Navoiy rindona g‘azallarini yodlash va ularni g‘oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilish.
May ta`rifida kelgan g`azallar rindona g`azallar deyiladi.
G'azallaridagi irfoniy-ma’rifiy, ishqiy va rindona mavzular badiiy talqinining ildizlariga ishora qiladi. Navoiy g'azallarini mavzusiga ko'ra shartli ravishda quyidagicha tasnif qilish mumkin:
Rindona g‘azallar:
Soqiyo, tut bodakim, bir lahza o'zumdin boray,
Shart bukim, har necha tutsang labolab sipqoray.
(“G'aroyib us-sig‘ar” , 588-g‘azal)
Rindona g‘azallarda may va u bilan bog'liq holda soqiy, qadah, mayxona, mug'bacha timsollaridan mohiyat va hodisani badiiy talqin etishda foydalanilgan. Buning natijasida bayt yoki g'azalda qo‘llanilgan obraz va timsollar bir necha ma’nolar qatlamini o‘zida aks ettiradi.
Navoiy tabiat tasviriga bag`ishlangan g‘azallarini yodlash va ularni g‘oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilish
Tabiat tasviri aks etgan g‘azallar:
Bulut hayvon zuloli birla tirguzdi havo jonin,
Sevunmak ashkidin shodob qildi sabza mujgonin.
(“G‘aroyib us-sig‘ar”, 440-g‘azal)
Navoiyning peyzaj mavzusidagi g‘azallarida tabiat tasviri keng planda qo‘yilib, muayyan ijtimoiy-falsafiy mohiyat kasb etadi. Y.Is’hoqovning qayd etishicha, shoir doimo tabiat bilan inson o‘rtasida umumiylik ko‘radi va ko‘pincha ularni bir-biriga tamsil tarzida tasvirlaydi. Ijtimoiy va axloqiy-ta’limiy mavzudagi g‘azallarda g‘azalning lirik qahramoni faylasuf va murabbiy sifatida olam va odamning mohiyati haqida o‘z qarashlarini bayon etadi. Ularda tabiat tasviri faqat estetik funksiyani bajaribgina qolmay, muhim ijtimoiy-axloqiy vazifani ham ado etadi. Har bir g ‘azal o‘zining muayyan xarakterli belgilari bilan inson uchun ibrat sifatida xizmat qiladi.
“Hayrat ul-abror”dan 10 baytning ritmik xususiyatlarini o‘rganish
“Xamsa” dostonlarining birinchisi “Hayrat ul-abror”dagi avvalgʻi maqolotga bagʻishlangan hikoyat ana shunday boshlanadi. Bunda qaygʻu shayx Boyazid hol taqozosi boʻlib, murid tushinib yetmaydi va qaygʻuning oʻzini emas, “gʻami kayfiyatin” soʻraydi. Kayfiyat asl emas, araziy tushincha, maqulot ul-ashara (oʻnta kategoriya)dan biri hisoblanadi.
Maʼno-maqsadni fasih lafz bilan ifodalay olishga qodir malaka fasohat deyiladi. Hol taqozosiga munosib tarzda gapirish esa balogʻat sanaladi. Bunda muqtazoi holga mutobiq ravishda soʻzlarni oʻz oʻrnida ishlata bilishdan tashqari basharni ojiz qoldiruvchi yuksak maqom ham eʼtiborli. “Balogʻat ilmi”ni juda yaxshi bilgan Navoiy bu oʻrinda murid faqat kayfiyatni, aslni emas, arazni soʻrashi mumkinligini eʼtibordan qochirmaydi. Shayxning muqtazoi holi juda yuksak, qaygʻusi ham shunga yarasha. Kelib ketuvchi kayfiyatlardan farqli oʻlaroq Boyazid qaygʻusi mohiyatdan darak beradi. Mohiyat esa malaka bilan hosil boʻlmaydi. Toʻgʻri, qaysidir darajada malaka ham ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |