Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
KASSATSIYA SHIKOYATINING (PROTЕSTINING)
Download 4,58 Mb. Pdf ko'rish
|
KASSATSIYA SHIKOYATINING (PROTЕSTINING) MAZMUNI
Shikoyat bеrilayotgan yoki protеst kеltirilayotgan sudning nomi Shikoyat yoki protеst kеltirayotgan shaxsning nomi
Hal qiluv qarori ning noto’g’riligi nimadan iborat ekanligi Shikoyat bеrayotgan yoki protеst kеltirayotgan shaxsning iltimosi
Shikoyat yoki protеstga ilova qilingan yozma matеriallarning ro’yxati Shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarori va uni chiqargan sud
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 213
XIII BОB
Kassatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Kassatsiya protesti ushbu ishda qatnashganligidan qat’iy nazar prokuror yoki uning o‘rinbosari tomonidan keltiriladi va imzolanadi. Kassatsiya shikoyatida yoki protestida shikoyat bergan shaxs yoki protest keltirgan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
FPKning 348 3 -moddasiga asosan apellyatsiya va kassatsiya tartibida berilgan shikoyat va keltirilgan protestlar tegishli instansiya sudi nomiga yozilsa ham, hal qiluv qarori chiqarilgan sudga taqdim qilinadi. Aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi qarorlarida ko‘rsatilishicha, bevosita ishni ko‘rish lozim bo‘lgan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasiga bu shikoyatlarning berilishi yoki protestlarning keltirilishi ularni ko‘rmay qoldirish yoki qaytarishga asos bo‘la olmaydi. Bunday tartibda kelib tushgan shikoyat va protestlar hal qiluv qarori yoki ajrim chiqargan sudga tegishli tartibda rasmiylashtirish uchun yuboriladi. Yuqori instansiya sudlari, prokuratura va boshqa idoralarga bir yillik muddat davomida taraflardan kelib tushgan shikoyatlar FPKning 348 3 -,
348 4 -, 348 5 -, 348
6 -, 348
7 - hamda 348 8 -moddalari talablariga ko‘ra hal qiluv qarori chiqargan sudga kassatsiya tartibida rasmiylashtirish uchun yuboriladi. Birinchi bosqich sudi berilgan kassatsiya shikoyati yoki protesti asosida hal qiluv qarorining ijrosini zudlik bilan to‘xtatish haqida ajrim chiqaradi va FPKning 348 6 -moddalarida belgilangan protsessual harakatlarni amalga oshirib, darhol ishni tegishli instansiya sudiga rasmiylashtirib yuborish choralarini ko‘rishi lozim. FPKning 348 5 -moddasiga muvofiq, agar kassatsiya shikoyati berish yoki protesti keltirish paytida FPKning 348 3 - va 348
4 -moddalari talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa yoki davlat boji to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berganlik uchun boj to‘lamagan bo‘lsa, kassatsiya shikoyati yoki protesti harakatsiz qoldiriladi. Kassatsiya shikoyati
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 214
XIII BОB
yoki protestini harakatsiz qoldirish to‘g‘risida sudya bu shikoyat yoki protestning harakatsiz qoldirilishiga asos bo‘lgan kamchiliklarni va ularni tuzatish uchun berilgan muddatni ko‘rsatib ajrim chiqaradi. Agar shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxs ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarni belgilangan muddatda tuzatsa, shikoyat yoki protest dastlab sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi. Aks holda, shikoyat yoki protest berilmagan hisoblanib, shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi.
6 -moddasiga ko‘ra, sudya yoki sud raisi kassatsiya shikoyati yoki protestini olgandan so‘ng: 1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat yoki protestning nusxalarini yuborishi; 2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida ma’lum qilishi; 3) sud qarori ijrosini (agar u ijro etilmagan bo‘lsa) ish kassatsiya tartibida ko‘rilguniga qadar to‘xtatib qo‘yishi va bu xususda manfaatdor shaxslar, tashkilotlarni xabardor etishi; 4) kassatsiya shikoyati yoki protesti kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddat ichida ishni tushgan shikoyat yoki protest bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudda ish materiallari va tushgan shikoyatlar yoki protestlar bilan tanishishga haqli. FPKning 348 7 - moddasiga binoan, protsessda kassatsiya shikoyati bergan taraf tomonida qatnashayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qo‘shilishlari mumkin. Shikoyatga qo‘shilish haqida ariza bergan vaqtda davlat boji undirilmaydi. FPKning 348 8 - moddasiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat yoki protest yuzasidan sudga tushuntirish berishga (e’tiroz bildirishga) haqli, bu tushuntirishni (e’tirozni) tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilib topshiriladi.
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 215
XIII BОB
Tushuntirish (e’tiroz) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga taqdim etiladi. Bu nusxalarni sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi). FPKning 348 9 - moddasiga asosan, kassatsiya instansiyasi sudi zarur hollarda: 1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat yoki protest yuzasidan tushuntirish berishni (e’tiroz bildirishni) taklif qiladi. Tushuntirishlarning (e’tirozlarning), shuningdek, ularga ilova qilingan hujjatlarning nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi; 2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha dalillarni talab qilib olishga ko‘maklashadi.
Kassatsiya shikoyatidan voz kechish bilan kassatsiya instansiyasida da’vodan voz kechish oqibatlarida farq mavjud. Xususan, shikoyatdan voz kechilganda birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori bekor qilinmaydi. FPKning 348 10 - moddasiga binoan, kassatsiya shikoyati bergan shaxs uni to‘ldirish, o‘zgartirish yoki undan voz kechishga haqli. Kassatsiya protesti keltirgan prokuror, shuningdek, yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanguniga qadar protestni to‘ldirish, o‘zgartirish yoki qaytarib olishga haqli. Agar hal qiluv qarori ustidan boshqa shaxslar shikoyat bermagan bo‘lsa, shikoyatdan voz kechish qabul qilinganligi to‘g‘risida va protest qaytarib olingan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarib, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi. Lekin bunda birinchi instansiya sudi hujjati o‘z kuchida qoladi. FPKning 348 11 - moddasiga ko‘ra, kassatsiya shikoyati berilgan yoki protest keltirilgandan keyin da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning da’vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda bayon etilib, kassatsiya instansiyasi sudiga topshirilishi lozim. Agar ishni ko‘rish vaqtida da’vogar arz qilgan talablaridan voz kechsa, javobgar arz qilingan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsalar, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 216
XIII BОB
yozib qo‘yiladi va bayonnomani tegishincha da’vogar, javobgar yoki har ikki taraf imzolaydi. Sud da’vodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin da’vogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi. Da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi qabul qilingan yoki taraflarning kelishuv bitimi tasdiqlangan taqdirda kassatsiya instansiyasi sudi chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi. Agar da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid bo‘lsa yoxud kimningdir huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan bo‘lsa, sud voz kechishni rad qiladi yoki tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlamaydi hamda ishni kassatsiya tartibida ko‘radi.
FPKning 348 13 - moddasiga muvofiq, ishni kassatsiya tartibida ko‘rayotganida sud birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini kassatsiya shikoyati yoki protestining vajlari hamda ular yuzasidan bildirilgan e’tirozlar doirasida tekshiradi. U yangi dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. FPKning 348 14 -moddasiga asosan, kassatsiya instansiyasining sud majlisi FPKning 14-, 333–342-moddalarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi. FPKning 348 15 - moddasiga ko‘ra, sud ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqach, o‘z ajrimi bilan: 1) hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaslikka; 2) hal qiluv qarorini o‘zgartirishga yoxud butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga; 3) FPKning 314-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga hamda ishni yangidan ko‘rib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga haqli;
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 217
XIII BОB
4) hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga hamda FPKning 97- va 100-moddalarida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra, ish yuritishni tugatishga yoxud arizani ko‘rmasdan qoldirishga haqli.
Kassatsiya sudining ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: 1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy; 2) ajrim chiqargan sudning nomi va tarkibi; 3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 4) ish kimning shikoyati yoki protesti bo‘yicha ko‘rib chiqilganligi; 5) shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hal qiluv qarorining (ajrim yoki qarorning) nomi va uning qisqacha mazmuni; 6) shikoyatda yoki protestda bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha mazmuni, ishni ko‘rishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari va prokurorning fikri; 7) Kassatsiya instansiyasi sudi xulosaga kelishiga asos bo‘lgan dalillar hamda sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari; 8) qarorning xulosa qismi. Hal qiluv qarori, ajrim, qaror bekor qilingan va ish yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan taqdirda, sud ishni yangidan ko‘rganda qanday holatlar aniqlanishi zarurligini, qanday dalillar talab qilib olinishi kerakligini, shuningdek, ish topshirilayotgan sud boshqa qanday harakatlarni bajarishi lozimligini ko‘rsatishi shart. FPKning 348 12 - moddasiga asosan, ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rish muddatlari quyidagicha belgilangan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy Sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi kassatsiya shikoyati yoki protesti bo‘yicha tushgan ishni u kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ko‘rib chiqishi lozim. Ish o‘ta murakkab bo‘lgan yoki boshqa alohida hollarda tegishli sudning raisi bu muddatni ko‘pi bilan yana yigirma kunga uzaytirishi mumkin. BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 218
XIII BОB
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi kassatsiya shikoyati yoki protesti bo‘yicha tushgan ishni u kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ko‘rib chiqishi lozim. Alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi yoki uning o‘rinbosari bu muddatni ko‘pi bilan yana bir oyga uzaytirishi mumkin. Ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rish muddati uzaytirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish ko‘riladigan kun oldindan xabar qilib qo‘yilishi lozim.
shikoyati (protesti) berish va uni protsessual rasmiylashtirish tartibi FPKning 348 16 - moddasiga binoan, birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan alohida holda kassatsiya instansiyasi sudiga sud ajrimi chiqarilgan kundan e’tiboran bir yil ichida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin. FPKning 348 17 -moddasiga asosan, kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyat yoki xususiy protestni ko‘rib: 1) ajrimni o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaslikka; 2) ajrimni bekor qilishga va ishni mohiyatan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga; 3) ajrimni butunlay yoki qisman o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga hamda masalani mohiyatan hal qilishga haqli.
1. Kassatsiya instansiya sudida yuritiladigan protsessual hujjatlarni tahlil eting. 2. Kassatsiya protesti yoki shikoyatni rasmiylashtirishni tushuntiring. 3. Kassatsiya shikoyatini harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi ajrimda nimalar ko‘rsatiladi. 4. Kassatsiya tartibida ish yiritishda amal qilinadigan protsessual muddatlarga to‘xtaling. BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 219
XIII BОB
NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 1. A.To‘raqulova bir uyda yashash imkoni yo‘qligi sababli o‘g‘li L.Boyzoqovni uydan ko‘chirishni so‘ragan. Sud da’vo arizani qanoatlantirgan. Kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun yuborgan. Kassatsiya instansiyasida javobgar tomonidan nizoli turar-joydan foydalanish tartibini belgilash haqida qarshi da’vo arizasi berildi.
2. Da’vogar A.Ergashev javobgar – Sirg‘ali tuman hokimiyati va boshqalarga nisbatan hokim qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2012-yil 27-iyundagi hal qiluv qarori bilan da’vogar A.Ergashevning da’vo talablari qisman qanoatlantirilgan. Ushbu hal qiluv qaroridan javobgar D.Muminova norozi bo‘lib, unga nisbatan kassatsiya tartibida shikoyat keltirgan. D.Muminova mazkur kassatsiya shikoyatini bir nusxada bergan. Shuningdek, davlat bojini ham to‘lamagan. Birinchi instansiya sudi ajrim chiqarib, kamchiliklari bo‘lganligi sababli, kassatsiya shikoyatini qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqargan.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Kassatsiya shikoyatini qaytarish to‘g‘risidagi ajrimni yozing. QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 220
XIV BОB
QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 1-§. Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza va uni protsessual rasmiylashtirish tartibi Apellyatsiya va kassatsiya institutidan farqli ravishda nazorat instansiyasi sudi esa birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarori, ajrim va qarorlarni tekshirish bilan birga, quyi sudlar faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi sud instansiyasidir. Nazorat tartibida to‘g‘ridan to‘g‘ri ish qo‘zg‘atish huquqi fuqarolarga berilmagan. Nazorat instansiyasida ish faqatgina qonunda belgilangan tegishli sud va prokuratura organlarining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan keltirilgan protestlar bo‘yicha qo‘zg‘atiladi. FPKning 350- moddasiga asosan, ishda ishtirok etuvchi shaxslar hamda ishning keyingi holatidan manfaatdor bo‘lgan shaxslar nazorat tartibida protest keltirish uchun tegishli sud va prokuratura organlarining vakolatli mansabdor shaxslariga murojaat qiladilar. Demak, nazorat instansiyasida ish qo‘zg‘atish uchun faqatgina FPKning 349-moddasida keltirib o‘tilgan vakolatli mansabdor shaxslarning bergan protestlari asos bo‘ladi.
apellyatsiya yoki kassatsiya sudi sudlov hay’atlari tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlari, ajrim va qarorlarning qonuniy, asosli hamda adolatli ekanligini, ushbu qarorlarni moddiy hamda QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 221
XIV BОB
qabul qilinganligini tekshiradigan, quyi sudlarning faoliyatini nazorat qilib, muvofiqlashtirib turadigan sudlov instansiyasida ish yuritish tushuniladi. Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza tegishli yuqori sudning raisiga yoki protest keltirish huquqiga ega bo‘lgan prokurorga beriladi. FPKning 350-moddasida ko‘rsatilganidek, nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza mazmun jihatidan FPKning 323-moddasiga muvofiq bo‘lishi bilan birga, unga sud hal qiluv qarorining nusxasi, apellyatsiya yoki kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlari ajrimi, qarorining nusxasi, nazorat tartibida protest keltirish rad etilganligi haqidagi vakolatli shaxsning javob xati hamda davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan holda tegishli yuqori sud yoki prokurorga berilishi mumkin. Bu talablarga rioya qilinmagan taqdirda, nazorat tartibida protest keltirish vakolatiga ega bo‘lgan FPKning 349-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan ariza harakatsiz qoldirilishi, arizachiga esa, kamchiliklarni bartaraf etish tartibi va muddati tushuntirilishi zarur. Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch yil o‘tgandan keyin berilgan arizalar ko‘rilmaydi. Protest keltirish to‘g‘risidagi ariza bir oylik muddatda, ish talab qilib olinadigan va tekshiriladigan hollarda ikki oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak. Protest keltirish uchun asos bo‘lmasa, ariza bergan shaxsga arizani qanoatlantirmasdan qoldirish sabablari ko‘rsatilib, yozma javob berilishi lozim. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy Sudi raisi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi protest keltirishni rad qilganligi ustidan arizachi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi
yoki uning
o‘rinbosarlariga shikoyat berishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori protest keltirishni rad qilganligi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlariga shikoyat berish mumkin. Fuqarolik protsessual
|
ma'muriyatiga murojaat qiling