85
Qo‘zg‘almas tayanchlar (1.12-rasm) issiqlik
quvurlarni ichki bosim va
harorat deformatsiyasidan hosil bo‘ladigan kuchlanishlar bo‘yicha bir biriga bog‘liq
bo‘lmagan qismlar (uchastklar)ga bo‘lish uchun xizmat qiladi.
Bu holda
kuchlanishlarni tarmoq uzunligi bo‘yicha
ortib borishning,
jihozlar va armaturaga
ko‘rsatadigan ta’sirining oldi olinadi. Qo‘zg‘almas tayanchlar odatda po‘lat yoki
temirbetondan yasaladi.
Po‘latli qo‘zg‘almas tayanchlar (VII.3-rasm, a,b) odatda po‘latli yuk
ko‘taruvchi konstruksiyalar (balka yoki shveller) ko‘rinishigi ega bo‘lib, trubaga
payvandlangan tirsaklar orasida joylashtiriladi. YUk ko‘taruvchi
konstruksiya
kameralarning qurilish konstruksiyalariga qistirib qo‘yiladi yoki machta, estakada va
h.k. larga payvandlanadi.
VII.4-rasm. Qo‘zg‘almas tayanchlar.
a-po‘latli
yuk
ko‘taruvchi
konstruksiyali;
b-xomutli; v-
to‘siqli
.
86
Temir beton qo‘zg‘almas tayanchlar (VII.4-rasm, v) to‘siq ko‘rinishiga ega
bo‘lib, quvurlar kanalsiz o‘tkazilganda
poydevorlarga, kanalli o‘tkazilganda esa
kanallar asoslariga va yonmalariga yoki kameralarga qistiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: