Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


Download 156.09 Kb.
bet10/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Davra stoli tuzilmasi
Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir taʼlim oluvchiga konvert qogʼozi beriladi. Har bir taʼlim oluvchi konvert ustiga maʼlum bir mavzu boʼyicha oʼz savolini beradi va ―Javob varaqasi‖ning biriga oʼz javobini ѐzib, konvert ichiga solib qoʼyadi. Shundan soʼng konvertni soat yoʼnalishi boʼyicha ѐnidagi taʼlim oluvchiga uzatadi. Konvertni olgan taʼlim oluvchi oʼz javobini ―Javoblar varaqasi‖ning biriga ѐzib, konvert ichiga solib qoʼyadi va ѐnidagi taʼlim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana boʼylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yigʼib olinib, tahlil qilinadi.
Davra suhbati” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Mashgʼulot mavzusi eʼlon qilinadi.
2. Taʼlim beruvchi taʼlim oluvchilarni mashgʼulotni oʼtkazish tartibi bilan tanishtiradi.
3. Har bir taʼlim oluvchiga bittadan konvert va javoblar ѐzish uchun guruhda necha taʼlim oluvchi boʼlsa, shunchadan ―Javoblar varaqalari‖ni tarqatilib, har bir javobni ѐzish uchun ajratilgan vaqt belgilab qoʼyiladi. Taʼlim oluvchi konvertga va ―Javoblar varaqalari‖ga oʼz ismi-sharifini ѐzadi.
4. Taʼlim oluvchi konvert ustiga mavzu boʼyicha oʼz savolini ѐzadi va
Javoblar varaqasi‖ga oʼz javobini ѐzib, konvert ichiga solib qoʼyadi.
5. Konvertga savol ѐzgan taʼlim oluvchi konvertni soat yoʼnalishi boʼyicha ѐnidagi taʼlim oluvchiga uzatadi.
6. Konvertni olgan taʼlim oluvchi konvert ustidagi savolga
Javoblar varaqalari‖dan biriga javob ѐzadi va konvert ichiga solib qoʼyadi hamda ѐnidagi taʼlim oluvchiga uzatadi.
7. Konvert davra stoli boʼylab aylanib, yana savol ѐzgan taʼlim oluvchining oʼziga qaytib keladi. Savol ѐzgan taʼlim oluvchi konvertdagi
Javoblar varaqalari‖ni baholaydi.
8. Barcha konvertlar yigʼib olinadi va tahlil qilinadi.
Ushbu metod orqali taʼlim oluvchilar berilgan mavzu boʼyicha oʼzlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu metod orqali taʼlim oluvchilarni muayyan mavzu boʼyicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda taʼlim oluvchilar oʼzlari bergan savollariga guruhdagi boshqa taʼlim oluvchilar bergan javoblarini baholashlari va taʼlim beruvchi ham taʼlim oluvchilarni obʼektiv baholashi mumkin.
BАHS-MUNOZАRА” METODI - biror mavzu boʼyicha taʼlim oluvchilar bilan oʼzaro bahs, fikr almashinuv tarzida oʼtkaziladigan oʼqitish metodidir.
Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qoʼllaniladi. Bahs-munozarani boshqarib borish vazifasini taʼlim oluvchilarning biriga topshirishi ѐki taʼlim beruvchining oʼzi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir taʼlim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilaѐtganda taʼlim oluvchilar orasida paydo boʼladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak.
Bahs-munozara‖ metodini oʼtkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
barcha taʼlim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;
―oʼng qoʼl‖ qoidasi (qoʼlini koʼtarib, ruhsat olgandan soʼng soʼzlash)ga rioya qilish;
fikr-gʼoyalarni tinglash madaniyati;
bildirilgan fikr-gʼoyalarning takrorlanmasligi;
bir-birlariga oʼzaro hurmat.

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling