Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


KOʼRGАZMАLILIK METODINING АSOSIY KOMPONENTLАRI


Download 156.09 Kb.
bet29/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

KOʼRGАZMАLILIK METODINING АSOSIY KOMPONENTLАRI


3) taʼlimning amaliy metodi (kontur xarita toʼldirish, mashq bajarish, oʼquv topshiriqlarini ѐzma tayѐrlash). Аmaliy metod. Taʼlimning amaliy metodida oʼqituvchi va oʼquvchining oʼzaro taʼsiri bolalar oldiga qoʼyiladigan topshiriqlar hamda ularni qabul qilish shaklida amal qiladi:
Аmaliy metodning quyidagi turlari mavjud:
1. Laboratoriya tajribasida turli oʼquv topshiriqlarni amalda bajarish. Oʼquvchilar turli mehnat qurollaridan qaychi, chizgich, sirkulь va boshqalardan foydalanib, chizish, qirqish, yelimlash, oʼlchash kabi ishlarni bajaradilar.
2. Mashq – oʼrganilgan bilimlarni turli oʼquv sharoitlariga tatbiq etish yoʼlidir. Mashq vositasida turli malakalar – intellektual va aqliy malakalar tarkib toptiriladi.
Bilish (anglash) faoliyatining bosqichlariga koʼra metodlar quyidagi turlarga ajrtiladi: (Ularni rivojlantiruvchi taʼlimning asosiy yoʼnalishlariga ham kiritadilar)
- tushuntirish, namoyish etish, illyustrativ tushuntirish;
- reproduktiv (tayѐr bilim berish);
- muammoli taʼlim;
- qisman izlanish (evristik);
- ilmiy-tadqiqotchilik metodlari.
Tushuntirish, namoyish etish metodi - uning asosiy vazifasi oʼquvchilarning axborotni oʼzlashtirishini tashkil etishdir. Bu faoliyat shundan iboratki, oʼqituvchi tayѐr axborotni turli vositalar bilan beradi, oʼquvchilar esa ana shu faoliyatni idrok etadilar va eslab qoladilar. Oʼqituvchi axborot berishni ogʼzaki, darslik va qoʼshimcha qoʼllanmalardagi iboralar, koʼrsatmali qurollar va h.k. ѐrdamida amalga oshiradi. Oʼquvchilar berilgan bilimlarni oʼzlashtirish uchun yangi axborotni tinglaydilar, koʼradilar, oʼqiydilar, kuzatadilar va xotirada saqlaydilar.
Reproduktiv metod - namunaga qarab oʼquv materialini oʼzlashtirish metodidir. Har qanday materialni baѐn qilishda ѐki bu materialni tezroq tushunish uchun (darsliklarda beriladi) tayѐr yechib koʼrsatilgan metodik nuqtai nazardan qulay mashqlar berilishi hozir odatga aylangan. Bunday mashqlar oʼrganilgandan soʼng boshqa namunaga oʼxshamagan lekin namunaga qarab yechilishi mumkin boʼlgan mashqlar tushuniladi. Mashqlar (savollar) namunadagi yaʼni reproduktiv usuldagi oʼzlashtirishga moʼljallangan oʼquv materiali boʼlsa, bularni namuna bilan bir xil turdagi oʼquv materiali deyiladi. Bu metod bilan har qanday materialni oʼrganish qulay va materialni oʼzlashtirishdagi dastlabki qadamlar boʼladi. Lekin bu usulda olingan bilim oʼquvchining esida turmaydi, yaʼni olingan bilim mustahkam boʼlmaydi. Reproduktiv metodda bilimlarni oʼzlashtirish darajalari bir xil boʼladi. Reproduktiv metod - oʼquvchilar koʼnikma va malakalarni egallashi, shu bilan birgalikda bilimlarning oʼzlashtirishning ikkinchi darajasiga erishishi uchun oʼqituvchi topiriqlar tizimi orqali ularning oʼzlariga berilgan bilimlarni bir necha marta eslatadi. Oʼqituvchi topshiriqlar beradi, oʼquvchilar esa topshiriqlarni namuna asosida yechadilar.
Muammoli taʼlim metodlari - oʼquvchilar fanning turli sohalaridan kengroq maʼlumot oʼrganishi, oʼzlashtirishi bilan birga haѐtga ijodiy munosabat malakalarini tarkib toptirish kerak. Аna shu maqsadda oʼqitishni oʼquvchilarning u ѐki bu shakldagi taʼlimiy faoliyati tadqiqodni eslatadigan, oʼquvchilar uchun "kashfiѐtlar" bilan tugaydigan, yaʼni mustaqil holda xulosa chiqaradigan va qandaydir amaliy vazifani hal qiladigan metodlarga asoslanish zarur. Muammoli taʼlim masalalari boʼyicha juda koʼp pedagog olimlar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Masalan, Yu.K. Babanskiy, Lerner, Matyushkin, Maxmutov va boshqa olimlar.
Izlanishli metod (evristika) - oʼquvchilarni asta sѐkin muammolarni hal etishga yaqinlashtirish uchun avvalo tadqiqotning ayrim bosqichlarini bajarishga oʼrgatish, ularda asta-sekin koʼnikma xosil qilish zarur. Ushbu metodning muxim tomoni shuki, unda oʼqituvchi muammoli masalani kichik muammolarga ajratadi, oʼquvchilar esa ana shu muammoni birgalashib bajaradi.
Ilmiy tadqiqotchilik metodida maʼruzalar, maʼlumot ѐki hisobotlar, referatlar, mustaqil ishlar, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarni tayѐrlashda qoʼl keladi. Bu metod, birinchidan, bilimlarni ijodiy qoʼllanishini taʼminlashga, ikkinchidan, ilmiy bilish metodlarini izlash jaraѐnida mazkur metodlarni izlash jaraѐnida mazkur metodlarni va ularning qoʼllanishini oʼzlashtirishga qaratiladi. Uchinchidan, ijodkorlik faoliyati xislatlarni shakllantiradi, toʼrtinchidan, ana shunday faoliyatga qiziqish hamda ehtiѐjni tarkib toptirishning sharti hisoblanadi.

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling