M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/62
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1832866
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62
Bog'liq
Алиев М.М.

4.2.1. Parallel registrlar 
Parallel yozishli registrlarni yana xotira registrlari ham deyiladi. Ularda 
dinamik boshqaruvli triggerlar hamda “tiniq qulflar” deb ataluvchi triggerlar 
ishlatilishi mumkin, 4.23-rasmda axborotni yozishda umumiy boshqariladigan 
kirishli 8-darajali xotira registri va uning shartli belgisi keltirilgan. C-kirishdagi 
yuqori qatlam axborotni kirishdan chiqishga qayta yozilishiga, past qatlam esa 
axborotning “qulflanishiga” (saqlab qolinishiga) olib keladi. 
4.23-rasm. Parallel registrlar 


121 
 
4.24 – rasm. 
4.2.2. Ketma-ket registrlar 
Ketma-ket registrlar, ya’ni siljish (4.25-rasm) registrlari dinamik sinxron 
kirishli triggerlar asosida quriladi (bir taktli registrlar uchun mos keladi). Ikki 
taktli registrlarda “qulflanadigan” tiniq registrlar ham ishlatilishi mumkin. 
4.25-rasm. Ketma-ket registrlar 
D-triggerlarda qurilgan siljish registrining N-darajasiga yozish funksiyasi 
quyidagi koʻrinishda beriladi: 
D0= DS=x, Di=Q(i-1), Bu yerda i=1,2, ,n-1. DS-ketma-ket yozish kirishi. 


122 
C-sinxron impulsning navbatdagi musbat fronti kelishi bilan, i-trigger 
kirishidagi signal t
ush.r
- vaqtdan soʻng uning chiqishida paydo boʻladi va (i+1) 
trigger kirishiga uzatiladi. 
Biroq uning chiqishigacha bu signal yetib bormaydi, chunki t 0,1-aktiv front 
uzunligi t
ush.r
dan kichikdir. Shu bilan bir darajaga siljish jarayoni keyingi takt 
signalining musbat fronti kelgunga qadar yakunlanadi. Bundan statik 
boshqaruvli triggerlarni ishlatish mumkin emasligi kelib chiqadi. Chunki har 
safar C=1 boʻlganda butun zanjir DS kirishidan Q7 chiqishigacha tiniq boʻlib, 
DS=x, barcha triggerlarga yozilib qoladi. 
Siljish registrlarida strelka yoʻnalishi shartli berilgan. Turli lug‘atlarda bu 
yoʻnalishlar turlicha berilgan. Shartli ravishda ushbu siljish kichik darajadan 
yuqoriga qarab yoʻnaltirilgan deb olinadi. 
Registrlarning amaliy chizmalari har bir triggerga ulanadigan, D

parallel 
yozishli kirishga ega boʻlgan va har bir trigger uchun umumiy tozalash 
𝑅̅ 
asinxron kirishiga va yozishga ruxsat beradigan L-kirishiga ega boʻlgan 
chizmalar bilan toʻldiriladi. 
Bu chizmalar 
𝑅̅𝑖, 𝑆𝑖
̅ boʻsh kirishlarga ulanadi. Bunga 3-holatlar jadvali mos 
kelishini koʻrishimiz mumkin. 
4.26-rasm



123 
D
i
va X-turli qiymatga ega boʻlishi mumkin, lekin D
i
- bir satr oraliqida 
oʻzgarmasdir. 
𝑅̅
i
va 
𝑆̅i mantiqiy funksiyalarini Karno kartasi yordamida 
minimizatsiyalashtirib quyidagilarni olamiz: 
𝑆̅i=(𝐿 ∗ 𝐷
𝑖
∗ 𝑅̅
̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅) va 𝑅̅i=𝑅̅*(𝐿̅+Di). 
Ushbu juft tenglamaga 4.27-rasmda koʻrsatilgan chizma va siljish 
registrining shu chizmaga mos shartli belgisi berilgan. S͞i 
4.27-rasm. Chizma va siljish registrining shu chizmaga mos shartli belgisi 
𝑅̅ kirishi yuqori afzallikka ega boʻlib, agar 𝑅̅=0, u holda 𝑅̅i=0, 𝑆̅i=1 boʻlib, u 
holda L, Di va C signallaridan qat’iy nazar barcha triggerlar nollanadi. L va Di 
kirishlari eng past afzallikka ega. Agar 
𝑅̅=1, u holda L=1 da axborotni parallel 
yozish yuz beradi. (Qi=Di C-signalidan qat’iy nazar), agar 
𝑅̅ va L kirishlarda 
past qatlam boʻlsa, u holda 
𝑅̅i=𝑆̅i=1 ham past qatlam boʻlib, registr axborotni 
saqlaydi yoki uni siljitadi. 
Kodlarni parallel qoʻyadigan siljish registrlari ma’lumotlarni parallel 
formatdan ketma-ket formatga oʻtkazish, shu ma’lumotlarni bir simli aloqa yoʻli 
boʻyicha uzatish (ikkinchi yoʻl “yer” yoki ekran) va ikkinchi tarafda ketma-ket 
ma’lumotni parallel formatga oʻtkazish uchun ishlatiladi. 


124 
4.28-rasm. 
Bunday chizma EXM kommunikatsion portlarida (COM-port), K580 IK51 
mikrosxemada va shuningdek modemlarda ishlatiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling