  konferensiyasida  davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlar 
o’rtasidagi  yoki  xalqaro  tashkilotlar  bilan  xalqaro  tashkilotlar  o’rtasidagi 
shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena Konvensiyasi qabul qilindi. 
Ko’rinib turibdiki, gap hech bo’lmaganda tomonlarning biri xalqaro 
tashkilot  bo’lgan  holda  tuzilgan  shartnomalar  haqida  ketmoqda. 
Konvensiya  bu  turdagi  shartnomalarni  alohida  belgilaydi.  Yangi 
konvensiya birgina sessiyaning o’zida qabul qilindi. 
Konferensiyaga  tayyorgarlik  jarayonida  va  ishga  kirishish  avvalida 
asosiysi xalqaro tashkilotlarning huquqiy maqomi masalasi bo’ldi. Xalqaro 
huquq Komissiyasining loyihasida tashkilotlar ham davlatlar singari, teng 
huquqqa  ega  bo’lgan  holda  xalqaro  konferensiya  va  xalqaro 
shartnomalarda  ishtirok  eta  olishi  ta’kidlangandi  (9-modda).  Boshqacha 
vaziyat  1985  yil  BMT  Bosh  Assambleyasi  tomonidan  o’tkazilishi 
kutilayotgan  konferensiya  jarayonlarining  tartib  qoidalarida  aniqlandi. 
Yechim  qabul  qilishda  ovoz  berish  huquqi  faqatgina  davlatlarga  tegishli 
deb  e’tirof  etildi.  Tashkilotlar  konferensiyada  ishtirok  etishi  yoki  uning 
idoralari  faoliyatida  qatnashishi,  o’z  fikr-mulohazalarini  bildirishi 
mumkin. 
Shuningdek, davlat va tashkilotlarning xalqaro huquq sub’ektlaridagi 
mavjud farqlar ularning shartnomaviy huquqlarida ham ko’zga tashlanmay 
qolmaydi.  Barcha  davlatlar  suverenlik  jihatidan  tengdir.  Tashkilotlar 
ularning huquqiy tabiatini, har birining o’ziga xos jihatlari, xususiyatlarini 
belgilab  beruvchi  davlatlarning  kelishuvlari  asosida  tashkil  etiladi. 
Natijada  tashkilotlarning  maqomi  nafaqat  davlatning  maqomidan,  balki 
boshqa turdagi tashkilotlar maqomidan ham farq qiladi. Shu kabilar tufayli 
tashkil  etilgan  tashkilotlarning  kelishuvlarida  ularning  tashqi  jihatdan 
                                                 
1
U.N. Conference on the Law of Treaties. Official Records. First Session. P. 11-13. 

30 
 
mutanosibligi  doirasi  aniq  belgilanmaydi.  Shuning  uchun,  shartnomadagi 
tomonlarning biri sifatida tashkilotning teng huquqliligini tan olgan holda, 
Konvensiya  shartnoma  huquqiy  sub’ektining  o’ziga  xos  xususiyatilarini 
ham tasvirlab bergan. 
Shu  tariqa  XX  asrning  2-yarmida  xalqaro  hamjamiyat  xalqaro 
shartnoma  huquqi  kodifikatsiyalanishiga  erishdi.  Ushbu  muvaffaqiyatni 
qiymatini 
baholash 
uchun 
asrning 
1-yarmida 
davlatlar 
hattoki 
shartnomalarning  tuzilish  jarayonini  tartibga  soluvchi  normalarni  ham 
kodifikatsiya  qilolmaganligini  eslashning  o’zi  kifoya.  Bunda  esa,  nafaqat 
jarayonning rasmiy holatlarini aniqlab beruvchi, balki huquqiy me’yorlari 
talablarini ham o’rnatuvchi normalari ham kodifikatsiyalandi.  
 
1.5.
 
O’zbekistonda xalqaro shartnomalar huquqining rivojlanishi 
 
Xalqaro  huquqning  to’la  huquqli  sub’ekti  sifatida  O’zbekiston 
Respublikasi  bugungi  kunda  xalqaro  hamjamiyatning  boshqa  sub’ektlari 
bilan  o’zaro  hamkorlik  munosabatlarini  ikki  tomonlama  va  ko’p 
tomonlama xalqaro shartnomalar orqali rivojlantirib kelmoqda.  
O’tgan  davr  mobaynida  O’zbekistonning  xalqaro  shartnomaviy 
bazasini  rivojlanishi  bilan  bir  qatorda,  uning  xalqaro  shartnomaviy 
munosabatlarini  tartibga  soladigan  milliy  qonunchiligi  ham  takomillashib 
bordi.  Avvalombor,  O’zbekiston  Konstitutsiyasining  muqaddimasida 
mamlakatning  xalqaro  huquqning  umume’tirof  etilgan  prinsiplari  va 
normalariga  sodiqligi  ko’rsatib  o’tildi  va  tegishli  konstitutsiyaviy 
normalarda  o’zining  tashqi  siyosatini  amalga  oshirishda  xalqaro  huquq 
prinsiplariga  rioya  qilishi,  O’zbekiston  Respublikasi  nomidan  xalqaro 
shartnomalar  imzolash,  ratifikatsiya  qilish  vakolatiga  ega  bo’lgan 
sub’ektlar belgilab qo’yildi.  
Alohida ta’kidlash lozimki, mazkur shartnomalarning 200 dan ortig’i 
intellektual mulk sohasiga oid, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
sohasiga  oid,  iqtisodiy  sohaga,  inson  huquqlariga  oid,  terrorizmga  qarshi 
kurash  sohasiga,  transport  sohasiga,  jinoyatchilikka  qarshi  kurash 
E’tibor bering! 
Mustaqillik yillaridan boshlab, O’zbekiston hozirgacha 3000 dan ortiq xalqaro 
huquqiy  xarakterdagi  ko’p  tomonlama  va  ikki  tomonlama  shartnomalarga 
qo’shilgan  (siyosiy  bayonotlar  va  birgalikdagi  deklaratsiyalar,  shuningdek, 
hukumatlararo  darajada  erishilgan  turli  kelishuvlarning  soni  umumiy  4000 
atrofida).
 

31 
 
sohasiga,  yalpi  qirg’in  qurollarini  tarqatmaslikka  doir,  mehnat 
munosabatlari  kabi  sohalarga  oid  asosan  universal  ko’p  tomonlama 
xalqaro konvensiyalar va shartnomalar hisoblansa, shulardan 70dan ortig’i 
esa bevosita inson huquqlariga oiddir.  
O’zbekiston hozirgacha BMT Kotibiyati tomonidan inson huquqlari 
sohasida  alohida  ajratib  ko’rsatiladigan  22  ta  asosiy  konvensiyadan  20 
tasini ratifikatsiya qilgan.  
O’tgan  davr  mobaynida,  O’zbekistonning  milliy  qonunchiligi  u 
qo’shilgan  xalqaro  shartnomalarga  hamda  umume’tirof  etilgan  xalqaro 
tamoyillarga  muvofiqlashtirilib  borilmoqda.  Shu  bilan  birga,  xalqaro 
shartnomalarga oid maxsus qonunchilik shakllandi. Jumladan, 1995 yil 22 
dekabrda  qabul  qilingan  “O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro 
shartnomalari to’g’risida”gi qonuni O’zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalarini tuzish, bajarish, to’xtatish, to’xtatib turish va denonsatsiya 
qilish tartibini belgilaydi. 
O’zbekistonning  xalqaro  shartnomaviy  bazasini  rivojlanish 
tendensiyalari  to’g’risida  fikr  yuritilar  ekan,  qayd  etish  lozimki,  dastlab, 
ya’ni XX asrning 90 yillarda asosan turli sohalardagi eng muhim xalqaro 
shartnomalarga  qo’shilgan.  90  yillarning  oxiri  va  2000  yillarning 
boshlarida, 
turli 
sohalardagi 
xalqaro 
shartnomalarning 
sonini 
ko’paytirishga  e’tibor  qaratilgan  bo’lgan  bo’lsa,  shartnomaviy-huquqiy 
bazasining 
takomillashtirishning 
hozirgi 
bosqichida 
esa, 
e’tibor, 
birinchidan  amaldagi  shartnomalar,  bitimlar,  memorandumlar  va  boshqa 
hujjatlarni  samarali  amalga  oshirishga,  ikkinchidan,  qabul  qilinayotgan 
hujjatlarning  amaliy  ahamiyati  va  ularni  imzolashdan  kutilayotgan 
natijalarni  asoslash  orqali  tuziladigan  hujjatlar  asosida  xalqaro-huquqiy 
bazani kengaytirishga qaratilmoqda.  
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar huquqi sohasida 
amalga  oshirilgan  yana  muhim  masalalardan  biri,  bu  O’zbekiston 
qo’shilgan  va  ratifikatsiya  qilgan  xalqaro  shartnomalar  matnlarini  e’lon 
qilib  borish  sohasida  amalga  oshirilgan  ishlardir.  Bunda  yangi 
informatsion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Jumladan, 2012 yil 
24 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya 
vazirligining  amaldagi  xalqaro  shartnomalarni  O’zbekiston  Respublikasi 
qonunchiligining  milliy  ma’lumotlar  bazasi  bo’lmish 
www.lex.uz
.  saytiga 
joylashtirish  orqali  xalqaro-huquqiy  ma’lumotlar  bazasini  tashkil  etish 
to’g’risidagi  qo’shma  qarori  qabul  qilindi.  Bu  esa,  O’zbekiston 

32 
 
Respublikasining xalqaro-huquqiy bazasidan mamlakatdagi har bir fuqaro 
va jismoniy shaxs tanishish imkoniyatini yaratib berdi.  
Shuningdek,  O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari 
bo’yicha  ma’lumotlar  “Norma”  huquqiy  ma’lumotlar  tizimiga  ham 
joylashtirilmoqda.  
 
MAVZU BO’YICHA XULOSALAR 
 
Mazkur  mavzuni  o’rganishda  talabalar  xalqaro  shartnomalarning  vujudga 
kelishi  va  qadimgi  davrdagi,  o’rta  asrlardagi  xalqaro  shartnomalar,  xalqaro 
shartnomalar  huquqining  shakllanishi  va  rivojlanish  tendensiyalari,  xalqaro 
shartnomalar  huquqning  kodifikatsiyasining  ahamiyatini  o’rganishlari  bilan  birga 
qiyosiy-huquqiy  tahlil  o’tkazib,  xalqaro  huquqiy  munosabatlarda  ularning  rolini 
aniqlashlari lozim. 
 
NAZORAT UCHUN
 
SAVOLLAR VA KAZUSLAR 
 
1.
 
Qadimgi 
dunyo 
mamlakatlaridagi 
xalqaro 
shartnomalar 
qaysi 
masalalarga qaratilgan va ularning shakllari va tuzilishlari, predmeti qanday bo’lgan? 
2.
 
O’rta asrlardagi xalqaro shartnomalar qadimgi xalqaro shartnomalardan 
nimasi bilan farq qilar edi? 
3.
 
Xalqaro shartnomalar huquqi qachondan boshlab shakllana boshladi? 
4.
 
Xalqaro  shartnomalar  huquqining  kodifkatsiyasi  nima  va  u  qanday 
jarayonni qamrab oladi? 
 
1
 
KAZUS 
Italiya va Gretsiya davlatlari o’rtasida o’zaro kemada horijiy davlatlar yuklarini 
tashish va shu maqsadda O’rta yer dengizi hududida suzuvchi kemalarni xavfsizligini 
ta’minlashda  dengiz  hududiy  taqsimotini  aniqlashtirib  beruvchi  shartnoma  tuziladi. 
Shartnoma  1965  yilda  imzolanib,  uning  amal  qilish  muddati  1970  yildan  boshlab 
cheksiz  davrga  tadbiq  etilishi  shartnomaning  shartlaridan  biri  sifatida  belgilanadi. 
Shartnomaning  hududiy  taqsimot  bobida  belgilab  qo’yilgan  kemalarning  alohida 
ruxsatnoma bilan yurish qoidalari bilan bog’liq norma Gretsiya tomonidan 1976 yilda 
buziladi.  Italiya  tomoni  nizoni  hal  qilish  bevosita  shartnomaning  o’zida 
ko’rsatilmaganligi tufayli, 1969 yilgi Vena konvensiyasi qoidalarini holatga nisbatan 
tadbiq etilishini va shu yo’l bilan nizoni hal etishni talab qiladi. 
1.
 
Xalqaro  shartnomalar  huquqi  manbalarini  yaratilishi  tarixini  yoritib  bering? 
Shu  nuqtai  nazardan  Italiya  va  Gretsiya  o’rtasidagi  shartnomaviy  nizo  Vena 
konvensiyasi bilan hal qilinishi mumkinmi? 
2.
 
Vena  konvensiyasining  kuchga  kirish  tartibi  va  amal  qilish  doirasi  qanday? 
Bu tartibni nizoli vaziyatga nisbatan tadbiq eting. 
 
 

33 
 
2
 
 KAZUS.  
1867 yili 18 oktyabrda Rossiya imperiyasi va AQSH o’rtasida Alyaska hududini 
AQSH  ixtiyoriga  o’tkazish  to’g’risida  shartnoma  imzolangan.  Shartnomaga  ko’ra 
AQSH  buning  uchun  7.2  million  dollar  to’lagan.  Hozirda  tarixchilarning 
tadqiqotlariga ko’ra, Alyaska sotilmagan balki, 99 yil muddatga ijaraga berilgan. Bu 
muddat  tugagach  SSSR  hukumati  Alyaskani  qaytarib  olish  choralarini  ko’rmagan. 
Shuningdek,  ma’lumotlar  o’rtada  kelishilgan  pul  AQSH  tomonidan  to’liq 
to’lanmaganligi,  mazkur  shartnoma  Rossiyaning  roziligisiz  imzolanganini 
ko’rsatmoqda. Yuqoridagi asoslarga tayanib Rossiya Federatsiyasi hukumati mazkur 
shartnomani  bajarilgan  deb  hisoblamoqda  va  yaqin  kelajakda  Alyaskani  qaytarib 
olish uchun huquqiy vositalarni ishga solishni rejalashtirgan. 
1.
 
Rossiya  Federatsiyasi  qanday  huquqiy  vositalar  orqali  Alyaskani  qaytarib 
olishi mumkin? AQSHning himoyaviy pozitsiyasi qanday bo’ladi? 
2.
 
Sizningcha  Alyaska  shartnomasi  qaysi  holatda  bajarilgan  yoki  bajarilmagan 
deb hisoblanadi?  
3.
 
Mazkur  nizo  qaysi  halqaro  huquqiy  hujjatlar  bilan  hal  qilinadi?  Vena 
konvensiyasi  qabul  qilinguncha  bo’lgan  davrda  xalqaro  shartnomalar  huquqining 
qanday manbalari mavjud edi? 
 
 
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 
 
1.
 
Qadimgi  Gretsiya  va  Rimda  xalqaro  shartnomalarni  tuzishga  qo’yilgan 
talablar asosida xalqaro shartnoma  matni loyihasini tuzing? Ish shakli – nazorat ishi 
(esse). 

34 
 
II BOB. XALQARO SHARTNOMALAR VA XALQARO 
SHARTNOMALAR HUQUQI 
 
(yuridik fanlar nomzodi Umarxanova Dildora Sharipxanovna) 
 
Annotatsiya.  Mazkur  bobda  talabalarga  xalqaro  shartnomalar  huquqi 
tushunchasini,  belgilarini  va  ularning  mazmun  mohiyatini;  xalqaro  shartnomalar 
huquqi  predmetini;  xalqaro  shartnomalar  huquqi  manbalari  tushunchasini;  xalqaro 
shartnomalar  huquqi  prinsiplari  tushunchasi  va  ularning  ahamiyati;  ularning 
turlarining batafsil o’rganishiga va aniqlab olishga imkon beradi.  
 
2.1.
 
Xalqaro shartnoma va xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi 
 
 
Hozirgi  kunda  xalqaro  munosabatlarning  ma’lum  bir  darajada 
shartnomalarsiz  boshqariluvchi  biror  bir  sohasini  topish  qiyin. 
Shartnomalar  siyosiy  va  harbiy  hamkorlikni,  iqtisodiy  va  moliyaviy 
aloqalarni,  ilm-fan,  texnika,  madaniyat,  atrof-muhitni  himoya  qilish  va 
boshqa  doiralardagi  hamkorlikni  amalga  oshiradi.  Shartnomalar  asosida 
xalqaro  tashkilotlar  tuziladi  va  faoliyat  olib  boradi.  Shartnomalar 
davlatning  milliy  tizimini  tartibga  solinishida  ham  muhim  ahamiyatiga 
ega.  
Xalqaro  huquqning  ko’rib  chiqilayotgan  sohasining  ahamiyati 
ularning  zamonaviy  xalqaro  munosabatlardagi  roli  bilan  belgilanadi. 
Shartnomalar  boshqa  bir  qator  global  muammolarning  yechimiga  bog’liq 
bo’lgan,  zamonning  muhim  muammosi  –  xalqaro  tizim  boshqaruvining 
jadal  rivojlanib  borishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  masalalar  yechimida  zaruriy 
vosita hisoblanadi. 
Xalqaro shartnoma xalqaro huquq sub’ektlari o’rtasidagi hamkorlikni 
aniqlashning  oddiy,  keng  tarqalgan  va  turli  xil  munosabatlarni  tartibga 
soladigan yuridik shakli hisoblanadi. 
 
Mazkur  ta’rif  deyarli  barcha  milliy  va  xorijiy  Xalqaro  ommaviy 
huquq darsliklarida o’z aksini topgan. 
Download 5.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling