M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


VIII.2. Issiqlik tarmog‘i quvurlarini yotqizish va ularning ko‘ndalang qirqimi


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

VIII.2. Issiqlik tarmog‘i quvurlarini yotqizish va ularning ko‘ndalang qirqimi 
Loyixalashtirilgan quvur yo‘li bo‘yicha tarmoqning ko‘ndalang qirqimi quriladi. 
Ko‘ndalang qirqimga er satxi, o‘lchamlari, er osti suvlarining satxi, ishlaydigan va 
ko‘zda tutiladigan muhandislik inshootlarining balandliklari va issnqlik tarmog‘i
bo‘limining nishabligi ko‘rsatiladi. Bo‘limlardagi quvurlarning nishabligi i= 0.002 
dan kichik bo‘lmasligi kerak. Alohida binolarga bo‘linishda (er ostidan yotqizilgan 
tizimlarda) quvurning nishabi binodan yaqin kameraga tomon bo‘lshii kerak. 
Tarmoqning eng quyi nuqtalariga suv chiqarish qurilmalari yuqori nuqtalariga esa 
xavo chiqargichlar qo‘yiladi. 


93 
Tashqi issiqlik tarmoqlari – IEM dan binogacha bo‘lgan masofa. Bu issiqlik 
tarmoqlari yo‘ldan alohida texnik zonalarda o‘tkaziladi. Issiqlik tarmoqlari magistral
va taqsimlagich tarmoqlariga bo‘linadi. Issiqlik tarmoqlari asosan nursimon va 
xalqasimon shaklda o‘tkaziladi va masofasi 15 km gacha bo‘ladi.
Issiqlik tarmoqlari er ostiga maxsus kanallarda yoki ochiq usulda maxsus 
izolyasiya qilinib yotqizilishi mumkin. Ko‘pincha er osti maxsus kanallarida 
joylashtirilgan issiqlik tarmoqlari va qo‘llaniladi. 
Har 100 m masofada kanallar ichida ventilyasion shaxtalar ko‘zda to‘tilib, 
kanallarda havoning temperaturasi 40 
0
S oshmasligini ta’minlaydi. Maxsus 
kanallarda issiqlik tarmoqlarining ko‘rish ishlarini ko‘p sarf talab qilinadi. SHuning 
uchun oddiy va kam sarf talab qilinadigan kanalsiz quvurlarni o‘tkazish maqsadga 
muvofiq. Ushbu kanallarda issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish uchun quvurlar 
ustidan manolit penobeton, perlitobeton yoki penosilikat tashlanadi. Kanallarning 
quvurlari uchun issiqlik izolyasiya qo‘llaniladi, masalan, mineral paxtalar, mineral 
paxtani ustidan bitum qatlamni qo‘yish lozim. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling