M. artikova, M. Tursunova
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquv mashgulotlariga interfaol usullar tatbiqi
VI. Kelgusi rejalar. (tahlil o’zgarishlar): Amaliy mashg’ulot. O’quvchilarga hayolan moychechakdan tuzilgan guldasta rasmini chizishni topshirish, rag’batlantirish, ommaga namoyish qilish. O’zlashtira olmayotgan o’quvchi faoliyatiga ko’maklashish. Darslikda berilgan savollardan foydalanib, mavzuni mustahkamlash. Ranglariga urg’u berish. - Moychechak qayerlarda o’sadi? - Uning gulini rangi qanday? - Gullar haqida she’r ayting? O’quvchilarni ishlarini baholab darsga yakun yasash.
I. Dars mavzusi: Paxta va bug’doy rasmini ishlash. II. Maqsad va vazifalari: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarni tasviriy san’at malakalarini rivojlantirish, qalam va mo’yqalam bilan ishlash qobiliyatlarini oshirish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni milliy boyligimizni asrashga, nonni uvol qilmaslikka o’rgatish. Mehnatsevarlik tuyg’usini singdirish; c) rivojlantiruvchi maqsad: kuzatuvchanlik va xotirani rivojlantirish. III.Dars turi: Borliqni idrok etish, rangtasvir kompozitsiya. IV. Dars jihozi: Kuz faslida dalalar ko’rinishi, bug’doylar tasvirlangan rasmlar, paxta, bug’doy boshog’i. V.Dars tafsiloti. Dars mavzusiga kirish. Darsda oliy ne’matlardan biri non va kiyimlar haqidagi suhbat bilan boshlanadi. - nonni biz nimadan tayyorlaymiz? - bug’doy qayerda yetishtiriladi? - “ nonni ushog’i ham non” hikmatli so’zini ma’nosini yeching. - paxtadan nimalar tayyorlanadi? - bular davlatimizning qanday boyliklari? Paxtani chanog’idan bug’doyni boshog’idan olishimizni bilasiz. Bu mevalar qachon yetiladi? Ular ikki faslda yozda va kuzda. Dalalarni ko’z oldimizga keltiraylik. Oppoq qordek paxta, oltindek tovlanayotgan bug’doy dalasi ko’z oldingizga kelsin. Shu tariqa paxta dalasi va bug’doy dalasi tasvirlangan rasm namoyish etiladi. II. Asosiy qism: O’quvchilarga paxta, kuz mavzusida she’r yoki qo’shiq aytish. Bug’doy, non haqida qo’shiq kuylatish. Yozuv taxtasiga bosqichma-bosqich bug’doy va paxta rasmini tasvirlash, tushuntirib berish. Ranglar tanlay olishlarini kuzatish. Amaliy mashg’ulot: O’quvchilarga namunadan foydalanib, rasm ishlashni topshirish.
III. Darsga yakun yasash. O’quvchilar rasmlardagi paxta va bug’doy boshog’i ranglar yordamida qanday tasvirlanganligini kompozitsiyaning asosiy belgilarini qay darajada yig’ilganligiga e’tibor qaratiladi. Yaxshi bajargan o’quvchilar ishi namoyish etiladi. O’quvchilar ishlari baholanib darsga yakun yasaladi.
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga patnis ichiga naqsh ishlashni tushuntirish, patnis yoki doira ichiga ishlangan naqshlar haqidagi tushunchalarni kengaytirish; b) tarbiyaviy maqsad: tabiatni sevishga, uni kuzatishga, undagi ketma-ketlikni aniqlashga o’rgatish; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni tasviriy malakalari, chizish, rang tanlash, bo’yash, tabiatni estetik idrok etishni rivojlantirish. III. O’quv jarayoni mazmuni: o’quvchilarga naqsh va doira ichiga naqsh chizish haqidagi tushunchalarini bilib o’rgatish. Suhbat orqali mavzuni yoritish. O’tilgan mavzuni yodga olish, o’xshashligini aniqlash. Naqshlar yuzasidan suhbat o’tkazish. Naqshlardagi yorqin ranglar tabiatdagi meva va uning guli, bargidan olingan ketma-ketlik ekanligini yoritish. IV. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Uslub: suhbat, ko’rsatish, ijodiy ish. Shakl: mustahkamlovchi. Darsning jihozi: Naqshlardan namunalar. Kitobdan, me’moriy obidalardan foydalanish. Turi: Dekorativ kompozitsiya. V. Kutilayotgan natijalar: Mavzuni ustalar tomonidan chizilgan naqsh namunalari, naqsh bilan ishlangan tayyor mahsulotlarga ishlangan bezaklar misolida savol-javob o’tkazish: - Naqsh nima? - U nimalarga ishlanadi? - Qanday naqsh turlarini bilasiz? Naqsh-arabcha tasvir, gul degan ma’noni bildiradi. Naqshlar o’simliklar, hondaviy belgilar takrorlanishidan hosil qilinadi.
O’quvchilarga naqsh chizishning o’ziga xos xususiyatlari, uning ahamiyati bilan tanishtirish. Tarixiy obidalar, uy-ro’zg’or jihozidagi naqshlar tahlili orqali dars tushuntiriladi. Turli xil naqshlar chizilgan rasmlar kuzatiladi. Birinchi bosqich naqsh chizib ko’rsataman. Keyingi bosqichda asosiy naqsh bo’yalib bo’ladi. So’ngra naqsh hoshiyasi ishlanadi. Oxirgi bosqichda naqsh bo’yaladi. Amaliy mashg’ulotda o’quvchilar namunaga asoslanib patnis ichiga naqshni ishlaydilar. O’quvchilar ishlarini kuzatib, amaliy ko’mak beraman. Naqshni bo’yashda yorqin ranglardan foydalaniladi.
O’quvchilarni baholash, savollar orqali mavzuni mustahkamlash. Darsga yakun yasash. - Naqshni turlarini ayting? - Naqsh nima degani? - Naqshni gullari, ranglari nimalarga asoslangan? Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o’quvchilarni ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. Darsga yakun yasaladi.
MATEMATIKA 1-SINF I. Dars mavzusi: Songa 3 ni qo’shish va sondan 3 ni ayrish. II. Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga songa 3 ni qo’shish va sondan 3 ni ayrishga doir bilimlarni tushuntirish, misollar ishlatish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni tejamkor, tadbirkor, vatanga va ona tabiatga nisbatan mehr-muhabbat tuyg’ulari bilan tarbiyalash; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish, mantiqiy tafakkurini kuchaytirish.
Bilimlar: - 3 soni haqida bilish; - uning joylashish tartibini bilish; - misol va masalalar yechishni bilish; Ko’nikma va malakalar: - songa uchni qo’sha olish; - sondan uchni ayira olish; - mavzuni o’tilgan mavzular bilan bog’lay olish; V. Darsning metodlari: “Tijorat” o’yini, “Uch o’ylantirgich qalpoqlar” metodi. VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot. VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida. VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: svetofor rasmi, shar, mevalar, mashinalar maketi, tasvirli kartochkalar. IX. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama qilish, iqtisodiy yangiliklar haqida suhbat. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tigan mavzu: Songa 2 ni qo’shish, sondan 2 ni ayrish. Takrorlash yuzasidan mashqlar: 6 +2 = ? 8 – 6 = ? 3 + 2 = ? 5 - ? = 3 5 + 2 = ? 9 - ? = 7
Sinf burchagida o’quv qurollari sotiladigan do’kon tashkil qilinadi. Xaridor: Assalomu alaykum. Sotuvchi: Vaalaykum assalom. Xaridor : Iltimos menga 3 ta katak va ikkita yo’llik daftar bering. Sotuvchi: Marxamat. O’qituvchi: Bolalar, xaridor jami bo’lib nechta daftar sotib oldi? O’quvchilar: 5 ta. O’qituvchi: Barakalla, orangizda kimdir kelajakda tadbirkorlik bilan shug’ullanishi mumkin. Bu kasbni puxta egallash uchun esa siz albatta matematikani yaxshi o’qishingiz kerak. XI. Darslik bilan ishlash. 1. 1-, 2-misollar yechiladi. 2. 3-, 4-masala yozma bajariladi.
qizil, yashil va oq. O’quvchilar jamoasi ham uch guruhga bo’linadi va ularga nomlar tanlanadi. Masalan: 1-jamoa: Topqirlar 2-jamoa: Zukkolar 3-jamoa: Donolar. O’qituvchi har bir jamoa uchun 3 xil mazmundagi savollar tayyorlaydi. Masalan: 1-topshiriq: Misollar ishlash. 1-guruhga : 2-guruhga: 3-guruhga 7 – 3 = ? 5 + 3 =? 10 – 3 =? 4 +3 =? 3+ ?= 6 3 + ? = 9 2 – topshiriq: Masala ishlash: 1-guruhga: Tasavvur qiling, siz bog’da guldasta uchun gul teryapsiz. Savatingizda 2 ta atirgul bor. Siz yana 3ta chuchmomani savatga soldingiz. Savatingizda nechta chuchmoma bor? (Osonroq tasavvur qilish uchun savatcha va gul rasmlaridan foydalanamiz). 2-guruhga: Tarelkada 4 ta shokolad bor edi. Ularning 1 tasi qizil, 3 tasi sariq rangda edi. Gulnoza sariq rangdagi shokoladlarni o’zi, ukasi va singlisi uchun oldi. Tarelkada nechta shokolad qoldi? (Osonroq tasavvur qilish uchun tarelka va shokoladlardan foydalanamiz.) 3-guruhga. Olxo’ri shohida 9 ta olxo’ri mevasi bor. Nozima avval mevalardan 2 tasini uzdi. Ularning biri hom chiqdi va yana u bitta mevani uzishga majbur bo’ldi. Nozima jami bo’lib nechta mevani uzdi?
3-topshiriq. Sonlar ishtirokida maqollar tuzish. Masalan: Sanamay sakkiz dema, o’ylamay o’ttiz dema. Yetti o’lchab bir kes. Yigit kishiga qirq hunar ham oz. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona. Topshiriqni bajarish uchun vaqt beriladi. Topshiriq bajarib bo’lingach, jamoadan lider tanlanib, javob varaqasini o’quvchiga beradi. O’qituvchi ularning javoblarini muhokama qilib bo’lgandan so’ng, shartlarni eng to’g’ri va tez bajargan jamoa sardorlariga qizil qalpoqni, ikkinchi o’rinda bajargan jamoaga oq qalpoqni, 3-o’rinda bajargan jamoaga yashil qalpoqni hadya etadi. Qalpoqlar ichida esa estalik sovg’alari bo’ladi. Uyga vazifa: 5-mashq. 2-SINF I. Dars mavzusi: Ko’paytirish. II. Darsning maqsadlari: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarda ko’paytirishni qo’shish orqali ifoda eta olish, bir xonali sonlarni ko’paytirish qoidasini bilish, misol va masalalar yechish ko’nikmasini shakllantirish; b) tarbiyaviy maqsad: ona vatanimizga, milliy qadriyatlarimizga bo’lgan muhabbatni o’stirish, ularni mehnatsvarlik ruhida tarbiyalash; c) rivojlantiruvchi maqsad: ularni mustaqil va erkin fikrlashlariga imkon yaratish, qobiliyatlarini rivolantirish.
Bilimlar: - bir xonali sonlarni ko’paytira olish; - ko’paytirishga oid misol va masalalarni yecha olish; Ko’nikma va malakalar: - ko’paytirishni qo’shish orqali ifoda eta olish/ V. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “ 6x6x6” metodi. VI.Dars shakli: amaliy mashg’ulot. VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: ko’rgazmali rasmlar, tarqatma materiallar. 2- sinf “Matematika” darsligi. IX. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama qilish, yangiliklar haqida suhbat. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Mustahkamlash uchun mashqlar.
Aqliy hujum: Salimning uchta tovug’i bor. Tovuqlarning har birining ikkitadan oyog’i bor. Jami tovuqlarning oyoqlari nechta? O’quvchilar: 2 + 2 + 2 = 6, 2 x 3 =6 Tasavvur qiling, siz tushlikka har kuni 3 tadan teshikkulcha yeysiz. Shunday teshikkulchalardan bir haftada nechta yeysiz? 3 +3 +3 +3 +3 +3+3 =21 3 x 7 = 21
O’qituvchi: bir xil qo’shiluvchilarni qo’shishni ko’paytirish deyiladi. Bir xil qo’shiluvchilarni yig’indisi 2 + 2+2+2+2= 10 ni bunday yoziladi. 2 x 5 = 10 Nuqta (.) ko’paytirish belgisidir. Ko’paytirishga oid misollar bunday o’qiladi. Agar ikkitalab besh marata olinsa, 10 hosil bo’ladi yoki 2 ni 5 ga ko’paytirganda 10 hosil bo’ladi. Agar 5 dan 5 marta olinsa, 25 hosil bo’ladi yoki 5 ni 5 ga ko’paytirsa, 25 chiqadi. Agar 6 tadan uch marta olinsa, 18 hosil bo’ladi yoki 6 ni 3 ga ko’paytirsa 18 hosil bo’ladi. Agar 3 tadan 4 marta olinsa, 12 hosil bo’ladi yoki 3 ni 4 ga ko’paytirsa, 12 hosil bo’ladi. 439-misol orqali qo’shish ko’paytirishga almashtiriladi. 440-misol orqali ko’paytirish qo’shishga almashtiriladi. 444-masaladagi yechim bo’yicha masala tuziladi. Dam olish daqiqasi: “ 7” raqami sir-sinoatlari. Bir hafta-yetti kundan iborat. Nima uchun 7 kundan? Chunki hammamizga yaxshi ma’lumki, fanda fazodagi yeti o’zgaruvchi sayyora haqida ilmiy asoslangan haqiqat mavjud. U ham bo’lsa, oy, mushtariy, mirrix, zuhro, uran, Saturn, Neptun sayyoralarining har yeti kunda almashinishi yeti kunlik vaqt birligiga binoan hafatning yaralganidir. Yuqoridagilardan ko’rinadiki, vaqt hisobining asosiy yo’nalishi yetti kundan yetti ajdodgacha bog’liq ekan.
Ushbu metod yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar o’quvchini muayyan faoliytga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. “6x6x6” metodi asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo’lgan guruhlar o’rtaga tashlangan muammoni muhokama qilishadi. Belgilangan vaqt nihiyasiga yetgach, o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo’ladi. Yangi shakllangan guruh a’zolari o’z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama etadilar. Eng muhimi, mashg’ulot ishtirokchilarining har biri qisqa vaqt mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi. Toshiriqlar: 1 – topshiriq. Matematik diktant. 2 – topshiriq. Masala yechish. 3 – topshiriq. Katakchalarga to’g’ri javobni yozing. 4 – topshiriq. Test ishlash. 5 – topshiriq. Boshqotirma. 6 – topshiriq. Sonlar ishtirokida maqollar.
3-SINF I. Dars mavzusi: Vaqt birliklari. II. Darsning maqsadlari: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga vaqt birliklari, soat va minut haqidagi tushunchalarni to’la tushuntirish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni chaqqon, tadbirkor, vaqtning qadriga yeta oladigan qilib tarbiyalsh; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda erkin va mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, matematik tafakkurini rivojlantirish;
Bilimlar: - soatning kichik mili nima deb atalishini bilish; - soatning katta mili nima deb atalishini bilish; - 1 soat necha minut ekanligini bilish; - 1 minut necha sekund ekanligini bilish; Ko’nikma va malakalar: - misol va masalalarni mustaqil yecha olish; V. Darsning metodlari: aqliy hujum, “SMS” strategiyasi. VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot. VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida. VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 3-sinf “Matematika” darsligi, jonli soat, soat maketi va boshq. IX. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchini aniqlash, yangiliklar haqida suhbat. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Massa birliklari. Takarorlash yuzasidan savollar: 1. Kichikroq narsalarning massalari nimalarda o’lchanadi? 2. 1 kg necha grammga teng? 3. 1 sentner necha kilogrammga teng? 4. 1 tonna-chi? X.Yangi mavzu bayoni. Aqliy hujum: Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so’raydi qadrin Fursat g’animatdir, shox satrlar-la
Bezamoq chog’idir umr daftarin. O’qituvchi: Darhaqiqat, bolajonlar, o’tib borayotgan har bir daqiqamiz oltinga teng. Shuning uchun ham ana shu bir tutam umr mobaynida yaxshi amallarni bajarmog’imiz, odamlarga yaxshilik qilmog’imiz kerak. Shundagina biz o’z hayotimizga mazmun baxsh eta olamiz. Biz sizlar bilan bugun o’tadigan mavzu “Vaqt birliklari “ deb ataladi. XI. Darslik bilan ishlash. 1. Dastlab savollarga javob berish orqali o’quvchilar mavzuga jalb etiladilar. 2. 429-masala og’zaki bajariladi. 3. 439-mashq orqali soat va uning millari, u ko’rsatayotgan vaqt haqida tushuncha beriladi. 4. 431-masala reja asosida yechiladi. 5. 432, 33, 34-mashqlar. XII. Mustahkamlash uchun metodlar: SMS (soat, minut, sekund) strategiyasi. Strategiyaning maqsadi: O’quvchilarni chaqqon, tezkor qilib tarbiyalash, har bir ishni vaqtida bajarishga undash, matematik bilimlarini yanada mustahkamlash.
Strategiyaning o’tkazilish tartbi. O’quvchilar jamoasi uch guruhga bo’linadi: 1-guruh “soatlar”; 2-guruh “minutlar”; 3-guruh “sekundlar”. O’qituvchi tomonidan savollar tushirilgan soat maketi doskaga ilinadi. Bunda har bir soat oralig’ida 1 tadan, jami 12 ta topshiriq aks etadi. Uchchala guruh sardorlari doskaga chiqadilar va teng miqdorda to’rttadan topshiriqni tanlab oladi. Har bir topshiriqni bajarish uchun 4 daqiqadan 16 daqiqa vaqt beriladi. Eng tez va to’g’ri bajargan jamoa g’olib hisoblanadi.
I. Dars mavzusi: Sonli ifodalar. II. Darsning maqsadlari: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarda sonli ifodalar haqida tushuncha hosil qilish, ularni farqlay olishga va amalda qo’llashga o’rgatish, egallagan bilimlarini mustahkamlash; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni hamkorlikda ishlash madaniyatiga, o’zgalar fikrini hurmat qilishga o’rgatish; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatlarini o’stirish. Dars jarayonida quyidagi vazifalar bajariladi: 1. O’quvchilarda sonli ifodalar haqidagi ilk bilimlarni berish. 2. O’quvchilarni mavzu yuzasidan berilgan mashqlar majmui bilan tanishtirish. 3. O’quvchilar tomonidan mavzuning maamuni va mohiyatini chuqur o’zlashtirilishini ta’minlash. 4. Sonli ifodalar va unda ishlatiladigan (“+”, “-”, “:”, “*”) arifmetik amallarining turmush hayotidagi roli haqida tushuncha hosil qilish.
jadval, ko’rgazmali vositalar. Dars jarayonida qo’llaniladigan metodlar: suhbat, savol-javob, “yumaloqlangan qor o’yini” metodi, “qizil va yashil kartochkalar biolan ishlash” metodi, “tafakkur cho’qqisi” metodi. Darsning rejasi: 1. Arifmetik amallar va ularning yozuvdagi ifodasi. 2. Ifodaning qiymati. 3. Sonli ifodada qo’shish va ayrish qatnashgan misollarni yechish. Darsning borishi: I. “Yumaloqlangan qor o’yini” metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirish. Ushbu metod mavzuni muayyan qismlarga bo’lgan holda o’zlashtirish imkonini beradi. Sinf o’quvchilarida guruh va juftlikda ishlash ko’nikmalari shakllanadi. Sinf o’quvchilari o’qituvchi tomonidan tayyorlangan tasvirli kartochkalarni oaldilar. Tasvirli kartochklarning orqa tomonida sonli ifodalar aks etgan bir necha variantdagi (o’quvchilarning umumiy sonidan kelib chiqib10 tacha variant) tposhiriqlar yozilgan bo’ladi. Sinf o’quvchilari 2 yoki 3 guruhga bo’linadilar. Har bir guruh a’zosi bir nech juftliklarga biriktiriladi. Juftliklarda bir variantdagi topshiriqlar bajariladi. O’[qituvchi tomonidan zaruru o’rinlarda o’quvchilarga tushunchalar, izohlar, ko’rsatmalar berib bopril;adi hamda umumiy hulosa chiqariladi.
tushunchalarni mustahkamlash. Ushbu texnologiyada ommaviy va guruh shaklida ishlash orqali mavzuni mustahkamlashda tezkor savol-javob tashkil etiladi. Bunda “yashil”-ha, tasdiq ma’nosini, “qizil”- yo’q-inkor ma’nosini bildiradi. Sinf o’quvchilariga “qizil” va “yashil”kartochkalar tarqatiladi, o’quvchilar sonidan kelib chiqib savol tuziladi. O’qituvchi tomonidan berilgan tezkor savollarga “qizil” va “yashil” kartochkalarni keltirish orqali javob qaytariladi. Savollar taxminan quyidagicha tuzilishi mumkin: 1) arifmetik amallarda “+” (plyus) belgisi qo’shishni bildiradimi? (ha); 2) sonli ifodadadgi amallar bajarilsa, ifodaning iqymati hosil bo’ladimi? (ha); 3) o’g’il otadan kattami? (yo’q); 4) arifmetik amallarda “-”(minus) bo’lishni bildiradimi? (yo’q); 5) 1000 so’m pulingiz bor. narxi 50 so’mnlik daftardan bir nechta sotib olish uchun 1000 so’mni 50 so’mga ko’paytiramizmi? (yo’q); 6) tarvuz bilan qovunnng umumiy og’irligini bilish uchun har ikkalasining og’irligi qo’shiladimi? (ha); 7) opa-singil yoshidagi farqni aniqlash uchun opaning yoshiga singilniki qop’shiladimi? (yo’q);
8) sonli ifodada qo’shish va ayrish amallari qatnashsa, amallar yozilish tartibida o’ngdan chapga bajariladimi? (yo’q); 9) sonlar va arifmetik amallardan tuzilgan yozuvlar sonli ifoda deyiladimi? (ha); 10) arifmetik amallarga “+” qo’shish, “-” ayrish, (:) bo’lish, (*) ko’paytirish amallari kiradimi? (ha).
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling