Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


Quyida ―Bahs-munozara‖ metodini oʼtkazish tuzilmasi berilgan


Download 156.09 Kb.
bet11/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Quyida ―Bahs-munozara‖ metodini oʼtkazish tuzilmasi berilgan.
Bahs-munozara” metodining tuzilmasi
Metodning bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Taʼlim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab chiqadi.
2. Taʼlim beruvchi taʼlim oluvchilarga muammo boʼyicha savol beradi va ularni munozaraga taklif etadi.
3. Taʼlim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, yaʼni turli gʼoya va fikrlarni ѐzib boradi ѐki bu vazifani bajarish uchun taʼlim oluvchilardan birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda taʼlim beruvchi taʼlim oluvchilarga oʼz fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.
4. Taʼlim beruvchi taʼlim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va gʼoyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.
5. Tahlil natijasida qoʼyilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi.
FSMU”–(fikr, sabab, misol, umumlashtirish) metodi munozarali masalalarni hal etish hamda oʼquv jaraѐnining bahs-munozarali oʼtkazishda qoʼllaniladi, chunki bu metod oʼquvchilarni oʼz fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash, oʼz fikrini boshqalarga oʼtkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatiga oʼrgatadi. Bu metod yangi mavzuni chuqur oʼrganishdan avval oʼquvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, oʼtilgan mavzuni mustahkamlash, oʼzlashtirish, umumlashtirish, oʼquvchilarni shu mavzu boʼyicha tasavvurlarini ѐzma shaklda, dalil va isbotlar bilan ifodalashga undaydi.
Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiѐslash orqali axborotni oʼzlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash koʼnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan maʼruza mashgʼulotlarida, mustahkamlashda, oʼtilgan mavzuni soʼrashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashgʼulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling