M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari
Izolyasiya materiallarini tayyorlash usullari
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik taminoti
Izolyasiya materiallarini tayyorlash usullari Bulardan tashqari ba’zi xollarda issiqlik izolyasiyalari korroziyaga qarshi qoplam vazifasini ham bajaradi. Buning natijasida issiqlik quvurlarining uzoq muddat ishlashiga va ishonchliligiga erishish mumkin. Issiqlik ta’minoti tizimlarida issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida, kichik issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientiga, kichik suv yutish qobiliyatiga, katta elektr qarshiligiga va yuqori mexaniik qattiqlikga ega bo‘lgan materiallar ishlatiladi. Tez chiriydigan, yonishi mumkin bo‘lgan, o‘zidan kislota, gaz, oltingugurt ajratib chiqarishi mumkin bo‘lgan materiallar issiqlik izolyasiya materiali sifatida ishlatilishi mumkin emas. Issiqlik uzatuvchilar er ostidan yotqizilganda ayniqsa og‘ir sharoitda ishlaydi. er ostidan kanalsiz yotqizilgan quvurlarning ish sharoiti juda og‘ir hisoblanadi. Quvurlar er ostidan yotqizilganda ularga er usti suvlari va er suvlari, daydi toklarning ta’siri juda og‘ir bo‘ladi. SHuning uchun issiqlik izolyasiya materiallariga qo‘yiladigan asosiy talablar qo‘yidagilardir: 104 1) Kichik suv yutib olish qobiliyatiga ega bo‘lish; 2) YUqori elektr qarshiligiga ega bo‘lish; 3) YUqori mexanik pishiqlikka ega bo‘lish. IX.2. Issiqlik izolyasiya materiallarining turlari Hozirgi vaqtda issiqlik tarmoqlarida issiqlik izolyasiya materiallari sifatida asosan organik bo‘lmagan materiallar ishlatilmoqda (mineral, shisha paxtalardan tayyorlangan izolyasiya materiallari). SHu jumladan qo‘yidagi turdagi izolyasiya materiallari ham asbestdan, betondan, asfaltdan, saqichdan, sementdan, ko‘mirdan va boshqa komponentdan tayyorlangan kanalsiz yotqizilgan quvurlar uchun esa: saqich, perlitdan, asfalt- izoldan, armopenabetondan, asfalt-keramzitbetondan va boshqa komponentlardan tayyorlangan izolyasiya materiallari ishlatilmoqda. Kanalsiz yotqizilgan issiqlik uzatuvchilar izolyasiya konstruksiyasiga qarab quyma qobiqli, quyma va yig‘ma - quyma to‘ldiruvchili tizimlarga bo‘linadi. 1. Quyma qobiqlar zavodlarda tayyorlanib joyning o‘zida faqat choki quyiladi. 2. Quyma va yig‘ma quyma konstruksiyalar esa zavodda yoki joyning o‘zida tayyorlanishi mumkin. 3. To‘ldiruvchili izolyasiyalar esa joyning o‘zida mayda izolyasiya to‘ldiruvchilar yordamida amalga oshiriladi. Kanalsiz yotqizilgan tizimlar ularga ta’sir etuvchi reaktsiya kuchlarining ta’siriga qarab, kuch ta’siri yo‘qotilgan va kuch ta’siri yo‘qotilmagan tizimlarga bo‘linadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling