“makroiqtisodiyot” fanidan joriy nazorat uchun -mustaqil ta’lim keyslar
Keys 8. Keynsning “Moliyalashtirishning etishmasligi g’oyasi”
Download 441.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Makroiqtisodiyot fanidan 2-MT
Keys 8. Keynsning “Moliyalashtirishning etishmasligi g’oyasi”. 1932
yilgi saylovlarda Ruzvelt balanslashgan byudjet xaqida fikrlarini bildirdi,ammo keyinroq Ruzvelt 1933-1935 y.yillarda balanslashgan byudjetga ega bo‘lish axoliga qarshi jinoyat qilish bilan barobar edi. Ruzvelt shuni tan olardiki, Liberal iqtisodchilarning 2 qanoti mavjud edi-biri balanslashgan,ikkinchisi noliberal lager bo‘lib,ular kambag’al axolining axvolini yaxshilishga yo‘naltirilgan xarajatlarning qonuniyligini tan olishgan. AQSh byudjeti xarajatlari 1932 yildan 1940 yilgacha 2 martadan ortiqqa,ya’ni 22 dan 36 mlrd dollargacha oshirildi. Konservatorlar Ruzveltni sotsialistik to‘fonda ayblashdi,shundan beri D.J.Keyns qarashlarining ta’siri xaqidagi baxslar davom etmoqda.Ko‘pgina mutaxassislarning fikricha Ruzveltning iqtisodiyotga aralashuvi chora-tadbirlari real xayot ta’sirida bo‘lgan. Byudjetni moliyalashtirish g’oyalariga kelsak,u Keyns ta’siridagi yangi asosiy ish edi.1934 yilda D.Keyns Kolumbiya universitetining faxriy unvonini olgandan so‘ng, Ruzvelt xuzkriga boradi va shundan keyin “Nyu York tayms”da Keynsning maqolasi bosilib chiqqan bo‘lib,bu maqolada u defitsitdan qo‘rqmaslik xaqida yozadi. Keyin 1937 yilda Ruzvelt balanslashgan byudjet siyosatiga qaytishiga va’da beradi. Shu yilning fevral oyida Keyns Ruzveltga AQSh raxbariyatini tebranishlarning sababachisi deb tanqid ostiga oladi.1938 yilda sanoat ishchilarining indeksi 19%ga tushib ketadi. 1938 yil aprel oyida Ruzvelt davlat xarajatlarini oshirishga,ishchilarga yordamni ko‘paytirishga,kredit uchun sharoitlar yaratishga chaqiradi. Keyinchalik Ruzvelt 1936-1937 yillarda yangi inqirozning sababini byudjet xarajatlarining kamayib ketishi deb tan oladi. Savollar 1. Defitsitni moliyalashtirish siyosatini o‘tkazishni D.Keyns qaysi ma’noda tavsiya qilgan? 2. Qanday holatda defitsitni moliyalashtirish siyosatini o‘tkazish tavsiya qilinmaydi? Download 441.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling