M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik taminoti
VIII.5. Kanalsiz yotqiziladigan quvurlar konstruksiyalari Quvurlarni odatda uning diametri 200 - 300 mm gacha bo‘lganda kanalsiz yotqiziladi. Keyingi paytlarda payvandlashning zamonaviy usularini qo‘llanilishi va izolyasiya materiallarining chidamliligini oshirilishi kattaroq diametrdagi quvurlarni ham (500 mm va undan kattaroq) kanalsiz yotqizish imkonini bermoqda. 97 Quvurlarni kanalsiz yotqizilgan vaqtda asosan er usti va tuproq suvlaridan hamda daydi toklardan ehtiyot bo‘lish kerak. SHuning uchun quvurlar karroziyaga qarshi qatlamlar, elektr - kimyoviy himoya bilan ta’minlandi. SHu bilan birga qum va tosh to‘ldiruvchili yo‘ldosh drenajlar quriladi. Quvurning himoyalash vazifasini amalga oshirishda: 1. Qumli to‘ldirgichlar quruq erlarda ishlatiladi. Toshli to‘ldirgichlar va yo‘ldosh drenaj quriladi. 2.Qumli, toshli to‘ldirgichlar va yo‘ldosh drenajlar qo‘riladi. Drenajda asbesttsementli keramik, betonli, temir-betonli bosimsiz quvurlar ishlatiladi. Quvurlarning ustki qismida teshiklar bo‘lib teshiklar iflosliklar va tuproq bilan to‘silib qolmasligi uchun tosh yoki shlak bilan to‘ldiriladi. Yo‘ldosh drenaj quvuri qiyaligi 0,003 dan kam bo‘lmasligi kerak. Zamonaviy kanalsiz yotqizilgan tizimlar quvurlarini ko‘ndalang ko‘yilmaydi. SHuning uchun egiluvchan kompensatorlar mahsus kanallarda qo‘yiladi. Er osti issiqlik uzatuvchilari zadvijkalari, kompensatorlari, drenaj qurilmalari, chiqaruvchi va tushiruvchilar maxsus kameralarga qo‘yiladi. Kamera va nishalar ham yig‘ma temir-betondan tayyorlanadi. Uncha katta bo‘lmagan diametrli zadvijkalar uchun qurilgan kameralar er ostiga, katta zadvijkalar uchun esa er usti pavil oni quriladi. Kameraning o‘lchamlari ishlatish va ta’mirlash materiallari asosida tanlanadi. Er osti kamerasiga kirish uchun kamera diagonali bo‘yicha qopqoq qo‘yiladi. Agar kameraning ichki yuzasi 6 m 2 gacha bo‘lsa ikkita qopqoq, agar undan katta bo‘lsa 4 ta dan kam bo‘lmagan qopqoq qo‘yiladi. Qopqoqning diametri D = 0,63 metrdan kichik bo‘lmagan o‘lchamda qabo‘l qilinadi. Kameraning asosi 0,02 dan kichik bo‘lmagan qiyalik bilan qilinadn. Uniig bir uchiga 0,4 x 0,4 metr o‘lchamdagi hovuzcha qo‘rib uning ustiga temir panjara qo‘yiladi. Hovuzchaning chuqurligi 0,3 metrdan kichik bo‘lmasligi kerak. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling