Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


Korotkova M. V., Studenikin M.T. Metodika obucheniya istorii v sxemax tablitsax opisaniyax. Prakticheskoe posobie dlya uchiteley. – M., 1997


Download 156.09 Kb.
bet31/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

6. Korotkova M. V., Studenikin M.T. Metodika obucheniya istorii v sxemax tablitsax opisaniyax. Prakticheskoe posobie dlya uchiteley. – M., 1997.
7. Sagdiev А., Fuzailova G., Hasanova M. Tarix oʼqitish metodikasi. – Toshkent: TDPU, 2008.
8. Toshpoʼlatov T., Gʼafforov Ya. Tarix oʼqitish metodikasi. (bakalavriat yoʼnalishidagi talabalar uchun oʼquv qoʼllanma). – Toshkent: OʼzMU
- Universitet, 2002. – 190 b.


2-Mavzu: Tarix darslarida taʼlim vositalaridan foydalanish Reja
1. Tarix taʼlimi vositalari klassifikatsiyasi
2. Zamonaviy taʼlim vositalari. Chizmali organayzerlar
3. Аxborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ularni taʼlim jaraѐnida qoʼllash imkoniyatlari. Elektron darslik.
Tayanch tushunchalar: oʼqitish metodlari, usul, ogʼzaki baѐn metodi, koʼrsatmali metod, amaliy metod, maʼruza, suhbat, hikoya, zamonaviy taʼlim vositalari. Chizmali organayzerlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron darslik.
2.1. Tarix taʼlimi vositalari klassifikatsiyasi
Darsda samaradorlikni oshirish uchun avvalom bor, oʼqituvchining mahorati va ijodkorlgi boʼlib, bunda oʼqituvchi tomonidan darsning maqsadiga qarab turli vositalardan foydalanishi maqsadga muvofiq.
Taʼlim vositalari - oʼquv materialini koʼrgazmali taqdim etish va shu bilan birga oʼqitish samaradorligini oshiruvchi ѐrdamchi materiallar hisoblanadi.
Maʼruzani faollashtirish, qiziqarli va samarali oʼtkazish uchun tarix taʼlim berish vositalaridan keng foydalanish oʼzlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Chunki taʼlim vositalari - oʼquv materialini koʼrgazmali taqdim etish va shu bilan birga oʼqitish samaradorligini oshiruvchi ѐrdamchi materiallardir.
Taʼlim vositalarining quyidagi turlari mavjud:
1. Taʼlimning texnik vositalari - oʼquv materialini koʼrgazmali namoyish etishga, uni tizimli etkazib berishga ѐrdam beradi; oʼquvchilarga oʼquv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi, oʼquv materialini koʼrgazmali namoyish etishga, uni tizimli etkazib berishga ѐrdam beradi; talabalarga oʼquv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi. Bularga misol qilib, diaproektr, grafoproektr, doska bloknot, doska stend, flipchart, videofilьmlar, ѐzuv taxtasi va hokazolarni olishimiz mumkin.
2. Yordamchi taʼlim vositalari – grafiklar, chizmalar, namunalar boʼlib, bularga quyidagilarni misol qilib olishimiz mumkin: modelь, mulyajlar, grafik, jadval, diagrammalar, namunalar, chizmalar, sxema va boshqalar.
3. Oʼquv - uslubiy materiallar - oʼquv materiallari yaʼni, darslik, xrestomatiya va boshqa oʼquv qoʼllanmalar ѐrdamida oʼzlashtirilgan oʼquv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar, yoʼriqnoma, oʼquv topshiriqlari ѐzilgan tarqatmalar. Bular talabalarning mustaqil ishlarini faollashtirishga ѐrdam beradilar. Misol uchun: Ish varaqasi, eslatma, nazorat varagʼi va matnlar. Bular oʼquvchilarning mustaqil ishlarini faollashtirishga ѐrdam beradi. Dono xalqimizda «ming marta eshitgandan koʼra bir marta koʼrgan yaxshi» degan naql bor. Oʼqituvchining faqatgina ogʼzaki baѐn metodi ѐrdamida dars tashkil etilsa oʼquv materialini oʼzlashtirish koʼrsatkichi 10% boʼlishi ehtimoldan yiroq emas. Bunday sharoitda dars oʼtish samarasi past boʼladi. Mashgʼulotlarda oʼquv materialini ham koʼrgazmali shaklda taqdim etish, shu bilan birga oʼquvchilarni amaliy ish jaraѐnini ham tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling