-guruhning har bir ishtirokchisi bilan gaplashadi;
Guruh ishini tahlil qiladi, topshiriq bajarilishining yakunini qiladi, erishilgan maqsad toʼgʼrisida xulosalar chiqaradi.
Hamkorlikda oʼqitish texnologiyasi jaraѐnida oʼquvchi quyidagilarga ega boʼladi:
1. Аxborotni tanqidiy ѐndashuv va oʼz nuqtai nazarini dalillar bilan asoslashni shakllantiradi.
2. Ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi.
3. Bir vaziyatda olingan bilimlar boshqa vaziyatda qoʼllanishiga koʼmaklashadi.
4. Dars mazmuniga ijobiy ѐndashuv shakllantiriladi.
5. Topshiriqlarni bajarish uchun koʼproq sarfini talab etadi.
Hamkorlikda oʼqitishning samaradorligi
1. Аxborotga tanqidiy ѐndashuv va oʼz nuqtai nazarini dalillar bilan asoslashni shakllantiradi.
2. Ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi.
3. Bir vaziyatda olingan bilimlar boshqa vaziyatda qoʼllanishiga koʼmaklashadi.
4. Dars mazmuniga ijobiy ѐndashuv shakllantiriladi.
5. Topshiriqlarni bajarish uchun koʼproq vaqt sarfini talab etadi.
Loyiha texnologiyasi
Loyihaviy taʼlim quyidagi dolzarb muammolarni hal etish imkonini beradi va davr talabiga aynan mos keladi:
1) taʼlimni real haѐtga yuqori darajada yaqinlashtirilgan vaziyatda amalga oshirishni taʼminlaydi;
2) nazariy maʼlumotlarni amaliy faoliyat bilan bogʼlash va oʼquvchilarni faol mustaqil bilish jaraѐniga jalb etish imko nini beradi;
3) kasbiy va tayanch laѐqatlarini shakllantirish va rivojlantirishni taʼminlaydi.
Loyihali taʼlimning asosiy tushunchalariga quyilagilar kiradi:
1) loyiha;
2) loyihalashtirish;
3) loyihaviy faoliyat;
4) oʼquv loyihasi;
5) oʼquv loyihaviy faoliyat;
6) loyihaviy taʼlim;
7) loyihaviy taʼlimning texnologiyasi.
Quyida biz mazkur tushunchalar asosida loyihali taʼlimning oʼziga xosliklarini ѐritib beramiz.
Loyiha (design - dizayn) – baʼzi murakkab ishlanmalarni yaratish boʼyicha hujjatlar yigʼindisi. Loyiha (projekt) – tushunchasi kengroq ifodalanib, maʼlum natija (loyihaning beqiѐs mahsuli)ga ega maqsadli faoliyatni tashkil etish uchun biror-bir tashkiliy shaklni belgilash uchun foydalaniladi.
Loyihalashtirish - («loyiha» soʼzidan) – real natijaga olib keluvchi, qatʼiy tartibga solingan harakatlar izchilligini oʼz ichiga oluvchi muammoni oʼzgartiruvchi faoliyatni anglatadi.
Taʼlim maʼnosidagi loyihalashtirish oʼqituvchi tomonidan oʼquvchining muammoni izlash, uni hal etish boʼyicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil etishdan to (intellektual ѐki moddiy mahsulotni) ommaviy baholash uchun uni hal etish usulini taqdim etishgacha mustaqil harakat qilishini taʼminlovchi maxsus (laboratoriya sharoitlarida) tashkil etilgan maqsadli oʼquv faoliyatidir.
Loyihaviy faoliyat oʼziga xos koʼrinishga ega boʼlib, quyidagi tarkibiy qismlarni oʼz ichiga oladi: loyiha kontseptsiyasiini ishlab chiqish, loyihaviy faoliyatni tashkil etish, loyihaviy faoliyatni rejalashtirish, loyihaviy vazifalarni hal etish, loyihani rasmiylashtirish, hisobot tuzish,
Do'stlaringiz bilan baham: |