M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar


 Reversiv siljish registrlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/62
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1832866
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62
Bog'liq
Алиев М.М.

4.2.3. Reversiv siljish registrlar 
Oʻz nomi bilan atalgancha, ma’lumotni bir darajadan ikkinchisiga siljitish 
ikki yoqlama bajariladi. 4.29-rasmda ikkita ketma-ket axborot kirishiga 
(axborotni chapga DSL va oʻngga DSR siljitish uchun), yozish parallel 
kirishlariga (D0...D2), S sinxro kirishiga, barcha triggerlarni nollash -R 
kirishiga, M1, M0 ikkita rejim tanlash kirishiga ega boʻlgan uch darajali reversiv 
registr chizmasi berilgan. 
4.29-rasm. Reversiv siljish registri 
Chetdagi darajalardan tashqari barcha D-kirishlariga multipleksorning 1 va 2 
kirishlari orqali chap va oʻng qoʻshni triggerlarning chiqishlari ulangan. Agar 


125 
M1q0, M0q1 boʻlsa, u holda D kirishlariga multipleksorning birinchi kirishlari 
ulangan va axborot nolinchi triggerdan tashqari barcha triggerlarga chap qo'shni 
triggerdan yoziladi, ya’ni oʻngga siljish yuz beradi. DSR kirishi ushbu rejimda 
axborotni ketma-ket kiritish uchun xizmat qiladi. Agar M1q1, M0q0 boʻlsa, u 
holda D kirishlariga multipleksorning ikkinchi kirishlari ulangan va axborot 
oxirgi triggerdan tashqari barcha triggerlarga oʻng qo'shni triggerdan yoziladi, 
ya’ni chapga siljish yuz beradi. Ma’lumotlarni parallel kirishi uchun bu rejimda 
DSL kirishi ishlatiladi. M1q MDq1 holatda parallel yozish QiqDi takt 
signalining musbat fronti yordamida bajariladi. Axborotni saqlash uchun 
M1=MD=0 kombinatsiyasini berish kerak. Bu holda triggerlarning D-kirishiga 
chizmada koʻrsatilmagan multipleksorning nolinchi kirishiga ulanadi. 
Navbatdan tashqari yozish yuz bermasligi uchun YoKI-VA chizmasi ushbu 
rejimda sinxroimpulslarning oʻtishiga tusqinlik qiladi. Xuddi shunday chizma 
asosida 1533IR13 8-darajali registr olingan. Reversiv registr ikkilik sonlarni tez 
(atigi n taktichida) koʻpaytirish va boʻlish uchun ishlatiladi; masalan, 5 soni 
oʻrniga chapga 2-daraja siljiganidan soʻng 20 soni paydo boʻldi. 
4.30-rasm. Siljish registrni koʻpaytirish va boʻlish uchun ishlatish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling