M. artikova, M. Tursunova
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquv mashgulotlariga interfaol usullar tatbiqi
“BBB” metodi ( bilaman ,bilishni xohlayman, bilib oldim) metodi. Ushbu metod o’quvchilarga muayyan mavzular bo’yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo’llash jarayonida o’quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Ushbu metodning sxemasi yangi mavzu boshlanishidan oldin doskaga chiziladi. Bilaman
Bilishni xohlayman Bilib oldim
Sxemaning birinchi va ikkinchi bandi dars boshlanishidan oldin o’quvchilar tomonidan to’ldiriladi. O’qituvchi yangi mavzu bo’yicha o’quvchilarda qanday tushunchalar bo’lsa doskaning tegishli qismiga yozib oladi. Sxemaning qolgan bandi esa yangi mavzu bayonidan so’ng to’ldiriladi.
Bizning o’lka – O’zbekiston. Uning tabiati juda go’zal. O’zbekistonda bog’lar, dalalar va yaylovlar ko’p. Daryolar to’lib oqadi. Tog’ yonbag’rida o’rmonlar bor. O’zbekistonda cho’llar ham bor. Cho’llarning bir qismi o’zlashtirilgan. U yerda paxta, bug’doy ekiladi. Bog’larda turli-tuman mevalar, dalalarda paxta, sabzavot, shirin-shakar qovun va tarvuzlar yetishtiriladi. Yaylovlarda qo’y-qo’zilar, molar boqiladi. Biz o’lkamiz tabiatidan zavqlanamiz.
O’ R D A K T A R V U Z
K A B U T A R
E T I K
I K K I
K A L I T
K A S A L
K I T
O D O B
O N A
Savollar: 1. Suvda suzadigan qush. 2. Poliz ekini. 3. Xat tashuvchi qush. 4. Qishki poyabzal. 5. Juft son. 6. Qulfning ochqichi. 7. Bemor so’zining sherigi. 8. Eng katta suvda suzuvchi hayvon. 9. ….. - bozorda sotilmas.
I. Dars mavzusi: Inson va tabiat. II. Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarning tabiat haqidagi tasavvurlarini boyitish. Inson va tabiatning o’zaro bog’liqligini misollar orqali tushuntirish;
5 Grigoryans, Aida Gaykovna. Atrofimizdagi olam: 1-sinf uchun darslik. / A.G.Grigoryans; (Mas’ul muharrir A.Bahromov).7-nashr. T.: Cho’lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2010.35-b. b) tarbiyaviy maqsad: bolalarni tabiatga ongli munosabatda bo’lishga, yashil olam go’zalliklaridan zavqlanishga, o’simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga o’rgatish; c) rivojlantiruvchi maqsad: mehnatsevarlik tuyg’ularini, daraxt va gullarni, uy hayvonlari va parrandalarini parvarish qilish hamda ko’paytirishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish. III. Asosiy tushuncha va atamalar: Inson, tabiat, oy, yulduzlar, havo, suv, tog’lar, tekisliklar, o’simliklar, hayvonlar, neft, gaz, ko’mir, temir, “O’zbekiston qizil kitobi’ va boshqalar. IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: Bilimlar: - tabiat haqida tushuncha hosil qilish; - inson o’z ehtiyojlari uchun nimalardan foydalanishini bilish; - insonning ishlab chiqarish jarayoniga ta’sirini bilish; - “O’zbekiston qizil kitobi” haqida bilish. Ko’nikma va malakalar: - qo’riqxonalar faoliyati haqida gapirish; - qizil kitobdan unga kiritilgan o’simlik va hayvonlarni ajratish; - ekologik muammolarni barataraf etish yo’l-yo’riqlari haqida gapirish. V. Darsning metodi: “ Keys-stadi”. VI. Dars shakli: suhbat-ma’ruza. VII. Dars usuli: savol-javob, tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida. VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: quyosh, oy, gullar, daraxtlar, mevalar, hayvon va qushlarning rangli rasmlari. IX. Darsning borishi. 1. Tashkiliy qism: salomlashish. O’qituvchi: - Qani ayting bolalar, Dasrga hamma tayyormi? Daftar ruchkalar bormi? O’quvchilar: - Sabog’ingiz puxta bilib olganmiz “5” ball uchun tayyor bo’lib kelganmiz. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: O’lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar. Takrorlash yuzasidan savollar: 1. Uy hayvonlarining ahamiyati nimada? 2. Yovvoyi hayvonlar qanday hayot kechiradilar? 3. Yovvoyi hayvonlarning qanday foydasi bor? 4. Siz uyingizda qaysi uy va yovvoyi hayvonlarni boqasiz?
“Keys-stadi” uslubi. Keys-stadi inglizcha so’z bo’lib, (case-aniq vaziyat, hodisa, stadi- o’qitish). Bu uslub aniq vaziyat, hodisaga asoslangan o’qitish uslubi hisoblanadi.
Malika bugun ham darsdan erta qaytdi. Kiyimlarini almashtirib bo’lgandan so’ng, supurgi va hokandozni olib ko’chaga chiqdi. Kuz fasli bo’lgani uchun ariq bo’yidagi majnuntol bargini to’kib, ko’chani iflos holatga keltirgan edi. Malika ko’cha sahniga suv sepmasdan changitib ko’chani supurishni boshladi. Barcha xazonlarni bir joyga yig’ib, supurib bo’lgandan so’ng, ahlatni belgilangan joyga tokib kelishga erinib gugurt va qog’oz olib yoqib tashladi. Qop-qora tutun birpasda atrofga tarqaldi. Guzardagi chollar va Malikaning uyiga yaqin joydagi o’yingohda futbol o’ynayotgan bolalar ham tutun ta’siridan yo’tala boshladilar. - Bolalar, aytinglar-chi, Malika to’g’ri ish qildimi? U o’zining bu xatti-harakati orqali tabiatga qanday munosabatda bo’ldi? Ijobiymi yoki salbiy? O’quvchilarning fikrini eshitgandan so’ng, bevosita yangi mavzuga o’tiladi. - O’qituvchi: Bolalar, quyidagi tezkor savollarga javob bering, javobingizning bosh harflarini eslab qoling. Harflardan bugungi mavzumizning nomi kelib chiqadi. 1. Insonga vafodor hayvon? ( It) 2. Daraxtning bolasi? (Nihol) 3. Vaqtni o’lchovchi asbob? ( soat) 4. Quyoshning sherigi? (Oy) 5. Bahor bayrami? ( Navro’z) 6. Nomiga ayyor so’zini qo’shib aytamiz. ( Tulki) 7. Ayiqning sevimli ozuqasi? ( Asal) 8. Ertakdagi bakovul? (bo’ri) 9. Tikuv asbobi? (Igna) 10. Kichkina dexcha, ichi to’la mixcha? ( Anor) 11. Suvsizlikka o’ta chidamli hayvon? ( Tuya) Demak mavzumizning nomi – “Inson va tabiat” ekan. XI. Darslik bilan ishlash. Inson va tabiat. 6 Atrofimizdagi barcha narsa-osmondagi Quyosh, oy, yulduzlar, havo, suv, tog’lar, tekisliklar, o’simliklar, hayvonlar-bularning hammasi tabiat. Odam ham shu tabiatda yashaydi. O’ziga kerakli barcha narsani tabiatdan oladi. Tabiat juda boy. Biz o’z ehtiyojimiz uchun neft, ko’mir, gaz, temir va boshqalarni yerdan qazib olamiz. Keng dalalarga har xil ekinlar ekib, hosilini iste’mol qilamiz. Mevali bog’lar bunyod etamiz. Dala, qir, tog’larda sigir, qo’y, echkilarni boqamiz, Shunday ekan, biz tabiatni asrashimiz, unga g’amxo’rlik qilishimiz kerak. Shaharlarda har xil korxonalar qurib, ularda o’lkamizga kerakli oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak. Turli mashinalar, ishlab chiqaramiz. Bularning hammasi tabiatga ta’sir etadi. Havo, suv ifloslanishi, o’simlik va hayvonlar kamayishi mumkin. Shuning uchun ham biz tabiatni, uning boyliklarini asrashimiz kerak. Tabiatni, yovvoyi hayvonlar va o’simliklarni asrab qolish, o’rganish va ko’paytirish uchun milliy bog’lar, qo’riqxonalar tashkil etiladi. Mamlakatimizda asrab ko’paytirilayotgan noyob yovvoyi hayvonlar va o’simliklar “ Ozbekiston Qizil kitobi” ga kiritilgan. XI. Mustahkamlash: O’quvchilarga ochiq testlar tarqatiladi. Ular quyidagicha bo’lishi mumkin.
1. Yerdan qazib olinadigan tabiiy boyliklar qaysilar? a) bug’doy, paxta b) neft, ko’mir, gaz c) mevalar va sabzavotlar 2. Milliy bog’lar va qo’riqxonalar qanday maqsadda tashkil etiladi? a) insonning shaxsiy manfaatlari uchun b) namlikni saqlash maqsadida c) tabiatni, yovvoyi hayvonlar va o’simliklarni saqlab qolish, o’rganish va ko’paytirish uchun. 3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida fuqarolarning atrof- muhitga munosasbati to’g’risida so’z yuritilgan? a) 40-modda b) 51-modda c) 39-modda
7
6 G’ulomov Potihkamol. Atrofimizdagi olam, 2: Umumiy o’rta ta’lim makablarining 2-sinfi uchun darslik / P.G’ulomov, Sh.Mrzahmatova; Mas’ul muharrir H.Vahobov. – T.: Cho’lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2010. 82-83 betlar. II. Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga hayvonot dunyosi, uy hayvonlari va ularning turlari, insonlar hayotidagi ahamiyati haqida to’la ma’lumot berish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona tabiat va hayvonot dunyosiga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’ularini uyg’otish; v) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlashga o’rgatish, ijodiy fikrlash ko’nikmalarini takomillashtirish, dunyoqarashini rivojlantirish. III. Asosiy tushuncha va atamalar: sigir, buzoq, qo’y, qo’zichoq, qo’chqor, qorako’l qo’yi, hisor qo’yi, qorabayir, arabi ot, Vladimir oti, qimiz, toy. IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: Bilimlar: - uyda boqiladigan hayvonlarni bilish; - hayvonlarning insonlar uchun foydali jihatlarini bilish; - sigirning necha yilda voyaga yetishi, necha litr sut berishi, necha yil umr ko’rishini bilish; - sigirni insonlar qanday maqsadlarda boqishlarini bilish; - qo’y junidan sanoatda nimalar ishlab chiqarilishini bilish; - dunyoda otlarning nechta turi borligini bilish; - ot go’shti va suti haqidagi ma’lumotlarni bilish; - otning bolasi “toy” haqidagi ma’lumotlarni bilish. Ko’nikma va malakalar: - qoramollarning turlarini ajrata olish; - qoramollarning nimalar bilan oziqlanishini ayta olish; - qo’ylarning turlari, boqilish joylarini ajratish; - otning O’zbekistonda necha xil zoti borligini aytish; - otlardan odamlar qanday maqsadda foydalanishlarini aytib bera olish. V. Darsning metodlari: “Aqliy hujum” metodi, “Nomini top” o’yini, “SAN” texnologiyasi, “Olmos” strategiyasi. VI. Dars shakli: Suhbat-ma’ruza. VII. Dars usuli: tayyor materiallar va ko’rgazmalar usulida. VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: mol, ot, qo’y va boshqa uy hayvonlarining rasmlari, go’sht va sut mahsulotlarining rasmlari, oq list, marker va hok. IX. Darsning borishi: 1. Tashkiliy bosqich: salomlashish, davomatni aniqlash, fasllar, yangiliklar haqida suhbatlashish. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tilgan mavzu: Qushlar. Parrandalar. Takrorolash yuzasidan savollar: - Qushlarning insonlar hayotida qanday ahamiyati bor? - Hasharotxo’r qushlar qaysilar? - Uy parrandalari haqida ma’lumot bering.
1. Aqliy hujum: Qanday uy hayvonlarini bilasiz va ulardan qaysilarini boqasiz? 2. ”Nomini top” o’yini. Ushbu o’yin bevosita mavzuni boshlashdan oldin o’tkaziladi. O’yin natijasida sinfdagi bolalar mavzuga jalb etiladilar va ularda mantiqiy fikrlash, idrok qilish ko’nikmalari shakllantiriladi. O’yin davomida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: - o’qituvchi doskaga ixtiyoriy bir o’quvchini chiqaradi; - oq listga biror bir uy hayvonining nomini yozadi. ( mol, ot, mushuk, qo’y va hokazo);
7 Bahromov A.D. Tabiatshunoslik 3: Umumiy o’rta talim maktablarining 3-sinfi uchun darslik/ –T.: Cho’lpon nomidagi ijodiy matbaa ijodiy uyi, 2008. 83-86-betlar.
- o’quvchi doskada boshqa o’quvchilarga teskari holatda qarab turadi; - o’qituvchi hayvon nomi yozilgan oq listni uning orqasiga yopishtiradi; - o’tirganlar hayvon nomini ko’rib olganlaridan so’ng o’quvchi bolalarga qaraydi va berkitilgan hayvonni topishi kerak bo’ladi; - buning uchun u o’z o’rtoqlariga savol beradi, qolgan bolalar esa uning savollariga ” ha” yoki ” yo’q ” deb javob berishlari kerak bo’ladi. Masalan: - u jonlimi? (ha); - uni yesa bo’ladimi? (yo’q); - u hayvonmi? (ha); - u uyda boqiladimi? (ha); - undan sut olinadimi? (ha) tarzida. O’qituvchi ushbu o’yinni 2 yoki 3 o’quvchi ishtirokida o’tkazishi mumkin.
O’lkamizning tabiati nihoyatda go’zaldir. Hayvonlar inson qadami yetgan hamma joyda uchraydi. Odamlar ulardan sigir, qo’y, ot, tuya, echki, it, mushuk va quyonni uyda boqadilar. Shuning uchun ularni uy hayvonlari deb yuritiladi. Uy hayvonlari odamlarga foyda keltiradi. Bizning respublikamizda uy hayvonlari oziq mahsulotlari va sanoat xomashyosi (teri, jun) yetishtirish uchun boqiladi. Buning uchun jamoa va fermer xo’jaliklari tashkil etilgan. Qoramollar Qoramollarning turli zotlari bor. Ko’p sut beradigan zotdor qoramollar ko’paytirib boriladi. O’lkamizda qoramollar bahor, yoz va kuzda, asosan, yaylovda boqiladi. Qishda esa g’amlab qo’yilgan hashaklar bilan oziqlanadi. Qoramollarga silos, kunjara, shulxa kabi ozuqalar beriladi. Sigirlar har yili bittadan bolalaydi. Ayrim hollarda ikkita ham tug’ishi mumkin. Buzoqlar 2-3 yilda voyaga yetadi. Bitta sigirdan bir kunda o’rtacha 8-10 litr sut sog’ib olinadi. Ular 15-20 yil yashaydi. Qo’ylar Qo’ylar, asosan, go’shti va juni uchun boqiladi. Ona qo’y 10-15 yil yashaydi. Har yili bitta yoki ikkitadan qo’zilaydi. Qo’zichoqlar bir yilda voyaga yetadi. Qo’chqor esa 1-2 yil bo’rdoqiga boqilib, go’shtga topshiriladi. Qo’ylar junidan ip yigiriladi va issiq kiyim-kechaklar to’qiladi. Qo’ylarning qorako’l, hisor kabi zotlari ko’proq boqilib ko’paytiriladi. Qorako’l qo’yning terisidan telpak, paltoning yengi va yoqalari tikiladi. Hisor qo’ylari eng yirik zotli qo’ylar hisoblanadi. Bunday qo’ylar go’sht va yog’i uchun boqiladi. Qo’ylar tog’ va cho’l yaylovlarida katta poda qilib boqiladi. Otlar Dunyoda otlarning 205 tadan ortiq zotlari mavjud. Ulardan O’zbekistonda 8 xil zoti bor. Qorabayir, Arabi oti, Vladimir otlari ko’p uchraydi. Qadimdan ot transport vazifasini bajargan. Unga minib, uzoq joylarga borganlar, jang qilganlar. Hozirgi kunda ham qishloq joylarda otlardan foydalaniladi. Ayniqsa, mol va qo’ylarni boqishda cho’ponlar otda yurishadi. Ot go’shti iste’mol qilinadi, sutidan qimiz tayyorlanadi. Biya har yili bitta, ayrim hollarda ikkita bolalaydi. Yangi tug’ilgan toychoq qulun, ikki yoshlisi toy, uch yoshdagisi qo’non va to’rt yoshlisi do’non deyiladi.
1. “SAN” texnologiyasi. ( uchlik- samarali, axloqiy, nazokatli). Texnologiyaning maqsadi: o’quvchilarda yakka, jamoaviy, guruh bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko’nikmalarini, ishga mas’uliyat bilan yondoshuvni shakllantirish, ularda aktyorlik qobiliyatlarini rivojlantirish va hayvonot dunyosiga mehr-muhabbatni uyg’otish.
mashg’ulotning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va o’quvchilarni 3 guruhga ajralishlarini iltimos qiladi. Guruhlarda ular yana 3 ta asosiy rollarga bo’linadilar. Bular: - ZUKKOLAR; - TOPQIRLAR; - AKTYORLAR. O’qituvchi har bir guruhga alohida topshiriq beradi va bir xil vaqt belgilaydi.
o’rtoqlariga batafsil so’zlab berishlari kerak bo’ladi. Bu topshiriq natijasida o’quvchilar o’qituvchi kitobdan o’qib bergan ma’lumotlarni yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’quvchilar topshiriqni navbatma-navbat bajaradilar. Topshiriqqa barcha birday jalb etilishi kerak bo’ladi.
berish vazifasi yuklatiladi. Savollar o’qituvchi tomonidan avvaldan tayyorlab qo’yilgan bo’lishi kerak va quyidagicha bo’lishi mumkin: - Uy hayvonlari qaysilar? - Qoramollarning qanday zotlari bor? - Qoramollarga qanday ozuqalar beriladi? - Qorako’l qo’yining terisidan nimalar tikiladi? - Qo’ylar asosan necha yil yashaydi? - Qadimda ot qanday vazifalarni bajargan? - O’zbekistonda otning necha xil zoti bor? va hokazo tarzida. 3. “Aktyorlar” jamoasiga esa uy hayvonlarining ovozlari va o’ziga xos qiliqlarini o’xshatib bajarish vazifasi topshiriladi. Qolgan o’quvchilar esa ularning qiliqlariga qarab turib o’quvchi qaysi hayvonga taqlid qilayotganini topishlari kerak bo’ladi.
o’quvchiga oq listga ixtiyoriy uy hayvonining rasmini chizish vazifasini topshiradi. O’quvchilar rasmlarni chizib bo’lganlaridan so’ng o’qituvchi tomonidan yig’ib olinadi va quyidagi mezonlar asosida baholanadi: “Chiroyli”, “O’ziga xos”, “O’zgacha”, “Ajoyib” , “Kulgili” va kokazo. Baholash jarayonida o’qituvchi rasmlarni piramida shaklida joylashtiradi.
4-SINF I. Dars mavzusi: Qo’riqxonalar. II. Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga qo’riqxonalar, ularda muhofaza qilinadigan hayvon va o’simliklar to’g’risida ma’lumot berish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni jonli tabiatga o’simlik va hayvonot olamiga nisbatan mehr-muhabbat tuyg’ulari bilan tarbiyalash; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlashlashiga imkon yaratish, ijodiy va mantiqiy tafakkurini rivojlantirish.
echkemar, kapcha ilon, shamshod, kavkaz-temir, korolyok va boshqalar. IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: Bilimlar: - qo’riqxonalarning nima ekanligini bilish; - qo’riqxonalarda qanday hayvonlar muhofaza qilinishini bilish; - qo’riqxonaning turlari haqida bilish; - qo’riqxonalarda o’sadigan o’simliklarni bilish; 1 2 2 3 3 3 4 4 5 - “ O’zbekiston Qizil kitobi” ga kiritilgan qushlarni sanash. Ko’nikma va malakalar: - O’zbekistondagi qo’riqxonalarni sanash; - qo’riqxonalarda muhofaza qilinadigan baliqlarni aytib berish; - olimlar qadam yetmaydigan joylardagi hayvonlarni qanday muhofaza qilishlarini bilish. IV. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “Qizil va yashil kartochkalar bilan ishlash” metodi. V. Darsning shakli: Suhbat-ma’ruza. VI. Dars usuli: Savol-javob, tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida. VII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: Qo’riqxonada muhofaza qilinadigan hayvonlar, qushlar, o’simliklarning rasmlari, “O’zbekiston Qizil kitobi” va hokazo. VIII. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchini tinglash, yangiliklar haqida suhbatlashish. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Foydali qazilmalarni muhofaza qilish. Takrorlash yuzasidan savollar: 1. Xalq xo’jaligida eng ko’p ishlatiladigan metall qaysi? 2. Temir qanday xossalarga ega? 3. Misning xalq xo’jaligidagi o’rni qanday? 4. Mis rudasi qayerda qazib olinadi? IX. Yangi mavzu bayoni. Aqliy hujum: “O’zbekiston Qizil kitobi” ga kiritilgan hayvon va o’simliklarni bilasizmi? X. Darslik bilan ishlash. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling