M. artikova, M. Tursunova
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquv mashgulotlariga interfaol usullar tatbiqi
2-SINF o’quvchisining taxminiy kun tartibi.
7 00
– uyqudan uyg’onish 7 00 – 7 15
– badantarbiya, yuvinish o’rinni yig’ish 7 15 – 7 30
– ertalabki nonushta 7 30 – 7 40
– maktabga tayyorgarlik 7 40 – 8 00
– maktabga borish yo’li 8 00 – 13 00
– maktabda o’qish vaqti 13 00 – 13 30
– maktabdan uyga qaytish yo’li 13 30 – 14 00
– tushki ovqat 14 00 - 16 00
– tushki ovqatdan keyingi uyqu, harakatli o’yinlar 16 00 – 17 50
– dars tayyorlash, ish joyini yig’ishtirish 17 50 – 18 00
– yengil tamaddi 18 00 – 19 00
– ochiq havoda bo’lish, uy ishlariga qarashish 19 00 – 20 30
– kechki ovqat va erkin mashg’ulot 20 30 – 21 00
– kechki ovqatga tayyorgarlik 21 00 – 7 00
– kechki uyqu
XI. Mustahkamlash uchun metodlar: Blits-so’rov. “Blits-so’rov” usuli o’quvchilarni harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida xilma-xil fikrlar, ma’lumotlar ichidan kerakligini tanlab olishni, shu bilan bir qatorda, o’zgalar fikrini hurmat qilish hamda o’z faoliyati, kunini rejalashtira olishga o’rgatadi. Mashg’ulotni o’tkazish tartibi. O’qituvchi tomonidan tayyorlangan sxemada 2-sinf o’quvchisining kun tartibi aralash holatda berilgan. O’quvchi esa uni tartibga keltirishi kerak bo’ladi.
1 Uyqudan uyg’onish 7 30 – 7 40 2 Badantarbiya, yuvinish, o’rinni yig’ish 7 15 -7 30
3 Ertalabki nonushta 7 00 -7 15
4 Maktabga tayyorgarlik 7 00
5 Maktabga borish yo’li 13 00
30 6 Maktabda o’qish vaqti 7 40 – 8 00 7 Maktabdan uyga qaytish yo’li 13 30
00 8 Tushki ovqat 8 00 – 13 00 9 Tushki ovqatdan keyingi uyqu, dam olish 16 00 – 17 50 10
Dars tayyorlash, ish joyini yig’ishtirish 14 00 – 16 00
11 Yengil tamaddi 21 00
00 12
Ochiq havoda uy ishlariga qarashish 20 30 – 21 00
13 Kechki ovqat 18 00
00 14
Uyquga tayyorgarlik 19 00 – 20 30
15 Kechki uyqu 17 50
00
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarni futbol o’yini tarixi, uning qonun – qoidalari, inson hayotidagi ahamiyati bilan to’la tanishtirish. b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanga, ona tabiatga , sportga bo’lgan muhabbat ruhida tarbiyalash; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlashlariga imkon yaratish, qobiliyatlarini rivojlantirish.
maydoni, to’p va hokazo. IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: Bilimlar: - futbol qanday o’yin ekani haqida bilish; - futbol tarixi haqida bilish; - hujumchining vazifasini bilish; - yarim himoyachi va darvozabonning vazifasini bilish. Ko’nikma va malakalar: - to’pni tashlashni o’rganish; - oyoq yuzining o’rta qismi bilan to’p tepishni o’rganish; - to’pga kalla bilan zarba berishni o’rganish; - futbolning ahamiyati va mavqeyi haqida gapirish. V. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “Darvozangni qo’riqla” metodi. VI. Dars shakli: suhbat, amaliy mashg’ulot. VII. Dars usuli: noan’anaviy. VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 3-sinf “Jismoniy tarbiya” darsligi, mavzuga oid rasmlar, futbol to’pi va boshqalar. IX. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama qilish, sport yangiliklari haqida suhbat. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Uloqtirish. Takrorlash yuzasidan savollar: 1. Koptokni uloqtirishda qanday xatoliklarga yo’l qo’yiladi? 2. Koptok necha gradus burchakda uloqtiriladi? 3. Koptok uloqtirishning o’rganish ketma-ketligini ayting.
Aqliy hujum. O’qituvchi: O’zbekistonning mashxur futbol jamoasi qaysi? O’quvchilar: Paxtakor. O’qituvchi: Qanday taniqli futbolchilarni taniysiz? O’quvchilar: Mirjalol Qosimov, Server Jeparov, Maksim Shatskix va boshq. XI. Darslik bilan ishlash. Futbol.
15
Futbol-xalq sevgan o’yin. Garchi uning vatani Angliya hisoblansa-da, o’yinning osonligi, qonun-qoidalari oddiy tuzilgani, muhimi har bir kishi bemalol shug’ullana olishi mumkinligi uchun ham futbol butun dunyoda mashxur bo’lib ketgan, har bir xalq uni o’ziniki deb hisoblaydi. Shu sababli futbol xalq o’yini, millionlar o’yini deyiladi. Futbol - maxsus maydonda to’p bilan o’ynaladi. Har bir jamoada o‘n bittadan o’yinchi bo’lib, ular alohida hujumchilar, yarim himoyachilar, himoyachilar va darvozabonga bo’linadi. Hujumchilar raqib darvozasiga hujum uyushtiradilar. Ularning vazifasi to’pni ustalik bilan olib borish va darvozaga aniq tepish. Himoyachilar o’z darvozalarini raqib hujumidan himoya qiladilar, o’z navbatida, raqibidan to’pni olib tezda uni o’z hujumchilariga oshiradilar. Yarim himoyachilar himoyada va hujumda o’ynaydilar, shuning uchun ular eng chidamli va yaxshi tayyorlangan o’yinchilar hisoblanadi. Darvozabon - raqib hujumi paytida darvozaga to’p kirishidan saqlovchi o’yinchi. Faqat darvozabonlarga to’pni qo’l bilan o’ynashlariga ruxsat etilgan. To’pni ilib olish-darvozabon o’yining asosiy vositasi. Bu ko’pincha ikki qo’llab amalga oshiriladi. Darvozabon to’pni qo’lda ilib olishi va urib qaytarishi mumkin. Lekin hujumchilar, yarim himoyachilar va himoyachilar o’yin vaqtida to’pga qo’llarini tekkizishlari mumkin emas. To’pni tashlash. Agarda to’p biror jamoa o’yinchisi zarbasidan keyin maydon tashqarisiga chiqib ketsa, o’yin to’xtatiladi. To’pni tashlashda oyoqlar yelka kengligida kerib turiladi. To’pni ushlagan qo’llar tirsakdan sal bukiladi va yuqori ko’tarilib, boshdan orqaga o’tkaziladi. Gavda salgina orqaga egiladi, oyoqlar tizzasi bukilib, gavda og’irligi tovonlarga tushiriladi. To’pni o’yinga kiritishda qo’l barmoqlari shunday holatda bo’ladi. Futbol maydonining yonidan to’pni o’yinga kiritish. Oyoq yuzining o’rta qismi bilan to’p tepish. Bu usul ko’p jihatdan oyoq yuzining ichki qismi bilan tepishga o’xshaydi. To’pga kalla bilan zarba berish. To’pga kalla qo’yish o’yin jarayonida yakunlovchi zarba berishda ham, sheriklariga to’p oshirishda ham qo’llaniladi. Lekin bolalarning o’yin paytida, mashg’ulot vaqtida bo’lar-bo’lmasga to’pga kalla qo’yishlari yaxshi emas. Bolalar to’pga kalla qo’yishni asta-sekinlik bilan o’rganishlari kerak. Futbol o’yini ko’pchilik sport o’yinlari kabi bolalarda dadillik va qat’iyatlilikni, diqqat- e’tibor va ziyraklikni tarbiyalaydi. O’yinchilar o’yin davomida har xil tezlikda yugurish, sakrash, to’pni olib yurish , oyoq va boshda to’pni uzatish harakatlarini bajarishadi. Shu bois futbolni yaxshi o’ynash uchun kuchli, chidamli, tezkor va epchil bo’lishingiz kerak.
Metodning o’tkazilish tartibi: - O’yin davomida o’qituvchi o’quvchilar jamoasini ikki guruhga ajratadi. 1-guruh “Paxtakor”, 2-guruh “Bunyodkor”. - o’yinda o’qituvchi “hujumchi” vazifasini bajaradi; - guruhdagi o’quvchilar orasidan liderlar tanlanadi va ular “darvozabon” vazifasini bajaradi; - qolgan o’quvchilar esa “himoyachi” va “yarim himoyachi” vazifasini bajaradilar; - mavzu bo’yicha savollar o’qituvchi tomonidan avvaldan tayyorlab olinadi; - o’qituvchi savollar bilan darvozabonga hujum qiladi, himoyachi va yarim himoyachilar esa javobni to’ldiradilar; - agar savolga javob topilmasa, hisob hujumchi foydasiga hal bo’ladi. Tezkor savollar: 1. Futbol qanday o’yin?
15 K.Mahkamjonov. Jismoniy tarbiya: 3-sinf o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma. K.Mahkamjonov, F.Xo’jayev. 3-nashri. – T.: “O’qituvchi” NMIU, 2010. 107-110 betlar. 2. Futbolning vatani qayer? 3. Har bir jamoada nechtadan o’yinchi bo’ladi? 4. O’yinchilar qanday vazifalarni bajaradilar? 5. Hujumchining vazifasi qanday? 6. Himoyachining vazifasi qanday? 7. Yarim himoyachi va darvozabonning vazifasi qanday? 8. Darvozabon o’yinining vositasi nima? 9. To’pni tashlash qanday amalgam oshiriladi? 10. Oyoq yuzining o’rta qismi bilan to’p tepish qanday amalga oshiriladi? 11. To’pga kalla bilan zarba berish qanday amalga oshiriladi? Uyga vazifa: Mavzuni takrorlash. 4-SINF I. Dars mavzusi: Kurash. II. Darsning maqsadlari: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga kurashning tarixi va qonun-qoidalari to’g’risidagi ma’lumotni to’la yetkazish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda vatanparvarlik, milliy sport turi hisoblangan kurashga nisbatan mehr-muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlashini o’stirish, dunyoqarashini kengaytirish, jismoniy barkamolligini takomillashtirish.
pahlavonlik, epchillik, “ Kurash federatsiyasi” va hokazo. IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: Bilimlar: - kurashning qanday sport turi ekanini bilish; - dong taratgan o’zbek polvonlari kimligini bilish; - kurash assotsatsiyasining qachon tashkil etilganini bilish; - kurash bo’yicha jahon chempionatlari qachon bo’lib o’tganini bilish; Ko’nikma va malakalar: - kurashning tarixi haqida gapirish; - bugungi kunda yetishib chiqayotgan jahon chempionlari haqida gapirish; - Angliyaning Bedford shahrida o’tkazilgan kurash turniri haqida to’xtalish. V. Darsning metodlari: aqliy hujum, VI. Dars shakli : suhbat, amaliy mashg’ulot VII. Dars usuli: noan’anaviy VIII. Darda qo’llaniladigan vositalar: 4-sinf “Jismoniy tarbiya” darsligi, mavzuga oid rasmlar. IX. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama qilish, sport yangiliklari haqida suhbat. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Dzyudo. Takrorlash yuzasidan savollar: 1. “Dzyudo” so’zining ma’nosi nima? 2. Dzyudo qanday sport turi? 3. O’zbekistonga dzyudo qachon kirib keldi? 4. Osiyo chempionatida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan dzyudochilarni sanang. X. Yangi mavzu bayoni: Aqliy hujum: Poyga qilaman, poyini o’zdirganga tegaman; kurashda alplarning barini yiqqanga tegaman; yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga tegaman; ming qadamdan tanga pulni urgan qirag’ay merganga tegaman. ( Alpomish dostonidan). Bolajonlar, “ kuragi yerga tegmagan pahlavon “ deganda nimani tushunasizlar?
XI. Darslik bilan ishlash Kurash. 16 Dunyodagi har bir millatning o’ziga xos kurash turi bo’lganidek o’zbeklarning kurash hamda belbog’li kurash turlari bor. Bu kurash turlari avloddan-avlodga o’tib, bugungi kunimizgacha yetib keldi. O’zbeklarning uzoq tarixga ega bo’lgan milliy sport turlaridan-kurash asrlar davomida rivojlanib, kishilarga zavq-shavq baxsh etib, mard yigitlarning mahoratini, matonatini namoyish etib, keldi. O’sha vaqtlarda polvonlarning turli munosabatlar bilan o’tkazilgan xalq sayillaridagi chiqishlarini va unda namoyish etiladigan xatti-harakatlari ko’pchilikni lol qoldiradi.. Shuning uchun polvonlarning nomi el ichida e’zozlanadi. Polvonlar Eron, Turkiya, Yunoniston, Hindiston va boshqa mamlakatlarga borib, o’z xalqi sharafini himoya qilardilar. Kurash Temuriylar zamonida ham , undan keyin ham xalqning sevimli sport o’yinlaridan bo’lib keldi. O’ziga xos kurashish mahorati bilan olamga dong taratgan o’zbek polvonlar tarix sahifasida o’chmas iz qoldirdilar. Bular Pahlavon Mahmud, Pahlavon Muhammad, Ahmad polvon, Toji polvon va boshqalardir. Hozirda jismoniy tarbiyaga, ayniqsa, kurashga katta e’tibor qaratildi. 1998-yilning 6-sentabrida “Xalqaro kurash assotsiatsiyasi” tashkil etildi. Kurash-bu mard, pahlavon, epchil ikki yigit o’rtasida o’tkaziladigsn olishuv, kuch sinashishdir. Yillar o’tishi bilan kurashning usullari tiklanib, boyib, uning xalq hayotidagi o’rni, mazmuni, mohiyati kengayib boraveradi. Kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati 1999-yil 1-2-mayda Toshkentda, ikkinchi jahon chempionati 2000-yilda Turkiyaning Antalia shahrida, uchinchi jahon chempionati 2001- yilda Vengriyada va to’rtinchi jahon chempionati Armanistonning Yerevan shahrida o’tkazilishi kurashimizning tobora dunyoga keng yoyilayotganidan dalolatdir. Dunyo o’zbek polvonlari Toshtemir Muhammadiyev, Kamol Murodov, Akobir Qurbonov, Mahtumquli Mahmudov, ikki karra jahon chempioni Bahrom Avazov, Shuhrat va Botir Xo’jayevlar san’atiga qoyil qolmoqda. Angliya “Kurash federatsiyasi” prezidenti tashabbusi bilan Angliyaning Bedford shaxrida har yili Islom Karimov turniri muvaffaqqiyatli o’tkazilib kelinmoqda. Bunda qirollikning barcha hududlaridan qatnashgan polvonlar ichidan vakillarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi. ( 2000 yil). Ayniqsa, qizlar o’rtasida kechgan bellashuvda Feruza Hayitmetovaning ko’rsatgan natijasi quvonarlidir. U o’zbek qizlari orasida hali ham ajdodlari To’maris, Barchinoy singarilar borligini isbotlab, g’oliblikni qo’lga kiritdi. Kurashimiz Osiyo o’yinlari dasturiga kiritildi. Hurmatli bolajonlar, agar siz kurash bilan yoshlikdan shug’ullansangiz, sizni bo’lajak olimpiada o’yinlari va jahon chempionatlari kutadi. Dam olish daqiqasi. O’qituvchi: Jiring – jiring Jiring – jiring Chalingan narsani toping! O’quvchilar qo’llarini qo’ng’iroq chalayotgandek harakat qildiradilar. Qo’limizda besh barmoq Maqsadimiz besh olmoq! Barmoqlar ko’rsatiladi, qo’llar bilan harakat qilinadi. XII. Mustahkamlash uchun metodlar: “Sinkveyn” usuli. “Sinkveyn” fransuzcha so’z bo’lib, “besh” degan ma’noni anglatadi. Biz undan darsni mustahkamlash qismida foydalanamiz. Sinkveyn tuzishda quyidagi besh qatordan iborat shartga amal qilamiz: 1-qator: Mavzu birgina so’z. Ot orqali ifodalanadi. 2-qator: Mavzu ikki so’zdan iborat sifat bilan ifodalanadi. 3-qator: Mavzu doirasidagi xatti-harakat uchta so’z orqali ifodalanadi. Bu so’zlar fe’l yoki ravishdosh bo’lishi mumkin. 4-qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi to’rtta so’zdan iborat yaxlit fikr
16 K.Mahkamjonov. F. Xo’jayev. Jismoniy tarbiya: 4-sinf o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma. 4- nashri – T.: “O’qituvchi” NMIU 2011. 23-25-betlar.
ifodalovchi gap yoziladi. 5-qator: Mavzuni ifodalaydigan birgina sinonim so’z yoziladi. 1-qator: Mavzuning nomi – kurash. 2-qator: 2 ta sifat – qiziqarli, murosasiz. 3-qator: 3ta fe’l – toblaydi, tarbiyalaydi, chiniqtiradi. 4-qator: 4 ta so’zdan iborat gap – “Kurash- mardlarni maydonda sinaydi”. 5-qator: Mavzuning sinonimi – jang.
II. Maqsad va vazifalar: a)
ta’limiy: o’quvchilarga kuz fasli va kuz faslida tabiatning ko’rinishi haqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: tabiatni sevishga, asrashga o’rgatish, ozodalik, mehnatsevarlik tuyg’usini o’stirish; c)
rivojlantiruvchi: kuzatuvchanlik va xotirani rivojlantirish, qalam va mo’yqalam bilan ishlash qobiliyatlarini oshirish. O’quv jarayoni mazmuni: O’quvchilarda kuz va kuz faslida barglarni ko’rinishi haqida tushuncha uyg’otish. Kuz faslida o’quv yilini boshlanishi, kuz hosil yig’iladigan fasl, kuzda kishilarning mehnati, kuzda tabiatdagi o’zgarishlar haqida rasmlar orqali suhbatlashish, o’quvchilar bilimini boyitish. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Uslub: Suhbat, ko’rsatish, ijodiy ish Shakli: Yangi bilim beruvchi. Darsning jihozi: Daraxt bargi, kuzgi tabiatning ko’rinishi. Turi: Rangtasvir kompozitsiyasi. Mavzuni kuz fasli qaysi oydan va qanday yumushlardan boshlanishi haqida suhbatlashish. Kutilayotgan natijalar: - Kuzda pishadigan mevalar? – Topishmoq aytish. - Kuz fasli oylarini bilasizmi? - Kuzda o’quvchilar nima qiladilar? - Kuzda dalada qanday ishlar bajariladi? Maqollar keltirish. Hozir kuz fasli, sentabr, oktabr, noyabr oylari kuzga kiradi. Kuz faslida o’quv yilimiz boshlanadi. Shu bilan birga dala va bog’larda ish qiziydi. Dehqonlar hosillarini yig’ishtirib, dalani bahorgi ekinga tayyorlaydilar. Kuzda anor, xurmo, uzum mevalari pishib yetiladi. Daladan paxtalar nobud qilinmay yig’ishtirib olinadi. Bunday yumushlarga sizlar ham hissangizni qo’shasiz. Chunki paxta milliy boyligimizdir. Kuzda tabiatning ko’rinishi oltin tusga kiradi. Daraxt va o’simliklarni barglari sarg’ayib, zarg’aldoq tusga kiradi. Kelgusi rejalar: O’quvchilarga daraxt barglaridan namuna uchun ko’rsatish. Undagi chiziqlarga asoslanib barg chizishining bosqichlarini ko’rsatish. Ranglarini kuzatish. Turli xil bargalarni ko’rsatib ularni chizishni topshirish. Har qatorga barg berib chiqish. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar namunaga qarab rasm chizishni boshlaydilar.
qora qalamda chizib olib, so’ngra yorqin rangda bo’yash. Bargni qirralarini belgilash. Mavzuni mustahkamlash. - Yana qanday daraxtlarni bilasiz? - Hozir daraxtlarni ko’rinishi qanday? - Barglar nega uziladi?
chizgan o’quvchi ishlarini namuna tariqasida ko’rsatish. Darsga yakun yasash.
I. Dars mavzusi: Guldasta rasmini ishlah. II. Maqsad va vazifalar: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarni qalam va mo’yqalam bilan ishlash malakalarini mustahkamlash; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni tabiatni sevishga o’rgatish, estetik didni, mehnatsevarlikni singdirish; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni chizish, bo’yash ko’nikmalarini shakllantirish. III. O’quv jarayoni mazmuni: O’quvchilarda gul va guldasta tushunchalarini qanchalik shakllanganini aniqlash. Guldastani qayerlarda ishlatilish tushunchalarini takomillashtirish. Rasm orqali rang tanlash malakalarini boyitish.
Uslubi: Suhbat, ijodiy ish. Shakli: mustahkamlovchi. Darsning jihozlanishi: Mavzuga oida rasmlar, xona gullaridan namunalar. Tasviriy faoliyat turi: Naturadan rasm ishlash.
go’zallik ramzi ekanligini kitobdagi va rassomlar asridagi guldasta aks etgan rasm yuzasidan savol- javob o’tkazish. - Guldasta nima? - Guldastada qanday gullar ishtirok etgan? - gullar bizga nima uchun kerak? - Qaysi gulni hidini yoqtirasiz? So’ngra o’quvchilarga gul bargi va moychechak rasmini chizish bosqichma -bosqich tanishtirish.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling