Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.

bet31/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63

 

SUD QARORLARINI IJRO ETISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL 

 HUJJATLAR 

 

267 


 

XVI BОB

 

12-§.  Sud  ijrochilarining  xatti-harakatlari  ustidan  berilgan 



shikoyatlar va uni protsessual rasmiylashtirish tartibi 

Sud ijrochisining qarorlari ustidan shikoyat berish va protest keltirishga 

oid  masalalar  Qonunning  86

1

-moddasida  berilgan  bo‘lib,  mazkur  modda 



2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-son Qonuni tahririda berilgan. 

Qonunchilikda  sud  ijrochilarining  xatti-harakatlari  ustidan  bo‘ysunuv 

tartibida yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat 

qilish, shuningdek, prokuratura organlariga murojaat qilish mumkin. 

Sud  ijrochisining  qaroriga  qonunda  belgilangan  tartibda  prokuror 

tomonidan protest keltirilishi mumkin. 

Xo‘jalik sudi tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha sud ijrochisining 

chiqargan  qarori  ustidan  undiruvchi  yoki  qarzdor  tomonidan  ijro  hujjatini 

bergan  xo‘jalik  sudiga  yoki  bo‘ysunuv  tartibida  yuqori  turuvchi  organga, 

mansabdor  shaxsga  qaror  chiqarilganligi  haqida  xabar  qilingan  kundan 

e’tiboran o‘n kunlik muddatda shikoyat berilishi mumkin. 

Qonunda (Qonunning 86

1

-moddasi birinchi qismi) nazarda tutilmagan 



hollarda sud ijrochisining qarori ustidan qaror chiqarilganligi haqida xabar 

qilingan  kundan  e’tiboran  o‘n  kunlik  muddatda  sud  ijrochisi  joylashgan 

yerdagi  umumiy  yurisdiksiya  sudiga  yoki  bo‘ysunuv  tartibida  yuqori 

turuvchi  organga,  mansabdor  shaxsga  shikoyat  beriladi.  Masalan,  sud 

ijrochisining  qarzdorni  yoki  uning  mol-mulkini  qidirishni  rad  etish 

to‘g‘risidagi  va  qidirish  xarajatlarini  undirish  to‘g‘risidagi  qarori  ustidan 

shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin. Xuddi shunday qarorlarni va 

ushbu qarorlar ustidan shikoyat berish mumkinligi haqidagi qoidalarni sud 

ijrochisi  tomonidan  chiqarilgan  deyarli  barcha  qarorlarda  uchratish 

mumkin. 


Sud ijrochilari sodir etgan huquqbuzarliklari uchun qonunga muvofiq 

javobgar bo‘ladilar. Sud ijrochisi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 

yetkazilgan  zarar  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  qoplanishi 

lozim (Qonunning 87-, 88-moddasi). 

Sud  ijrochilarining  xatti-harakatlari  (qarorlari)  ustidan  qonunda 

belgilangan tartibda yuqori bo‘ysunuv organlariga, adliya, sud, prokuratura 

organlariga shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish mumkin. 


SUD QARORLARINI IJRO ETISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL 

 HUJJATLAR 

 

268 


 

XVI BОB

 

Shuningdek,  sud  qarorlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etishda 



sud  va  ijro  organlari  o‘rtasidagi  qonunchilik  amaliyotida  vujudga 

kelayotgan  ayrim  masalalar  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi 

Plenumi  va  Oliy  xo‘jalik  sudi  Plenumining  “Sud  hujjatlari  va  boshqa 

organlar  hujjatlarini  ijro  etish  to‘g‘risida"gi  O‘zbekiston  Respublikasi 

qonunini  qo‘llashda  sud  amaliyotida  vujudga  keladigan  ayrim  masalalar 

haqida”gi  2009-yil  10-apreldagi  06/196-sonli  qarorida  batafsil  bayon 

etilgan. 

 

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 



 

1.

 



Ijro  ishini  yuritish  sohasidagi  islohotlar  mazmuni  haqida 

tushuntiring. 

2.

 

Ijro hujjatlarining turlarini tahlil eting. 



3.

 

Sud ijrochisining ijro harakatlarini keyinga qoldirishi va to‘xtatishi 



o‘rtasida qanday o‘xshash va farqli jihatlar mavjud? 

4.    Sudning  ijro  ishi  yuritishni  tugatish  qaysi  jihatlari  bilan  ijro  ishi 

yuritishni tamomlashdan farqlanadi ? 

 

NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 

 

1. Da’vogar Komilova Aziza Ne’matovna javobgar Komilov Nurmat 

Eshqobilovich va Komilova Mehri Shukurovnalarga nisbatan uyga kiritish 

haqidagi  da’vo  arizasi  bilan  murojaat  qilgan.  Sud  majlisida  berilgan 

tushuntirishga ko‘ra, Komilov Nurmat uning turmush o‘rtog‘i bo‘lishini, u 

bilan 2010-yildan buyon qonuniy nikohdan o‘tib, Mirzo Ulug‘bek tumani 

3-mavze  2-uyning  5-xonadoniga  kelin  bo‘lib  tushganligini,  birgalikdagi 

turmushlaridan  bir  nafar  2011-yilda  tug‘ilgan  Komilov  Nodirjon 

Nurmatovich  ismli  farzandiligini,  o‘zaro  janjaldan  so‘ng  2011-yil  sentabr 

oyida  javobgarlar  uni  farzandi  bilan  birga  uydan  haydab  chiqarganligini, 

ayni paytga qadar ijarada yashab kelganligini, nizoli xonadonda hech kim 

yashamasligini, javobgarlarning nizoli uydan tashqari 3-4 ta uylari borligini, 

uyga  kirib  yashash  uchun  javobgarlar  ruhsat  bermayotganligini,  nikohlari 

hali  bekor  bo‘lmaganligini  ko‘rsatib  o‘tdi.  Sud  jarayonida  aniqlanishicha, 

nizoli uy javobgarning kelinoyisi Komilova Mehriga tegishli ekanligi, uyni 


SUD QARORLARINI IJRO ETISH BOSQICHIDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL 

 HUJJATLAR 

 

269 


 

XVI BОB

 

turmush o‘rtog‘ining ukasiga vaqtincha berib turganligi, da’vogar va uning 



turmush  o‘rtog‘i  u  yerda  ro‘yxatdan  o‘tmaganligi  ma’lum  bo‘ldi.  Sud 

qaroriga  ko‘ra,  da’vogar  Komilova  Aziza  Ne’matovnaning  da’vo  arizasi 

qanoatlantirilib,  uni  2011-yilda  tug‘ilgan  Komilov  Nodirjon  Nurmatovich 

ismli  farzandi  bilan  nizoli  Mirzo  Ulug‘bek  tumani  3-mavze  2-uy  5-

xonadonga yashash uchun kiritib qo‘yilishi belgilandi. 2012-yil 4-sentabrda 

tuman sud ijrochilari bo‘limiga mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha chiqarilgan 

sud  qarori  majburiy  ijro  qilish  uchun  yuborilgan. 2012-yil  3-oktabrda  ijro 

ishi  yuritishni  qo‘zg‘atish  haqidagi  qaror  chiqarilgandan  keyin  ma’lum 

bo‘lishicha, uy egasi Komilova Mehri Shukurovna nizoli uyni 2012-yil 24-

avgustda tuzilgan hadya shartnomasiga ko‘ra qaynopasi Komilova Go‘zal 

Eshqobilovnaga  nomiga  o‘tkazgan.  Ayni  paytda  Komilova  Go‘zal 

Eshqobilovna turmush o‘rtog‘i bilan mazkur uyda yashamoqda. 

 

Nizoli  masalani  qanday  hal  qilish  mumkin?  Mazkur  vaziyatda 



sudning  xatoligi  bormi?  Ish  bo‘yicha  moddiy  va  protsessual  qonun 

normalari to‘g‘ri qo‘llanilganmi? 

 



Ushbu  vaziyatda  sud  ijrochisi  qanday  harakatlar  qila  oladi?  Sud-

chi? 

 



Ushbu fuqarolik ishi bo‘yicha yuritilgan ayrim protsessual hujjatlar 

(da’vo  arizasi,  sud  majlisi  bayonnomasi,  sudning  hal  qiluv  qarori  va 

sh.k.)ni shakllantiring. 

 



“Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudda  ish  qo‘zg‘atish”  mavzusining 

ilmiy o‘rganilganlik darajasini tegishli adabiyotlar ro‘yxati orqali izohlang. 

2. Yirik kompaniyalardan birining rahbariga nisbatan ochilgan jinoyat 

ishi  bo‘yicha hukm qonuniy kuchga kirgach, ijro uning mol-mulkini davlat 

hisobiga o‘tkazishga qaratildi. Ijro jarayonida aniqlanishicha, 5 ta uy uning 

singlisi  nomida,  2  ta  uy  ro‘yxatdan  qolib  ketgan,  1  ta  uyda  ota-onasi 

yashaydi,  qolgan  11  ta  uy  ijroga  qaratildi,  ammo  sudning  hukmi  va  ish 

bo‘yicha  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorida  ro‘yxatga  olingan  hovli-joyda 

uyning  ichidagi  narsalar  haqida  hech  qanday  ko‘rsatma  yo‘q.  Narsalar 

umumiy va shaxsiy foydalanishdagi buyumlar sanaladi, lekin miqdori juda 

ko‘p.  Masalan:  20  ta  erkaklar  kostyum-shimi,  40  ta  ayollar  tuflisi;  45  ta 

ayollar  sumkasi  va  boshqalar.  Aniqlanishicha,  buyumlar  uning  singlisiga 

tegishli bo‘lib, mazkur uy uning saloni sifatida xizmat ko‘rsatar ekan.  

 

Sud ijrochisi bunday holatda qanday yo‘l tutishi mumkin? 



 

Masala qanday hal bo‘ladi? 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

270 


 

I VA II BOB BO‘YICHA ILOVALAR 

 

Eslatma: Ilova matnida O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual 

kodeksi -- FPK deb yuritiladi. 



 

Da’vo arizasi namunasi 

 

                                                                                          Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  

Toshkent  shahar  

                                                             Uchtepa tumanlararo sudiga  

 

                                                                                             Da’vogar: (F.I.O.) 



Toshkent shahar Chilonzor  

tumani 3-mavze 9-uy 15-xonadonda istiqomat  

                       qiladi. 

 

                                                                                            Javobgar: (F.I.O.) 



Toshkent shahar Chilonzor  

tumani 3-mavze 9-uy 15-xonadonda istiqomat  

                        qiladi. 

 

 



DA’VO  ARIZA 

(Oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqida) 

Men, javobgar (F.I.O.) bilan 2003-yilning mart oyida qonuniy nikohdan o‘tib 

oila  qurganman, ushbu  haqda Sobir  Raximov  tumani  FHDYo  bo‘limida 1058-son 

bilan  dalolatnoma  yozuvi  qayd  etilgan.  Birgalikdagi  turmushimizdan  ikki  nafar 

farzandlarimiz bor. 

Javobgar (F.I.O.) bilan birgalikdagi turmushimiz davomida, ya’ni 2009-yil 13-

mayda  javobgar  (F.I.O.)  nizoli  Toshkent  shahar  Chilonzor  tumani  3-mavzesi  9-

uyning  15-xonadonini  sotib  oldi.  Turmush  o‘rtog‘im,  ya’ni  javobgar  (F.I.O.)  

O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanib, sud 

unga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Javobgar (F.I.O.)  jazoni 

o‘tayotgan  vaqtda,  mening  roziligim  olinmay  2012-yilning  19-aprel  kuni  berilgan 

ishonchnomaga asosan harakat qilgan fuqaro (F.I.O.)  nizoli xonadonni (F.I.O.) ga 

sotgan  bo‘lib,  ushbu  oldi-sotdi  shartnomasi  Toshkent  shahar  Chilonzor  tumani  8-

sonli DNI tomonidan 6-2344-reestr raqami bilan qayd etilgan.  

O‘zbekiston  Respublikasining  Oila  kodeksi  23-moddasida  “Er  va  xotinning 

nikoh  davomida  orttirgan  mol-mulklari,  shuningdek,  nikoh  qayd  etilgunga  qadar, 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

271 


 

bo‘lajak  er-xotinning  umumiy  mablag‘lari  hisobiga  olingan  mol-mulklari,  agar 

qonun  yoki  nikoh  shartnomasida  boshqacha  hol  ko‘rsatilmagan  bo‘lsa,  ularning 

birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.  

Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasining  Oila  kodeksi  24-moddasida  “Er 

(xotin)  o‘zining  nomiga  rasmiylashtirgan  umumiy  ko‘chmas  mol-mulkni  tasarruf 

etish  bo‘yicha  bitim  tuzishi  uchun  xotin  (er)ning  notarial  tartibda  tasdiqlangan 

roziligini  olishi  lozim.  Ko‘rsatilgan  bitimni  tuzishga  notarial  tartibda  tasdiqlangan 

roziligi  olinmagan  er  yoki  xotin  mazkur  bitim  amalga  oshirilganligini  bilgan  yoki 

bilishi  lozim  bo‘lgan  kundan  boshlab  bir  yil  davomida  bu  bitimni  sud  tartibida 

haqiqiy emas deb topishni talab qilishga haqlidir.” 

Yuqorida 

keltirganimdek, 

nizoli 


xonadon 

oldi-sotdi 

shartnomasi 

imzolanayotganda  mening  roziligim  olinmagan,  men  ushbu  oldi-sotdi  shartnomasi 

haqida faqatgina 2013-yilning 1-fevral kuni xabar topdim.  

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 113–114-moddalariga binoan, 

bitim  ushbu  kodeksda  belgilab  qo‘yilgan  asoslarga  ko‘ra  sud  haqiqiy  emas  deb 

topganligi  sababli,  nizoli  bitim  haqiqiy  emas  deb  hisoblanadi,  haqiqiy  bo‘lmagan 

bitim  uning  haqiqiy  emasligi  bilan  bog‘liq  oqibatlardan  tashqari  boshqa  yuridik 

oqibatlarga olib kelmaydi va tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir.  

Yuqoridagilarga asosan, suddan 

 

SO‘RAYMAN: 

 

2012-yil 19-aprel kuni javobgar nomidan ishonchnoma asosida harakat qiluvchi 



(F.I.O.)  hamda (F.I.O.)  o‘rtasida tuzilib, Toshkent shahar Chilonzor tumani 8-sonli 

DNI  tomonidan  tasdiqlanib,  rasmiy  ro‘yxat  kitobiga  6-2344-raqami  bilan  qayd 

qilingan Toshkent shahar Chilonzor tumani 5-mavzesi, 9-uy, 15-xonadonining oldi-

sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishingizni; 

Sud xarajatlarini javobgarlardan undirishingizni.  

Ilova: 


1.

 

Nikoh guvohnomasi va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar nusxasi; 



2.

 

Oldi-sotdi shartnomasi nusxasi; 



3.

 

Ma’lumotnoma; 



4.

 

Davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitansiya; 



5.

 

Da’vo arizadan nusxa; 



6.

 

Pasport nusxasi; 



7.

 

Boshqa hujjatlar. 



 

Sana                                         imzo                                       F.I.O 

 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

272 


 

 

Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza namunasi 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar  



                                                                     Uchtepa tumanlararo sudiga  

 

Da’vogar: (F.I.O.) Toshkent shahar Chilonzor  



tumani 3-mavze 9-uy 15-xonadonda istiqomat qiladi 

 

ARIZA  

 

Mening  javobgar  (F.I.O.)    va  boshqalarga  nisbatan  oldi-sotdi  shartnomasini 

haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizam mazmunan ko‘rib chiqilib, qonuniy 

qaror qabul qilinguniga qadar nizoli Toshkent shahar Chilonzor tumani 5- mavzesi 

9-uy  15-xonadoniga  barcha  notarial  harakatlarni  amalga  oshirilishiga  taqiq 

qo‘yishingizni so‘rayman. 

 

Da’vogar:                  imzo                             F.I.O.  



 

Sana____________ 

 

 

Davlat bojini to‘lashni kechiktirish to‘g‘risidagi ariza namunasi 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha  

Uchtepa tumanlararo sudiga  

                

 Da’vogar: (F.I.O.) , Toshkent shahar 

 Chilonzor tumani 3-mavze  

  9-uy 15-xonadonda yashaydi 

ARIZA 

Mening  javobgar  (F.I.O.)    va  boshqalarga  nisbatan  oldi-sotdi  shartnomasini 

haqiqiy  emas  deb  topish  haqidagi  da’vo  arizam  yuzasidan  sudga  murojaat 

qilinishida to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat bojining qisman to‘langanligini inobatga 

olib,  davlat  bojining  qolgan  qismi  fuqarolik  ishi  mazmunan  ko‘rib  chiqilguniga 

qadar kechiktirishingizni so‘rayman. 

 

Da’vogar:                                    imzo                                            (F.I.O.)  



Sana____________ 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

273 


 

Qo‘shimcha da’vo arizasi namunasi 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar  



Uchtepa tumanlararo sudiga  

 

Da’vogar: (F.I.O.) Toshkent shahar  



Chilonzor tumani 3-mavze 

 9-uy 15-xonadonda istiqomat qiladi 

 

Javobgar: (F.I.O.) Toshkent shahar  



Chilonzor tumani 3-mavze  

9-uy 15-xonadonda istiqomat qiladi 



 

QO‘SHIMCHA DA’VO ARIZASI 

(uydan ko‘chirish haqida) 

 

  Men fuqaro (F.I.O.)  bilan 2003-yilning mart oyida qonuniy nikohdan o‘tib 

oila  qurganman,  bu  haqida  Sobir  Rahimov  tumani  FHDYo  bo‘limida  1056-son 

bilan  dalolatnoma  yozuvi  qayd  etilgan.  Birgalikdagi  turmushimizdan  ikki  nafar 

farzandlarimiz bor.  

  Turmush o‘rtog‘im (F.I.O.)  bilan birgalikdagi turmushimiz davomida, ya’ni 

2009-yil 13- martda nizoli Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 5-mavzesi, 9-uyning 

15-xonadonini  sotib  olganmiz.  Turmush  o‘rtog‘im  (F.I.O.)    O‘zbekiston 

Respublikasi  JKning  168-moddasi  3-qismi  “a”  bandi  bilan  ayblanib,  sud  unga 

nisbatan  ozodlikdan  mahrum  etish  jazosini  tayinladi.  Turmush  o‘rtog‘im  jazoni 

o‘tayotgan vaqtda, mening roziligim olinmay, 2012-yilning 19-aprel kuni berilgan 

ishonchnomaga asosan harakat qilgan (F.I.O.)  nizoli xonadonni (F.I.O.) ga sotgan. 

Ushbu  oldi-sotdi  shartnomasi  Toshkent  shahar,  Chilonzor  tumani,  8-sonli  DNI 

tomonidan 6-2344-reestr raqami bilan qayd etilgan. 

  Ish yurituvingizdagi meni javobgar va boshqalarga nisbatan bitimni haqiqiy 

emas deb topish yuzasidan yuritilayotgan fuqarolik ishi muhokamasida ushbu da’vo 

talablarimni  mantiqiy  davomi  sifatida,  uydan  javobgarni  va  uning  oilasini 

ko‘chirishni so‘rayman. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  11-,  54-  va  70-moddalarida 

turar  joyga bo‘lgan mulk  huquqi  muddatsizligi,  fuqarolar va  yuridik shaxslarning, 

davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan 

holda shaxsning o‘ziga tegishli turar joyga o‘z xohishi va manfaatlariga ko‘ra egalik 

qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish,  shuningdek,  o‘zining  mulk  huquqi 

buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratligi, fuqarolarni munitsipial, 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

274 


 

idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar 

joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish ijaraga beruvchining yoki ushbu 

turar  joyda  yashab  qolgan  boshqa  doimiy  foydalanuvchilarning  da’vo  arizasiga 

binoan  sud  tartibida  amalga  oshirilishi,  munitsipial,  idoraviy  uy-joy  fondi  va  aniq 

maqsadli  kommunal  uy-joy  fondining  uylaridagi  egallab  turilgan  turar  joydan 

ko‘chirilishiga  ushbu  kodeksda  belgilangan  asoslar  bo‘yicha  yo‘l  qo‘yilishi, 

ko‘chirish sud tartibida amalga oshirilishi ko‘rsatilgan. 

Yuqoridagilarga asosan, suddan 

S O‘ R A Y M A N: 

Javobgar (F.I.O.) va uning oila a’zolari (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)larni Toshkent 

shahar  Chilonzor  tumani  5-mavze  9-uy  15-xonadondan  boshqa  turar  joy  bilan 

ta’minlamasdan ko‘chirishingizni. 

Ilova: 

1.

 



Nikoh guvohnomasi va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar nusxasi; 

2.

 



Oldi-sotdi shartnomasi nusxasi; 

3.

 



Uy hujjatlari; 

4.

 



Davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitansiya; 

5.

 



Da’vo arizasidan nusxa; 

6.

 



Pasport nusxasi. 

 

Sana:                                                             imzo                                        F.I.O.  



 

Qarshi da’vo arizasi namunasi 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar  

Mirobod tumanlararo sudiga  

                 

Da’vogar: (F.I.O.) Mirobod tumani,  

Furqat  ko‘chasi 45-uyda istiqomat qiladi  

Javobgar:  (F.I.O.) Mirobod tumani  

Furqat ko‘chasi 78-uyda istiqomat qiladi  



 

QARSHI DA’VO ARIZASI 

(Oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqida) 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vogar (F.I.O.) da’vo arizasi bilan murojaat 

qilib, javobgar (F.I.O.)  ni oila a’zolari bilan uydan ko‘chirishni so‘ragan. 

Vaholanki,  ushbu  da’vo  talablarini  qonunga  zid  hisoblayman.  Chunki,  men 

javobgar (F.I.O.) dan 10.200.000 so‘m qarz olgan edim. Ushbu qarz summasini uch 

oylik  muddatda  qaytarmaganimdan  so‘ng,  qarz  evaziga  uyni  o‘tkazib  berishga 

majburladi.  Shundan  so‘ng  nizoli  uyni  notarial  tasdiqlangan  oldi-sotdi 

shartnomasiga asosan o‘z nomiga rasmiylashtirib oldi.  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

275 


 

Mazkur  oldi-sotdi  shartnomasi  qarz  evaziga  amalga  oshirilganligini  Mirobod 

tumani  2-sonli  davlat  notarial  idorasi  notariusi  (F.I.O.)  va  guvoh  (F.I.O.)  lar  ham 

tasdiqlashadi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksiga  ko‘ra,  agar  shartnoma 

taraflar o‘rtasida bo‘lgan qarzning evaziga amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday bitim 

o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb topilishi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2001-yil  14-sentabrdagi  “Uy-joy  nizolari 

bo‘yicha  sud  amaliyoti  haqida”gi  qarorining  10-bandida  tushuntirilishicha,  uy-

joylarga  nisbatan  oldi-sotdi  shartnomalarini  haqiqiy  emas  deb  topish  da’volari 

bo‘yicha  sudlar  ishlarni  ko‘rishda  bunday  bitimlar  mulkdorning  erki  va  xohishiga 

ko‘ra  amalga  oshirilganligini  e’tiborga  olishi  lozim.  Agar  shartnoma  taraflar 

o‘rtasida  bo‘lgan  qarzning  evaziga  amalga  oshirilgan  bo‘lsa,  bunday  bitim  o‘z-

o‘zidan  haqiqiy  emas  deb  topilishi,  taraflar  o‘rtasida  bo‘lgan  munosabatlar  qarz 

shartnomasi majburiyatlaridan kelib chiqadigan qoidalar tartibida hal etiladi.  

Yuqoridagilardan kelib chiqib, suddan  

 

SO‘RAYMAN: 

Qarshi  da’vo  arizasini  qanoatlantirib,  oldi-sotdi  shartnomasini  haqiqiy  emas 

deb topishingizni;  

Oldi-sotdi  shartnomasini  tasdiqlagan  Mirobod  tumani  2-sonli  davlat  notarial 

idorasi notariusi (F.I.O.) ni ishga jalb qilishingizni hamda (F.I.O.)  ni guvoh sifatida 

chaqirishingizni.  

Ilova:  qarz  olganlik  to‘g‘risida  tilxat;  oldi-sotdi  shartnomasining  nusxasi;  uy 

hujjatlari;  davlat  boji  to‘langanligi  haqidagi  kvitansiya;  da’vo  arizasidan  nusxa; 

pasport nusxasi. 

 

Da’vogar:                             imzo                                  F.I.O.   




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling