98
ular havoda yoki tepada joylashgan deb nomlanadi. Masalan, zilzilaga chalingan
hududlarda. Bunday issiqlik tarmoqlari tezkor tarzda qurilib, boshqa turdagi termal
tarmoqlardan past narxlarda farqlanadi.
Er usti issiqlik quvurlari alohida turuvchi tayanchlar (past va baland)
machtalar, estakadalarda yotqiziladi. Tayanch va machtalar
odatda temir betondan
yoki temirdan "T" va "P" shaklida tayyorlanadi.
Agar quvurlar past tayanchlarda o‘rnatilgan bo‘lsa,
u holda quvur eng pastki
yuzasi bilan er yuzasi orasidagi masofa 0,35 m, agar quvurlar kengligi 1,5
m gacha
bo‘lsa, 0,5 m dan kam bo‘lmasligi, agar quvurlar kengligi 1,5 m dan yuqori bo‘lsa, 1
m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Quvurlarni estakadada yotqizish ancha qimmatta tushadi.
SHuning uchun bu
tizimni quvuvlar soni 5—6 tadan kam bo‘magan xolatlarda
ishlatish maqsadga
muvofiqdir.
Quvurlarni osilib turuvchi konstruksiyalarda yotqizish maqsadga muvofiq.
CHunki bunda machta orasidagi masafani ancha uzaytirish mumkin bo‘lishi iqtisodiy
tejash imkonini beradi. SHu bilan birga temir sarfini iqtisod qilish imkonini beradi.
Issiqlik tarmog‘i jihozlariga xizmat qilish uchun (zadvijka,
salnikli
kompensator va x. k.) narvoni bor maxsus maydon hosil qilinib maydon to‘siq bilan
o‘raladi. Bu jihozlar quvur izolyasiyasi bilan er yuzasi orasidagi masofa 2,5 m va
undan ortiq bo‘lganda statsionar (qimirlamaydigan), undan kichik bo‘lganda esa
jildiriladigan qilib yasaladi.
Past tayanchda yotqizilgan quvurlarning jihozlari o‘rnatilgan
erlarda esa er
betonlangan bo‘lib, jihoz esa metall qurilma bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
Bunday
qurilma jihozlari qor va yomg‘irlar ta’siridan saqlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: