M. artikova, M. Tursunova
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquv mashgulotlariga interfaol usullar tatbiqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XI. Mustahkamlash uchun metodlar
- Uyga vazifa: Matnni mustahkamlash. ODOBNOMA
- III. Asosiy tushuncha va atamalar
- VIII. Darsning borishi
- IX. Yangi mavzu bayoni.
- Boltaboy odobli bolami 9
- III.Asosiy tushuncha va atamalar
- VIII.Darsning borishi
- X.Darslik bilan ishlash . Ota-onaga hurmat. 10
- XII.Uyga vazifa
- O’quv materiali mazmuni
- O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi
- III. Darsning metodi
- O’tilgan mavzu: “Usta” ertagi
- Tejamkorlik - xalqning va o’zining mehnatini qadrlash, qanoatli bo’lish, faqat bugunni emas, ertani o’ylash, tadbirkor bo’lishdir
- Tejog’lik ish- bejog’lik 11
Qo’riqxonalar 8 Qo’riqxonalar katta yer maydonidan iborat bo’lib, ular hududidagi barcha o’simlik va hayvon turlari muhofaza qilinadi. Noyob o’simlik hamda hayvon turlarining soni ko’paytiriladi. Bu yerda jonsiz tabiatni asl holida saqlashga harakat qilinadi. Siz tanishgan barcha tabiiy geografik zonalarda qo’riqxonalar bor. O’zbekiston qo’riqxonalarida buxoro bug’usi, jayron, sayg’oq, kulrang echkemar, kapcha ilon va boshqa hayvonlar muhofaza qilinadi. O’zbekistonda 9 ta qo’riqxona mavjud. Bular “Zomin tog’-archa”, “Chotqol tog’-o’rmon”, “Surxon”, “Qizilqum to’qay-cho’l”, “Baday to’qay”, “Nurota tog’-yong’oqzor”, “Zarafshon- to’qay”, “Hisor tog’-archa”, “Kitob” geologik qo’riqxonalardir. Ular har xil tabiiy geografik zonalarda joylashgan. Qo’riqxonalarda turli xil ilmiy ishlar olib boriladi. Olimlar tabiat qonunlarini, o’simliklar bilan hayvonlarning hayotini o’rganadilar. O’simliklar va hayvonlar sonini ko’paytirish uchun eng yaxshi sharoitlarni ishlab chiqadilar. Hayvonlar ancha ko’payib qolgan joylarda ularni bemalol yashay oladigan boshqa joyga ko’chiradilar. Chotqol qo’riqxonasi O’zbekistondagi yagona biosfera qo’riqxonadir. Bu qo’riqxona Toshkent yaqinidagi tog’larda joylashgan. Bu yerning o’simlik va hayvonot dunyosi boy hamda turli-tuman. Tog’ yonbag’irlarini yashil archa qoplagan. Bu yerda besh yuz yoshga kirgan daraxtlar ko’p, hatto ming yoshli daraxtlar ham bor. Daryo-soy o’zanlari bo’yida yovvoyi olma, tog’olcha, do’lana, pista, yong’oq, o’rik o’sadi. Tog’larning yonbag’irlarida noyob daraxt-shamshod yoki kavkaz temir daraxtini ko’rish mumkin. Qo’riqxonada qo’ng’ir ayiq va to’ng’iz singari xilma-xil yirik hayvonlar, sariq boshli kichik qushcha-besh grammcha keladigan korolyok ( chittaklar oilasiga mansub qush) va boshqa shu singari mayda jonivorlar yashaydi. Chotqol qo’riqxonasida noyob hayvonlar-qoplon, ko’k sug’ur, qizil bo’ri, turkiston silovsini, jayra uchraydi.
8 Grigoryans A.G. va boshqalar. Tabiatshunoslik: Umumta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik (Mual.: A.G.Grigoryans, Ye.M.Belskaya, Sh.M.Mirzahmatova.) – T.: Cho’lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2009. 79-81 betlar. Qora tasqara, qora kalxat, burgut singari yirtqich qushlar qo’riqxonada muhofaza qilinadi. Bu qushlar va hayvonlarning hammasi “ O’zbekiston Qizil kitobi” ga kiritilgan. Qo’riqxonaning tog’ daryolarida turli xil baliqlar-qora baliq, turkiston laqqasi yashaydi. Qish boshlanishi bilan qo’riqxona hodimlarining tashvishi ko’payadi. Bu joylarda-tog’larda qish sovuq bo’ladi, qor ko’p yog’adi. Shuning uchun qo’riqxona hodimlari kuzdan boshlab hayvonlarga oziq ( don, pichan) g’amlab qo’yadilar. Olimlar qadam yetmaydigan joylardagi hayvonlarni vertolyotdan turib kuzatishadi, vertolyotda oziq solingan qoplar “qorda qamalib qolgan” hayvonlarga tashlanadi. Kasal hayvonlarni qo’riqxonada davolashadi. Qo’riqxonadagi ayrim hayvonlar odamlarga shunchalik o’rganib qoladiki, ular hatto qo’ldan ham oziq yeydi.
O’quvchilar bilan ommaviy va guruh shaklida ishlashda ushbu metodni qo’llash nihoyatda qulay. Metoddan mashg’ulotlar so’ngida mavzuni mustahkamlashga oid tezkor savol-javobni tashkil etishda foydalanish mumkin. Metodda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: - o’qituvchi tomonidan sinf o’quvchilarining soniga ko’ra, har bir o’quvchiga qizil va yashil rangli kartochkalar tarqatiladi. - qizil rangli kartochkalar inkorni, yashil ranglilari esa tasdiqni bildiradi. - o’quvchi jumlani eshitishi bilan agarda u to’g’ri bo’lsa yashil kartochkani, noto’gri bo’lsa qizil kartochkani ko’taradi. Masalan: 1. Qo’riqxonada hayvonlar va o’simliklar muhofaza qilinadimi? (ha). 2. O’zbekistonda 10 ta qo’riqxona mavjudmi? (yo’q) 3. Chotqol qo’riqxonasi O’zbekistondagi yagona biosfera qo’riqxonasimi? (ha) 4. Bu qo’riqxona Toshkent yaqinidagi tog’larda joylashganmi? (ha) 5. Yovvoyi olma, tog’olcha, do’lana, pista, yong’oq, o’rik, tog’ yonbag’irlarida o’sadimi? ( yo’q)
6. Shamshod yoki kavkaz temir daraxti daryo-soy o’zanlari bo’yida o’sadimi? ( yo’q) 7. Qoplon, ko’k sug’ur, qizil bo’ri, turkiston silovsini, jayra singari hayvonlar Chotqol qo’riqxonasida uchraydimi? (ha) 8. Qora baliq, turkiston laqqasi singari baliqlar qo’riqxonaning tog’ daryolarida uchraydimi? (ha) Singari; - savolnomadan “ha” yoki ”yo’q” tarzida javob berish mumkin bo’lgan savollarning o’rin olishiga ahamiyat qaratiladi; - har bir o’quvchiga qizil va yashil kartochkalar tarqatiladi; - o’quvchilarga qizil rangli kartochkalarning “tasdiq”, yashil rangli kartochkalarning “ inkor” ma’nosini anglatishi uqtirib o’tiladi; - o’quvchilar o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga “tasdiq” yoki “inkor” ma’nolarini anglatuvchi kartochkalarni ko’rsatish asosida javob qaytaradilar. Uyga vazifa: Matnni mustahkamlash. ODOBNOMA
I. Dars mavzusi: Boltaboy odobli bolami? II. Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga matn rqali odob-axloq, kattalarga hurmat, do’stlik singari tushunchalarning mohiyatini tushuntirish; b) tarbiyaviy maqsad: bolalarni odobli, axloqli, sadoqatli insonlar qilib tarbiyalash, ularning harakterida ezgu fazilatlarni aks ettirish;
c) rivojlantiruvchi maqsad: bolalarda mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, ma’naviy va ruhiy dunyosini rivojlantirish. III. Asosiy tushuncha va atamalar: odob-axloq, do’stlik, baxt, xato, yaxshi xislatlar. IV. Darsning metodlari: Aqliy hujum, Klaster. V. Dars shakli: suhbat, savol-javob. VI. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida. VII. Darsda qo’laniladigan vositalar: 1-sinf “Odobnoma” darsligi, “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asari, do’stlik, odob-axloq to’g’risdagi hikmatli so’zlar, maqollar va hadislar. VIII. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, odob-axloq to’g’risida suhbat. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: “O’yin” hikoyasi. Takrorlashga oid savollar: 1. Siz qaysi bolaning harakatini to’g’ri deb bilasiz, nima uchun? 2. O’zgalarga yordam qo’lini cho’zish deganda nimani tushunasiz? IX. Yangi mavzu bayoni. “Muzyorar” texnologiyasi. Savol: Sinfdagi eng yaqin do’stingiz kim va uni qaysi hislatlarini yoqtirasiz? O’qituvchi o’quvchilarning fikrini umumlashtirb ushbu she’r bilan darsni boshlaydi. Do’st bilan bod uying Gar bo’lsa u vayrona ham Do’st qadam bosmas ekan Vayronadir koshona ham. Boltaboy odobli bolami? 9 Oilaning yolg’iz farzandi Boltaboy sal erkaroq o’sgani uchunmi yoki kimningdir gapiga kirdimi keyingi vaqtlarda o’zgarib qoldi. Kattalarga gap qaytaradigan odat chiqardi. Tengdoshlari bilan o’ynamay qo’ydi. Qo’shni bolalar o’yinga chaqirishsa, “O’zimning o’ynaydigan narsalarim ko’p”, - deb ularga mensimasdan javob berardi. Buni ko’rgan onasi unga nasihat qildi: - O’g’lim, dunyoda yaxshi do’sting bo’lishidan va birovga yaxshi do’st bo’lishdan katta baxt yo’q. Ko’rib yuribman, qo’shnilarning bolalari, sinfdoshlaring juda odobli bolalar ekan. Ular seni o’yinga chaqirishsa, chiqib birga o’yna, do’stlashib ol. Do’stlaringdan hech narsangni qizg’onma, ularning quvonchiga sherik bo’l, hafa bo’lishsa ko’nglini ko’tar. Yaxshi do’stlaring qancha ko’p bo’lsa, ulardan shuncha ko’p narsa o’rganasan. Agar do’stlaring bo’lmasa, yolg’izlanib qolasan. Boltaboy onasining gaplaridan keyin xatosini tushundi. Bolalar bilan birga o’ynaydigan, birga dars tayyorlaydigan bo’ldi. Ular bilan do’stlashib oldi. Do’stlaridan juda ko’p yaxshi xislatlarni o’rgandi, o’zi ham ularga yordam bera boshladi. Undagi bu o’zgarishlarni ko’rganlar: “Boltaboy juda odobli bola” , - deb maqtaydigan bo’lishdi. Mustahkamlash uchun metodlar. “Klaster ” metodi – ushbu metod (g’uncha, bog’lam) degan ma’noni bildirib, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u o’quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o’ylash va shahsiy fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratadi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq obyektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi…
9 Hasanboyeva Oysha. Odobnoma: Umumta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik / O.Hasanboyeva; mas’ul muharrir X.G’ulomova. – T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2010. 39-40 betlar.
EZGULIK O’RTOQLIK MEHR- MUHABBAT INOQLIK OQIBAT
AHILLIK Uyga vazifa : Matnni qayta o’qib, savollarga javob berish. “Mening do’stlarim” .mavzusida matn tuzib kelish. 2-SINF I.Darsning mavzusi: Ota-onaga hurmat. II.Darsning maqsadi: a) talimiy maqsad: o’quvchilarga insoniylik, ota-onaga, qarindosh-urug’larga mehr- muhabbat, kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’lish singari tushunchalarning tub mohiyatini tushuntirish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni insofli, diyonatli, mehribon va go’zal xulqli qilib tarbiyalash; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni erkin va mustaqil mushohada yuritish ko’nikmalarini takomillashtirish, ularning nutqini rivojlantirish. III.Asosiy tushuncha va atamalar: ota-ona, farzand, xulq, odob, urf-odatlari, kattaga hurmat, kichikka izzat. IV.Darsning metodlari: “Muzyorar” texnologiyasi, “Akvarium” metodi. V.Darsning shakli: suhbat-ma’ruza. VI.Darsning usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida. VII.Darsda qo’llaniladigan vositalar: ota-onaga hurmat mavzusidagi shiorlar, maqollar, hikmatli so’zlar va hokazo. VIII.Darsning borishi: 1.Tashkiliy bosqich: salomlashish, davomatni aniqlash, navbatchini tinglash, yangiliklar haqida suhbatlashish. 2.O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tilgan mavzu: Tolib Yo’ldoshning “Yaxshi so’z” sheri. Takrorlash yuzasidan savollar: 1.She’rda nima haqida gap ketyapti. 2.Nima uchun gapirganda “siz”lab gapirish kerak? Bu nimani bildiradi? 3.She’rni yoddan aytib bering. IX.Yangi mavzu bayoni. 1.”Muzyorar” tehnologiyasi. Muzni yoruvchi savol: Savol: Hayotda siz uchun eng qadrli insonlar kim va ularni nima uchun shu qadar yaxshi ko’rasiz? Dars Alisher Navoiyning quyidagi baytlari bilan boshlanadi.
Boshni fido ayla ato qoshig’a, Jismni qil sadqa ano boshig’a.
Tun kuninga aylagali nur fasli,
Birisin oy angla birisin quyosh. X.Darslik bilan ishlash. Ota-onaga hurmat. 10 Ota-ona farzandlar uchun eng aziz va mo’tabar insonlardir. Ularni hurmatlash, asrab avaylash farzandlarning burchidir.Ota-onaning aytganlarini darhol bajarish, ularning ko’nglini shod etish har bir o’g’il-qizning vazifasi. Ota-ona farzandiga yaxshi xulq va odob o’rgatadi. Ota-ona ruxsatisiz uzoq joylarga ketmang, ularga yolg’on gapirmang, hamisha muloyim, yoqimli gapiring. Bobo, buvi, ota-ona va oiladagi katta yoshdagi kishilar davra to’rida o’tirishlari o’g’il va qizlar esa
10 Abdullayeva Q. va boshq. Odobnoma: 2-sinf uchun darslik. 3-nashri (mualliflar: Q.Abdullayeva. H.Aliqulova, S.Rahmonbekova) T.: “O’zbekiston” Nashriyot – matbaa ijodiy uyi – 2010. 11-b. ularning hizmatida bo’lishlari kerak. O’zbek urf-odatlariga rioya qilish, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lish kerak. Uyda va maktabda yaxshi tarbiya topib, go’zal xulq egasi bo’lsangiz, ota-onangizga rahmat eshittirasiz.
1.”Akvarium” metodi: Metodni quyidagicha o’tkazish mumkin: o’quv xonasida stullardan iborat ikki doira tashkil etilib, birida stullar tashqariga, ikkinchisida ichkariga qarab joylashtiriladi. O’quvchilar teng ikki guruhga bo’linadilar: biri ichki stullar aylanasiga, boshqasi esa, tashqi stullar aylanasiga o’tiradilar. Bunda har kim o’z sherigiga qarab o’tiradi. O’quvchilarga muhokama qilish uchun savollar beriladi? 1. Farzandning ota-ona oldidagi vazifalari nimalar? 2. Nima qilsak ota-onamizni xursand qilgan bo’lamiz? 3. Go’zal xulq va yaxshi tarbiya egasi bo’lish uchun yana nimalar qilmog’imiz kerak? singari. Yaxshilab o’ylab olganlaridan so’ng o’quvchilarga sheriklari bilan savolni muhokama qilish uchun bir yoki ikki daqiqa vaqt beriladi. Ma’lum signaldan so’ng tashqi aylanadagilar bir o’rin chapga surilishdi va ayni savolni yangi sheriklari bilan muhokama qilishadi. Tashqi aylanadagi o’quvchilar o’zlarining eng birinchi sheriklari surilib kelgunga qadar yoki yetarlicha yangi sheriklari bo’lguncha faoliyat davom ettiriladi. Shu uslubni tashqi doiradagilar tanqidchi sifatida ichki doiradagilar himoyachi sifatida “ Doiraviy rolli o’yin” shaklida mashg’ulotlarda ham qo’llash mumkin. XII.Uyga vazifa: “Ota-onam” yo’lchi yulduzim” mavzusida ixtiyoriy matn yozib kelish. 3-SINF Mavzu: Tejog’lik ish- bejog’lik.
Mavzuning texnologik xaritasi. Mavzu: Tejog’lik ish – bejog’lik.
Maqsad va vazifalar: 1. O’quvchilarni iqtisodiy tushunchalar, uning inson hayotidagi ahamiyati ahamiyati haqidagi bilimlar bilan qurollantirish. 2. Iqtisodiy ta’lim-tarbiya, uning negizida aks etuvchi sifatlarni hayotiy misollar asosida ifodalash. 3. O’tmish allomalarimizning, xalq og’zaki ijodining boy ilmiy merosida tadbirkorlik va uning negizida aks etuvchi tejamkorlik, rejali ish tutish, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, ishbilarmonlik kabi sifatlarning ifodasi, uning mazmun va mohiyati bilan o’quvchilarni yaqindan tanishtirish. 4. O’quvchilar ma’naviyatida halollik, o’zgalar mehnatini qadrlash kabi sifatlarning o’rin olishiga erishish.
O’quv materiali mazmuni: O’quvchilar mavzuning mohiyatini tushunib yetishlari, bunda: - tejamkorlikning inson hayotida tutgan o’rni; - xalq og’zaki ijodida tadbirkorlik va tejamkorlikka xos maqollarni sharxlash; - barcha moddiy va ma’naviy ne’matlarning o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmaganligini anglash; ularni tejab-tergab ishlatish va topilgan daromaddan reja asosida foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish.
O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi: Shakl: interfaol dars, suhbat-ma’ruza. Metod: aqliy hujum, “Idrok daraxti” metodi, “Beshinchisi, oltinchisi, yettinchisi… ortiqcha” metodi. Vositalar: darslik, mavzu bo’yicha internet ma’lumotlari, mavzuga oid rangli rasmlar, tarqatma materiallar, Prezidentimizning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka oid asarlaridan namunalar. Usul: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida Nazorat: kuzatish, nazorat savollari Baholash: rag’batlantirish, 5 ballik tizimda.
Kutiladigan rejalar: O’qituvchi: Mavzu asosida to’laqonli ma’lumot berib, o’quvchilar bilimini oshiradi. Mashg’ulotda qo’llanilgan turli metodlar, mustaqil ish bo’yich tarqatama materiallar asosida mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini oshiradi. O’quvchi: Mavzu bo’yicha yangi bilimlarni egallaydi. Dunyoqarashi kengayadi, iqtisodiy salohiyati oshadi.
Kelgusi rejalar: O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtiradi, darsga tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O’quvchilarga iqtisodiy ta’lim va tarbiya bergan holda dars samaradorligini yanada oshiradi. O’quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon eta oladi, yangi mavzuga oid qo’shimcha materiallar topishga harakat qiladi.
2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni yurt koriga yaraydigan, tadbirkor, ishbilarmon, tejamkor va yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalash. 1. Ta’limiy maqsad: Darslikdagi matn orqali o’quvchilarga iqtisodiy bilimlar berish, tadbirkorlik, tejamkorlik va rejali ishi tutishga oid tushunchalarni shakllantirish
II. Asosiy tushuncha va atamalar: tejamkorlik, tadbirkorlik, isrofgarchilik, uy-ro’zg’or, ma’naviy va moddiy boyliklar, daromad, mol-mulk, rejali ish, xasislik. III. Darsning metodi: Aqliy hujum, “Idrok daraxti “metodi, “Beshinchisi, oltinchisi, yettinchisi…ortiqcha” metodi. IV. Dars shakli: interfaol dars, suhbat-ma’ruza, savol-javob V. Dars usuli: Tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida. VI. Darsda qo’llaniladigan vositalar: darslik, mavzu bo’yicha internet ma’lumotlari, mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, Prezidentimizning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka oid asarlaridan namunalar.
1. Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchini tinglash, davomatni aniqlash, yangiliklar haqida suhbatlashish. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifasining nazorati: O’tilgan mavzu: “Usta” ertagi. Takrorlashga oid savollar: a) Cholning nechta o’g’li bor edi? b) Ehtiyotkorlik, rejali ish tutishning natijasi qanday bo’ladi? c) Nima uchun chol dastgohlari va ustachilik anjomlarini kenja o’g’liga qoldirdi? 3. Aqliy hujum. Tejamkorlik deganda nimani tushunasiz? - ushbu metodni qo’llash jarayonida o’qituvchi dastlab ularning tejamkorlik haqidagi ilk tushunchalarini doskaga tartib bilan yozib boradi. - Noto’g’ri aytilgan tushunchalar ham o’qituvchi tomonidan tanqidga olinmaydi - Yozib olingan tushunchalar orasidan eng asosiylari ajratib olinadi va shular asosida o’qituvchi doskaga tejamkorlikning ta’rifini yozadi.
4.Yangi mavzu bayoni. (darslik bilan ishlanadi) Reja: 1. Tejamkorlik nima? 2. Nonushtadagi suhbat. 3. Ajdodlarimizning tejamkorlik haqidagi fikrlari. 4. Tadbirkorlik va daromad topishning siri. 3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ularda mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, o’z-o’ziga ishonch ruhini rivojlantirish, oilaga, vatanga, tabiatga bo’lgan muhabbat tuyg’ularini o’stirish va takomillashtirish
Tejog’lik ish- bejog’lik 11 .
Inson hayotida ro’zg’or, uy-joy tutishda tejamkorlik, ya’ni isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, reja bilan ish tutish katta ahamiyatga egadir. Dono xalqimiz “Tejog’lik ish - bejog’lik” deb bejiz aytmagan. Tejamkorlik insonning ma’naviyatini boyitadi, oilasiga qut-baraka olib keladi. Tejamkorlikka kichiklikdan o’rgatiladi. Ahmadjonlar oilasida nonushtadan so’ng, otasi Akrom aka: “Qani o’ylab ko’raylik-chi, bugun sizlar nonushtada baham ko’rgan narsalar qayerdan kelib qoldi? Oyijoningiz bugun ertalab dasturxonga qo’ygan ne’matlar: non, sut, sariyog’, tuxum qayerdan olinadi va qanday tayyorlanadi? Choy qaynatish, ovqat pishirishda foydalaniladigan gaz qayerdan olinadi? Burchakda turgan sovitkich elektr tokisiz ishlamaydi. Elektr toki qayerdan keladi?” – deb so’radi. So’ngra davom etib,:
-Biz bularni qadrlab, tejab ishlatishiz kerak,- dedi Akrom aka,- insonlar yaratgan hamma narsadan tejab foydalanishni o’rgansak, shunda oilamiz, davlatimiz boyiydi. Tejash - bu narsalarni isrof qilmaslik, uni qadrlash, har bir buyumni o’z me’yorida ishlata bilish demakdir. Ajdodlarimiz tejamli oilalar barakali, to’kis, dasturxoni to’kin bo’lishini bashorat qilishgan. Tejamkorlik - xalqning va o’zining mehnatini qadrlash, qanoatli bo’lish, faqat bugunni emas, ertani ham o’ylash, tadbirkor bo’lishdir. Tejamkorlik - yaxshi, isrofgarchilik yomondir. Davlatimiz, oilamiz boy bo’lsin desangiz har bir narsadan oqilona isrof qilmay foydalanishga odatlaning. Tejamkor topgan daromadidan reja asosida foydalanganligi uchun boyib, mol-u mulkka ega bo’ladi. Lekin tejayman deb o’ta xasislikka berilish ham yaramaydi. 5. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun metodlar: Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling