M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

VI. 7P’ezometrik grafik 
Soddalashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimining pezometrik grafigini ko‘rib 
chiqaylik (1.8-rasm). Berk tarmoqda suvning aylanishi 1 nasos yordamida amalga 
oshiriladi. Suv sathi doimiy bo‘lgan kengayish idishi 4, nasosning aylanib o‘tish 
quvuri 2 ga ulangan. Amalda kengayish idishi o‘rniga odatda ta’minot nasosi 
o‘rnatiladi. Agarda tarmoq nasosi ishlamasa, unda issiqlik ta’minoti tizimining barcha 
nuqtalarida siquv kengayish idishidagi suv sathi bilan aniqlanadi. Issiqlik ta’minoti 
tizimining bunday statik holatida pezometrik grafik kengayishi idishdagi suvning 
sathi bo‘yicha o‘tkazilgan S-S gorizontal chizig‘i ko‘rinishida bo‘ladi. Tarmoqning 
istalgan nuqtasidagi siquv S-S chizig‘i va berilgan nuqta orasidagi vertikal kesma 
bilan aniqlanadi. 
Dinamik rejimda, ya’ni tarmoq nasosi ishga tushgan vaqtda, pezometrik grafik 
issiqlik tarmog‘i uchun K
1
, A
1
, V
1
, S
1
, S
2
, V
2
, K
2
, aylanib o‘tish quvuri uchun esa 
K
1
NK
2
chiziqlari bilan tasvirlanadi. Agarda siquvlarni aniqlash uchun sanoq tekisligi 


80 
sifatida O-O sathni qabul qilsak, unda N
s
kesmasi issiqlik tarmog‘ida statik siquvni 
ifodalaydi. 
VI.1-rasm. Isitish tizimlari bog‘liq bo‘lgan chizma bo‘yicha ulangan ikki quvurli issiqlik 
tarmoqning pezometrik grafigi. 
1-tarmoq nasosi; 2-tarmoq nasosi aylanib o‘tish quvuri; 3-stansiya suv isitgichi; 4-
kengayish baki. 
Tarmoq nasosi ishlagan vaqtda N
n
kesmasi nasosning uzatish quvurchasidagi 
siquvni, N
vs
kesmasi esa – nasosning so‘rib olish quvurchasidagi siquvni belgilaydi. 
N
sn
=N
n
-N
vs
farqi tarmoq nasosi hosil qiladigan siquvga tengdir. Bu siquv issiqlik 
tashuvchisi harakatidagi gidravlik qarshiliklarni engish uchun sarflanadi. 

N
t


N
n


N
o
kesmalar mos ravishda 3 isitgich qurilmasida, tarmoqning uzatish va qaytish 


81 
magistrallarida siquv yo‘qolishlarini tashkil qiladi

N
1


N
2
–I va II mahalliy 
tizimlar ixtiyoridagi hisobiy siquv. 
Pezometrik grafik qurilganda quyidagi shartlarni bajarish lozim: 
1. Issiqlik tarmog‘iga bevosita ulanadigan mahalliy iste’molchilardagi bosim 
statik va dinamik rejimlarda ruxsat etilgandan oshib ketmasligi lozim. Isitish 
tizimining cho‘yan radiatorlari uchun maksimal ortiqcha bosim 0,6 MPa dan ortiq 
bo‘lmasligi kerak, bu taxminan 60 m suv ustini siquviga tengdir. 
2. Uzatish quvurlardagi maksimal siquv quvurlar va barcha suv isitkich 
qurilmalar mustahkamligi bilan chegaralanadi. 
3. 
Tashqaridan havo so‘rilmasligi uchun issiqlik tarmog‘ining barcha 
qismlarida ortiqcha bosim ta’minlanishi lozim. Bu talab bajarilmagan taqdirda 
jihozlarning zanglashi (korroziyasi) va suvning sirkulyasiyasi buzilishi mumkin. 
Ortiqcha bosimning minimal qiymati sifatida 0,05 MPa (5 m suv ustini) qabul 
qilinadi. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling