Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
- qatnashchilarga mavzuga oid boʼlgan yakuniy xulosa ѐki gʼoya taklif etiladi;
- har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari ѐzilgan qogʼozlarni tarqatiladi:
- ishtirokchilarning munosabatlari individual ѐki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.
FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli oʼzlashtirilishiga asos boʼladi.
Namuna.
Fikr: ―Tarix fanidan davlat taʼlim standartlari talablarini xalqaro andozalar asosida takomillashtirish va sertifikatlashtirish taʼlim samaradorligining eng muhim omillaridan biridir‖.
1- Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU texnologiyasi orqali tahlil qiling.
2- Topshiriq: Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qoʼqon xonligi davlat boshqaruvining asosiy farqlari?
Metodning maqsadi: Bu metod murakkab, koʼptarmoqli, mumkin
qadar, muammoli xarakteridagi mavzularni oʼrganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari boʼyicha bir xil axborot beriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari boʼyicha oʼrganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy
fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda oʼquvchilarning mustaqil gʼoyalari, fikrlarini ѐzma va ogʼzaki shaklda tizimli baѐn etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. ―Xulosalash‖ metodidan maʼruza mashgʼulotlarida individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy va seminar mashgʼulotlarida kichik guruhlardagi ish shaklida mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlili qilish va taqqoslash maqsadida foydalanish mumkin.
Namuna:
Tarix fanidan Davlat taʼlim standarti
Sobiq standart Yangi standart
afzalligi kamchiligi afzalligi kamchiligi
Xulosa:
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yoʼllarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga,
Do'stlaringiz bilan baham: |