Ayniqsa, shoir ijodi, xususan, lirikasida qo’llanilgan ramz va timsollar, rang va raqam ramzlari, an’anaviy obrazlar, turli tushunchalarni anglatuvchi so’zlar kabi masalalar adabiyotshunoslar hamda tilshunos olimlarimiz tomonidan puxta o’rganilmoqda, tadqiq va talhlil qilinmoqda.
Ayniqsa, shoir ijodi, xususan, lirikasida qo’llanilgan ramz va timsollar, rang va raqam ramzlari, an’anaviy obrazlar, turli tushunchalarni anglatuvchi so’zlar kabi masalalar adabiyotshunoslar hamda tilshunos olimlarimiz tomonidan puxta o’rganilmoqda, tadqiq va talhlil qilinmoqda.
Mavjud tadqiqotlarga tayangan holda “Alisher Navoiyning avtobiografik g’azallari” mavzusida bitiruv malakaviy ishi tayyorlashga harakat qildik. Shuningdek, mavzuni yoritishda Navoiyning ruboiy, qit’a singari kichik janrdagi asarlari, “Xamsa” asarlarini bo’yicha yaratilgan tadqiqotlardan ham foydalandik.
O’zbek adabiyoti tarixining har bir davriga oid shoirlar ijodiy merosini an’anaviylik, o’ziga xoslik va individuallik nuqtai nazaridan tadqiq etish lozim. Hozirgi davrda milliy va tarixiy-ma’naviy merosimizga e’tiborning ortganligi, o’zlikni anglash davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi bois muhim tadqiqotlarga ehtiyoj kuchlidir. Zero, o’zlikni anglash o’tmish qadriyatlarimiz va tarixni bilishdan boshlanadi.
Navoiy na`t g‘azallarini yodlash va ularni g‘oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilish.
Payg’ambar madhi odatda, na’t deb ataladi. Na’t g’azallarning asosida “Qur’oni Karim”, “Hadisi sharif” va diniy islomiy manbalar turadi.
Na’t – mumtoz adabiyotimizdagi “hamda”, “munojot”, “durud” kabi an’anaviy she’riy shakllardan biri. Odatda, asarlarda “hamda”, “munojot”dan so’ng Muhammad payg’ambar sha’niga aytilgan an’anaviy she’r – na’t beriladi. Na’t – g’azallarning g’oyaviy mavzusi diniy tasavvurlardir. Ma’lumki, din avvalo shariat, tasavvuf esa tariqat g’oyalarini targ’ib etadi.
Bunday g’azallarda payg’ambarning o’zida barcha yaxshi xususiyatlarni zohir etgani, shu asosda “xudoning do’sti” (“habibulloh”) darajasiga ko’tarilgani, uning onadan bamisoli bir oftob bo’lib tug’ilgani haqidagi lavhalarni hikoya qiladi. Ko’pgina g’azallarida Muhammad payg’amrni madh etganiga, u kishining yaxshi, ibratli amallari haqida yozilganiga guvoh bo’lamiz.
Muhammad Mustafo sha’niga nozil surai “Toho”,
Arab xayli bani Hoshim erurkim, manzili Batho.
Do'stlaringiz bilan baham: |