Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


- amalda bajarish orqali oʼrganilishi


Download 156.09 Kb.
bet9/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

- amalda bajarish orqali oʼrganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
KIChIK GURUHLАRDА IShLАSh” METODI - taʼlim
oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda oʼquv materialini oʼrganish ѐki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.
Ushbu metod qoʼllanilganda taʼlim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida boʼlishga, bir- biridan oʼrganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega boʼladi.
Kichik guruhlarda ishlash‖ metodi qoʼllanilganda taʼlim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega boʼladi. Chunki taʼlim beruvchi bir vaqtning oʼzida barcha taʼlim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida ―Kichik guruhlarda ishlash‖ metodining tuzilmasi keltirilgan.
Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi
Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Faoliyat yoʼnalishi aniqlanadi. Mavzu boʼyicha bir-biriga bogʼliq boʼlgan masalalar belgilanadi.
2. Kichik guruhlar belgilanadi. Taʼlim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan boʼlinishlari mumkin.
3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
4. Taʼlim beruvchi tomonidan aniq koʼrsatmalar beriladi va yoʼnaltirib turiladi.
5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
7. Kichik guruhlar baholanadi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:
oʼqitish mazmunining yaxshi oʼzlashtirishga olib keladi;
muloqotga kirishish koʼnikmasining takomillashishiga olib keladi;
vaqtni tejash imkoniyati mavjud;
barcha taʼlim oluvchilar jalb etiladi;
oʼz-oʼzini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud boʼladi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:
baʼzi kichik guruhlarda kuchsiz taʼlim oluvchilar boʼlganligi sababli kuchli taʼlim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;
barcha taʼlim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past boʼladi;
guruhlararo oʼzaro salbiy raqobatlar paydo boʼlib qolishi mumkin;
guruh ichida oʼzaro nizo paydo boʼlishi mumkin.
DАVRА SUHBАTI” METODI – aylana stol atrofida berilgan muammo ѐki savollar yuzasidan taʼlim oluvchilar tomonidan oʼz fikr- mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan oʼqitish metodidir.
Davra suhbati‖ metodi qoʼllanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir taʼlim oluvchining bir-biri bilan ―koʼz


aloqasi‖ni oʼrnatib turishiga ѐrdam beradi. Davra suhbatining ogʼzaki va ѐzma shakllari mavjuddir. Ogʼzaki davra suhbatida taʼlim beruvchi mavzuni boshlab beradi va taʼlim oluvchilardan ushbu savol boʼyicha oʼz fikr- mulohazalarini bildirishlarini soʼraydi va aylana boʼylab har bir taʼlim oluvchi oʼz fikr-mulohazalarini ogʼzaki baѐn etadilar. Soʼzlaѐtgan taʼlim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim boʼlsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib boʼlingandan soʼng muhokama qilinadi. Bu esa taʼlim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga ѐrdam beradi. Quyida ―Davra suhbati‖ metodining tuzilmasi keltirilgan.

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling