M. artikova, M. Tursunova


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana28.11.2020
Hajmi0.9 Mb.
#154198
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
boshlangich sinf oquv mashgulotlariga interfaol usullar tatbiqi


III.  “Tafakkur  cho’qqisi”  metodi  yordamida  o’zlashtirilgan  bilimlarni  mustahkamlash, 

o’quvchilarga mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlashni talab etuvchi savollar berish ko’zda tutiladi. 



IV.  Uyga  vazifa  berish:  4-sinf  matematika  kitobidagi  “Sonli  ifodalar”  mavzusidan  6,8-

misollarni yechish. (47-bet). 

   

 

 

 

 

KONSTITUTSIYA ALIFBOSI 

 

1-SINF  

 

I. Dars mavzusi: Davlatimiz ramzlari. 

II. Darsning maqsadlari:  

a)  ta’limiy maqsad: o’quvchilarni davlat ramzlarimiz va ularning hayotimizdagi ahamiyati 

bilan to’la tanishtirish

b)  tarbiyaviy  maqsad:  o’quvchilarni  avvalo  ona  vatanga,  davlat  ramzlarimizga  hurmat 

ruhida tarbiyalash; 

c)  rivojlantiruvchi  maqsad:  o’quvchilarda  erkin  va  mustaqil  fikrlash  ko’nikmalarini 

shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. 

III.  Asosiy  tushuncha  va  atamalar:  bayroq,  gerb,  madhiya,  konstitutsiya,  humo  qushi  va 

boshq. 


IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: 

davlatimizning qanday ramzlari borligini bilish; 



bayroq haqida bilish; 

gerb haqida bilish; 



madhiya haqida bilish. 

Ko’nikma va malakalar: 

bayroq qachon qabul qilinganini aytib berish; 



gerb qachon qabul qilinganini aytib berish; 

madhiyamiz haqida ma’lumotga ega bo’lish; 



davlat ramzlarining hayotimizdagi ahamiyati haqida gapirish. 



V. Darsning metodlari: aqliy hujum, “ Buzuq telefon” . 

VI. Dars shakli: suhbat, ma’ruza. 

VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida. 

VIII.  Darsda  qo’llaniladigan  vositalar:  bayroq,  gerbning  rasmlari,  O’zbekiston 

Respublikasining Konstitutsiyasi va boshq. 



IX. Darsning borishi: 

1.  Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash va yangiliklar haqida suhbat. 

2.  O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: “O’zbekiston – mening vatanim”. 

Takrorlash yuzasidan savollar: 

1.  Konstitutsiyamizga binoan vatanimizning nomi nima deb ataladi? 

2.  Vatanimiz qachon mustaqillikka erishgan? 

3.  Vatan haqida she’r aytib bering. 

X.Yangi mavzu bayoni: 

Dars O’zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylash bilan boshlanadi. 

O’qituvchi:  Aziz  o’quvchilar,  bizga  ma’lumki,  ona  vatanimiz,  O’zbekiston  1991-yil  31-

avgustda mustaqillika erishdi. Shu kundan boshlab mardona “Mustaqillik” so’zi tilimizga ko’chdi. 

Va bizning kelajagi buyuk davlatimiz o’z ramzlariga, o’z davlat tiliga ega bo’ldi. 

Yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov bu haqida to’xtalib shunday degan: “Milliy 

timsollarimiz va ramzlarning har biri milliy g’ururimizni yuksaltirishga xizmat qiladi. Ularning har 

biri katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasidir”.  

Bas  shunday  ekan  biz  davlat  ramzlarimiz  bilan  faxrlanmog’imiz,  ularga  hurmat  bilan 

munosabatda bo’lmog’imiz kerak. 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasida O’zbekiston Respublikasi qonun 

bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari-bayrog’i, gerbi va madhiyaga ega, deb belgilab qo’yilgan.  



XI.  O’qituvchi o’quvchilarga davlat ramzlarimiz to’g’risidagi ma’lumotlarni aytib beradi. 

1.  O’zbekiston  Respublikasining  davlat  bayrog’i  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilga VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan.  

Bayro’g’imiz va unda aks etgan ramzlar qadimiy tarix bilan bog’liq bo’lgan milliy, madaniy 

an’analarni o’zida aks ettirgandir.  

Bayroqda aks etgan moviy rang musaffo osmon va obihayot ramzidir. 

Bayrog’imizdagi  oq  rang  –  muqaddas  tinchlik  ramzi  bo’lib,  u  nurafshon  kun  va  koinot 

yoritgichlari bilan uyg’unlashib ketgan  – poklik, beg’uborlik, orzular nurafshonligi va go’zallikka 

intilish timsolidir. 

Yashil rang esa tabiatning yangilanish, yasharish ramzi hisoblanadi. 

Bayroqdagi qizil chiziqlar – tomirlarimizda jo’shib oqayotgan jonbahsh irmoqlardir. 

Yarim oy tasviri bizning tarixiy an’ana – yu milliy qadriyatlarimiz bilan bog’liqdir. 

Bayrog’imizda  12  yulduzning  aks  etishi  o’z  ramziy  ma’nosiga  egadir.  Bu  birinchidan 

quyosh  yilnomamizga  dahldorligini  bildirsa,  ikkinchidan  bizning  ilm  –  ma’rifatda  dunyoga  yuz 

tutgan daholarga beshik bo’lgan buyuk davlatimizda “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi, bunda Mirzo 

Ulug’bek,  Abu  Rayhon  Beruniy  kabi  ulug’  allomalarimizning  butun  dunyo  tan  olgan  ulkan 

kashfiyotlari bilan ham izohlanadi. 

O’qituvchi:    Bu  bayrog’imiz  to’g’risidagi  ma’lumotlar  edi.  Endi  gerbimizning  qisqacha 

tafsilotiga to’xtalib o’taman. 

Gerb  so’zi  aslida  nemis  tilidagi  “gerbo”  so’zidan  olingan  bo’lib,  davlat,  hudud,  nasldan 

naslga meros bo’lib qoladigan mulk belgisini anglatadi.  

O’zbekiston  Respublikasining  davlat  gerbi  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining 

1992-yil 2-iyulda bo’lib o’tgan X sessiyasida tasdiqlangan.  

Gullarga burkangan go’zal vodiy uzra nur sochayotgan quyosh aks etgan gerbimizning o’ng 

tomonida  pishib  yetilgan  risq-ro’zimiz  bo’lmish  bug’doy  boshoqlari,  so’l  tomonida  esa  milliy 

boyligimiz hisoblanmish lo’ppi ochilgan paxta chanoqlari  tasvirlangan chiroyli chambarni ko’rish 

mumkin. Uning yuqori qismida jipsligimiz ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz, sakkiz qirra ichida 

esa yarim oy va yulduz tasvirini ko’ramiz. 



Gerbimiz  markazida  oliyjanoblik  va  sahovat,  himmat  va  fidoyilik,  tinchlik  timsoli 

hisoblanmish afsonaviy humo qushi qanotlarini keng yozib turibdi.  

Pastki  qismidagi  davlatimiz  bayrog’ini  ifodalovchi  uch  rangdan  iborat  chambarga  “ 

O’zbekiston” so’zi yozib qo’yilgan.  

Shundan  so’ng  o’qituvchi  madhiyamiz  haqida  ham  qisqacha  to’xtalib  o’tadi  va  uning 

hayotimizdagi ahamiyati haqida o’quvchilarga so’zlab beradi. 



XII. Mustahkamlash uchun metodlar. “Buzuq telefon” metodi.  

Ushbu metod o’quvchilarga xotirani  charxlashga, o’z mustaqi fikriga bo’lgan ishonch, o’z 

ishiga mas’uliyat singari tushunchalarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Metodni o’qituvchi turli xil 

fanlardan vaziyatga moslab o’tkazishi mumkin. Bunda o’qituvchi o’quvchilar jamoasini 2 guruhga 

ajratadi. Ular bajaradigan ishlar esa quyidagilardan iborat:  

guruhlar davlat ramzlari bo’yicha eshitgan ma’lumotlarini o’zaro takrorlaydilar; 



ma’lumotlar  bir  joyga  yig’ilgandan  so’ng    guruh  sardori  raqib  guruhga  ifodali  qilib 

so’zlab beradi. Masalan: O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i haqida; 

qolgan o’quvchilar esa fikrlarni to’ldiradilar; 



raqib  guruh  esa  eshitgan  ma’lumotlarini  iloji  boricha  xato  qilmasdan  qaytadan  so’zlab 

berishi kerak bo’ladi; 

ikkinchi  guruh  tomonidan  ushbu  faoliyat  qaytadan  takrorlanadi.  Masalan:  O’zbekiston 



Respublikasining davlat gerbi haqida; 

guruhlar faoliyati o’qituvchi tomonidan xolis baholanadi; 



xatosiz va tez so’zlab bergan jamoa g’olib hisoblanadi. 



Uyga vazifa : Davlat ramzlarining rasmini ishlash. 

 

2-SINF  



 

I. Dars mavzusi: Mulk mehnat bilan topiladi.  

II. Darsning maqsadlari: 

a)  ta’limiy maqsad: o’quvchilarni mulk va ularning turlari haqidagi ma’lumotlar bilan to’la 

tanishtirish; 

b)  tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni mehnatkash, tejamkor va tadbirkor qilib tarbiyalash

c)  rivojlantiruvchi  maqsad:  o’quvchilarni  mustaqil  va  erkin  fikrlashlariga  imkon  yaratish, 

mantiqiy tafakkurini rivojlantirish. 



III.  Asosiy  tushuncha  va  atamalar:  mulk,  qonun,  davlat  mulki,  shaxsiy  mulk,  burch, 

huquq. 

IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: 

Bilimlar: 

mulk nima ekanligini bilish; 



mulkning turlarini bilish; 

mulk to’g’risidagi burchlarimizni bilish. 



Ko’nikma va malakalar: 

davlat mulki bilan shaxsiy mulkning farqini aytish. 



davlat mulkiga nimalar kirishini aytish; 

shaxsiy mulkka nimalar kirishini aytish. 



V.  Darsning  metodlari:  Aqliy  hujum,  “  Beshinchisi,  oltinchisi,  yettinchisi…  ortiqcha  “ 

metodi. 


VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot, suhbat-ma’ruza. 

VII. Dars usuli: noan’anaviy. 

VIII. Darsda qo’llanialdigan vositalar: Mulkni ifodalovchi buyumlarning rasmlari, 2-sinf 

“Kostitutsiya alifbosi” darsligi. 

1.  Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, yangiliklar haqida suhbat. 

2.  O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Sog’lom bo’laylik. 

Takrorlash yuzasidan savollar: 


1.  Inson sog’lom bo’lishi uchun nimalar qilishi kerak? 

2.  Konstitutsiyamizda bu haqida nimalar deyilgan? 

3.  She’rdan qanday xulosa chiqardingiz? 

X. Yangi mavzu bayoni: Aqliy hujum. 

O’qituvchi:  Aziz  o’quvchilar,  o’zingizga  tegishli  bo’lgan  qanday  shaxsiy  buyumlaringiz 

bor? 

O’quvchi: Kitob, daftar, qalam, ruchka, velosiped, qo’g’irchoq va  hokazo. 



O’quvchi: Ota-onangiz sizga ana shu buyumlaringizni qayerdan sotib olib beradi? 

O’quvchi: Supermarketdan yoki bozordan. 

O’qituvchi: Har kuni maktabga nimada kelasiz? 

2-o’quvchi: Avtobusda yoki metroda. 

O’qituvchi: Barakalla, siz sanayotgan narsalarning barchasi mulk turlariga kiradi. Ularning 

hech  qaysinisi  o’z-o’zidan  paydo  bo’lib  qolmaydi.  Inson    ushbu  narsalarga  faqat  mehnat  qilish 

orqali erishadi. Biz bugun sizlar bilan “ Mulk – mehnat bilan topiladi” mavzusini o’tamiz. 

XI. Darslik bilan ishlash. 

Mulk - mehnat bilan topiladi.

17

 

Atrofimizdagi barcha narsalar, buyumlar kimgadir tegishli bo’lsa, bular mulk deb atalishini 

birinchi sinfdan bilamiz. Davlatga tegishli narsalar davlat mulki deyiladi. Alohida odamga tegishli 

narsalar shaxsiy mulk deyiladi. 

Biz  foydalanadigan  avtobus,  metro,  tramvay,  trolleybuslar,  maktablar  davlat  mulkidir. 

Bizning shaxsan o’zimizga tegishli mulk, masalan, velosiped, o’yinchoqlarimiz, kiyimlarimiz, kitob 

va  boshqalar  bizning  shaxsiy  mulkimizdir.  Shunday  mulk  bizning  sinfdoshlarimiz  va  boshqa 

o’rtoqlarimizda ham bor. 

Ruhsatsiz birovning mulkini olish, unga zarar yetkazish mumkin emas. Biz o’z mulkimizni 

qanday  asrab  –  avaylasak,  davlatning  va  o’zgalarning  mulkini  ham  ehtiyot  qilishimiz  shart.  Bu 

bizning burchimizdir. 

XII. Mustahkamlash uchun metodlar: “ Beshinchisi, oltinchisi, yettinchisi …ortiqcha” 

metodi. 

O’quvchilarni  mantiqiy  tafakkur  yuritish  ko’nikmalariga  ega  bo’lishlarida  ushbu  metod 

alohida ahamiyatga ega. Uni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi. 

O’quvchilar ikki guruhga ajratiladi: 1-guruh “Mulkdorlar”, 2-guruh “Tadbirkorlar”. 

O’rganilayotgan  mavzu  mohiyatini  ochib  berishga  xizmat  qiluvchi  tushunchalar  tizimi 

shakllantiriladi.  Masalan:  alohida  kvadrat  shaklidagi  qog’ozlarga    davlatga  va  shaxsga  tegishli 

bo’lgan mulk turlari  aralash holatda yoziladi. 

Har  bir  guruhdan  ikkitadan  yoki  uchtadan  vakil  chiqib,  1-guruh  davlatga  tegishli  bo’lgan, 

ikkinchi guruh shaxsga tegishli bo’lgan mulk turlarini ajratishlari kerak bo’ladi.  

Topshiriq  tugatilgach  o’quvchilardan  ikkala  mulk  turlari  o’rtasidagi  bog’liqlikni  sharxlash 

vazifasi topshiriladi. 

Mavzu  mohiyatini  yorituvchi  tushunchalar  o’rtasidagi  mantiqiy  bog’liqlikni  ko’rsata  va 

asoslay  olish  o’quvchilarda  mustaqil  fikrlash,  shaxsiy  yondashuvlarini  asoslay  olish,  shuningdek, 

tengdoshlarining  fikrlari  bilan  shaxsiy  mulohazalarini  o’zaro  taqqoslash  ko’nikmalarini  ham 

shakllantiradi. 

Uyga vazifa: “Men mulk egasiman” mavzusida kichik matn yozib kelish. 

 

 



3-SINF  

 

I. Dars mavzusi: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 

II. Darsning maqsadlari:  

                                                 

17

  Karimova  O.  Konstitutsiya  alifbosi:  2-sinf  o’quvchilari  uchun  o’quv  qo’llanma/  O.Karimova, 



Sh.Sariqovning umumiy tahriri ostida. – T.: Yangiyo’l polygraph service. 2008. 28-29-betlar. 

a)  ta’limiy  maqsad:  o’quvchilarni  qonun  tushunchasi,  mamlakatimiz    Konstitutsiyasi 

to’g’risidagi ma’lumotlar bilan to’la tanishtirish; 

b)  tarbiyaviy    maqsad:  o’quvchilarda  Konstitutsiyamizga,  mamlakatimizning  asosiy 

qonunlariga bo’lgan mehr-muhabbat, hurmat tushunchalarini tarbiyalash; 

c)  rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish. 

III.  Asosiy  tushuncha  va  atamalar:  Kostitutsiya,  qonun,  tartib-intizom,  an’ana-udumlar, 

urf -odatlar va hokazo. 



IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: 

Bilimlar: 

qonun nima ekanligini bilish; 



kostitutsiya nima ekanligini bilish; 

an’ana-udumlar, urf-odatlar nima ekanligini bilish; 



Ko’nikma va malakalar: 

konstitutsiya haqida to’laroq ma’lumot berish; 



mustaqillikdan keyin qabul qilingan yangi qonunlarni aytish; 

ajdodlarimiz amal qilgan urf -odatlar haqida gapirish; 



V. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “Tafakkur buluti” metodi. 

VI. Dars shakli: suhbat, amaliy mashg’ulot. 

VII. Dars usuli: noan’anaviy. 

IX. Darsning borishi: 

1.  Tashkiliy qism: salomlashish, huquqiy yangiliklar haqida suhbat. 

2.  O’tilgan  mavzuni  takrorlash.  O’tilgan  mavzu:  O’zbekiston  Respublikasi  mustaqillik 

davrida. 

Takrorlash yuzasidan savollar: 

1.  Mustaqillik biz yoshlarga nima berdi? 

2.  Siz vatanimiz ravnaqiga o’zingizning qanday hissangizni qo’shmoqchisiz? 

X. Yangi mavzu bayoni:  

Aqliy hujum: 

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, dunyodagi eng qadrli ne’mat nima? 

O’quvchilar: Tinchlik va hotirjamlik, erkinlik va hurlik! 

O’qituvchi:  Barakalla,  bolajonlar.  Dunyoda  tinch  va  hotirjam,  erkin  va  mustaqil  insondan 

baxtliroq inson yo’q. Atoqli adibimiz Maqsud Shayxzoda ham bejiz “Kishi tug’ilmaydi boshda toj 

bilan, Tug’ilar u erkka ehtiyoj bilan” deb aytmagan. 

Vatanimiz  o’zbekiston  ham  ana  shunday  tinch  va  farovon,  mustaqil  mamlakatlardan  biri 

hisoblanadi.  Yurtimiz  istiqlolga  erishgandan  so’ng  qo’lga  kiritgan  eng  katta  yutuqlaridan  biri  bu-

mamlakatimiznig  asosiy  qomusi  hisoblangan  Konstitutsiyasidir.  Bugungi  mavzuyimiz  ham  aynan 

Konstitutsiyaga bag’ishlangan. Xo’sh, kim Konstitutsiya haqida bizga she’r aytib bera oladi? 

She’r o’quvchilar tomonidan ifodali qilib o’qib beriladi. 

 

                                              Qomusim mening 

                                                                                                 

 M.Tursunova 

 

20 yil tarix nazdida 



Bir lahzaga chaqqulik fursat 

Ammo, yurtim shu fursat men chun 

Sahrolarga tutashgan sarhad. 

Xalqim, erkning quyoshi porlar 

Manglayingda balqqan saodat 

Har bir oning hurlikka chorlar 

Xalqim o’zi bergaydir madad. 

 

Har tong jo’shib madhiyang yangrar 



Osmoninngda hilpirar bayroq, 

Gerbing uzra humo charx urar 

 

Qomusing hech so’nmas bir mayoq. 



Ozodlikning ramzi bu kitob 

Ezgulikka qo’yilgan tamal 

Birdamlikka aytilgan hitob 

Adolatdek qulamas haykal. 

Unda bordir xalqim o’tmishi 

Go’yo menga so’zlangan ertak 

Bobolarim kechgan kechmishi 

Aks etgaydir nurli kelajak. 

Har satrida, har bir bobida  

Millionlarning taqdirin so’ylar 

Mujassamdir baxt kitobida  

Nurli hayot haqida o’ylar. 

Insonlarni ulug’lab yasha 

Mangu porla qomusim mening 

Noming kezsin asrlar osha 

Konstitusiyam – nomusim mening. 



XI. Darslik bilan ishlash. 

O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi.

18

 

Har  bir  mamlakatning  qoidalari  bo’ladi.  Ularga  o’quvchi,  talaba,  ishchi  yoki  nafaqaxo’r 

bo’lishidan qa’iy nazar barcha bo’ysunishi lozim. Bu qoidalar qonunlar deb ataladi. Qonunlar davlat 

tomonidan o’rnatiladi. Ularni buzgan odam jazolanadi. 

Mustaqillika  erishgach,  davlatimizda  yangi  qonunlar  qabul  qilindi.  O’zbekiston 

Respublikasi  fuqarolarining  huquqlari  ta’minlandi.  Mamlakatimiz  Konstitusiyasi-boshqa  barcha 

qonunlar  bo’ysunadigan  asosiy  qonundir.  U  shuningdek,  qonunlarning  eng  muhimi  hamdir. 

Konstitutsiyada mamlakatimiz aholisining eng asosiy huquq va majburiyatlari haqida yozilgan.  

Mamlakatda  tartibni  saqlash  va  qonunlarning  buzilmasligini  nazorat  qiluvchi  insonlar 

bo’ladi. Ular avvalo militsiya hodimlari va ko’plab boshqa soha vakillaridir. Qonun-barcha uchun 

bajarilishi  majburiy  bo’lgan  qoidalardir.  Ammo  qonundan  tashqari  boshqa  qoidalar  ham  bor.  Bu 

qoidalar  bizga  noqulay  ahvolga  tushib  qolmaslik    yoki  kimnidir  hafa  qilib  qo’ymaslik  uchun 

yordam beradi. Biz o’zimizni bu qoidalarga mos tutamiz.  

Jamiyatdagi  mavjud  o’ziga  xos  qoidalar  an’anana-udumlar  yoki  urf-odatlar  deb  ataladi. 

Bizning  ota-onamiz  ham,  bobo-buvilarimiz  ham  ana  shunday  qonun-qoidalar  asosida  hayot 

kechirishgan. 



XII.  Mustahkamlash  uchun  metodlar:    “Tafakkur  buluti”  metodi.  Ushbu  metod 

“Klasster” metodining bir shakli hisoblanib, o’quvchilarda ixtiyoriy muammo xususida erkin, ochiq 

o’ylash va shaxsiy fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur 

metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. 

Metod mazmuni: 

o’qituvchi tomonidan sinf jamoasi ikki guruhga bo’linadi; 



har bir guruhga avvaldan vatman qog’oziga chizilgan “ tafakkur buluti” tarqatiladi; 

bulutning  nomi  “konstitutsiya”  bo’lib,  undan  yog’ayotgan  qor  parchalari  uning 



zamiridagi asosiy tushunchalardir; 

o’quvchilar ijodiy yondoshgan holda qor parchalarini shunday shakllantirsinlarki, ularda 



nafaqat asosiy tushunchalar, balki ularning orzu va istaklari o’z ifodasini topsin. 

 

 



                                                 

18

 Karimova O.  Konstitutsiya alifbosi: 3-sinf o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma/ Sh. Sariqovning 



umumiy tahriri ostida. –T.: SHARQ, 2007. 6-8 betlar. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Uyga vazifa: Mavzuni o’qib yod olish. 

 

4-SINF  



 

I. Dars mavzusi: Bilim olish huquqi. 

II. Darsning maqsadlari:  

a) 


ta’limiy  maqsad:  o’quvchilarga  bilim  olish  huquqi  va  uning  qay  tarzda  amalga 

oshirilishi to’g’risidagi ma’lumotlarni to’la yetkazish; 

b) 

tarbiyaviy  maqsad:  o’quvchilarga  inson  hayotida  bilimning  nechog’lik  katta 



ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish, ularni bilimli, aqlli shaxs qilib tarbiyalash

c) 


rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish. 

III.  Asosiy  tushuncha  va  atamalar:  Konstitutsiya,  bilim,  bilim  olish  huquqi,  maktab  va 

hokazo. 


IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: 

Bilimlar: 

bilim olish nima ekanligini bilish; 



bilim olish huquqi nima ekanligini bilish; 

konstitutsiyamizning  41-moddasini bilish. 



Ko’nikma va malakalar: 

bilimning inson hayotidagi ahamiyati haqida gapirish; 



umumiy o’rta ta’lim olish qay tarzda amalga oshishini aytish; 

vatanning munosib farzandi bo’lish uchun nimalar qilish lozimligi haqida gapirish. 



V. Darsning metodlari: aqliy hujum, “BBB”. 

VI. Dars shakli: suhbat-ma’ruza. 

VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida. 

VIII.  Darsda  qo’llaniladigan  vositalar:  4-sinf  “Konstitutsiya  alifbosi”  darsligi,  mavzuga 

oid rasmlar, ko’rgazmali qurollar. 



IX.Darsning borishi: 

 


1. 

Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, yangiliklar haqida suhbat. 

2. 

O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Dam olish va mehnat qilish huquqi. 



Takrorlash yuzasidan savollar: 

1.  Konstitusiyamizning 37-moddasida nima deyilgan? 

2.  38-moddasida-chi? 

3.  Mamlakatimiz  qonunchiligiga  ko’ra,  har  bir  ishchi  yoki  xizmatchi  qancha  muddatdan 

so’ng ta’til olish huquqiqiga ega? 

X. Yangi mavzu bayoni: aqliy hujum: 

O’qituvchi:  Aziz  o’quvchilar,  bilim  olish  haqida  qanday  maqollar  va  ibratli  fikrlarni 

bilasizlar? 

O’quvchilar: 

-  Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni. 

- Ilmli kishi xor bo’lmas. 

- Beshikdan to qabrgacha ilm izla. 

- Ilm olish igna bilan quduq qazishga teng. 

O’qituvchi:  Barakalla,  aziz  o’quvchilar,  insonning  ko’rki  uning  tashqi  ko’rinishida  emas, 

balki  uning  aql-u  odobidadir.  Aynan  mana  shunday  intiluvchan,  sog’lom,  bir  so’z  bilan  aytganda  

bilimli  yoshlar  jamiyat  tayanchidir.  Bugun  biz  sizlar  bilan  darsligimizdagi  “  Bilim  olish  huquqi” 

mavzusi haqida gaplashamiz. 



XI. Darslik bilan ishlash. 

Bilim olish huquqi.

19

 

Har kim bilim olish huquqiga ega.  



O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi, 41 – moddasidan. 

Siz bilan bilim olish huquqi haqida 3 – sinfda ham o’qigan edik. Har bir inson qobiliyati va 

intilishiga  qarab  istaganicha  bilim  olish  huquqiga  ega.  Aholi  uchun  yetarlicha  umumta’lim 

maktablarini ochish davlatning zimmasidadir. Davlat moddiy jihatdan kam ta’minlangan oilalarning 

farzandlariga moddiy yordam ko’rsatadi. Bilim olish huquqi barchaga barobar bo’lib, har bir bola 

ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar o’qish imkoniyatiga ega.  

O’zbekistonda  umumiy  o’rta  ta’lim  olish  barcha  uchun  majburiy  va  bepuldir.  Bu  har  bir 

bolaga  bilimli  bo’lish  imkoniyatini  beradi.  Kelajakda  jonajon  vatanimizning  munosib  farzandlari 

bo’lish uchun o’qimishli, bilimli bo’lishimiz lozim. Shuning uchun ham bilim olish bizning nafaqat 

huquqimiz, balki burchimiz hamdir.   



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling