Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN
Download 4,58 Mb. Pdf ko'rish
|
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 203
XII BОB
Hal qiluv qarorida arz qilingan va birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan ba’zi talablar bo‘yicha xulosalarning mavjud emasligi aniqlangan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini mazkur talablarga oid xulosalar bilan to‘ldirishga haqli. Apellyatsiya instansiyasi sudiga FPKning 213- va 215-moddalari talabiga muvofiq, aniqlangan ish holatlaridan kelib chiqib hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki yangi hal qiluv qarori chiqarish haqidagi ajrimda yo‘l qo‘yilgan arifmetik xatoni tuzatish, shuningdek, ushbu ajrim tushunarli bo‘lmasa, uni qo‘shimcha ajrimda tushuntirish huquqi berilgan. Ushbu masalalar ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining o‘tkazilish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘riladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmasligi bu masalalarni hal etish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini o‘zgartirar yoki uni butunlay yoxud qisman bekor qilar hamda yangi hal qiluv qarori chiqarar ekan, FPKning 214-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, protsessual qonun mazkur normasining ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda va muddatlarda qo‘shimcha ajrim chiqarishga haqli. Protsessual huquq normalarini FPK 314-moddasining ikkinchi qismi, 1–8-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan tarzda buzish hollarining istalgan birini apellyatsiya instansiyasi sudi aniqlagan taqdirdagina, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori albatta bekor qilinishi, ish esa birinchi instansiya sudiga yangidan ko‘rish uchun yuborilishi kerak. Ish birinchi instansiya sudida ko‘rilayotganda FPKning 92-moddasida nazarda tutilgan ish yuritishni to‘xtatib turish uchun asoslar bo‘lgani holda ish birinchi instansiya sudi tomonidan mazmunan hal qilinganligi (bu asoslar apellyatsiya shikoyati yoki protestini ko‘rib chiqish vaqtida ham saqlanib turgan bo‘lsa) hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish yuritishni to‘xtatib turish zarurligi ko‘rsatilgan holda ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga asos bo‘lishini sudlar e’tiborda tutmog‘i lozim. BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 204
XII BОB
Apellyatsiya instansiyasi sudi FPKning 97- va 100-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha, hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga, ish yuritishni tugatishga yoki arizani ko‘rmasdan qoldirishga, agar apellyatsiya instansiyasi sudida shunday qaror qabul qilinishiga sabab bo‘luvchi holatlar aniqlangan bo‘lsa, haqlidir. Apellyatsiya instansiyasi sudi, agar u ishni ko‘rayotganda ayrim mansabdor shaxslar yoki fuqarolar tomonidan qonuniylik va huquq-tartibot buzilganligi faktlarini aniqlasa, FPKning 19-moddasida belgilangan tartibga muvofiq xususiy ajrim chiqarib, tegishli organlar va mansabdor shaxslarga yuboradi. Sudning har bir sud majlisi to‘g‘risida, shuningdek, sud majlisidan tashqarida amalga oshirilgan har bir protsessual harakat haqida, FPKning 20-moddasi talablariga muvofiq, bayonnoma tuziladi. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisining bayonnomasi FPKning 21- va 22-moddalari talablariga muvofiq ravishda yuritiladi. Belgilangan muddatda yoki o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanganidan so‘ng berilgan apellyatsiya shikoyati yoki protesti apellyatsiya instansiyasiga ish boshqa shikoyat yoki protest bo‘yicha ko‘rib chiqilganidan keyin kelib tushsa, FPKning 345-moddasiga muvofiq sud ularni qabul qilishi va ko‘rib chiqishi shart. Apellyatsiya instansiya sudi bunday shikoyat yoki protestni ko‘rib chiqib, shikoyat yoki protest bo‘yicha chiqariladigan ajrim muqaddam chiqarilgan ajrimning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib kelishi lozim degan xulosaga kelsa, ajrim chiqarib, ishni taqdimnoma bilan sud raisiga yuboradi, sud raisi bir yoxud har ikkala ajrim ustidan nazorat tartibida protest keltirish masalasini hal qiladi. “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33- moddasiga muvofiq, ish bo‘yicha apellyatsiya tartibida ish yuritish kassatsiya tartibida ish yuritishni istisno qiladi. Apellyatsiya tartibida shikoyat berilgan (protest keltirilgan) hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ko‘rilmasdan qoldirilishi lozim. Agar ish apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilmagan bo‘lsa, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida tushuntirishlar (e’tirozlar) berish huquqi tushuntiriladi. BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 205
XII BОB
(protest keltirilmaydi): 1) sud buyruqlari ustidan; 2) saylovlar va referendumlarda ishtirok etayotgan fuqarolarning saylov huquqi buzilganligini aniqlagan sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan; 3) birinchi instansiya sudlarining FPK normalari ustidan shikoyat berish nazarda tutilmagan yoki ishni davom ettirishga to‘sqinlik qilmaydigan ajrimlari ustidan, shuningdek, ish ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risida, shu jumladan, nikohdan ajratish haqidagi ishlar bo‘yicha er-xotinga yarashish uchun muddat belgilanganligi munosabati bilan ish ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risida chiqarilgan ajrimlar ustidan. O‘zbekiston Respublikasi FPKning 219-moddasiga asosan, darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish ularning ijrosini to‘xtatmaydi. Hal qiluv qarorining bir qismi yoki qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan shikoyat berilganda, butun hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirmaydi, chunki apellyatsiya instansiyasi sudi FPKning 332-moddasiga asosan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to‘liq tekshirishga haqli. 5-§. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish va uni protsessual rasmiylashtirish tartibi Fuqarolik protsessual kodeksining 346-moddasiga asosan, birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan sud tomonidan ajrim topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar apellyatsiya instansiyasi sudiga quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat berishi, prokuror esa protest keltirishi mumkin: 1) FPKda nazarda tutilgan hollarda; 2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan hollarda.
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 206
XII BОB
Birinchi instansiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat berilmaydi va protest keltirilmaydi, biroq bunday ajrimlarga qarshi e’tirozlar apellyatsiya shikoyati yoki protestiga kiritilishi mumkin. Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat berishning (protest keltirishning) FPK 346-moddasining birinchi qismida belgilangan o‘n kunlik muddat sud tomonidan ajrim taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilgan kundan e’tiboran hisoblanadi. Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar xususiy shikoyatlar, protestlar esa xususiy protestlar deb ataladi. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat berilganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni ko‘radigan apellyatsiya instansiyasi xususiy shikoyat yoki xususiy protestni ko‘rib chiqib: 1) ajrimni o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaslikka; 2) ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga; 3) ajrimni butunlay yoki qisman o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga haqli.
Quyidagi jadval orqali ayrim ajrimlar ustidan shikoyat qilinishi mumkinligi va ayrimlari ustidan shikoyat va protest keltirilmasligini ko‘rishimiz mumkin. Birinchi instansiya sudining alohida protsessual hujjat shaklida chiqarilgan quyidagi ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda shikoyat va protest berilmaydi:
Ajrimlar FPKning tegishli moddasi 1 arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi FPK 154-moddasi 2 arizani qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi FPK 151-moddasi
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 207
XII BОB
3 ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi FPK 160-moddasi 4 dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi FPK 64-moddasi 5 sud topshirig‘i to‘g‘risidagi FPK 65-moddasi 6 javobgarni qidirish to‘g‘risidagi FPK 140-moddasi 7 ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarish to‘g‘risidagi FPK 83-moddasi 8 ishni sudda ko‘rishga tayinlash to‘g‘risidagi FPK 161-moddasi 9 ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risidagi FPK 10-moddasi 10 rad qilish talabini qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risidagi FPK 29-moddasi 11 ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish to‘g‘risidagi FPK 42-moddasi 12 huquqiy vorisning protsessga kirishi to‘g‘risidagi FPK 43-moddasi 13 shaxsning sudda vakil sifatida qatnashishiga ruhsat berish to‘g‘risidagi FPK 52-moddasi 14 ishni mazmunan ko‘rishni tiklash to‘g‘risidagi FPK 96-moddasi 15 bir necha talabni birlashtirish va bir necha talabni ajratish to‘g‘risidagi FPK 156, 157- moddalari 16 jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish to‘g‘risidagi FPK 125-moddasi 17 sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish to‘g‘risidagi FPK 232-moddasi 18 yo‘qolgan ishni tiklash masalasi bo‘yicha FPK 24-moddasi 19 bayonnoma yuzasidan bildirilgan yozma fikrlarga qo‘shilmaslik to‘g‘risidagi FPK 23-moddasi 20 protsessual muddatlarni kechiktirish va tiklash to‘g‘risidagi FPK 130-moddasi 21 sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi FPK 238
10 - moddasi BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 208
XII BОB
ajrimlar ustidan shikoyat yoki protest berilishi mumkin:
Ajrimlar FPKning tegishli moddasi 1 arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi FPK 153-moddasi 2 harakatsiz qoldirilgan arizani arizachiga qaytarish to‘g‘risidagi FPK 154-moddasi 3 dalillarni ta’minlashni rad etish to‘g‘risidagi FPK 64-moddasi 4 da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi FPK 248-moddasi 5 ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi FPK 95-moddasi 6 jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish to‘g‘risidagi FPK 125-moddasi 7 ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi FPK 147-moddasi 8 xususiy ajrim FPK 19-moddasi 9 hal qiluv qarorini darhol ijro etish masalalari bo‘yicha FPK 220-moddasi 10 sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani rad etish to‘g‘risidagi FPK 232-moddasi 11 hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi FPK 213-moddasi 12 qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarishni rad etish to‘g‘risidagi FPK 214-moddasi 13 hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi FPK 215-moddasi 14 hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi FPK 216-moddasi 15 hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani rad etish to‘g‘risidagi FPK 368-moddasi 16 arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi FPK 98-moddasi 17 ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi FPK 100, 101- moddalari 18 hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha FPK 383-moddasi 19 protsessual muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi FPK 130-moddasi 20 sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi FPK 238 5
moddasi BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 209
XII BОB
21 ijro varaqasini ijroga topshirishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish to‘g‘risidagi FPK 379-moddasi 22 hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlarga ko‘ra qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish to‘g‘risidagi FPK 368-moddasi
1. Apellyatsiya instansiya sudida yuritiladigan protsessual hujjatlarni tahlil eting. 2. Moddiy va protsessual huquq normalarining buzilishini misollar yordamida tahlil eting. 3. Moddiy huquq normalarining buzilishi deganda nimani tushunasiz? 4. Protsessual huquq normalarining buzilishi deganda nimani tushunasiz?
1. M.Surayev shahar ijroiya qo‘mitasi tomonidan 1990-yilda berilgan 325-sonli orderga asosan A.Fitrat ko‘chasi, 2-uyning 13-xonadonida oila a’zolari bilan yashab kelgan. Ushbu orderda uydan foydalanuvchilar sifatida M.Suyraev, xotini M.Surayeva va qaynonasi M.Alimovalar ko‘rsatilganlar. Nizoli xonadon shahar hokimining 1993-yil 5-fevraldagi qarori bilan M.Surayev nomiga xususiylashtirilgan. 1999-yilda M.Surayev bilan M.Surayeva sud orqali nikohdan ajrashgan. M.Surayeva va M.Alimovalar sudga da’vo bilan murojaat qilib, nizoli xonadonni ularning tasarrufida qoldirib, javobgar M.Surayevga uydagi hissasini pul hisobida undirib berishni so‘raganlar. Sud da’voni qanoatlantirgan. Javobgar M.Surayeva tomonidan apellyatsiya shikoyati keltirilgan. Apellyatsiya instansiyasi sudida javobgar tomonidan apellyatsiya
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELLYATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 210
XII BОB
shikoyatidan voz kechildi. Shu sababli apellyatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini bekor qilib ish yuritishni tugatdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Apellyatsiya instansiyasida shikoyatdan voz kechish va da’vodan voz kechish oqibatlarini tahlil eting. 2. M.Dustova 2001-yilda sudga da’vo bilan murojaat qilib X.Jalilov bilan nikoh davrida 1990-yilda VAZ-2107 rusumli avtomashinani sotib olganliklarini, X. Jalilov 2007-yil 21-avgustda uning roziligini olmasdan avtomashinani akasi E.Jalilovga hadya qilganligini ko‘rsatib, hadya shartnomasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. Sud M.Dustovaning da’vosini rad qilish haqida, xususan, da’vo muddatini uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborganligi haqida xulosaga kelgan. Fuqaro M.Dustova esa apellyatsiya instansiyasi sudiga murojaat qilib, 2012- yil 19-aprelda taraflar sud qaror chiqargunicha da’vo muddatini qo‘llash haqida ariza bilan murojaat qilmaganliklarini ta’kidlamoqda.
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 211
XIII BОB
QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 1-§. Kassatsiya shikoyati (protesti)ning mazmuni hamda ularni protsessual rasmiylashtirish tartibi Qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarorlari ustidan sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan e’tiboran bir yil ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar tomonidan kassatsiya shikoyati berilishi va prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
FPKning “Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish)” deb nomlangan 38- bobi 2000-yil 14-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunga muvofiq kiritilgan bob sanaladi. FPKning 348 2 -moddasiga asosan, quyidagilar: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy Sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari – tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy Sudining, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini). 2. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi – okrug va hududiy harbiy sudlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini). 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini).
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 212
XIII BОB
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Harbiy hay’ati – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Harbiy hay’atining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘radi. FPKning 348 3 -moddasiga ko‘ra, kassatsiya shikoyatlari va protestlari kassatsiya instansiyasi sudi nomiga yoziladi, lekin hal qiluv qarori chiqargan sudga beriladi. Vakil tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatiga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ilova qilinishi lozim. Kassatsiya shikoyati yoki protesti ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan kassatsiya shikoyati yoki protesti bundan mustasnodir. Sudya, zarur hollarda, kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki kassatsiya protesti keltirgan prokuror zimmasiga kassatsiya shikoyati yoki protestiga ilova qilingan yozma materiallarning nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga mutanosib miqdorda taqdim etish majburiyatini yuklashi mumkin.
Download 4,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling