M. artikova, M. Tursunova


VIII. Mavzuni mustahkamlash uchun metodlar


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana28.11.2020
Hajmi0.9 Mb.
#154198
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
boshlangich sinf oquv mashgulotlariga interfaol usullar tatbiqi


VIII. Mavzuni mustahkamlash uchun metodlar: 

" Zig-zag" strategiyasi. 

Metod  o'quvchilar  bilan  guruh  asosida  ishlash,  mavzuni  tezkor  va  puxta  o'zlashtirishga 

xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi: 

1) O'quvchilarda jamoa ( yoki guruh) bo'lib ishlash ko'nikmasi shakllanadi. 

2) Mavzuni o'zlashtirishga sarflangan vaqt tejaladi. 

Strategiyani qo'llash jarayoni: 

- Sinf o'quvchilari bir necha ( 3- 4) guruhga bo'linadi. 

- Yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ham tegishli ravishda 3-4ga bo'linadi. 

- Har bir guruhga mavzuning muayyan qismi ( 1-matn, 2-matn va hokazolar) beriladi va uni 

o'rganish vazifasi topshiriladi. 

- Belgilangan vaqt mobaynida guruhlar matn ustida ishlaydilar.  

-  Vaqtni  tejash  maqsadida  guruh  a'zolari  tomonidan  liderlar  tanlanadi  va  ular  o'rganilgan 

matnga oid asosiy ma'lumotlarini guruhdoshlariga so'zlab beradilar.  

- Liderlarning fikri guruh a'zolari tomonidan to'ldiriladi. 

-  Barcha  guruhlar  o'zlariga  berilgan  matn  puxta  o'zlashtirilganlaridan  so'ng  matnlar 

guruhlararo almashtiriladi. 

- Bu bosqichda ham yuqoridagi faoliyat takrorlanadi. 

- Shu tahlitda mavzu mohiyatini yorituvchi matn o'quvchilar tomonidan o'zlashtiriladi. 

Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar. 

51- modda. 

IX. Uyga vazifa. Hikoyani qayta o'qib, " Onajonim tabiat" mavzusida rasm chizib kelish. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



ONA TILI 

 

1-SINF 

 

I. Dars mavzusi: Undosh tovushlar va harflar. 

II. Darsning maqsadi:  

a) ta’limiy maqsad: mavzuni to’la yoritgan holda o’quvchilarda undosh tovushlar va harflar 

to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish

 b) tarbiyaviy maqsad: dars o’tish jarayonida o’quvchilarda odob-axloq, vatanparvarlik, ona 

tabiatga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’ularini uyg’otish; 

c)  rivojlantiruvchi  maqsad:  o’quvchilarni  yozma  va  og’zaki  nutqini  o’stirish,  imlo 

savodxonligini  oshirish,  fikrlash  doirasini  kengaytirish,  erkin  va  mustaqil  fikrlashiga  imkon 

yaratish. 



III. Asosiy tushuncha va atamalar: harf, tovush, undosh tovush. 

IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: 

Bilimlar: 

- o’zbek tilida nechta undosh tovush borligini bilish; 

- o’zbek tilida nechta undosh harf  borligini bilish. 

Ko’nikma va malakalar: 

-“tovush”  va “harf “ tushunchalarini bir-biridan farqlay olish; 

- undosh tovushlarni yoza olish; 

- harf birikmalarini ajrata olish. 



V. Darsda qo’llaniladigan metodlar:  “harflarni o’zgartirib so’z tuzing” o’yini. 

VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot 

VI. Dars usuli: noan’anaviy, yangi pedagogik texnologiya asosida 

VII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 1-sinf ona tili darsligi, yong’oq, karam, kartoshka, 

turp,  piyoz,  sholg’om  singari  sabzavotlarning  kattalashtirilgan  rasmlari,  bosma  va  yozma  harflar 

jadvali va hokazo. 

VIII. Darsning borishi: 

1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, fasllar haqida suhbat. 

2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Unli tovushlar va harflar. 

Takrorlash yuzasidan savollar: 

1. Unli tovushlar qaysilar? 

2. Ular qanday talaffuz qilinadi? 

3. Unli tovushni ifodalovchi harflar nechta? 

IX. Yangi mavzu bayoni. 

a) o’quvchilarda undosh tovush va harf nima ekanligi to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish 

uchun undosh tovushlar va harflarning ta’rifini keltirish; 

O’pkadan  chiqayotgan  havo  og’iz  boshlig’ida  to’siqqa  uchrashidan  hosil  bo’ladigan 

tovushlar undosh tovushlar deyiladi. 

b)  “tovush” va “harf” tushunchalarining bir-biridan farqini ajratish

c)  kitobda berilgan topishmoqlar va matnlar orqali harf va harf birikmalarini ajratish; 

d)  28-mashq ni og’zaki tahlil qilish; 



X. Mustahkamlash uchun metodlar: 

“Harflarni o’zgartirib, so’z tuzing!” o’yini. 

Bunda  xattaxtaga  so’zlar  qator  qilib  yozib  qo’yildi.  O’quvchilar  2  guruhga  bo’linadilar. 

Undosh harflarni o’zgartirib, yangi so’zlar tuzishlari kerak bo’ladi. 

Masalan: 

 

moy                    



toy                     

choy                      

til                                             

bil                         

dil 

bor 


tor 

qor                         

alam                   

qalam                

dalam 


soy 

qil 


xor 

 

 



 

 

ayiq                    



qayiq 

asal                     

kasal                  

masal 


barmoq               

qarmoq              

tarmoq 

barcha                 



parcha               

darcha 


 

 

 



 

bog’                     

tog’                   

dog’                      

cho’g’ 

bosh                    



qosh                   

tosh 


kam                     

nam                   

g’am                     

kam 


tuz                       

muz 


kuz                       

buz 


 

 

 



 

nog’ora                

zog’ora 

sariq                     

tariq 

zahar                    



sahar                

shahar 


tovoq                   

qovoq 


 

 

 



 

tovus                    

tovush 

 

 



 

 

Uyga vazifa: Takrorlash. 

 

2-SINF  

 

I. Dars mavzusi: So'z va bo'g'in. 

II. Darsning maqsadi: 

a)  ta'limiy  maqsad:  o'quvchilarda  so'z  va  bo'g'in  to'g'risidagi  tushunchalarni  shakllantirish, 

so'zlarni bo'g'inga to'g'ri ajratishga o'rgatish; 

b)  tarbiyaviy  maqsad:  o'quvchilarni  vatanga,  tabiatga,  oilaga  bo'lgan  muhabbat  ruhida 

tarbiyalash, she'rlar orqali tinchlikni qadrlashga o'rgatish; 

c) rivojlantiruvchi maqsad: ularda mustaqil va erkin fikrlash qobiliyatlarini o'stirish, nutqini 

rivojlantirish, og'zaki va yozma savodxonligini oshirish. 

III. Asosiy tushuncha va atamalar: so'z, bo'g'in, unli tovush. 

IV. O'quvchilar egallashi lozim bo'kgan BKM elementlari: 

Bilimlar: 

- so'z haqida bilish

- bo'g'in haqida bilish; 

- bo'g'inni qayedan hosil bo'lishini bilish. 

Ko’nikma va malakalar: 

- so'zlarni bo'g'inga ajrata olish; 

- so'zda nechta bo'g'in borligini topa olish; 

- gaplardagi so'zlarni bo'g'inga ajrata olish. 

V. Darsning metodi: Aqliy hujum, "Qarsaklar" metodi, "So'zda nechta bo'g'in bor" o'yini. 

VI. Dars shakli: amaliy mashg'ulot,suhbat 

VII.Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko'rgazmalar usulida. 

VIII. Darsda qo'llaniladigan vositalar: 2-sinf ona tili darsligi, tarqatma materiallar. 

IX. Darsning borishi:  

1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, yangiliklar haqida suhbatlashish. 

2. O'tilgan mavzuni takrorlash. O'tilgan mavzu: Nutq. Matn. Gap mavzusi. 

Aqliy hujum: Nutq insonlarga nima uchun kerak? 

 X. Yangi mavzu bayoni. 

A) o'quvchilarga avvalo "So'z" va " Bo'g'in" to'g'risida ma'lumot berish.  

O’qituvchi:  Bir  havo  zarbi  bilan  aytiladigan  tovush  yoki  tovushlar  yig'indisi  bo'g'in 

deyiladi. 


B) 96 - mashq. So'zlardan gap tuzish va bo'g'inlardan so'z tuzish va yozish. 

Paxta - bizning boyligimiz. Dala, Aziza, paxta ( da - la, A - zi - za, pax - ta). 

C)  Har  bir  bo'g'inda  unli  tovush  bo'ladi.So'zda  nechta  unli  tovush  bo'lsa,  shuncha  bo'g'in 

bo'lsa shuncha bo’g’in bo’ladi. 

D) 97-mashqdagi she’rning ahamiyati haqida bolalarga so’zlab berish. 98-mashqni bajarish. 

E) 99-mashqdagi she’rni o’qish. 

O’zbekiston ona yurt 

Dunyoda durdona yurt 

Xalqi tanti, mehnatkash 

Do’stlikda yagona yurt. 

So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib, chiziqcha bilan ajratib yozish, uch bo’g’inli so’zlarning tagiga 

chizish. 



XI.  Mustahkamlash  uchun  metodlar:  “Qarsaklar”  metodi.  Ushbu  metod  o’quvchilarga 

so’zni bo’g’inga ajratishda birmuncha qulayliklar tug’diradi, ya’ni o’qituvchi bir so’zni aytib, unda 

nechta  bo’g’in  borligini  qarsak  yordamida  aniqlaydi.  Shundan  so’ng  mashqni  o’quvchilar 

takrorlaydilar. 

Masalan: O’z – be – kis – ton. 4 ta qarsak.  

“So’zda nechta bo’g’in bor “ o’yini. 

Bu  o’yin  xattaxtada  yozma  ravishda  bajariladi.  Oldingi  qatordagi  partaga  turli  raqamlar 

yozilgan  varaqalar  teskari  qilib  terib  q’yiladi.  O’quvchilar  5-6  kishilik  guruhlarga  bo’linib,  birin-

ketin varaqalarni olishib, unda ko’rsatilgan raqamlar bo’yicha shuncha bo’g’inli so’zlarni xattaxtaga 

yozib boradilar. 

2 – daftar 

3 – Karima 

4 – navbatchilik 

5 – sabzavotchilik va hokazo tarzida. 



XII. Uyga vazifa: Mavzuni takrorlash va mustahkamlash. 

 

3-SINF 

 

 

I. Dars mavzusi: O’zak va o’zakdosh so’zlar. 

II. Darsning maqsadi: 

a)  ta’limiy  maqsadi:  o’quvchilarga  o’zak  va  o’zakdosh  so’zlar  haqida  tushuncha  berish, 

ularning yasalishi va yozilishiga doir ko’nikmalarni shakllantirish; 

b)  tarbiyaviy  maqsad:  ularda  vatanga,  tabiatga  bo’lgan  mehr-muhabbat  tuyg’ularini 

tarbiyalash va kasb-hunar egallashga bo’lgan ishtiyoqini oshirish, ona tiliga bo’lgan hurmat ruhini 

uyg’otish; 

c) rivojlantiruvchi maqsad: ularda mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini o’stirsh, og’zaki 

va yozma nutqini rivojlantirish. 



III.  Asosiy  tushuncha  va  atamalar:  o’zak,  o’zakdosh  so’zlar,  ma’no,  umumiy  qism  va 

hokazo. 


IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:  

Bilimlar: 

- o’zak haqida bilish; 

- o’zakdosh so’zlar haqida bilish. 

Ko’nikma va malakalar: 

- so’zning o’zagini topish; 

- o’zakdosh so’zlarni topa olish; 

- o’zakdosh so’zlarni to’g’ri yoza olish. 



V. Darsning metodi: Aqliy hujum, “ Kontakt-piyola” treningi. 

VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot, suhbat. 

VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida. 

VII.  Darsda  qo’llaniladigan  vositalar:  3-sinf  ona  tili  darsligi,  tarqatma  materiallar, 

mavzuga oid rasmlar, “ Bog” surati tushirilgan plakat va piyola. 



IX. Darsning borishi:  

1.  Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, tabiatdagi o’zgarishlar haqida suhbat. 

2.  O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tilgan mavzu: Gapda so’zlarning bog’lanishi. 

“Gap tuzishda adashma” o’yini. 

O’yin  tartibi:  O’qituvchi  va  3-4  nafar  o’quvchi  doira  bo’lib  o’tiradilar.  O’qituvchi  birinchi 

so’zni  aytadi,  1-o’quvchi  ikkinchi  so’zni,  2-o’quvchi  3-so’zni,  oxirgi  o’quvchi  esa  oxirgi  so’zni 

aytib gapni tugatadi. O’rtada gap uchun kerakli so’zni aytolmagan o’quvchi o’yindan chiqib, uning 

o’rnini  boshqa  o’quvchi  egallaydi.  O’yin  3-4  ta  gap  tuzish  bilan  tugaydi.  Shu  muddatda 

adashmagan o’quvchilar g’olib bo’ladi. 

Masalan: 

O’qituvchi: O’lkamizga 

1 – o’quvchi: - go’zal 

2 – o’quvchi: - bahor 

3 – o’quvchi: - fasli 

4 – o’quvchi: - keldi. 

X. Yangi mavzu bayoni. 

a)  aqliy  hujum:  O’qituvchi  doskaga  turli  xil  mevali  daraxtlar  bilan  to’lgan  bog’  va  unda 

mehnat qilayotgan bog’bon rasmi tushirilgan plakatni qo’yadi va o’rtaga savol tashlaydi. 

1. 


Bolajonlar rasmda nima tasvirlangan? O’quvchilar birin-ketin o’z fikrlarini bildiradilar. 

To’g’ri javob esa doskaga ko’rinarli qilib yozib qo’yiladi. 

BOG’ 

2. 


Unda mehnat qilayotgan inson kim? 

BOG’BON 


Shu tariqa yangi mavzu boshlanadi va o’zakning tub mohiyati bolalarga tushuntiriladi. 

b) 137-mashq o’yin  tarzida bajariladi.  O’yin  nomi   “O’zakdosh  so’z  yasa” deb nomlanadi. 

O’quvchilar 5 guruhga bo’linadilar va sinf xattaxtasida ham 5 ta ustuncha hosil qilinadi. 

 

Sinf 



Traktor 

Paxta 


Bog’ 

Temir 


 

O’quvchilar  navbatdan  o’zakdosh  so’zlarni  doskaga  yozishlari  kerak  bo’ladi.  Qaysi  guruh 

ko’p so’z yozsa, o’sha guruh g’olib bo’ladi. 

d)  138-mashqdagi  she’r  o’qilib  tarbiyaviy  ahamiyati  tushuntiriladi,  o’zakdosh  so’zlar 

yozilib, odatdagidek belgilanadi. 

e)  139-matn ham shu tariqa tahlil qilinadi 

f)  mustahkamlash uchun 146,147,148,149,150,151-mashqlar bajariladi. 

Mustahkamlash uchun metodlar: 

“Kontakt”-“Piyola” treningi. 

Trening maqsadi:  

- sho’x o’yin orqali o’quvchilarni jamoaga tez kirishib ketishlariga sharoit yaratish; 

- o’quvchilar o’rtasidagi keskinlik, begonasirashlikni yo’qotish; 

- o’quvchilardagi  ijobiy kayfiyatni qo’llab-quvvatlash; 

-o’quvchilarda noan’anaviy ijodiylikka ko’maklashish; 

    Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: 

    O’quvchilar  doira  shaklida  o’tiradilar,  o’qituvchining  qo’lida  esa  paxta  gulli  piyola 

bo’ladi va u piyolani o’quvchilardan biriga berayotib quyidagi topshiriqni berishi mumkin.  

Piyolaga qarab o’zakdosh so’zlar ishtirokida gap tuzing. 

Piyolani  olgan  o’quvchi  piyolani  davradagi  o’quvchilarga  navbatma-navbat  berib  chiqadi, 

lekin  u  o’quvchilarga  piyolani  har  gal  har  xil  usulda,  ko’rinishda  berishi  bir  xillik  bo’lmasligiga 



harakat  qilishi  lozim.  Piyola  berayotgan  o’quvchi  yangiroq  bir  usul  topmasa  yoki  harakati 

qaytarilsa, o’quvchilar jamoasiga qiziqarli, kulgili  yoshiga mos  jarima topshirig’i beradi  va uning 

o’rniga  boshqa  o’quvchi  tanlaydi:  Berilgan  barcha  jarimalarning  topshiriqlari  o’yin  tugagach  ijro 

etiladi. 

“Piyola” o’yini davradagi hamma o’quvchilar navbati bilan ishtirok etganlaridan so’ng yoki 

yangi  original  fikrlar  tugamaguncha  davom  etadi  yoki  vaqtga  qarab  to’xtatiladi.  Mashg’ulot  esa 

o’yin  davomida  “Jarima”  olgan  o’quvchilarning  o’z  topshiriqlarni  bajarishi  bilan  yakunlanadi. 

“Jarima”  olganlarning  chiqishlaridan  so’ng,  o’qituvchi  o’quvchilar  bilan  mashg’ulotga  yakun 

yasaydi. 

Uyga vazifa: 152-mashq. 

 

4-SINF  

 

I. Dars mavzusi: Ot so’z turkumi. 

II. Darsning maqsadi: 

a)  ta’limiy  maqsad:  o’quvchilarga  ot  so’z  turkumi,  u  nimani  atab  kelishi  gapda  qaysi  

vazifada kelishi va imlosi to’g’risidagi tushunchalarini shakllantirish; 

b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni  vatanga, tabiatga o’z ona tiliga bo’lgan hurmat ruhida 

tarbiyalash, ularni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib yetishtirish;  

s)  rivojlantiruvchi  maqsad:  ularda  mustaqil  va  erkin  fikrlash  ko’nikmalarni  shakllantirish, 

dunyoqarashini kengaytirish va rivojlantirish, og’zaki va yozma nutqini o’stirish.  

III. Asosiy tushuncha va atamalar : Ot so’z turkumi shaxs,  narsa  bosh harf,   kichik harf , 

joy va hokazo. 



IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:  

Bilimlar: 

- Ot so’z turkumi haqida bilish; 

- u gapda nimalarni atab kelishini bilish; 

- unga so’roq berishni bilish

- otlarning imlosini bilish; 

- birlik va ko’plikda kelishini bilish. 



Ko’nikma va malakalar: 

- Otlarga so’roq bera olish; 

- shaxs nomini bildirgan so’zlarni ayta olish; 

-narsa nomini bildirgan so’zlarni ayta olish; 

- otning gapdagi vazifasini topa olish; 

- otlarni to’g’ri yozish; 

- matn ichidan ot so’z turkumiga oid so’zlarni ajrata olish. 

V. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “Ven diagrammasi” metodi. 

VI. Dars shakli: Amaliy mashg’ulot, suhbat. 

VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida. 

VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 4-sinf ona tili darsligi, tarqatma materiallar: 

IX. Darsning borishi:  

1.Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchini tinglash, yangiliklar haqida suhbatlashish. 

2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: So’z turkumlari. 

Takrorlashga oid savollar: 

1. So’zlar nima asosida turkumga ajratiladi? 

2. So’z turkumlari nechta? 

3. Mustaqil va yordamchi so’z turkumlarining bir-biridan farqi nimada? 

X. Yangi mavzu bayoni. 

a) aqliy hujum: 

1. O’quvchilar, hayvonot dunyosi deganda nimani tushunasizlar? 

2. Uy hayvonlaridan qaysilarini bilasizlar? 



3. Hayvonlar ichida eng chopqir jonivor qaysi? 

4. “Hayvonot” so’zidan  “Hayvon” so’zini olib tashlasak, qaysi so’z hosil bo’ladi? 

Doskaga “Ot” so’zi katta qilib yozib qo’yiladi va yangi mavzu e’lon qilinadi. 

b) 148-mashqni bajarish. Shaxs va narsalarning nomini bildirgan so’zlarni ko’chirish; 

c) 149-, 150-mashqlar orqali bosh harf bilan yoziladigan otlar haqida ma’lumot berish; 

d) 151-mashq orqali shaxs, narsa va joy nomlarini guruhlarga ajratish; 

e) 153-mashq. Ta’limiy o’yin: 

O’quvchilar  ikki  guruhga  bo’linadilar.  O’qituvchi  so’zlarni  navbat  bilan  aytib  turadi.  1-

guruh  ishtirokchilar  birlikdagi  otlarni,  2-guruh  ishtirokchilari  esa  ko’plikdagi  otlarni  eshitganda 

qo’llaridagi kartochkalarni ko’tarishi kerak bo’ladi. Qaysi guruh bexato bajarsa, o’sha guruh g’olib 

bo’ladi. 

X. Mustahkamlash uchun metodlar: “Ven diagrammasi” metodi. 

Ushbu strategiya o’quvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim ko’nikmalarni 

hosil  qilishga  yordam  beradi.  Strategiya  kichik  guruhlarni  hosil  qilishda  sxema  bo’yicha  amalga 

oshiriladi. 

 Yozuv taxtasi o’zaro teng to’rtga bo’linadi va har bir bo’lagiga quyidagi sxema chiziladi: 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Strategiyani qo’llash bosqichlari: 



sinf o’quvchilari uch guruhga bo’linadi; 

yozuv taxtasiga toshiriqni mohiyatini aks ettiruvchi sxema chiziladi; 



har bir guruhga o’zlashtirilayotgan mavzu yuzasidan alohida topshiriq beriladi; 

topshiriqlar bajarilgach, guruh a’zolari tomonidan liderlar tanlanadi; 



liderlar  guruh  a’zolari  tomonidan  bildirilgan  fikrlarni  umumlashtirib,  diagrammani 

to’ldiradilar. 

 

Guruhlar 



Diagrammalar 

Topshiriq mazmuni 

 

1-guruh 


1-diagramma 

Otning ta’rifi 

2-diagramma 

Uning gapdagi vazifasi 

3-diagramma 

Otning so’roqlari 

 

2-guruh 


1-diagramma  

Shaxs nomini bildirgan so’zlar 

2-diagramma 

Narsa nomini bildirgan so’zlar 

 

 3-diagramma 



Joy nomini bildirgan so’zlar 

 

3-guruh 



1-diagramma 

Birlikdagi otlar 

2-diagramma 

Ko’plikdagi otlar 

3-diagramma 

Bosh harf bilan yoziladigan otlar 

 

Uyga vazifa: 154-mashq. 

 

 











 

 

ATROFIMIZDAGI OLAM 

 

1-SINF  

 

I. Dars mavzusi: Biz yashaydigan o’lka – O’zbekiston. 

II. Darsning maqsadi:  

a)  ta’limiy  maqsad:  o’lkamizning  tabiati,  undagi  daryolar,  cho’llar,  yaylovlar,  turli-tuman 

o’simliklar, hayvonlar, poliz ekinlari to’g’risida qisqacha ma’lumot berish; 

b)  tarbiyaviy  maqsad:  o’quvchilarni  vatanga,  ona  tabiatga,  o’simliklar  va  hayvonot 

dunyosiga nisbatan mehr-muhabbat tuyg’ulari bilan tarbiyalash; 

c)  rivojlantiruvchi  maqsad:  o’quvchilarni  erkin  va  mustaqil  fikrlashga  o’rgatish,  mantiqiy 

va ijodiy tafakkurini rivojlantirish. 

III. Asosiy tushuncha va atamalar: O’zbekiston, bog’, dala,  yaylov, daryo, tog’, o’rmon, 

cho’l, paxta, bug’doy, qovun-tarvuz, qo’y-qo’zi, mollar. 



IV.O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: 

Bilimlar: 

- o’lkamizning tabiati haqida bilish; 

- o’zbekiston cho’llari haqida bilish; 

- cho’llarga nimalar ekilishini bilish; 

- bog’larga nimalar ekilishini bilish. 

Ko’nikmalar: 

- qaysi hayvonlar yaylovlarda boqilishini ajratish; 

- nima uchun o’lkamiz tabiatidan zavqlanishimizni aytib berish. 

V. Darsning metodlari: aqliy  hujum, Krossvord yechish. 

VI. Dars shakli: suhbat- ma’ruza. 

VII. 

Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida. 

VIII.  Darsda  qo’llaniladigan  vositalar:  tabiat  manzaralari,  tog’lar,  bog’lar.  yaylovlar, 

paxta, bug’doy, daryolar, mevalar va sabzavotlarning rasmlari . 



IX. Darsning borishi:  

1.Tashkiliy  qism:  salomlashish,  davomatni  aniqlash,  navbatchini  tinglash,  fasllar  haqida 

suhbat. 

2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: “Kompyuter”. 

Takrorlash yuzasidan savollar; 

1. Kompyuter qanday qurilma? 

2. Kompyuterning vazifasi nimalardan iborat? Siz ham kompyuterda ishlashni bilasizmi? 

X. Yangi mavzu bayoni 

XI. 1. Aqliy hujum: 

Chiroylidir go’yo yosh kelin 

Ikki daryo yuvar kokilin 

Qorli tog’lar turar boshida 

Nur vodiylar yashnar qoshida. 

Chor atrofga yoyganda gilam 

Aslo yo’qdir bundayin ko’klam. 

Tog’lardagi qip-qizil lola 

Bo’lib go’yo yoqut piyola. 

O’qituvchi: O’quvchilar, Hamid Olimjon ushbu she’ri orqali nimalarni tasvirlab bergan? 



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling