Shuningdek, M.Yunusov, E.Rustamov, O.Nosirov, I.Haqqulov, R. Orzibekovlarning o’zbek klassik poeziyasining ba’zi janrlariga bag’ishlangan maqola va risolalarida ham Navoiy lirikasiga katta o’rin berilgan.

Navoiy tavalludining 550 yilligini nishonlash mamlakatimiz mustaqilligining birinchi yiliga to’g’ri keldi. Bu tarixiy sana har jihatdan yuksak darajada nishonlandi. Shu vaqtdan e’tiboran Navoiyni o’rganishning yangi davri boshlandi, deyish mumkin. Shu yillar davomida Navoiy va bizning oramizda har qachongidan ham ko’proq yaqinlik paydo bo’ldi. Bu yil shoir tug’ilganining 572 yilligi nishonlandi. Ammo Navoiyni o’rganish bizning doimiy ishimizdir.
Alisher Navoiy mumtoz adabiyotimizning markaziy siymosi. Turkiy adabiyotning eng ilg’or va bezavol yutuqlari shoir she’riyatida mujassamlashgan.
Navoiy orifona g‘azallarini yodlash va ularni g‘oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilish.
Tajohuli orifona (arab. bi lib turib bilmaslikka olish) — mumtoz sheʼriyatda oʻxshatish usullaridan biri; shoir oʻxshatish manbaini kuchaytirib, boʻrttirib koʻrsatish maqsadida oʻsha manbaga (odatda yorga, mahbubaga) nisbatan bir yoki bir necha oʻxshatish qoʻllaydi, lekin goʻyo oʻzini nodon kishilarcha tutib, oʻzini bilmaslikka solib, ushbu oʻxshatishlarining toʻgʻrinotoʻgʻriligi haqida boshqalardan soʻraydi. Aslida esa shoirning oʻzini bilib bilmaslikka solishi shartli boʻlib, uning oʻxshatishlarida kamchilik, xatolik yoʻq; uning asl maqsadi yor qiyofasini mubolagʻali tavsifu oʻxshatishlar asosida kishi koʻz oʻngida aniq gavdalantirishdan iboratdir.
Navoiy yaratgan juda ko`p hikmatli so`z va iboralar xalq maqollariga aylanib ketsa, uning obrazli badiiy iboralari esa xalqning ibratli hikmatlariga aylandi va o`zbek tili frazeologiyasini boyitdi. Bunday birikma va iboralar orqali u ijtimoiy hayotdagi voqea – xodisalarining xalq donoligiga xos tipik xususiyatlarni umumlashtirib, qisqa- lo`nda va mazmunli ifodalash namunalarni ko`rsatdi. hu tariqa Navoiy uzining badiiy asarlari orqali o`zbek adabiy tilining bitmas-tuganmas boyligini ko`rsatdi, uning istiqbollarini kelgusi taraqqiyot yo`llarini belgilab berdi. Navoiy bu to`g`rida faxrlanib, «Muhokamat-ul lug`atayn»da: «..umidim uldir va xayolimga andoq kelurkim, suzuv martabasi avjdin kuyi inmagay va bu tartibim kavkabasi a`lo darajada o`zga erni beganmagay»degan edi. Bu sohada o`z faoliyati haqida bir qancha faxriyalar yozdi.

Do'stlaringiz bilan baham: |