M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


VIII.7. Er usti issiqlik quvurlarini boshqa turdagi muhandislik kommunikasiyalari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

 
VIII.7. Er usti issiqlik quvurlarini boshqa turdagi muhandislik kommunikasiyalari 
bilai kesishganda olib o‘tish yo‘llari 
Issiqlik tarmog‘i quvurlari boshqa turdagi muhandislik kommunikatsiyalari 
bilan (sovuq suv tarmog‘i, kanalizasiya quvuri, gaz quvurlari, elektr kabellari) temir 
va avtomobil yo‘llari, tramvay yo‘llari, daryo, jarliklar, qurilish konsgruktsiyalari va 


99 
boshqa turdagi inshootlar bilan kesishganda barcha turdagi muhandislik 
kommunikatsiyalarini yaxshi ishlashini ta’minlaydigan maxsus konstruksiyalar 
ishlatiladi. 
Issiqlik quvurini er ostidan maxsus g‘ilofda o‘tkaziladi. Avtomobil, temir yo‘l, 
tramvay yo‘llaridan kesib o‘ttanda, er osti o‘tib bo‘lmas kanallaridan foydalaniladi 
(agar ishni ochiq usulda amalga oshirish mumkin bo‘lsa ). 
Kesishish masofasi 5,0 m kam bo‘lganda ochiq usulda ishlash iqtisodiy 
jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganda, po‘latdan yasalgan quvurlar g‘iloflaridan 
foydalaniladi. Qolgan hamma xolatlarda kanallar ishlatiladi. 
Daryolar, jarliklar, ochiq suv xavzalaridan kesib o‘tganda esa iloji boricha 
mavjud bo‘lgan avtomobil yoki temir yo‘l ko‘priklari orqali olib o‘tish maqsadga 
muvofiqdir. Agar ko‘priklar bo‘lmasa, er ustidan osilib turuvchi konstruksiyalarda 
olib o‘tiladi. Elektrli temir yo‘llardan o‘tganda quvurlar elektr osilib turgan 
tayanchlardan yuqoridan o‘tib, elektrdan ximoyalovchi maxsus qoplama bilan 
qoplanadi. Quvurlarni daryolar, ochiq suv xavzalaridan, suv osti tunellari va 
dyukerlar orqali olib o‘tiladi. 
Suv osti tuneli po‘lat listlardan aylana shaklida tayyorlanadi, hamda 
payvandlab ulanadi, va maxsus qabariq qattiqliklar bilan jihozlanadi. Bunday tunellar 
ko‘p turdagi muhandislik jihozlarida qo‘llaniladi. Dyukerlar esa quvurlar soni bir 
ikkita bo‘lganda va uzun bo‘lmagan suv osti o‘tishida ishlatiladi. Tunel va 
dyukerlarni suv ostida ushlab turish uchun ularga cho‘yandan yoki temir betondan 
tayyorlangan yarim aylana konstruksiyalar bilan o‘rab qo‘yiladi. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling