M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/62
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1832866
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   62
Bog'liq
Алиев М.М.

 
Nazorat savollari 
1. Hisoblagichlar va ularning klassifakatsiyasi? 
2. Ketma-ket 
perenosli 
asinxron 
jamlovchi 
hisoblagichning 
vaqt 
diagrammasini tushuntirib bering? 
3. Ayiruvchi hisoblagich sxemasini chizib bering? 
4. Reversiv schetchik nima? 


134 
5. RAQAM-ANALOGLI VA ANALOG-RAQAMLI 
OʻZGARTIRGICHLAR 
5.1. Raqam-analogli oʻzgartirgichlar (RAO’). 
Asosiy tushunchalar 
Avtomatik boshqaruv tizimlari ilmiy izlanishlar, murakkab eksperementlar, 
qurilmalarni yaratishni talab qiladi. Hisobga olinishi va regstratsiya qilinuvchi 
analogli tizimlar soni cheksiz boʻlishi mumkin. Bunday hajmdagi axborotlarga 
ishlov berish faqat kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. 
Hisoblash mashinalari esa raqamli signallar bilan ishlaydi. Analogli signallarni 
raqamliga almashtirish analogli almashtirgichlar ARO’ deb ataluvchi raqamli 
elektron qurilmalar vositasida amalga oshiriladi. 
Analogli qurilmalarni va eksperemental qurilmalarni boshqarish esa analogli 
signallar vositasida amalga oshiriladi, biroq avtomatik boshqaruv tizimlari va 
elektron hisoblash mashinalari, raqamli signallarni ishlab chiqaradi. Bular ishlab 
chiqargan signallarni ijrochi qurilmalarga uzatish uchun RAO’ lardan 
foydalaniladi. 
Qurulmani loyihalovchi muhandis analogli signallarni oʻlchashdagi 
xatoliklarni yaxshi tushunishi va elementlariga ta’sirini aniq belgilashi lozim. Bu 
esa oʻlchash va boshqarish sifatini belgilaydi va ishda muvaffaqiyatga olib 
keladi. 
Shunga bog‘liq holda RAO’ va ARO’ larni oʻrganish, uning sifatini aniqlash 
hamda xususiyatlarini anglash fizikaviy tajribalarni oʻtkazishda va boshqaruv 
tizimlarini loyihalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
5.1.1. Raqam-analogli oʻzgartirgichlar
2

Raqam-analogli oʻzgartirishgichlar (RAOʻ) raqamli signallarni analog 
signallarga oʻzgartirish uchun moʻljallangan va analog va raqamli elektronika 
oʻrtasida “bog‘lanish” dir. Bunday almashinuv, masalan, oldindan uzoq 
2
Digital Electronics: Principles, Devices and Applications Anil K. Maini 
© 2007 John Wiley & Sons, Ltd. ISBN-13: 978-0-470-03214-5,
ISBN-10: 0470032146, p.273-295. 


135 
masofaga uzatish yoki saqlash uchun raqamga aylantirilgan analog signalni 
qayta tiklashda kerak (bunday signal, xususan, tovushli boʻlishi mumkin). 
Bunday transformatsiyani qoʻllashning yana bir misoli, ish tartibi toʻg‘ridan-
toʻg‘ri analog signal (bu, ayniqsa, motorlarni boshqarishda sodir boʻladigan) 
tomonidan aniqlangan qurilmalarning raqamli nazoratida nazorat qilish signalini 
olish hisoblanadi. Raqam-analogli oʻzgartirishgichlar sxemasi juda xilma-xildir. 
5.1-rasmda, RAOʻ tizimini tasniflash sxemasi taqdim etilgan. 
Bundan tashqari, raqamli-analog oʻzgartirishgichlari quyidagi xususiyatlarga 
koʻra tasniflanadi: 
• Chiqish signalining turi boʻyicha: tok chiqishi va kuchlanish chiqishi bilan 
• Raqamli interfeysning turiga qarab: ketma-ket kirish va kirish kodining 
parallel kirishi bilan 
• Chipdagi RAOʻ soni boʻyicha: bitta kanalli va koʻp kanalli 
• Tezligi: oʻrtacha va yuqori ishlash. 
5.1-rasm. RAOʻ tasnifi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling