M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik taminoti
X. Issiqlik bilan ta’minlashda ishlatiladigan energiya va issiqlik manbalarining turlari Issiqlik energiya manbaalari deb: tabiiy va sun’iy energiya turlarini iste’molchilarga kerakli parametrlarda issiqlik energiyasiga aylantirib beruvchi jihozlar va qurilmalar yig‘indisiga aytiladi. Dunyodagi tabiiy energiyalarning turlari, milliard tonna shartli yoqilg‘i zaxirasi quyidagicha: 106 organik (qazib olinadigan) yoqilg‘i 24,7*10 3 mlrd tn yadro yoqilg‘isi (uran va toriy) 231*10 3 mlrd tn termoyadro yoqilg‘isi (deyteriy) 56,1*10 9 mlrd tn geotermal energiya 500 mlrd tn Quyoshning nurli energiyasi (bir yilda) 247*10 3 mlrd tn daryolarning suv energiyasi (bir yilda) 3,35 mlrd tn toshqinlar va ularning qaytishi energiyasi 2,31 mlrd tn (bir yilda) shamol energiyasi (bir yilda) 7,92 mlrd tn YAqin kelajakda issiqlik ta’minoti uchun ishlatishga eng qulay energiya amaliyotda organik va yadro yoqilg‘ilari, geotermal va quyosh energiyasi bo‘lib qoladi. Issiqlik ta’minoti uchun ishlatadigan sun’iy yoqilg‘ilar, ishlab chiqarishning ikkilamchi energiyalari va elektr energiyasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda butun dunyoda va O‘zbekistonda suyuq, qattiq va gazsimon yoqilg‘ilarga ishlaydigan issiqlik manbaalari ishlatilmoqda. Asosiy issiqlik manbai sifatida bir vaqtda elektr va issiqlik energiyalari ishlab chiqaruvchi IEM va faqat issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi rayon qozonxonalari ishlatilmoqda. IEM da aralash, elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda, alohida elektr va issiqlik energiyasi (RQ da) ishlab chiqarishga sarflangan yoqilg‘idan kam yoqilg‘i sarflanadi. Lekin IEM ni texnik-iqtisodiy hisobdan keyin issiqlik yuklamasi yuqori talab etilganda ( 500 - 800 KVt) ishlatish, RQ sini esa undan quyi bo‘lgan issiqlik yuklamasi talab etilganda qo‘llash maqsadga muvofiq. Elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ishchi jism turiga qarab: bug‘ turbinali, gaz turbinali va bug‘-gazli IEM ga bo‘linadi. Iqtisodiy va texnik ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lganligi tufayli hozirgi vaqtda bug‘ turbinali IEM lari keng qo‘llanilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling