M. artikova, M. Tursunova
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquv mashgulotlariga interfaol usullar tatbiqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “tadbirkorlik”
- VII. Uyga vazifa
- III. Asosiy tushuncha va atamalar
- IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari
- V. Darsning metodlari
- XI. Darslik bilan ishlash. Bayramlarimiz. 12
- XIII. Mustahkamlash uchun metodlar
- XIV. Uyga vazifa
- XI. Darslik bilan ishlash . Ertalabki badantarbiya mashqlari majmui. 13
- XII. Mustahkamlash uchun metodlar: a) “To’p orqali tilak” o’yini.
- Uyga vazifa
- VII. Darsning borishi
- X. Darslik bilan ishlash
“Idrok daraxti” metodi - mazkur metod pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u o’quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi; - “Idrok daraxti” “tadbirkorlik” deb nomlanib, uning negizidagi tushuncha va tamoyillar shohlari va barglarida aks etadi.
O’quvchilarni mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishida ushbu metodning
11 Hasanboyeva O va boshqalar. Odobnoma: 3-sinf uchun darslik.5- nashri- T.: ,,O’zbekiston” NMIU, 2010. 112-bet.
ham ahamiyati katta. Uni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: - o’rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimi shakllantiriladi, masalan: tejamkorlik, tadbirkorlik, isrofgarchilik, kichik biznes, daromad, rejali ish va boshqalar; - hosil bo’lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo’lgan (beshta, oltita…) va taalluqli bo’lmagan bitta tushunchaning o’rin olishiga erishiladi, masalan: osmon; - o’quvchilarga mavzuga taalluqli bo’lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasi yuklatiladi; - o’quvchilarga o’z harakatlari mohiyatini sharxlashga undash, (mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o’tishlari hamda ular o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni asoslashlari talab etilishi lozim).
yozib kelish.
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mustaqillik sharofati bilan yuzaga kelgan barcha bayramlarning mohiyatini tushuntirib berish, ular haqida to’la ma’lumot berish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda mustaqillikka, xurlikka bo’lgan mehr va muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni erkin va mustaqil fikr yuritishiga imkon yaratish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish.
bayrami, til bayrami, Ramazon va Qurbon hayiti, O’qituvchi va murabbiylar kuni, Konstitutsiya bayrami, 8-mart, Xotira va qadrlash kuni va boshqalar.
Bilimlar: - O’zbekiston qachon mustaqil deb e’lon qilinganini bilish; - navro’z yurtimizda qachondan boshlab nishonlanishini bilish; - tilimizga qachon davlat tili maqomi berilganini bilish; - o’qituvchi va murabbiylar kuni mamlakatimizda qachondan boshlab bayram sifatida nishonlanishini bilish. Ko’nikma va malakalar: - mustaqillikka qadar Ramazon va Qurbon hayiti bayramlarining qay tarzda nishonlanganini bilish;
- mustaqil O’zbekistonning bugungi bayramlarini birma-bir sanash; - bizdan boshqa mamlakatlarda ham nishonlanadigan umumxalq bayramlarini sanash; - bayramlarning bugungi kun insonlari hayotidagi ahamiyati haqida gapirish.
ramzlari, milliy boyliklarimizning plakatlari, prezidentimiz I.A.Karimovning rasmi. IX. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, yangiliklar haqida suhbatlashish. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tilgan mavzu: Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu ish. Takrorlashga oid savollar: 1. “Avesto” qanday kitob? 2. “Avesto”da inson odobining asosi nimada deb ta’kidlangan? 3. Ezgulik va yaxshilik deganda nimani tushunasiz?
X. Yangi mavzu bayoni: Aqliy hujum: Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda qanday ishlar amalga oshirildi va istiqlol bizga qanday ne’matlarni ato etdi? Dars A.Oripovning “Men nechun sevaman O’zbekistonni” she’ri bilan boshlanadi. XI. Darslik bilan ishlash. Bayramlarimiz. 12 O’zbekiston Respublikasi deb nomlangan yosh mustaqil davlatning ilk kuni qanday boshlangani yodingizda bormi? Prezident Islom Karimov 1991-yil 31-avgustda O’zbekiston Oliy kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida mamlakatni mustaqil deb e’lon qildi. Shu kuni Oliy Kengashning “ O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida”gi tarixiy qarori qabul bo’ldi. Mazkur xujjatning ikkinchi bandida 1-sentabr – O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni-umumxalq bayrami va dam olish kuni deb belgilandi. Shu tariqa ozodlikka chiqqan ilk kunimizdan mamlakat bo’ylab Istiqlolni tantana qildik. Mustaqil O’zbekistonning dastlabki qadami bayram bilan boshlandi. Bu kun xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayramiga aylandi. Lekin bayramlarimizga munosabat sal ilgariroq-istiqloldan oldingi yillarda o’zgara boshlagan edi. 1990- yiliyoq biz O’zbekistonimizda Navro’zni keng nishonladik. Bu qadimiy bayramimizning amalda qayta tirilishi edi. Eslasak, 1989-yilning o’rtalaridan faqat bayramlar emas, umuman, respublikaning ko’p muammolarini mustaqil arvishda hal etishga harakat boshlangan edi. Islom Karimovning ana shunday dadil harakatlari mamlakatda mustaqillikning pishib yetilishiga olib keldi. Haqiqat qiyosda ochiladi,- degan mashxur aqida bor. Istibdod yillarida xalqimizning Ramazon va Qurbon hayitlarini qanday nishonlanganini yoshi kattalardan so’rang. Odamlar baribir, o’sha kuni yangi liboslar kiyib chiqar edi. Lekin masjidda hayit namozini o’qish, mozorlarga borib, yaqinlari qabrini ziyorat qilish qanchalar mushkulot bilan amalga oshirilgan. Ramazon va Qurbon hayitlarida masjid va qabristonga borganlarni hukumat odamlari quvganlarini qanday unutish mumkin?! Aksincha, sobiq ittifoq bizni mustamlaka qoniga bulg’agan sho’rolar hokimiyati tepaga kelgan kunni , hatto, Buxoroni to’pga tutib, bosib olgan kunni ham bayram qildirdi. Mustaqil O’zbekistonning bugungi bayramlarini birma-bir sanaylik. Umumxalq bayramlarining oltitasi- mutlaq yangi davr, ya’ni istiqlol mahsuli. Bular -Navro’z, Mustaqillik kuni, O‘qituvchilar va murabbiylar kuni, Konstitutsiya qabul qilingan kun, Ramazon va Qurbon hayitlarining birinchi kunlari. Bayramlarimizdan ikkitasining faqat sanasigina o’sha-o’shaligicha qolgan , xolos. Mohiyatan esa ular ham yangi ma’no-mazmun kasb etgan. Demak, amalda, Yangi yildan tashqari, barcha umumxalq bayramlari - Mustaqillik mahsuli. Bu nimadan dalolat beradi? Dunyoqarash, fikrlash tarzi o’zgarganidan! To’qqiz umumxalq bayramidan ayrimlari bizdan boshqa mamlakatlarda ham nishonlanadi. Masalan, 1-yanvarni Yangi yil sifatida jahonning juda katta qismi tantana qiladi. 8-mart boshqa ayrim davlatlarda ham Xotin- qizlar kuni sifatida qarshi olinadi. Ramazon va Qurbon hayitlari musulmonlar yashaydigan barcha hududlarda, Navro’z esa atrofimizdagi talay Sharq xalqlari orasida bayram hisoblanadi. Bizda 1997-yildan 1-oktabr O’qituvchilar va murabbiylar kuni-umumxalq bayrami sifatida nishonlana boshladi. Bu O’zbekistonning buyuk kelajagini ta’minlaydigan kasb egalariga davlat e’tibori va xalq hurmat-ehtiromining yuksak belgisi yanglig’ qadrli. Bu ta’lim islohotiga davlat naqadar katta ahamiyat berayotganidan dalolat. Bu bizning ma’naviyat va ma’rifatga munosabatimizni ko’rsatadigan jihat. Mamlakatimizda Mustaqillik bayrami va Navro’z tadbirlarini dunyoning ko’plab mamlakatlari aholisi televizor orqali ko’rish imkoniga ega. Bu tantanalar orqali xalqimiz mustaqil davlat qurayotgani, tetik ruhi va baland kayfiyatini ko’rsatadi. Bayram dasturiga kirgan katta-kichik har bir chiqishda muayyan ma’no-mazmun yashirin, muayyan bir ezgu g’oya ilgari suriladi.Mazkur tantanalardagi tajribalar, shakllanib
12 Hasanboyeva O. Odobnoma: Umumta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik / O.Hasanboyeva, A.Ne’matova, S.Olim; Mas’ul muharrir M.Qarshiboy, A.Xolbekov. T.: “O’zbekiston milliyensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2009.8488 betlar. borayotgan an’analar boshqa shunga o’xshash marosimlarni o’tkazishda ham qo’l kelyapti. Bayramlar kishilar ko’nglini ko’taradi, ularda o’ziga, yurtiga, xalqiga ishonch ruhini kuchaytiradi. Bu tantanalar aynan xalqimiz milliy g’ururini tiklash, qalbi va ongiga o’z erki qaytganini singdirish, odamlar ruhiyatini balandlatib, ularni yurt obodligi, bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlariga undash vazifasini bajaradi. Ularda fuqarolarning xursandchilik tuyg’ulari jo’sh uradi, xalq istiqlol nashidasini suradi. Bu xalq qalbida O’zbekistonimizning buguni va porloq kelajagiga ishonch tuyg’ularini uyg’otadi, kuchaytiradi, mustahkamlaydi. Quyidagilar dam olish kuni sifatida nishonlanadigan umumxalq bayramlari hisoblanadi: 1-yanvar – Yangi yil; 8-mart – Xotin – qizlar kuni; 21-mart – Navro’z bayrami; 9-may – Xotira va qadrlash kuni; 1-sentabr – Mustaqillik kuni; 1-oktabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni; 8-dekabr – Konstitutsiya kuni; Ramazon hayiti (Iyd ul-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni. Qurbon hayiti ( Iyd ul Adha) diniy bayramning birinchi kuni. Bundan tashqari muayyan bir kasb egalarining xizmatlari e’tirof etiladigan kasb bayramlari, muhim siyosiy-tarixiy sanalar, mamlakatimizda ham nishonlanadigan xalqaro sanalarni bayram qilish rasmiy deb belgilab qo’yilgan. Bu sanlarning ham hayotimizda o’rni va ahamiyati juda katta, shuning uchun ular ham o’ziga xos tarzda nishonlanadi.
"Blits-so’rov” usuli o’quvchilarni harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan predmeti asosida xilma-xil fikrlar, ma’lumotlar ichida kerakligini tanlab olishni , shu bilan bir qatorda , o’zgalar fikrini hurmat qilish va ularga o’z o’tkaza olishga qaratilgan. Mashg’ulotni o’tkazish tartibi. O’qituvchi tomonidan tayyorlangan sxemada bayramlarning sanalari aralash holatda berilgan. O’quvchi uni tartibga keltirishi kerak bo’ladi.
№ Bayram nomlari Sanasi 1
Mustaqillik kuni 1 – yanvar 2 Yangi yil 1 – sentabr 3
Xalqaro xotin – qizlar kuni 21 – mart 4 Navro’z bayrami 9 – may 5
Xotira va qadrlash kuni 8 – mart 6 Til bayrami 8 – dekabr 7
Konstitusiya bayrami 21 - oktabr
JISMONIY TARBIYA 1-SINF I. Dars mavzusi: Ertalabki badantarbiya mashqlar majmui. II. Darsning maqsadlari: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarni ertalabki badantarbiya mashqlarining shakllari bilan to’la tanishtirish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda chaqqonlik, tezkorlik sifatlarini tarbiyalash, vatanga , tabiatga bo’lgan muhabbatini o’stirish; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni sportga jalb etish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
dastlabki holat va hokazo. IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: Bilimlar: - ertalabki badantarbiya mashqlarining inson tanasiga ta’sirini bilish; - ertalabki badantarbiya mashqlarining o’tkazilish joyini bilish. Ko’nikmalar: - tizzani baland ko’tarib, belni to’g’rilay olish; - oyoq uchida turib qo’l orqali qilinadigan mashqlarni bajarish; - oyoq orqali bajariladigan harakatlarni qo’llay olish; - sakrab oyoqlarni juftlashtirish; - qo’llarni yuqoriga ko’tarib chapak chalish. V. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “To’p orqali tilak” o’yini, “Klassik” metodi. VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot. VII. Dars usuli: noan’anaviy VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 1-sinf “Jismoniy tarbiya” darsligi, mashqlar aks etgan plakatlar, to’p va hokazo.
1. Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama qilish, davomatni aniqlash. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Ertalabki badantarbiya mashqlari. Takrorlash yuzasidan mashqlar: 1. Ertalabki badantarbiya mashqlarining inson hayotidagi ahamiyati qanday? 2. Ertalabki badantarbiya mashqlari qayerda o’tkaziladi? 3. Ertalabki badantarbiya mashqlari qaysilar? 4. Ibn Sinoning “Badantarbiya - kuch etar hadya” o’gitidan nimalarni tushundingiz? X. Yangi mavzu bayoni. O’qituvchi:
Shu vatanning suyanch, ardog’i Azim chinor bo’lsa gar vatan Bizlar uning ko’rki, yaprog’i.
Mag’rur dilda muqaddas maqsad Shu vatanning koriga yarash Va shuurga bosilgan dastxat Tiniqib turar keng dunyoqarash.
Biz hech kimdan kam bo’lmaganmiz
Kam bo’lmasmiz, illo hech qachon
Biz birdammiz, sobitqadammiz
Ortimizda-vatan jonajon! Aqliy hujum: Bolajonlar, ushbu she’r sizlarning nomingizdan aytilgan. Sizdek o’ktam, jasur, sog’lom va barkamol avlodlar vatanning ertangi kunidir. Avvalo, “Barkamol avlod” deganda nimani tushunasizlar? O’quvchi: Barkamol avlod bu ham aqlan, ham ruhan, ham jismonan sog’lom, kamolga yetgan avloddir. O’qituvchi: Barakalla, ana shunday jismonan sog’lom shaxslar bo’lib yetishishingizda jismoniy tarbiyaning roli kattadir. Ertalabki badantarbiya ta’sirida tana qiziydi, sezgi a’zolari uyg’onadi. Bugun biz sizlar bilan “Ertalabki badantarbiya mashqlari majmui” ni o’tamiz. XI. Darslik bilan ishlash. Ertalabki badantarbiya mashqlari majmui. 13 Mashqlar yurishdan boshlanadi. Mashq bajarayotganda burun orqali nafas olish kerak. Olingan havo burundan toza va iliq holda o’pkaga o’tadi. 1. D.H. – a.t.t. Yurish, tizza baland ko’tarilib bel to’g’rilanadi. Qo’llar erkin va keng harakatlanadi, bosh to’g’ri tutiladi. 2. D.H. – a.t.t. Oyoq uchida turib, qo’llarni yuqoriga ko’tarib, chuqur nafas olish. Qo’llarni tushurib, nafas chiqarish. 3. D.H. – a.t.t. Qo’llarni orqaga va oldinga uzatib chapak chalish. 4. D.H. – oyoqlar yelka kengligida, qo’llar pastda. Chap va o’ng tomonga chuqurroq engashish. 5. D.H. – oyoqlar yelka kengligida, qo’llar belda. Gavdani o’ng va chap tomonga burish. 6. D.H – oyoqlar yelka kengligida, qo’llar belda. Oldinga engashib, qo’llarni yon tomonga yozish. D.H. 7. D.H. – a.t.t. Cho’qqayib o’tirib, qo’llarni oldinga uzatish. D.H. 8. D.H. – oyoqlar yelka kengligida, qo’llar pastda. Sakrab oyoqlarni juftlashtirish, qo’llarni yuqoriga ko’tarib chapak chalish. D.H. Mashqlar sport zalida gilam ustida o’tkaziladi. O’quvchilar saflanadilar va birin-ketin ertalabki badantarbiya mashqlarini bajaradilar. XII. Mustahkamlash uchun metodlar: a) “To’p orqali tilak” o’yini. Ushbu o’yin o’quvchilarni chaqqonlik va tezkorlikka o’rgatibgina qolmasdan, ularning so’z boyligini yanada oshiradi va bir-biriga bo’lgan mehr- muhabbat tuyg’ularini yanada kuchaytiradi. O’yinni o’tkazish tartibi: - o’quvchilar jamoasi ikki guruhga bo’linadi; - ular bir-biriga qaragan holda, orasida 1 metr joy qoldirilib tekis qilib teriladi; - to’p avval 1-guruh boshidagi o’quvchiga beriladi; - u to’pni qarshisidagi sherigiga otishdan oldin unga yaxshi bir tilak bildirishi kerak bo’ladi. Masalan: Sizni yaxshi ko’raman. Mening chin do’stimsiz. Baxt tilayman singari. - to’pni qabul qilgan o’quvchi ham shu holatni takrorlaydi; - kimda-kim avval aytilgan tilakni qaytarsa, o’yindan chiqadi. b) “Klassik” metodi. Metodni qo’llash bosqichlari:
13 Mahkamjonov K. Xo’jayev F. Jismoniy tarbiya (1-sinf o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma). - T.: “O’zbekiston” 2010. 14-15 betlar. - o’quvchilar doira shaklida joylashadilar; - o’qituvchi doiraning o’rtasiga turadi va ular bajarishi kerak bo’lgan harakatlarni birma bir sanaydi; - o’quvchilar esa o’qituvchi aytgan harakatlardan faqatgina oldiga “klassik” so’zi qo’shib aytilgan harakatlarnigina bajarishi kerak bo’ladi; - agarda “klassik” siz aytilgan harakatni kimdir bajarsa, o’sha o’quvchi o’yindan chiqadi. Masalan: O’qituvchi: “klassik o’tiring”, “klassik turing”, “klassik qo’lingizni ko’taring” “tushuring” va hokazo tarzida.
2-SINF I.Dars mavzusi: Kun tartibi va shaxsiy gigiyena. II. Darsning maqsadlari: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga shaxsiy gigiyena va kun tartibi haqidagi ma’lumotlarni to’la yetkazish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni ozoda, saranjom, sarishta, intizomli va rejali qilib tarbiyalash; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish, jismoniy barkamolligini kuchaytirish. III. Asosiy tushuncha va atamalar: gigiyena, kun tartibi, uxlash, ovqatlanish, dars tayyorlash, rejalashtirish, impulslar va hokazo. IV. Darsning metodlari: aqliy hujum, Blits-so’rov. V. Dars usuli: noan’anaviy. VI. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 2-sinf “Jismoniy tarbiya” darsligi, mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar. VII. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, sportga oid yangiliklar haqida suhbat. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Salomatlikni mustahkamlashda jismoniy mashqlarning ahamiyati. Takrorlash yuzasidan savollar: 1. Salomatlikni mustahkamlashda jismoniy tarbiya qanday ahamiyatga ega? 2. Kasal bo’lmaslik uchun nima qilish kerak?
a) aqliy hujum: Bolajonlar, bir kun davomida nima ishlar qilishingizni va ularning har biriga qancha vaqt ketishini aytib bera olasizmi?
so’ng, o’zining kun tartibini misol qilib keltiradi va mavzuni ifodali qilib o’qib beradi. Kun tartibi va shaxsiy gigiyena. 14 Jimoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishda o’z kun tartibingizni tuzishingiz hamda kun tartibi va shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya qilishingiz kerak. Shaxsiy gigiyena deganda nima tushuniladi? Bu, avvalo kun tartibi, ularda harakat faolligi, teri va tanani parvarish qilish, me’yorida dam olib uxlash, vaqtida to’g’ri ovqatlanish, zararli odatlardan o’zini tiyish, o’rganilgan bo’lsa voz kechish, kiyim-kechaklarni toza tutish, zaruriy talab va shartlarga rioya qilishdan iborat. Kun tartibi nimani bildiradi? Har bir o’quvchi kun tartibida ko’plab xilma-xil unumli faoliyat bilan band bo’ladi: maktabga boradi, uy ishlarini bajarishda ota- onasiga ko’maklashadi,
14 Mahkamjonov K, Xo’jayev F. Jismoniy tarbiya. 2 – sinf o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma: - T.: “O’zbekiston. 2010. 9-12 betlar. o’rtoqlari bilan turli jismoniy mashqlar bajaradi, harakatli o’yinlar o’ynaydi, dars tayyorlaydi va hokazo. Buning uchun o’quvchi o’zi bajaradigan kundalik hamma asosiy ishlarni rejalashi, shu ishlarning har biri bilan qachon shug’ullanish kerakligini o’ziga belgilab olishi va uni o’z vaqtida to’la bajarishga odatlanishi lozim. Bu kun tartibidir. Kun tartibiga amal qilishda jismoniy mshqlarning ahamiyati juda katta. Chunki, hatto eng kichik harakatdan so’ng ham miyaga juda ko’p muhim asab signallari ( impulslar) yetib boradi. Miya ularga javob berib nafas, qon aylanishi va boshqa a’zolarga o’zining maxsus buyruqlarini yo’naltiradi. Natijada nafas, qon aylanishi tezlashib, hamma a’zolar ko’proq kislorod oladi va faoliyat yaxshilanadi. Inson o’zini tetik, bardam, sog’lom his qiladi, ish qobiliyati oshadi.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling