M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/62
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1832866
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
Bog'liq
Алиев М.М.

Nazorat savollari 
1. Registrlarning qanday turlari bor? 
2. Registrlar funksiyalarni qanday bajaradi? 
3. Ketma-ket va Parallel registrlarning farqi qanday? 
4. Reversiv siljish registrining sxemasi qanday? 
4.3. Hisoblagichlar, ularning sxemalari va ishlash prinsiplari
2
 
4.3.1. Hisoblagichlar va ularning klassifakatsiyasi 
Hisoblagichlar ˗ ketma-ket qurilma boʻlib, kirish yoʻliga berilgan impulslar 
sonini hisoblash va saqlash uchun xizmat qiladi. 


126 
Hisoblagichlar bir nechta belgilar boʻyicha klassifikatsiyalanadi. Ularni 
alohida koʻrib chiqamiz. 
1. Hisob yoʻnalishi boʻyicha: 
a) yig‘iluvchi; 
b) ayiruvchi; 
v) reversiv. 
2. Oʻtish (koʻchirish) (perenos) sxemalarini tashkil etish yoʻli boʻyicha: 
a) ketma-ket perenosli hisoblagichlar
b) toʻg‘ridan toʻg‘ri perenosli hisoblagichlar; 
v) Parallel perenosli hisoblagichlar; 
g) Kombinirlashgan perenosli hisoblagichlar. 
3. Perenos koeffitsiуenti boʻyicha: 
a) ikkilik; 
b) ikkilik-oʻnlik; 
v) ixtiyoriy doimiy qayta hisoblash koeffitsiуenti; 
g) hisobning oʻzgaruvchan koeffitsiуenti bilan va h k. 
4. Hisoblagichning sinxronizatsiya asosida holatini oʻzgartirish boʻyicha: 
a) asinxron
b) sinxron. 
4.3.1.1. Jamlovchi hisoblagich 
Jamlovchi hisoblagichda barcha razryadlar uchun umumiy sinxronizatsiya 
mavjud emas. Razryadlarning yangi holatga oʻtishi impulslar beriladigan kirish 
yoʻlidan boshlab ketma-ket va razryadma-razryad amalga oshiriladi. 
Jamlovchi hisoblagichlarda barcha razryadlar uchun sinxronizatsiya mavjud 
emas, razryadlarning yangi holatga oʻtishi kirish razryadiga beriladigan 
impulsdan boshlab birin-ketin razryadma-razryad bajariladi. 
Uning sxemasi quyidagi koʻrinishga ega
2

2
Digital Electronics: Principles, Devices and Applications Anil K. Maini 
© 2007 John Wiley & Sons, Ltd. ISBN-13: 978-0-470-03214-5,
ISBN-10: 0470032146, p.413-416. 


127 
4.31-rasm. Ketma-ket perenosli asinxron jamlovchi hisoblagich (CD4020BE, КР1561ИЕ16). 
4.32-rasm.Ketma-ket perenosli asinxron jamlovchi hisoblagichning vaqt diagrammasi. 
Diagrammadan koʻrinib turibdiki, hisoblagichning istalgan razryadining 
holatini oʻzgarish belgisi – bu oldingi razryadning (yoki kirish signalining) “1” 
holatdan “0” holatga oʻtishidadir. Shuningdek, agar barcha oldingi razryadlar 
“1” holatdan “0” holatga oʻtgan taqdirdagina katta razryad “1” holatga oʻtadi. 
Vaqt diagrammasidan koʻrinadiki, hisoblagichni oʻrnatish vaqti t ketma-ket 
oʻtayotgan razryadlar soniga bog‘liqdir va N-razryadli hisoblagich uchun 
quyidagi oraliqda oʻzgaradi: 
Impulslar kelishining maksimal chastotasi (fmax) birinchi trigger 
ulanishining chegaraviy chastotasi bilan aniqlanadi. Hisoblagichning asosiy 


128 
yutuqlari ˗ mikrosxemalarning soni minimal boʻlganida va elektr aloqalarning 
soni kamligidadir. Uning kamchiligi - tezligining pastligidir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling