M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

 
 VIII.8. Quvurlar va armaturalar 
Quvurlar va armaturalar issiqlik tarmog‘ida gaz yoki elektr payvandlar 
yordamida ulanadn. Issiqlik tarmog‘ida po‘latdan tayyorlangan quvurlar ishlatiladi. 
Po‘lat quvurlar ichki va tashqi emirilishga kam chidamli bo‘lganligi uchun tarmoq 
ishonchliligini kamaytiradi. SHuning uchun issiq suv bilan ta’minlash tizimlarida 
maxsus sirlangan quvurlar ishlatiladi. 


100 
Hozirgi kunda 3, 4, 5, 10, 20 markali po‘latdan tayyorlangan elektr payvandli 
quvurlar ishlatilmoqda. Quvurlar 1400 mm gacha chiqariladi. CHoksiz quvurlar esa 
400 mm gacha ishlab chiqiladi. Keyingi vaqtlarda metall emas: asbest-sement
polimerli va shishali quvurlar ishlab chiqarish ustida ish olib borilmoqda. 
Bu quvurlarning avfzalligi ularning yuqori emirilnshga chidamliligidadir. 
Polimer va shisha quvurlar bundan tashqari ancha kichik quvur g‘adir budurlikka ega. 
Asbest-tsementli va shisha quvurlar maxsus konstruksiyalar orqali ulanadi, polimer 
quvurlar esa payvandlash orqali ulanadi. 
YUqoridagi 
aytilgan 
quvurlarning 
asosiy 
kamchiligi 
uning 
yuqori 
parametrlarga chidamsizligidir. 100°S gacha harorat va 0,6 MIIa gacha bo‘lgan 
bosim. SHuning uchun bunday quvurlar suvning uncha katta bo‘lmagan 
parametrlari uchun ishlatiladi. Masalan: issiq suv ta’minoti tizimlarida yoki 
kondensat yo‘naltiruvchi sifatida. 
Issiqlik tarmoqlarida ishlatiladigan armaturalar vazifasiga qarab, berkitadigan, 
boshqaradigan, ximoyalaydigan, drosselaydigan, kondensat yo‘naltiradigan, nazorat 
qiladigan va o‘lchaydigan armaturalarga bo‘linadi. 
Berkitadigan asosiy armatura, zadvijka va ventildir, zadvijkalar odatda suvli 
tizimlarda, ventil esa suv bug‘ili tizimlarda ishlatiladi. Ular po‘lat yoki cho‘yandan 
flanets va muftalar yordamida ulanadigan qilib tayyorlanadi. Berkituvchi armatura 
issiqlik tarmog‘ida barcha quvurlarga qo‘yiladi. Bundan tashqari seksiyalovchi 
zadvijkalar ham qo‘yiladi. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling